Iqtisodiyot
Korporativ etika bo‘yicha komissiya tashkil etiladi
“Korporativ munosabatlarni tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimida quyidagilar ta’minlanadi:
🔹 jamiyatlarda imtiyozli huquqni amalga oshirish bo‘yicha boshqa ishtirokchilarni xabardor qilish, imtiyozli huquqdan foydalanish istagini bildirish, rad etishni elektron amalga oshirish imkoniyati yaratiladi;
🔹 Notarius avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.
Shuningdek, 2025 yil 1 noyabrdan prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tarkibida korporativ etika bo‘yicha komissiya tashkil etiladi.
Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilanadi, jumladan:
🔸 yuridik shaxslarga, xususan, xo‘jalik jamiyatlariga korporativ etika masalalari bo‘yicha tavsiyalar berib borish;
🔸 korporativ etikani buzishga oid nizolarni hal etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatib borish.