Iqtisodiyot
Lego rekord daromadga erishdi
Lego kompaniyasining 2025 yil birinchi yarmidagi daromadi 12 foizga oshib, tarixiy maksimum – 5,4 milliard dollarga yetdi. Bu davrda kompaniyaning o‘yinchoq konstruktorlari qatori rekord darajada – 314 taga ko‘paydi.
Foto: James Manning / Pa Images / Getty Images
Yilning dastlabki olti oyida Lego butun dunyo bo‘yicha 24 ta yangi do‘kon ochdi. Gullar va xona o‘simliklarining o‘yinchoq shakllari hamda Formula-1 miniatyura avtomobillari Lego daromadini yilning birinchi yarmida 12 foizga oshirishga yordam berdi.
“Bu tariximizdagi eng yaxshi birinchi yarim yillik natija. Daromadda rekord, operatsion foydada rekord, sof foydada rekord… Juda xursandmiz”, – dedi Lego bosh direktori Nils Kristiansen CNBS’ga bergan intervyusida.
Lego mahsulotlar assortimentini muntazam kengaytirmoqda: oxirgi vaqtlarda uy dekoratsiyasi uchun to‘plamlar va devoriy rasm mozaikalari ham paydo bo‘ldi. Kompaniya yangi litsenziya hamkorlarini topdi va “Bluey” bolalar animatsion seriali hamda “One Piece” animesi asosida to‘plamlarni taqdim etdi.
Keyingi yirik qadam – Pokemon bilan ko‘p yillik hamkorlik bo‘lib, uning natijasi 2026-yilda do‘konlarga chiqishi rejalashtirilgan.