Connect with us

Iqtisodiyot

“Kichik va o‘rta biznesga ko‘mak beradigan qadamlar dolzarb bo‘lib turibdi”

Published

on


O‘zbekistonda har yili 650-750 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelyapti, ularning bandligini ta’minlash uchun kichik va o‘rta biznesga ko‘proq qo‘llab-quvvatlov kerak, deb hisoblaydi “O‘zbekinvest” kompaniyasi raisi Rustam Azimov.

Foto: Shuhrat Latipov / Gazeta

Sobiq moliya vaziri bu haqda Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Gazeta muxbiri bilan suhbatda aytib o‘tdi.

“Fiskal siyosatga kelganda, mening fikrimcha, kichik va o‘rta biznesga biz yana ko‘proq imtiyozlar yaratishimiz kerak. Chunki bugun ham notiqlar aytdi, har yili bir million bola tug‘ilyapti. Bu har yili kamida 650−750 ming odam mehnat bozoriga chiqyapti degani. Lekin [bularni ish bilan ta’minlaydigan] katta korxona yo‘q. Ular o‘zini mehnat faoliyatini kichik va o‘rta biznesda amalga oshiradi. Ularga yana va yana imkoniyatlar, ko‘mak beradigan qadamlar hozircha dolzarb bo‘lib turibdi”, – dedi u.

Rustam Azimov oxirgi yillarda budjet defitsiti kutilganidan yuqoriroq bo‘layotgani, har gal xarajatlar ko‘pligi uchun to‘lgan limit qayta ko‘rib chiqilgani haqidagi savolga ham javob berdi.

“Bir tarafdan 5,5−6 foiz defitsit baland. Lekin bu taqchillik nimani hisobidan bo‘lgan? Chunki bizda infratuzilma yo‘llar, elektr tarmoqlari, kommunal tarmoqlari, transport vositalari eskirgan. Ularning yangilamasa bizda iqtisodiyot rivojlanmaydi. Shuning uchun hukumatimiz xorijdan ko‘proq kreditlar jalb qilib, bu masalani yechishga majbur. Agar bu masala yechilmasa, iqtisodiyotni jadal rivojlanishini ta’minlash juda qiyin bo‘ladi”, – dedi Azimov.

“O‘zbekinvest” rahbari fiskal siyosatda katta o‘zgarishlar bo‘lgani, jismoniy shaxslar uchun daromad solig‘i 24 foizdan 12 foizga pasaytirilgani, QQS 20 foizdan 12 foizga pasaytirilganini qayd etdi.

“Aytishim mumkinki, [daromad solig‘i va QQS kamaytirilgani] budjet uchun juda ko‘p yo‘qotishlar bo‘lgan. Lekin aholi va iqtisodiyot uchun juda katta dalda bo‘lgan. Bitta qonun bor, siz soliq yukini pasaytirsangiz, albatta, o‘shanda soliq to‘lovchilar ko‘payadi, ular soyadan tashqariga chiqadi. Omadimiz shuki, xorijiy bozorlarda, avvalambor, oltin narxi va bizning boshqa asosiy xomashyo mahsulotlarimiz narxlari baland”, – deya qayd etdi u.

“Lekin shu lahzadan foydalanib ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish kerak. Ular nima uchun bizga kerak? Birinchidan, ish joylari ko‘payadi, ikkinchidan, eksport salohiyati oshadi, uchinchidan, import qaramlik pasayadi, to‘rtinchidan, budjet qo‘shimcha daromadlar topadi. O‘sha daromadlar hisobiga budjet taqchilligi kamayadi”, – deydi Rustam Azimov.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabrida hukumat budjet qonunidan tashqari 10 trln so‘m xarajat qilgani oydinlashgan, o‘shanda deputatlar bu xarajatlarni atigi 9 daqiqa ichida qonunga kiritib bergandi. Bunda, bolalar nafaqalari va moddiy yordamlar miqdori 2 trillion so‘mga kamaytirilgandi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

21 mlrd so‘mlik xaridlarda qonun buzilgan —Raqobat qo‘mitasi

Published

on


21 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlaridagi qonunbuzilishlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.  Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar bergan. 

Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan «QUYUV-MEXANIKA ZAVODI» AJ tomonidan o‘tkazilgan eng yaxshi takliflarni tanlash (tender) savdolari «Raqobat to‘g‘risida» gi qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Olib borilgan o‘rganishlar natijasida,«O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI» AJ tizim tashkiloti «QUYUV-MEXANIKA ZAVODI» AJ tomonidan o‘tkazilgan jami 21 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 8 ta tanlov savdolarida «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi ma’lum bo‘ldi. Ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan. 

Yuqoridagilarga muvofiq, Qo‘mitaning hududiy boshqarmasi Maxsus komissiyasi tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonun talablari buzilish alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

 



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Avtosug‘urta narxlari bir yilda qariyb 3 barobarga oshdi — Markaziy bank

Published

on


O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yil mart oyidagi xizmatlar narxi yillik o‘zgarishiga oid ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, eng katta narx o‘sishi 281,8 foiz bilan shaxsiy transport vositalarini sug‘urtalashda qayd etildi.

Trolleybusda yo‘l haqi bir yilda 100 foizga, tarmoq gaz 39,2 foizga, sovuq suv 35,1 foizga qimmatladi. Haydovchilik kurslari narxi ham 35,8 foizga oshdi.

Shuningdek, chiqindi tashlash xizmati 28,7 foiz, suyultirilgan gaz 25 foiz, tramvayda yo‘l haqi 23,3 foiz, muzey xizmatlari esa 21,1 foizga qimmatladi.

Arzonlashgan xizmatlar ro‘yxatida ichki yo‘lovchi havo transporti birinchi o‘rinda — yillik 10,9 foizga tushdi. Pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash 6,7 foizga, xalqaro yo‘lovchi havo transporti 5,5 foizga arzonladi.

Shu jumladan, nodavlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qish narxi 0,5 foizga, mikromoliyaviy xizmatlar esa 0,02 foizga pasaydi. Metroda yo‘l haqi, mobil internet, davlat maktabgacha ta’lim va davlat OTMlarida o‘qish narxlari o‘zgarmadi.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, iste’mol narxlari indeksi savatidagi jami 98 turdagi xizmatdan 68 tasining, ya’ni 69 foizining yillik narx o‘sishi 10 foizdan past bo‘ldi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

16-apreldan dollar sezilarli ravishda oshadi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 16-apreldan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 49,05 so‘mga oshib, 12 190,43 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 49,29 so‘mga oshdi va 14 362,76 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 526,57 so‘m bo‘ldi (+83,5).

Rossiya rubli 162,09 so‘m etib belgilandi (+1,83).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonga kofe importi keskin kamaydi

Published

on


2026-yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonga 20 ta xorijiy davlatdan 136,2 tonna kofe import qilindi. Uning umumiy qiymati 1,6 mln AQSh dollarini tashkil etgan, deya xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 65,4 tonnaga yoki 32,4 foizga kamaygan. Shu tariqa, mamlakatga kofe yetkazib berish hajmida sezilarli pasayish qayd etilgan.

2026-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistonga eng ko‘p kofe yetkazib bergan davlat 46,3 tonna bilan Italiya bo‘ldi.

Shuningdek, Efiopiya 26,7 tonna, Vetnam 15 tonna, Germaniya 14,8 tonna va Rossiya 14,2 tonna hajmda kofe eksport qilgan.

Qolgan 19,2 tonna kofe esa boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu esa import bozorida bir nechta asosiy yetkazib beruvchilar ustunligini ko‘rsatadi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

18:01 O‘zbekistonga smartfon va noutbuklar importining yangicha kanali ochiladi

Published

on



18:01

O‘zbekistonga smartfon va noutbuklar importining yangicha kanali ochiladi



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.