Jamiyat
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Firibgarlar birovning nomiga kredit rasmiylashtirishi holatlari uchrab turadi. Buning oldini olish uchun shu paytgacha fuqarolar kredit tarixi olinishini muzlatish imkoniyatiga ega edi. Endilikda kredit bitimi rasmiylashtirishga taqiq kiritish ham mumkin bo‘ldi. Xo‘sh, bu ikki xizmat nimasi bilan farqlanadi, ulardan qanday foydalanish mumkin? KATM mutaxassisi Mashhurbek Rahimov Kun.uz’ga batafsil tushuntirib berdi.
{Yii::t(}
O’tkazib yuborish 6s
O’tkazib yuborish
O‘tgan yili kredit tarixi olinishiga cheklov o‘rnatish, ya’ni Freeze xizmati ishga tushirilgan edi. Yaqinda, 6 iyun kuni kredit bitimini rasmiylashtirishga taqiq qo‘yish imkoniyati ham paydo bo‘ldi.
Xo‘sh, bu ikki xizmat nimasi bilan farqlanadi, xizmat haqi qancha va ulardan qanday foydalanish mumkin? Kredit axborot tahliliy markazi (KATM) departamenti direktori o‘rinbosari Mashhurbek Rahimov Kun.uz’ga bergan izohida batafsil tushuntirib berdi.
Mashhurbek Rahimov
Uning so‘zlariga ko‘ra, biror bank yoki nobank kredit tashkilotlari kredit berishdan oldin kredit qaytmaslik riskini to‘g‘ri baholashi maqsadida mijozning ilgari olgan kreditlari tarixini ko‘rishi kerak. Freeze xizmati faollashtirilsa, shu tarixni kredit tashkilotlari KATMdan ololmaydi va tabiiyki, kredit ham ajratilmaydi.
“Freeze xizmatini faollashtirib, kredit tarixingiz olinishini cheklab qo‘ygan bo‘lsangiz, kiberhujumga uchragan taqdiringizda yoki firibgarlar nomingizga kredit rasmiylashtirishga uringanida siz bundan himoyalangan bo‘lasiz. Bu xizmat – pulli. BHMning 0,03 barobari, ya’ni 13 340 so‘m to‘lovni amalga oshirganingizdan keyin, my.gov portali orqali Freeze xizmatini yoqishingiz mumkin.
Freeze orqali siz ma’lumotlaringiz maxfiyligini ta’minlashingiz mumkin. Biroq qonunchilikka ko‘ra, sizda kredit tashkiloti bilan kredit munosabati bo‘lsa, ya’ni ayni paytda nomingizda yopilmagan kredit bo‘lsa, bank kredit tarixingizni o‘rganib borishi mumkin. Ya’ni amaldagi kredit shartnomalariga ega tashkilotlar Freeze xizmati yoqilgan holatda ham kredit tarixingizni ola oladi. Bu kreditorga sizning to‘lov qobiliyatingizni monitoring qilib borish imkoniyatini beradi”, – deydi Mashhurbek Rahimov.
Kredit bitimini rasmiylashtirishga taqiq qo‘yish esa – umuman boshqa narsa. Bu xizmat joriy yil mart oyida qabul qilingan qonun asosida, iyun oyi boshida ishga tushdi. Agar bu xizmatdan foydalansangiz, kredit tashkilotlari sizning kredit tarixingizni olishi mumkin, lekin kredit ajratilmaydi.
Endilikda kredit tashkilotlari qarz berishdan oldin fuqaro o‘ziga kredit ajratilishiga taqiq qo‘yganmi-yo‘qmi, buni o‘rganish majburiyatiga ega. Taqiq aniqlansa, kredit ajratilmasligi kerak.
“Bu xizmat mutlaqo bepul. Hozirda “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosining rasmiy veb sayti infokredit.uz orqali bu xizmatdan foydalanish mumkin va u yaqin kunlar ichida my.gov portalida ham paydo bo‘ladi.
Kredit bitimini rasmiylashtirishga taqiq qo‘yish, bu – ro‘yxat. Siz bu ro‘yxatga kirsangiz, ya’ni shu xizmatni faollashtirsangiz, kredit tashkilotlari – xoh bank bo‘ladimi, xoh nobank tashkilotlar bo‘ladimi – sizga kredit ajratishi mumkin emas bo‘ladi”, – deydi KATM mutaxassisi.
Ma’lumot uchun, KATM SMS-xabarnoma xizmatini ham ishga tushirgan. Bu xabarnomani yoqtirgach, kredit tarixingiz olingani haqida SMS olishingiz, so‘ng infokredit.uz saytiga kirib, harakatlar bo‘limi orqali qaysi tashkilot olganini bilishingiz mumkin.
Jamiyat
Coca-Cola O‘zbekistonda Ramazon oyida bir qator xayriya tashabbuslarini amalga oshirdi
Muqaddas Ramazon oyida O‘zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasi “Made by – barcha yaxshiliklar o‘zimiz tomonimizdan yaratiladi” umumiy g‘oyasi ostida birlashgan bir qator keng ko‘lamli ijtimoiy tashabbuslarni o‘tkazdi. Tashabbuslar mahalliy hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash va bayramona muhit yaratishga qaratildi.
Tashabbus doirasida Coca-Cola mamlakatimizning to‘qqizta oliy o‘quv yurti bilan hamkorlikda talabalar uchun tadbirlar tashkil qildi. Maydonchalarda boshlovchilar va didjyeylar ishlashdi, talabalar esa estafeta, tanlovlar va shopperlarga rasm chizish bo‘yicha mahorat darslarida ishtirok etishdi. Shuningdek, “Besh Qozon” oshpazlari bilan hamkorlikda palov va turli taomlar tayyorlanib, talabalar hamda o‘qituvchilar bir dasturxon atrofida yig‘ilishdi.
Ramazon oyida mahalliy hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. Toshkent shahrining oltita mahallasida xayriya iftorliklari tashkil etildi. Har bir mahallaga “Besh Qozon”ning afsonaviy oshpazlari taklif qilindi; ular tayyorlagan palov uzunligi 60 metrgacha yetadigan dasturxonlarning asosiy taomiga aylanib, oilalar, qo‘shnilar va do‘stlarni bir dasturxon atrofida birlashtirdi. Bunday xayriya iftorliklari O‘zbekistonning Samarqand, Nukus, Xiva, Jizzax, Andijon va Namangan kabi bir qator shaharlarida ham o‘tkazildi.
O‘zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasi “Coca-Cola Ichimligi O‘zbekiston” hamda “ONA” jamoat fondi bilan hamkorlikda mamlakatning yetti shahri — Toshkent, Samarqand, Nukus, Xiva, Jizzax, Andijon va Namangandagi 1 000 ta ehtiyojmand oilaga yordam ko‘rsatdi. Oilalarga har biri 1 000 000 so‘mlik 1 000 ta oziq-ovqat vaucheri, shuningdek, Coca-Cola ichimliklari hamda The Coca-Cola Foundation ko‘magida amalga oshirilayotgan Coozin loyihasi ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan an’anaviy chak-chak taomi topshirildi.
“Ramazon oyida bir-birini qo‘llab-quvvatlash va g‘amxo‘rlikka muhtojlarga yordam berish ayniqsa muhim. Maqsadimiz — bu kunlarda juda ahamiyatli bo‘lgan mehr-oqibat, hamjihatlik va o‘zaro yordam muhitini yaratishga o‘z hissamizni qo‘shish. Eslatib o‘tmoqchimizki, yaxshilik o‘z qo‘llarimiz bilan yaratiladi — xuddi o‘zbek oshpazlari tayyorlagan palov va shu yerda, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Coca-Cola mahsulotlari kabi. Coca-Cola o‘zi faoliyat yuritayotgan jamiyatning bir qismi bo‘lishga intiladi: biz uchun nafaqat biznesni rivojlantirish, balki hamjamiyatlar hayoti sifatini yaxshilashga hissa qo‘shish ham muhimdir”, – deya ta’kidladi Nazi Aripjanova, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistondagi Coca-Cola kompaniyasining hukumat bilan aloqalar, kommunikatsiyalar va barqaror rivojlanish bo‘yicha direktori.
Tez orada biz bahor bayrami — Navro‘zni nishonlaymiz va Coca-Cola uni birgalikda kutib olishga taklif qiladi. 21–22 mart kunlari kompaniya Markaz-1 gastronomik ko‘chasida yarmarka uyushtiradi, shuningdek, “Navro‘z” bog‘ida, Tashkent City va Seoul Mun gastro-ko‘chasida bayram tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mehmonlarni musiqa, taomlar va oilaviy mashg‘ulotlarga boy ajoyib tadbir kutmoqda — yorqin taassurotlar kafolatlangan.
21 mart kuni: Namangandagi “Afsonalar vodiysi” va “Bobur” bog‘larida, Andijondagi “Navro‘z” savdo-ko‘ngilochar markazida hamda Samarqanddagi “Samarkand Silk Road” majmuasi hududida an’anaviy taomlar, osh va sumalak tortiladigan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
22 mart kuni: Gulbozor mahallasining sayyohlik ko‘chasida Navro‘z bayrami o‘tkaziladi: mehmonlarni sumalak, osh va ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar kutmoqda.
Reklama huquqi asosida
Jamiyat
Toshkentdan bir kunda 500 mingdan ortiq avtomobil chiqib ketdi
Bayram arafasida Toshkent shahrida yo‘l tarmog‘iga katta yuklama tushdi – 19 mart kuni atigi 11 soat ichida poytaxtdan 500 mingdan ortiq transport vositasi chiqib ketgan.
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 19 mart kuni soat 09:00 dan 20:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 500 mingdan ortiq avtomobil poytaxt hududini tark etgan.
Ma’lum qilinishicha, bunday yuqori transport oqimi Ramazon hayiti bayrami va dam olish kunlari munosabati bilan aholining ommaviy ravishda shahardan chiqib ketishi bilan bog‘liq.
Shahardagi yo‘l harakati holati Yagona tezkor boshqaruv markazi orqali sutka davomida nazorat qilinmoqda. Mutaxassislar videokuzatuv tizimlari yordamida ko‘chalar, asosiy magistrallar hamda chiqish postlaridagi vaziyatni real vaqt rejimida kuzatib bormoqda.
Bayram kunlari ayrim hududlarda qisqa muddatli tirbandliklar kuzatilgan. Yo‘l harakatini tartibga solish va tirbandliklarning oldini olish maqsadida ichki ishlar organlarining qo‘shimcha kuch va vositalari jalb etilgan.
YHXB xodimlari haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda. Ayniqsa, shaharlararo yo‘llarda harakat jadalligi yuqori bo‘lgani sababli masofani saqlash va tezlik rejimini buzmaslik tavsiya etilmoqda.
Jamiyat
Turkiyada o‘zbekistonlik ayolga hujum qilindi: ikki erkak ushlandi
Turkiyaning Bodrum shahrida 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoyat sodir etganlikda gumonlangan ikki nafar erkak qo‘lga olindi.
Foto: bodrumsicakhaber.com
Ma’lum qilinishicha, voqea Bodrumning Yalikavak tumanidagi Go‘kchebel mahallasida sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchi ayol yo‘l chetida transport kutib turgan vaqtda, ikki nafar erkak bo‘lgan avtomobil to‘xtab, uni Turkbuku hududiga olib borishni taklif qilgan.
Yo‘l davomida haydovchi yo‘nalishni o‘zgartirib, ayolni qurilish obektiga olib borgan. Jabrlanuvchining aytishicha, u yerda erkaklar tomonidan kuch ishlatish tahdidi ostida jinoyat sodir etilgan.
Shundan so‘ng gumonlanuvchilar ayolning sumkasi, pul mablag‘lari va mobil telefonini olib, voqea joyidan yashiringan.
Og‘ir holatiga qaramay, jabrlanuvchi yaqin atrofdagi uylarga yetib borib, mahalliy aholidan yordam so‘ragan. U shifoxonaga yotqizilib, tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida gumonlanuvchilar — 24 va 25 yoshli ikki nafar erkak aniqlanib, qo‘lga olingan. Sud qarori bilan ular qamoqqa olindi.
Mazkur ish mahalliy huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar nazoratida bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Jamiyat
Toshkentda 33,5 mlrd so‘mlik kontrabanda mahsulotlari aniqlandi
Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida katta miqdordagi noqonuniy import mahsulotlari fosh etildi. Ularning umumiy qiymati 33,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Foto: Davlat xavfsizlik xizmati
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda xorijdan mamlakatga noqonuniy ravishda olib kirilgan mahsulotlar aniqlandi.
Xususan, Toshkent shahrida avtomobil ehtiyot qismlari savdosi hamda aholiga xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ikki ta mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan ijaraga olingan omborlar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Tekshiruv jarayonida boshqa tovarlar niqobi ostida mamlakatga noqonuniy olib kirilgan, aksiz markasiga ega bo‘lmagan 29 turdagi 1 million 963 ming 964 quti tamaki mahsulotlari, shuningdek 4 turdagi 807 kilogramm oziq-ovqat mahsulotlari aniqlandi.
Ushbu mahsulotlar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, ularning umumiy qiymati 33,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
O‘zbekistonda 2025 yilda 48 nafar erkak 70 yoshdan keyin ota bo‘ldi
2025 yilda O‘zbekistonda jami 879 599 ta tug‘ilish qayd etildi. Shu tug‘ilishlar orasida 70 yoshdan oshgan 48 nafar erkakning ota bo‘lgani qayd etilgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil davomida mamlakatda 879 599 ta tug‘ilish rasman ro‘yxatga olingan.
Tug‘ilishlar otaning yosh guruhlari kesimida tahlil qilinganda, eng katta ulush 25–39 yoshli erkaklarga to‘g‘ri kelgan — 718 798 holat. 25 yoshgacha bo‘lgan otalar hissasi 97 917 nafarni tashkil etgan.
Shuningdek, 40–59 yoshli erkaklar 62 246 holatda ota bo‘lgan. 60 yosh va undan katta yoshdagi otalar soni esa 638 nafarni tashkil etib, ular orasida 70 yoshdan oshganlar 48 nafarni tashkil qilgan.
Mazkur ma’lumotlar tug‘ilishlar dinamikasida turli yosh guruhlaridagi erkaklar ishtirokini ko‘rsatadi.
-
Turk dunyosi4 days agoTurkiyaning Baykal K2 bir tomonlama hujumga uchragan uchuvchisiz samolyotining toʻda harakatini sinovdan oʻtkazdi
-
Dunyodan2 days ago
Eron Hormuz boʻgʻozi orqali cheklangan oʻtishga ruxsat beradi
-
Jamiyat1 day ago
Tadbirkor boshpanasiz bo‘lgan 5 ta oilani uy-joy bilan ta’minladi
-
Jamiyat3 days ago
Ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifatidan norozilik ko‘paygan – Prezident
-
Siyosat23 hours agoSoʻnggi savdo maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston temir yoʻllari importi eksportdan 2,5 barobar koʻp
-
Iqtisodiyot2 days agopayme Tez QR orqali to‘lovni 3% keshbek bilan ishga tushirmoqda
-
Iqtisodiyot3 days agoMetandan go‘shtgacha. Narxi keskin oshgan mahsulot va xizmatlar
-
Iqtisodiyot4 days ago«Yomg‘ir va qorda ham foydalanishga tayyor bo‘ladi» – Toshkent-Andijon pulli yo‘li haqida nimalar ma’lum?
