Jamiyat
«Kelajak» markazlarida o‘qiganlik uchun ota-onalar badali to‘lovi miqdorlari belgilandi
Hukumatning joriy yil 10-dekabrdagi 776-son qarori bilan «Kelajak» markazlarida o‘qiganlik uchun ota-onalar badali to‘lovini undirish va undan foydalanish tartibi belgilandi.
Qarorga ko‘ra, «Kelajak» markazlarida o‘qiganlik uchun ota-onalar badali to‘lovi oyiga BHMga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilandi:
2026-yil 1-yanvardan:
Toshkent shahrida – 30 foiz;
viloyatlar markazlarida – 25 foiz;
respublikaning qolgan tuman (shahar)lari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus va Xorazmning Urganch shaharlarida – 15 foiz;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmning qolgan tuman (shahar)larida – 10 foiz;
2026-yil 1-sentyabrdan esa:
Toshkent shahrida – 60 foiz;
viloyatlar markazlarida – 50 foiz;
respublikaning qolgan tuman (shahar)lari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus va Xorazm viloyatining Urganch shaharlarida – 30 foiz;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tuman (shahar)larida – 20 foiz.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomga, joriy oy uchun to‘lov mazkur oyning 10-sanasidan kechikmasdan to‘lanadi. Bunda sentyabr oyi uchun to‘lov 30-sanaga qadar amalga oshiriladi.
Ota-onalar to‘lovidan quyidagilar ozod etiladi:
«Kambag‘al oilalar reyestri»ga kiritilgan oilalarning farzandlari (ta’lim oluvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida);
alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internat o‘quvchilari;
yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining inklyuziv sinflarida ta’lim oladigan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8-sentyabridagi PQ–277-son qaror bilan maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida «Barkamol avlod» respublika bolalar maktabi hamda Respublika o‘quvchi-yoshlar markazi negizida Respublika «Kelajak» markazi tashkil etilishi belgilangan edi.
Jamiyat
1,8 mlrd so‘mlik jarimani kamaytirishni va’da qilgan muhandis qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati bo‘yicha hisoblangan yirik miqdordagi jarimani kamaytirishni va’da qilgan mansabdor shaxs pora olish vaqtida qo‘lga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Energosavdo” filiali Farg‘ona bo‘linmasi muhandisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, O‘zbekiston tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli xonadon va xususiy bog‘chada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani yuzasidan rasmiylashtirilgan dalolatnoma bo‘yicha hisoblangan 1,8 mlrd so‘m jarimani 210 mln so‘mga tushirib berishni va’da qilgan.
Buning evaziga u fuqarodan 10 ming AQSh dollari miqdorida pora talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muhandis so‘ralgan pul mablag‘ining 9 ming AQSh dollarini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Jamiyat
Dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan gazchilar ushlandi
Jizzax viloyatida fuqaroni aldab, tabiiy gaz hisoblagichi bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan gaz ta’minoti bo‘limi xodimlarining noqonuniy harakatlari fosh etildi.
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Sharof Rashidovtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi gazchilari J.A. va G‘.X. o‘zaro til biriktirib, fuqaro D.I.ni aldagani aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, ular fuqaroga go‘yoki xonadonidagi tabiiy gaz hisoblagichi buzilganligini aytib, ushbu holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirmasliklari evaziga 10 mln so‘m talab qilgan. Shuningdek, ular muqaddam 5 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Tadbir davomida gazchilar tomonidan olingan 5 mln so‘m pul mablag‘ining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Maldivda murakkab vaziyatga tushgan o‘zbekistonlik fuqaro vatanga qaytarildi
O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ko‘magida Maldiv orollarida mehnat faoliyati davomida murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandosh vatanga qaytarildi.
Foto: Carl Court / Getty Images
Ma’lum qilinishicha, elchixonaning tezkor harakatlari natijasida fuqaroga barcha zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi. Xususan, diplomatlar uning huquqiy maqomini tartibga solish va Maldiv orollaridan chiqib ketishini ta’minlash maqsadida mahalliy vakolatli organlar bilan muzokaralar olib borgan.
Natijada, u 2026 yil 15 mart kuni sog‘-omon O‘zbekistonga qaytarildi.
Shu munosabat bilan elchixona xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoki rejalashtirayotgan fuqarolarni qonun talablariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi. Jumladan, mehnat faoliyatini faqat rasmiy shartnoma va tegishli ishchi vizasi asosida amalga oshirish, borilayotgan mamlakat qonunchiligi bilan oldindan tanishish hamda xorijga yetib borgach, konsullik ro‘yxatidan o‘tish tavsiya etildi.
Shuningdek, pasport va boshqa shaxsiy hujjatlarni uchinchi shaxslarga topshirmaslik zarurligi ta’kidlandi.
Elchixona favqulodda holatlar yoki huquqiy muammolar yuzaga kelganda Dehli shahridagi diplomatik missiyaning konsullik bo‘limiga zudlik bilan murojaat qilishni so‘radi.
Jamiyat
Ekopolitsiya rahbariga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi rahbariga o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Fazlitdin Ibodullayevich Salomov Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U avval qator tashkilotlarda, jumladan Hisob palatasida faoliyat olib borgan.
Jamiyat
Uyqusizlik va tushkunlikni kamaytirishning oddiy yo‘li topildi
Uyqusizlik va tushkunlikni kamaytirishning oddiy yo‘li topildi
Source link
-
Siyosat5 days agoPrezident Mirziyoyev fuqarolardan murojaatlar ko‘payib borayotgan bir paytda militsiya xodimlarining qo‘pol xatti-harakatlarini tanqid qildi
-
Jamiyat4 days ago
Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov lavozimidan ozod etildi
-
Dunyodan5 days ago
AQSh, Isroil va Eron o’rtasidagi urush qurbonlari soni 2000 nafarga yetdi.
-
Sport5 days agoHasanboy Do‘smatov professional boksdagi navbatdagi jangini Bishkekda o‘tkazadi
-
Jamiyat4 days agoadolat izlagan dehqonning 7 yillik sarguzashtlari
-
Iqtisodiyot2 days ago«Yomg‘ir va qorda ham foydalanishga tayyor bo‘ladi» – Toshkent-Andijon pulli yo‘li haqida nimalar ma’lum?
-
Dunyodan4 days ago
Prezident Tramp yashirishga uringan Eronga qarshi urush sababi ma’lum bo’ldi
-
Dunyodan3 days ago
Iroq g‘arbida AQShning yonilg‘i quyuvchi samolyoti urib tushirildi
