Iqtisodiyot
Jamshid Qo‘chqorov – energotariflar oshishi, iqtisodiy o‘sish va tashqi qarzlar haqida
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar oshiriladi. Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov tashqi qarz nega oshayotganiga izoh berdi. Kambag‘al oilalarga isitish mavsumidagi energetika xarajatlari uchun 1 mln so‘mdan pul beriladi. Kun.uz videosharhida ana shu yangiliklar haqida so‘z boradi.
{Yii::t(}
O’tkazib yuborish 6s
O’tkazib yuborish
1 iyul va 1 avgustdan
3 iyun kuni e’lon qilingan prezident farmoniga ko‘ra, 2025 yil 1 iyuldan boshlab pensiyalar, 1 avgustdan boshlab esa oyliklar 10 foizga ko‘tariladi.
Kelasi oydan e’tiboran, yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 918 ming so‘m, nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 mln 12 ming so‘m, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori: 3 yoshgacha bo‘lgan bitta farzand uchun – 360 ming so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzand uchun – 275 ming so‘m; oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 165 ming so‘m; oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 110 ming so‘m etib belgilandi.
Shuningdek, 1 iyuldan boshlab kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori 420 ming so‘mni tashkil qiladi.
2025 yil 1 avgustdan e’tiboran, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 1 mln 271 ming so‘m deb belgilanadi. Bu miqdor hozirda 1 mln 155 ming so‘mga teng.
Bundan tashqari, 1 avgustdan boshlab, bazaviy hisoblash miqdori va unga bog‘langan jarimalar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar ham oshadi. BHMning yangi miqdori 412 ming so‘m bo‘ladi. Hozir bu miqdor 375 ming so‘mga teng.
“Xususiy sektorda ishlovchi fuqarolarimizning ham to‘lov qobiliyatlarini rag‘batlantirish uchun ish beruvchilarga ish haqi miqdorini mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorlarda to‘lash tavsiya etiladi”, – deyiladi farmonda.
Oxirgi marta ish haqi, pensiya va nafaqalar 2024 yil 1 sentabrda 15 foizga oshirilgandi. Stipendiyalar esa oxirgi marta 2021 yilda oshirilgan va shundan beri, 4 yil davomida o‘zgarmay kelayotgandi. Oliy ta’lim muassasalaridagi to‘lov-kontrakt miqdorilari esa o‘tgan yili sentabrda 15 foizga ko‘tarilgan.
Vazir – tariflar oshgani haqida
Oyliklar va pensiyalar oshirilishi haqidagi farmon e’lon qilinishidan oldin, hujjatni bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Qonunchilik palatasi yig‘ilishidagi chiqishida anons qilgan edi. U o‘z chiqishida 1 maydan energetika tariflari oshirilgani haqida ham gapirib, 200 kWh’gacha bo‘lgan bazaviy me’yor uchun tarif 450 so‘mdan 600 so‘mgacha oshirilgani, lekin 200 kWh’dan 500 kWh’gacha iste’mol uchun tarif 900 so‘mdan 800 so‘mga pasaytirilganiga urg‘u berdi.
“Oila oyiga 300 kWh energiya iste’mol qilsa, uning xarajatlari 20 ming so‘mga oshyapti. Tariflaring past miqdorda oshganiga qaramay, ijtimoiy yordam ko‘zda tutilyapti. Oila daromadi 1 mln so‘mdan kam bo‘lsa, 200 kWh’dan tashqari 150 kWh elektr energiyasi iste’mol qilsa, 150 kWh uchun to‘lov kompensatsiya qilib beriladi. Ya’ni kam ta’minlangan oilaga 30 ming so‘mgacha to‘lab beriladi. Shunday qilib, kambag‘al oilalar xarajati oshmaydi”, – dedi vazir.
Jamshid Qo‘chqorovning aytishicha, o‘rtacha oila yoz oyida 500 kWh elektr iste’mol qilsa, 201 kWh’dan 500 kWh’gacha oraliqdagi iste’mol uchun tariflar pasaytirilgani sabab oilaning oylik xarajati o‘zgarmay qolishini ta’kidladi.
Hukumat vakiliga ko‘ra, ijtimoiy reyestrga kirgan 950 mingta oilaga tariflar oshishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun qish kelishidan oldin, noyabr oyida 1 mln so‘mdan kompensatsiya beriladi. Bu yordam gazga ulanmagan joylarda yashovchilarga ham taalluqli bo‘ladi, dedi Qo‘chqorov..
Budjet hisoboti
Aholi daromadlari 8,1 foizga, chakana aylanmalar 9,9 foizga, asosiy kapitalga investitsiyalar 27,6 foizga, oltinsiz eksport 16,5 foizga oshgan va bu yalpi talabni rag‘batlantirgan.
2024 yil yakuni bo‘yicha konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari 429,3 trln so‘mni tashkil etib, taqchillik 47,7 trln so‘m yoki YaIMga nisbatan 3,3 foizni tashkil etgan. 2025 yil 1-choragida esa iqtisodiy o‘sish 6,8 foiz bo‘lgan. 1-chorakda konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 97,2 trln so‘mni, xarajatlar 113,8 trln so‘mni tashkil qilib, budjet taqchilligi YaIMga nisbatan 1 foizga teng bo‘lgan.
Tashqi qarzlar
Jamshid Qo‘chqorov tashqi qarz masalasi ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotganini aytib, bu masalaga izoh berdi.
“Davlat qarzi ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bo‘lyapti. O‘sib borayotgan iqtisodiyotimiz ko‘p mablag‘ga muhtoj. Tashqi investitsiyalar, DXSh asosidagi loyihalardan ham mablag‘lar ham kirib kelyapti. Davlat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlar, ichimlik suvi, yo‘l, infrastruktura, shuningdek, mudofaa qobiliyati, chegaralarimiz xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini tashqi qarz evaziga qoplashga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonning istalgan eng chekkka hududlarida ham uy-joylarni tadbirkorlar quryapti. Tadbirkorlarda odamlar ipoteka olib, uyni sotib oladi, degan ishonch bor. Ipoteka muddati uzoq va banklarni ipoteka bilan qoplash mablag‘lari ham chet eldan olib kelinadi. Bu tashqi qarz mablag‘larimiz oshishiga olib keladi”, – dedi vazir.
Jamshid Qo‘chqorovga ko‘ra, 2024 yil oxirida davlat qarzi qoldig‘i 40,2 trln dollarni tashkil qilgan, shundan 33,7 mlrd dollari tashqi qarzlar bo‘lgan. Davlat zimmasidagi jami qarzdorlik o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha YaIMga nisbatan 35 foizni tashkil etgan.
1-chorak yakunlari bo‘yicha, ya’ni 1 aprel holatiga, O‘zbekiston Respublikasining qarzlari 42,4 mlrd dollarga yetgan. Shundan 35,6 mlrd dollari tashqi qarz, 6,9 mlrd dollari ichki qarzdir. Davlat tashqi qarzi 2025 yilda kutilayotgan YaIMga nisbatan 33,5 foizni tashkil qildi. “Har bir dollar qarz olishga nihoyatda sinchkovlik bilan qaraladi”, – dedi iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov.
Iqtisodiyot
Ertaga dollar tushib, yevro biroz ko‘tariladi
Markaziy bank 2026-yil 26-iyundan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 10,88 so‘mga tushib, 12 013,52 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 6,88 so‘mga oshdi va 13 649,76 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 841,03 so‘m bo‘ldi (-2,32).
Rossiya rubli 159,95 so‘m etib belgilandi (-0,46).
Iqtisodiyot
Moody’s xalqaro agentligi O‘zbekistonning kredit reytingini bir pog‘onaga ko‘tardi
Moody’s xalqaro agentligi O‘zbekistonning kredit reytingini bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarib, barqaror prognozi bilan Ba2 darajasida belgiladi.
Bu Prezidentimiz rahbarligida mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash borasida olib borilayotgan tizimli harakatlar natijasidir, deya ma’lum qildi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.
Mazkur ko‘rsatkich amalda nimani anglatadi? Bu — yanada qulay shartlardagi investitsiyalar, arzon moliyaviy resurslar, yangi korxonalar hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari demak.
Oldinda hali qiladigan ishlarimiz ko‘p. Bosh maqsadimiz O‘zbekiston fuqarolari uchun munosib kelajakni ta’minlovchi kuchli, ochiq hamda raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etishdir, deya xulosa qiladi Saida Shavkatovna.
Iqtisodiyot
Soliq oliy maktabi rektori vazifasini bajaruvchi tayinlandi
Narziyev Yigitali Shodmonovich Soliq oliy maktabi rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U ayni vaqtda Soliq qo‘mitasi rais maslahatchisi lavozimida ham faoliyat olib boradi.
Soliq oliy maktabi 2026/2027 o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichiga hujjatlarni qabul qilmoqda. Hozirda quyidagi 2 ta yo‘nalish mavjud:
Soliqlar va soliqqa tortish;
Buxgalteriya hisobi.
Kelgusida «Raqamli soliq ma’murchiligi» hamda «Soliq huquqi va moliyaviy nazorat» yo‘nalishlari ham ochilishi kutilmoqda.
Joriy o‘quv yili uchun 50 ta davlat granti ajratilgan.
Talabalar uchun zamonaviy o‘quv binolari, Axborot-resurs markazi, sport inshootlari va 1000 o‘rinli talabalar turar joyi ham mavjud.
Oliy maktab davlat oliygohi bo‘lgani uchun hujjatlar my.uzbmb.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
Iqtisodiyot
123 mingdan ortiq fuqaro shubhali xaridorlar reyestriga kiritildi
Ular soxta xarid chekini «Soliq» mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazganlikda gumon qilinmoqda.
May oyida ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum bir haq evaziga uchinchi shaxslardan soxta xarid cheki olgan, haqiqatda kirim qilinmagan yoki xarid qilinmagan tovar uchun xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazgan 123 mingdan ortiq fuqaro shubhali xaridorlar reyestriga kiritildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bunday soxta xarid chekini «Soliq» mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish qonunga xilof hisoblanadi va javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Xabarga ko‘ra, agar tovar yoki xizmat sotib olingan tadbirkor soliq hisobotini taqdim etmasa yoki unda kamchiliklar mavjud bo‘lsa yoxud soliq qarzi to‘lanmagan bo‘lsa, keshbek shu kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin avtomatik ravishda tasdiqlanadi.
Keshbek quyidagi hollarda hisoblanmaydi:
agar chek berilganiga 10 kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;
avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalari, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar xizmat ko‘rsatganda;
yakka tartibdagi tadbirkor hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs tomonidan raqamli platforma (Xolis Paynet) orqali berilgan xarid chekiga;
jismoniy shaxslar shubhali xaridorlar reyestriga kiritilgan bo‘lsa.
Iqtisodiyot
Sanoat o‘sishida qaysi tarmoqlar yetakchilik qilmoqda?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekiston sanoatida ishlab chiqarish hajmi o‘sishda davom etdi. Bu davrda sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati hissasiga to‘g‘ri keldi.
Qayd etilishicha, ishlab chiqarish sanoati hajmi 338,5 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,5 foizga o‘sgan. Bu ko‘rsatkich mamlakat sanoatidagi asosiy drayver aynan qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish sohalari bo‘lib qolayotganini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sohasida ham ijobiy dinamika saqlanib qoldi. Tarmoq hajmi 27,5 trillion so‘mga yetgan va yillik o‘sish 6,4 foizni tashkil qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, elektr energiyasi, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sohasida ishlab chiqarish hajmi 26,6 trillion so‘mni tashkil etdi. Mazkur yo‘nalishdagi o‘sish sur’ati 3,3 foiz bo‘lgan.
Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash sohasida esa 2,1 trillion so‘mlik xizmat va mahsulotlar ishlab chiqarildi. Bu tarmoqda ham 6,4 foizlik o‘sish qayd etildi.
-
Jamiyat5 days ago
Bugun ayrim hududlarda havo harorati 44 darajaga yetishi mumkin
-
Siyosat5 days ago
«Endigi vazifa erishilgan kelishuvlarni real loyihalarga aylantirish»
-
Iqtisodiyot4 days agoO‘zbekiston qaysi mamlakatlarga ko‘proq mahsulot sotmoqda?
-
Siyosat4 days agoPrezident Mirziyoyev Ozarbayjon elchisini oʻz nihoyasiga yetgan “Mehnat Shufrati” ordeni bilan taqdirladi
-
Iqtisodiyot4 days ago
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi 35 yilda 12 barobar oshdi
-
Siyosat5 days ago
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
-
Iqtisodiyot5 days ago
Jahon banki O‘zbekiston qishloqlari uchun 150 mln dollar ajratadi
-
Jamiyat5 days agoInterpol o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslarni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi
