Iqtisodiyot
Laziz Kudratov Bokuda bir qator qo‘shma tadbirlarda ishtirok etdi
2025 yil 20 iyun kuni Ozarbayjonning Boku shahrida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish hamda chuqurlashtirishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etdi.
Tashrif dasturiga muvofiq dastlab O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 14-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda ikki mamlakat delegatsiyalariga O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabbarov rahbarlik qildilar.
Yig‘ilishni ochar ekan, O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari ishtirokchilarni samimiy qutlab, ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi do‘stona va ishonchga asoslangan munosabat tufayli izchil mustahkamlanib borayotgan O‘zbekiston-Ozarbayjon aloqalarini yuksak darajada ekanini ta’kidladi. Tadbir davomida savdo-iqtisodiy hamkorlik, sanoat kooperatsiyasi, transport, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatidagi qo‘shma loyihalar kabi strategik sheriklikni tashkil etuvchi asosiy yo‘nalishlar muhokama qilindi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Turkiy davlatlar savdo va investitsiya hamkorligi ko‘rgazmasi va forumidagi ishtiroki alohida qayd etildi. Tadbirda “Made in Uzbekistan” stendida 50 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari namoyish etildi. Joriy yil boshidan buyon O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 40 foizga oshgani qayd etildi.
Shuningdek, turar joy va turizm ob’yektlari qurilishi, logistika markazi, paxta va sut klasterlari tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. 360 million dollardan ortiq qiymatdagi 15 loyihani moliyalashtirishda ishtirok etayotgan Ozarbayjon-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasining faoliyati yuqori baholandi.
Q’shma komissiyaning yig‘ilishida bir qator tashabbuslar kelishib olindi. Ular qatorida o‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi, 2025–2026 yillar uchun Sanoat kooperatsiyasi dasturi, ikki yillik savdo missiyalari jadvali, Toshkent va Boku shaharlarida savdo uylari va shou-rumlar ochilishi, ikki davlat tadbirkorlar kengashini tashkil etish hamda mintaqalararo transport yo‘laklarini rivojlantirish, ipakchilik, paxtachilik va sutni qayta ishlash sohalarida hamkorlikni rivojlantirish kabi yo‘nalishlar mavjud.
Laziz Kudratovning safari III O‘zbekiston va Ozarbayjon hududlararo forumi ishtiroki bilan davom etdi. Unda ikki davlatning 50 dan ortiq ishbilarmon doiralari vakillari qatnashdi. Forum doirasida hududlar rahbarlari va yetakchi kompaniyalar ishtirokida B2B uchrashuvlar o‘tkazilib, mintaqaviy darajadagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Tashrif yakunida vazir bir qator yirik ozarbayjon kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari va qo‘shma investitsiya loyihalari muhokama qilindi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda tibbiyot sohasida eng ko‘p Turkiya va Rossiya korxonalari faoliyat yuritmoqda
2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 234 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Bunda eng ko‘p korxonalar Turkiya va Rossiya hissasiga to‘g‘ri keldi.
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, mamlakatda tibbiyot va ijtimoiy xizmatlar sohasida xorijiy sarmoya ishtirokidagi jami 234 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Mamlakatlar kesimida Turkiya yetakchilik qilib, ushbu davlat kapitali ishtirokida 36 ta korxona tashkil etilgan. Keyingi o‘rinda Rossiya — 34 ta, Xitoy va Hindiston esa 25 tadan korxona bilan qayd etilgan.
Shuningdek, Janubiy Koreya ishtirokida 18 ta, Qozog‘iston kapitali bilan 16 ta, Ozarbayjon sarmoyasi ishtirokida 9 ta korxona faoliyat olib bormoqda.
AQSh ishtirokida 8 ta, Birlashgan Arab Amirliklari kapitali bilan 6 ta, Qirg‘iziston va Yaponiya ishtirokida esa 4 tadan korxona faoliyat yuritmoqda.
Qolgan 49 ta korxona esa boshqa davlatlar sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan.
Iqtisodiyot
Dollar kursida anchagina o‘sish yuz berdi
Dollar kursida anchagina o‘sish yuz berdi
Source link
Iqtisodiyot
«Milliy sanoat zanjiri» ko‘rgazmasi – Transport tizimida 12,8 milliard dollarlik 36 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
Samarqand viloyatida transport sohasiga bag‘ishlangan «Milliy sanoat zanjiri» ko‘rgazmasining birinchi kuni yakunlandi. Ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilar, yirik davlat buyurtmachilari, tarmoq korxonalari, investorlar va ilmiy tashkilotlarni yagona maydonda birlashtirdi.
Bugungi kunda transport tizimida 12,8 milliard dollarlik 36 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Tahlillarga ko‘ra, ushbu loyihalarda 407,3 million dollarlik mahsulotlarni mahalliylashtirish salohiyati mavjud.
Aynan shu imkoniyatlarni amaliy loyihalarga aylantirish maqsadida ko‘rgazmada transport sohasi uchun mo‘ljallangan minglab mahsulotlar, butlovchi qismlar, innovatsion ishlanmalar va texnologik yechimlar namoyish etildi.
Kun davomida yirik davlat buyurtmachilari o‘zlarining mavjud va istiqboldagi xarid ehtiyojlarini taqdim etdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa o‘z mahsulot va texnologik imkoniyatlarini bevosita buyurtmachilarga namoyish qildi.
Birinchi kun yakunlariga ko‘ra, ko‘rgazma 1200 nafar nafar ishtirokchini jamladi. Davlat xaridlari orqali umumiy qiymati 490 mlrd so‘m bo‘lgan 4778 ta dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Iqtisodiyot
Kimlar foyda solig‘ini ikki barobar kam to‘lashi mumkin?
Soliq kodeksining 337-moddasiga muvofiq, foyda solig‘i to‘lovchilarining ayrim toifasi belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida pasaytirilgan stavkani qo‘llash huquqiga ega.
Ushbu imtiyoz 2022-yil 1-sentyabrdan keyin joriy soliq davrida jami daromadi ilk bor 10 mlrd so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilarga beriladi.
Pasaytirilgan stavka joriy soliq davrida hamda undan keyingi soliq davri mobaynida amal qiladi.
Imtiyozdan foydalanish uchun pasaytirilgan stavka qo‘llanilayotgan davrlarda soliq to‘lovchining jami daromadi 100 mlrd so‘mdan oshmasligi shart. Agar ushbu chegaradan oshib ketilsa, pasaytirilgan stavkani qo‘llash huquqi bekor bo‘ladi.
Mazkur imtiyoz yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari va aksiz solig‘i to‘lovchilariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Shuningdek, soliq to‘lovchi tugatilayotgan hollarda yoki imtiyoz olish maqsadida bir nechta tadbirkorlik subyekti o‘rtasida daromad sun’iy ravishda bo‘lingani aniqlansa, pasaytirilgan stavkadan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Mazkur tartib Soliq kodeksining 337-moddasida belgilangan bo‘lib, tadbirkorlik subyektlarini halol soliq to‘lash va biznesni qonuniy kengaytirishga rag‘batlantirishga qaratilgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda chetdan xomashyo olib keladigan yangi kompaniya tuzilib, unga 200 mln dollar ajratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda metallurgiya sanoatini rivojlantirish, xomashyo bazasini mustahkamlash va mahalliylashtirish darajasini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilandi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati, Samarqand va Surxondaryoda ham temir zaxiralari mavjudligi prognoz qilinmoqda. Shu munosabat bilan temir sifati uchun zarur bo‘lgan marganets va ferrosilitsiy kabi minerallar zaxiralarini ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi.
Mutasaddilarga sun’iy intellekt yordamida geologik maydonlarni tahlil qilib, bir oy muddatda temir hamda uni boyitish uchun zarur minerallar zaxiralarini oshirish bo‘yicha geologiya dasturini ishlab chiqish topshirildi. Hudud rahbarlariga esa bu jarayonlarga yirik tadbirkorlarni jalb qilish vazifasi yuklatildi.
Bugungi kunda mamlakatda metallurgiya sohasida 150 ga yaqin o‘rta va kichik xususiy korxona faoliyat yuritmoqda. Qurilish materiallari sohasidagi islohotlardan keyin hududlarda metall mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratilgan yangi loyihalar boshlangani qayd etildi.
Xususiy korxonalarni xomashyo bilan barqaror ta’minlash maqsadida import xomashyoni markazlashgan tarzda olib kelish bo‘yicha alohida kompaniya tashkil etiladi. Ushbu tuzilmaga 200 million dollar ajratiladi, import qilingan xomashyo esa faqat birja savdolari orqali sotiladi.
Yig‘ilishda iqtisodiyotning yangi texnologik bosqichga o‘tayotgani munosabati bilan metall mahsulotlari turini ko‘paytirish, shuningdek, yirik metallurgiya korxonalari va xususiy sektor o‘rtasida kooperatsiyani kuchaytirish zarurligi ham ta’kidlandi.
Ma’lum qilinishicha, mamlakatda choksiz quvurga bo‘lgan yillik talab 280 million dollarga teng. Asosiy tashqi savdo hamkorlari esa har yili 1,5 milliard dollarlik shunday mahsulot import qiladi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, choksiz quvur ishlab chiqarishni mahalliylashtirish uchun 275 million dollar investitsiya talab etiladi. Bu orqali yiliga 450 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarish va uning 170 million dollarlik qismini eksport qilish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, ishga tushirilgan quyuv-prokatlash majmuasi avtomobilsozlik, maxsus transport, texnologik uskunalar, maishiy va qishloq xo‘jaligi texnikasi hamda qurilish materiallari uchun 1,5 milliard dollarlik mahsulotni mamlakatning o‘zida ishlab chiqarish imkonini beradi. Mas’ullarga uch oy muddatda choksiz quvur, sovuq prokat, metallni 3D usulda bosib chiqarish va yuqori aniqlikda ishlov berish bo‘yicha loyihalar paketini tayyorlash topshirildi.
-
Dunyodan2 days ago
Vengriya prezidenti isteʼfoga chiqish toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy oʻzgartirishni imzoladi
-
Jamiyat4 days agoMehnat inspeksiyasi barcha hokimliklarga ko‘rsatma yubordi
-
Mahalliy3 days ago
O‘zbekistonda Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi tashkil etiladi
-
Jamiyat2 days ago
Alkogol ichimliklarni reklama qilgan bloger ma’muriy javobgarlikka tortildi
-
Jamiyat5 days agoFarg‘onada kutubxonalar soni keskin kamaydi
-
Siyosat5 days agoO‘zbekiston va Ozarbayjon yangi qo‘shma loyiha paketi bilan savdo hajmini 1 milliard dollarga yetkazmoqchi
-
Jamiyat5 days agoZangiotadagi propan shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash sababi ma’lum qilindi
-
Sport4 days agoYamal Messiga qarshi. JCh finali intrigalari
