Mahalliy
Jamshidbek Izzatullayev AQShdagi nufuzli universitetning 373 ming dollarlik grantini qo‘lga kiritdi
Miya ilmiga qiziquvchi namanganlik Jamshidbek Izzatullayev AQShning ta’lim sohasida birinchi raqamli Vanderbilt universitetiga 100 foizlik grant asosida qabul qilindi. Boshqacha aytganda, u shu universitetda o‘qish uchun 373 000 dollarlik grant sohibiga aylandi.
Jamshidbek Izzatullayev 2005-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Namangan shahridagi 58-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida 9-sinfgacha tahsil olgan. So‘ngra Toshkentdagi Millat umidi maktabi (Cambridge International College)ga to‘liq grant asosida qabul qilinib, o‘qishni poytaxtda davom ettirgan va maktabni oltin medalga bitirgan.
Jamshidbek universitetga tayyorgarlik jarayonida IELTSdan 8.0, SATdan 1520 ballni qo‘lga kiritdi. U testlarga tayyorlanish bilan birga, darsdan tashqari ko‘plab mashg‘ulotlarda bilim va ko‘nikmalarini oshirgan. Jumladan, ikki yil davomida TEDxCICTashkent loyihasini boshqarib, notiqlik san’ati bo‘yicha dars o‘tgan. Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshidagi ITSM tashkilotida tarjimon sifatida amaliyot o‘tagan.
Qiziqqan sohasi, ya’ni miya ilmiga oid o‘zbek tilidagi manbalarning yetishmovchiligi sababli, Jamshidbek o‘zi asos solgan Miyashunos loyihasi orqali o‘zbek tilida kichik maqolalar yozib bordi. Shu va boshqa ko‘plab loyihalar Jamshidbekning miya ilmiga qiziqishini kuchaytirdi va universitetga grant yutishida katta yordam berdi.
Vanderbilt — Amerikaning eng nufuzli universitetlaridan biri. Topshiruvchilarning atigi 6,7 foizini qabul qilganligi sababli kirish eng qiyin bo‘lgan universitetlardan sanaladi. Amerika universitetlarining reytingini tuzadigan ishonchli manba US News ma’lum qilishicha, Vanderbilt Amerikaning umumiy reytingidagi 436 ta universitet orasida 18-o‘rinda turadi. Ta’lim sohasida esa Vanderbilt — yaqqol peshqadam.
Mahalliy
Yaponiya granti doirasida 5,7 mln dollarlik tibbiy uskunalar keltiriladi
Sog‘liqni saqlash vazirligida vazir A.Xudayarov va Yaponiyaning yurtimizdagi yangi tayinlangan elchisi K.Xirata o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, Yaponiya hukumati bilan grant dasturi doirasida mammografiya apparatlarini yetkazib berish loyihasi ustida ishlanmoqda.
Mazkur loyiha 2025 — 2026 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, 5,7 million AQSh dollari qiymatidagi eng zamonaviy yapon tibbiy uskunalarini yetkazib berish vazifalarini o‘z ichiga oladi. Muhimi, u grant yordami orqali ro‘yobga chiqariladi.
Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekistonda ayollarni ko‘krak bezi saratonini erta aniqlashga qaratilgan skrining dasturlari bilan to‘liq qamrab olishdan iborat.
Mammografiya uskunalari butun mamlakatimiz bo‘ylab tuman tibbiyot birlashmalariga taqdim etiladi. Mazkur tashabbus Prezidentimizning 2024 yil 21 fevraldagi tegishli Farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston 2030» strategiyasiga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Muloqot davomida Yaponiya hukumatining grant dasturi doirasida mammografiya apparatlarini yetkazib berish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Mahalliy
Biz baxtlimiz! Sizchi?
Biz baxtlimiz! Sizchi?
Source link
Mahalliy
Markaziy Osiyo mamlakatlari ishtirokidagi korxonalar soni 2,1 mingtaga yetgan
So‘nggi yillarda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi sezilarli darajada kengayib, mustahkamlandi. Bu esa nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqadagi boshqa mamlakatlarning ham barqaror iqtisodiy o‘sishiga hissa qo‘shdi.
MO mamlakatlari O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari qatoriga kiradi. O‘zbekiston tashqi savdosida mintaqaning umumiy ulushi — 10,6 foiz, eksportda — 9,8 foiz, importda — 11,1 foizni tashkil etmoqda.
So‘nggi 8 yilda O‘zbekistonning MO mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 2,6 barobarga oshib, 7 mlrd dollarga yetdi. Eksport 1,8 barobarga oshib 2,7 mlrd dollarni, import esa 3,5 barobarga o‘sib, 4,3 mlrd dollarni tashkil etdi. MO mamlakatlari ishtirokidagi korxonalar soni 6,7 barobarga ko‘payib, hozirda 2,1 mingtaga yaqinni tashkil etmoqda.
Mahalliy
Bo‘stonliqda 20 ming xonadonni elektr bilan ta’minlaydigan ShES qurilyapti
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida quvvati 20 megavattga teng bo‘lgan «Chorvoq shamol elektr stansiyasi» qurilyapti. Loyihaning 2026-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Energetika vazirligiga ko‘ra, ShES ishga tushirilgach, yiliga o‘rtacha 50 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Buning natijasida 15 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishi va atmosferaga 22 ming tonna zararli gazlar chiqarilishining oldi olinadi.
Mazkur elektr stansiya orqali esa qariyb 20 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi.
Mahalliy
Turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibi belgilandi
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisining joriy yil 11-noyabrdagi tegishli buyrug‘i bilan Turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjat Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan «Yangi O‘zbekiston manzaralari», «Buyuk allomalar» va «Zamon qahramonlari» kabi turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibini belgilaydi.
San’at asarlarini davlat buyurtmasi asosida yaratishda Badiiy akademiyaning Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi buyurtmachi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi – davlat buyurtmasining loyihasini shakllantiruvchi ishchi organ hisoblanadi.
Kelgusi yil uchun ijodiy asarlarni yaratish bo‘yicha mavzu va yo‘nalishlar ro‘yxati har yili noyabr oyida Badiiy akademiyaning Boshqaruv kengashi qarori bilan tasdiqlanadi. Mavzu va yo‘nalishlar ro‘yxatini tasdiqlashda Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi va Islom sivilizatsiyasi markazining takliflari, shuningdek, san’atshunoslar, jamoat arboblari va ijodkorlarning fikrlari inobatga olinadi.
Turkum ijodiy asarlarning mavzu va yo‘nalishlari to‘g‘risida har yili yanvar oyining 10 sanasiga qadar ommaviy axborot vositalarida e’lon beriladi. E’lon qilingan mavzu va yo‘nalishlar bo‘yicha mualliflarning loyiha takliflari har yili 5 fevralga qadar qabul qilinadi.
Davlat buyurtmasi sifatida tasdiqlangan ijodiy loyihalar mualliflari bilan ijodiy asar yaratish uchun shartnoma tuziladi.
Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida ijodkorlar tomonidan taqdim etilgan barcha loyiha takliflari, ularning ko‘rib chiqilish holati hamda ular bo‘yicha qabul qilingan qarorlar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi veb-saytida ochiq e’lon qilib boriladi.
Yaratilgan ijodiy asarlar Islom sivilizatsiyasi markazi jamg‘armasiga, shuningdek, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasiga topshiriladi va mualliflarga mualliflik haqi to‘lanadi.
-
Jamiyat3 days agoToshkent uchun yana 56 dona zamonaviy metro vagonlari xarid qilinadi
-
Jamiyat3 days agoIsh vaqtidan tashqari ishlaganlarga ikki hissagacha haq to‘lanadi
-
Dunyodan3 days agoIsroil ko’chmanchilari G’arbiy Siqilning hujumi sifatida Falastin omborlari va erlariga o’t qo’yishdi
-
Jamiyat3 days agoTezkor tadbirlarda valuta ayirboshlashning noqonuniy sxemalari aniqlandi
-
Jamiyat4 days agoPrezident huzurida ekologiya bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi
-
Iqtisodiyot1 day agoO‘zbekistonda qariyb yarim million korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda
-
Jamiyat4 days agoBugun mamlakatimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi
-
Iqtisodiyot4 days agoXitoy va Vetnam – asosiy manba: 3,2 mln telefon import qilindi
