Iqtisodiyot
Chakana savdoda chegirma berish va aksiya o‘tkazish qoidalari belgilanishi mumkin
Raqobat qo‘mitasi ishlab chiqqan qaror loyihasi bilan, sotuvchilarning narxlarni sun’iy oshirib, keyin go‘yoki arzonlashtirilgan narx deya chegirma berish orqali iste’molchilarni chalg‘itishini taqiqlash taklif etilmoqda. Sotuvchilarga aksiya va chegirma haqidagi batafsil ma’lumotlarni 10 kun oldin soliq organiga taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin.
O‘zbekiston Raqobat qo‘mitasi chakana savdo qoidalariga aksiyalar va chegirmalar haqida normalar kiritishni taklif qilmoqda. Qo‘mita tegishli qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, sotuvchi chegirma taklif etganda, tovarning avvalgi narxini ham ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Chegirmada ko‘rsatilgan avvalgi narx chegirma e’lon qilingunga qadar oxirgi 30 kundagi eng past narx bo‘lishi lozim. Sotuvchiga buni isbotlash majburiyatini yuklash taklif etilmoqda.
Narxnomada tovarning aksiyadagi narxi odatiy narx yozilgan shriftga qaraganda kattaroq bo‘lishi mumkin emas.
Sotuvchi sun’iy ravishda narxlarni oshirib, keyinchalik arzonlashtirilgan narxlarni chegirma sifatida ko‘rsatish orqali iste’molchilarni chalg‘itishi taqiqlanadi.
O‘tkaziladigan aksiya va chegirmalar hamda ustamalar yuzasidan batafsil axborot, ushbu tadbirlar o‘tkazilishidan 10 kun oldin soliq xizmati organlariga taqdim etilishi shart, deb belgilanishi mumkin.
Sotuvchi o‘z tovarlariga nisbatan chegirmalarni e’lon qilishda tovarlar va narxlar hisobini yuritishga, tovarning oxirgi 30 kunda amalda bo‘lgan narxlarini qayd etish hamda iste’molchining talabiga ko‘ra, mazkur ma’lumotlarni taqdim etishga majbur, degan qoida taklif etilmoqda.
Aksiya o‘tkazmoqchi bo‘lgan sotuvchilarga quyidagi talablar qo‘yilishi mumkin:
aksiyani e’lon qilishda uning shartlarini, shu jumladan aksiyaning amal qilish muddati, sotib olish shartlari, aksiyaga qo‘yiladigan tovarlar nomi (turkumi) va boshqa muhim ma’lumotlarni iste’molchilarga aniq va tushunarli qilib yetkazish;
aksiya e’lon qilingandan so‘ng uning shartlarini o‘zgartirmaslik, aksiyaga qo‘yiladigan tovar narxi haqida to‘g‘ri va yetarli darajada to‘liq ma’lumot berish;
aksiya davomida taklif etilayotgan chegirma, bonus va boshqa imtiyozlar haqiqatda amal qilishini ta’minlash;
aksiyaga qo‘yilgan tovarlar zaxirasini uning amal qilish muddati davomida yetarli miqdorda bo‘lishini ta’minlash.
Bundan tashqari:
chegirmani aniq foiz yoki summa shaklida belgilash hamda tovar narxi oson aniqlanishi va aniq o‘qilishini ta’minlash;
iste’molchining talabiga ko‘ra, har bir tovar uchun chegirma narxgacha bo‘lgan narx haqida aniq ma’lumot taqdim etish;
tovarning 30 kun oldingi narxini dalilar bilan asoslab berish;
agarda chegirma narxda sotilishi nazarda tutilgan tovar soni cheklangan yoki mavsumiy yoxud mahsulotlarining holatiga bog‘liq bo‘lsa (xizmat qilish muddati yoki yaroqlilik muddati yaqinlashgan, but bo‘lmagan, mavsumiy sotish, eski zaxiralarni tugatish, qadoqlashning shikastlanishi va/yoki boshqa sabablar), bu haqda chegirma to‘g‘risidagi ma’lumotda iste’molchilarni xabardor qilish;
chegirma narxning amal qilish muddati (boshlanish va tugash sanasi)ni aniq ko‘rsatish, agar chegirma narx faqatgina muayyan sharoitlarda qo‘llanilsa, bu sharoitlarni oldindan ma’lum qilish;
agar chegirmani taqdim etish iste’molchidan shaxsga doir ma’lumotlarni berish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni talab qilsa, shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etish va iste’molchilarni ularning ma’lumotlarini qayta ishlash maqsadlari va shartlari to‘g‘risida xabardor qilish kabi majburiyatlarni sotuvchilarga yuklash taklif etilyapti.
Aksiya va chegirmalar qo‘llagan holda chakana savdo qilish bo‘yicha talablarning buzilishi sotuvchini javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishini belgilash ko‘zda tutilyapti.
Jamoatchilik muhokamasi 5 iyulgacha davom etadi.
Hujjat loyihasi qabul qilinishi, o‘zgartirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda tibbiyot sohasida eng ko‘p Turkiya va Rossiya korxonalari faoliyat yuritmoqda
2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 234 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Bunda eng ko‘p korxonalar Turkiya va Rossiya hissasiga to‘g‘ri keldi.
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, mamlakatda tibbiyot va ijtimoiy xizmatlar sohasida xorijiy sarmoya ishtirokidagi jami 234 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Mamlakatlar kesimida Turkiya yetakchilik qilib, ushbu davlat kapitali ishtirokida 36 ta korxona tashkil etilgan. Keyingi o‘rinda Rossiya — 34 ta, Xitoy va Hindiston esa 25 tadan korxona bilan qayd etilgan.
Shuningdek, Janubiy Koreya ishtirokida 18 ta, Qozog‘iston kapitali bilan 16 ta, Ozarbayjon sarmoyasi ishtirokida 9 ta korxona faoliyat olib bormoqda.
AQSh ishtirokida 8 ta, Birlashgan Arab Amirliklari kapitali bilan 6 ta, Qirg‘iziston va Yaponiya ishtirokida esa 4 tadan korxona faoliyat yuritmoqda.
Qolgan 49 ta korxona esa boshqa davlatlar sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan.
Iqtisodiyot
Dollar kursida anchagina o‘sish yuz berdi
Dollar kursida anchagina o‘sish yuz berdi
Source link
Iqtisodiyot
«Milliy sanoat zanjiri» ko‘rgazmasi – Transport tizimida 12,8 milliard dollarlik 36 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
Samarqand viloyatida transport sohasiga bag‘ishlangan «Milliy sanoat zanjiri» ko‘rgazmasining birinchi kuni yakunlandi. Ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilar, yirik davlat buyurtmachilari, tarmoq korxonalari, investorlar va ilmiy tashkilotlarni yagona maydonda birlashtirdi.
Bugungi kunda transport tizimida 12,8 milliard dollarlik 36 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Tahlillarga ko‘ra, ushbu loyihalarda 407,3 million dollarlik mahsulotlarni mahalliylashtirish salohiyati mavjud.
Aynan shu imkoniyatlarni amaliy loyihalarga aylantirish maqsadida ko‘rgazmada transport sohasi uchun mo‘ljallangan minglab mahsulotlar, butlovchi qismlar, innovatsion ishlanmalar va texnologik yechimlar namoyish etildi.
Kun davomida yirik davlat buyurtmachilari o‘zlarining mavjud va istiqboldagi xarid ehtiyojlarini taqdim etdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa o‘z mahsulot va texnologik imkoniyatlarini bevosita buyurtmachilarga namoyish qildi.
Birinchi kun yakunlariga ko‘ra, ko‘rgazma 1200 nafar nafar ishtirokchini jamladi. Davlat xaridlari orqali umumiy qiymati 490 mlrd so‘m bo‘lgan 4778 ta dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Iqtisodiyot
Kimlar foyda solig‘ini ikki barobar kam to‘lashi mumkin?
Soliq kodeksining 337-moddasiga muvofiq, foyda solig‘i to‘lovchilarining ayrim toifasi belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida pasaytirilgan stavkani qo‘llash huquqiga ega.
Ushbu imtiyoz 2022-yil 1-sentyabrdan keyin joriy soliq davrida jami daromadi ilk bor 10 mlrd so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilarga beriladi.
Pasaytirilgan stavka joriy soliq davrida hamda undan keyingi soliq davri mobaynida amal qiladi.
Imtiyozdan foydalanish uchun pasaytirilgan stavka qo‘llanilayotgan davrlarda soliq to‘lovchining jami daromadi 100 mlrd so‘mdan oshmasligi shart. Agar ushbu chegaradan oshib ketilsa, pasaytirilgan stavkani qo‘llash huquqi bekor bo‘ladi.
Mazkur imtiyoz yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari va aksiz solig‘i to‘lovchilariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Shuningdek, soliq to‘lovchi tugatilayotgan hollarda yoki imtiyoz olish maqsadida bir nechta tadbirkorlik subyekti o‘rtasida daromad sun’iy ravishda bo‘lingani aniqlansa, pasaytirilgan stavkadan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Mazkur tartib Soliq kodeksining 337-moddasida belgilangan bo‘lib, tadbirkorlik subyektlarini halol soliq to‘lash va biznesni qonuniy kengaytirishga rag‘batlantirishga qaratilgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda chetdan xomashyo olib keladigan yangi kompaniya tuzilib, unga 200 mln dollar ajratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda metallurgiya sanoatini rivojlantirish, xomashyo bazasini mustahkamlash va mahalliylashtirish darajasini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilandi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati, Samarqand va Surxondaryoda ham temir zaxiralari mavjudligi prognoz qilinmoqda. Shu munosabat bilan temir sifati uchun zarur bo‘lgan marganets va ferrosilitsiy kabi minerallar zaxiralarini ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi.
Mutasaddilarga sun’iy intellekt yordamida geologik maydonlarni tahlil qilib, bir oy muddatda temir hamda uni boyitish uchun zarur minerallar zaxiralarini oshirish bo‘yicha geologiya dasturini ishlab chiqish topshirildi. Hudud rahbarlariga esa bu jarayonlarga yirik tadbirkorlarni jalb qilish vazifasi yuklatildi.
Bugungi kunda mamlakatda metallurgiya sohasida 150 ga yaqin o‘rta va kichik xususiy korxona faoliyat yuritmoqda. Qurilish materiallari sohasidagi islohotlardan keyin hududlarda metall mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratilgan yangi loyihalar boshlangani qayd etildi.
Xususiy korxonalarni xomashyo bilan barqaror ta’minlash maqsadida import xomashyoni markazlashgan tarzda olib kelish bo‘yicha alohida kompaniya tashkil etiladi. Ushbu tuzilmaga 200 million dollar ajratiladi, import qilingan xomashyo esa faqat birja savdolari orqali sotiladi.
Yig‘ilishda iqtisodiyotning yangi texnologik bosqichga o‘tayotgani munosabati bilan metall mahsulotlari turini ko‘paytirish, shuningdek, yirik metallurgiya korxonalari va xususiy sektor o‘rtasida kooperatsiyani kuchaytirish zarurligi ham ta’kidlandi.
Ma’lum qilinishicha, mamlakatda choksiz quvurga bo‘lgan yillik talab 280 million dollarga teng. Asosiy tashqi savdo hamkorlari esa har yili 1,5 milliard dollarlik shunday mahsulot import qiladi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, choksiz quvur ishlab chiqarishni mahalliylashtirish uchun 275 million dollar investitsiya talab etiladi. Bu orqali yiliga 450 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarish va uning 170 million dollarlik qismini eksport qilish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, ishga tushirilgan quyuv-prokatlash majmuasi avtomobilsozlik, maxsus transport, texnologik uskunalar, maishiy va qishloq xo‘jaligi texnikasi hamda qurilish materiallari uchun 1,5 milliard dollarlik mahsulotni mamlakatning o‘zida ishlab chiqarish imkonini beradi. Mas’ullarga uch oy muddatda choksiz quvur, sovuq prokat, metallni 3D usulda bosib chiqarish va yuqori aniqlikda ishlov berish bo‘yicha loyihalar paketini tayyorlash topshirildi.
-
Dunyodan2 days ago
Vengriya prezidenti isteʼfoga chiqish toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy oʻzgartirishni imzoladi
-
Jamiyat4 days agoMehnat inspeksiyasi barcha hokimliklarga ko‘rsatma yubordi
-
Mahalliy3 days ago
O‘zbekistonda Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi tashkil etiladi
-
Jamiyat2 days ago
Alkogol ichimliklarni reklama qilgan bloger ma’muriy javobgarlikka tortildi
-
Jamiyat5 days agoFarg‘onada kutubxonalar soni keskin kamaydi
-
Siyosat5 days agoO‘zbekiston va Ozarbayjon yangi qo‘shma loyiha paketi bilan savdo hajmini 1 milliard dollarga yetkazmoqchi
-
Jamiyat5 days agoZangiotadagi propan shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash sababi ma’lum qilindi
-
Sport4 days agoYamal Messiga qarshi. JCh finali intrigalari
