Connect with us

Sport

Iroq JChning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi

Published

on


Iroq milliy jamoasi qit’alararo pley-offda Boliviyani mag‘lub etib, JCh-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan 48 jamoa nomi va guruhlar tarkibi to‘liq aniq bo‘ldi.

Toshkent vaqti bilan 1 aprel kuni Meksikada Iroq va Boliviya milliy jamoalari qit’alararo pley-off finalida jahon chempionatiga oxirgi yo‘llanma uchun maydonga tushishdi. O‘yin Osiyo jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

JCh-2026 — Qit’alararo pley-off. Final

Iroq — Boliviya — 2:1

Gollar: Ali al-Hamadiy 10 (1:0), Moyzes Paniagua 38 (1:1), Ayman Hussayn 53 (2:1)

O‘yinning 10-daqiqasida Ali Al-Hamadi hisobni ochdi. Tanaffusga yetti daqiqa qolganida Moyses Paniaguaning sa’y-harakatlari bilan boliviyaliklar hisobni tenglashtirishdi. 53-daqiqada esa Ayman Hussayn yana Osiyo jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Qolgan vaqt davomida janubiy amerikaliklar to‘liq ustunlikka erishgan bo‘lishsa-da, hisobni tenglashtira olishmadi va jahon chempionatidan qolib ketishdi.

Iroq esa Osiyoning jahon chempionatiga yo‘llanma olgan to‘qqizinchi vakili bo‘ldi. Bungacha qit’adan Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron, O‘zbekiston, Iordaniya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni va BAA yo‘llanmani kafolatlagan edi.

Endi iroqliklar milliy jamoasi mundialda Fransiya, Senegal va Norvegiya bilan bir guruhdan joy oladi.

AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tadigan jahon chempionati 11 iyun kuni boshlanib, 19 iyulda yakunlanadi. Turnirda ilk bor 48 jamoa ishtirok etadi.

Jahon chempionatida ishtirok etuvchi 48 jamoa nomi va guruhlar tarkibi aniq bo‘ldi:

 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

Bugun olti nafar bokschimiz final uchun jang o‘tkazadi

Published

on


Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batorda boks bo‘yicha Osiyo chempionati hal qiluvchi bosqichga kirmoqda.

Bugun, 7-aprel kuni yarim final bosqichidan o‘rin olgan ikkinchi kun janglari bo‘lib o‘tadi. Ularda olti nafar hamyurtimiz ishtirok etadi:

-57 kg: Nigina O‘ktamova — Jasmin (Hindiston)
-75 kg: Javohir Abdurahimov — Akash (Hindiston)
-85 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev — Lokesh (Hindiston)
-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov — Orazbek Assilkulov (Qozog‘iston)
-80 kg: Fazliddin Erkinboyev — Minseong Kim (Koreya Respublikasi)
-90 kg: Halimjon Mamasoliyev — Sagindik Togambay (Qozog‘iston).



Source link

Continue Reading

Sport

Sindorov “duranglar qiroli” bilan durang o‘ynadi

Published

on


Javohir Sindorov bugungi durang bilan 7 imkoniyatdan 6 ochko jamg‘arib turnir tarixida mutlaq rekordga erishdi. Hali hech bir shaxmatchi Nomzodlar turnirining birinchi davrasidayoq bunday natijaga erishmagan: na Karlsen, na Anand, na Nepomnyashchiy.

Foto: Youtube / FIDE chess

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov 5 aprel kuni Nomzodlar turnirining 7-turida jahon reytingida 8-o‘rinda turuvchi niderlandiyalik Anish Giri bilan durang o‘ynadi.

Girini “duranglar qiroli” deb atash mumkin. U 2016 yilgi Nomzodlar turnirida 14ta partiyaning barchasini durang bilan yakunlagan.

Sindorov bugungi durang bilan 7 imkoniyatdan 6 ochko jamg‘arib turnir tarixida mutlaq rekordga erishdi. Hali hech bir shaxmatchi Nomzodlar turnirining birinchi davrasidayoq bunday natijaga erishmagan: na Karlsen, na Anand, na Nepomnyashchiy.

Javohir bungacha jahon reytingida ikkinchi o‘rinda borayotgan amerikalik Hikaru Nakamura, amerikalik yana bir shaxmatchi, jahon reytingida uchinchi o‘rinda turgan Fabian Karuana, jahon reytingida 7- o‘rinda turuvchi xitoylik Vey Ini taslim etgandi.

Endi Javohir Sindorov 7 aprel kuni ikkinchi davraning 8-tur doirasida rossiyalik Andrey Yesipenkoga qarshi dona suradi.

Kiprning Pafos shahrida 29 mart kuni boshlangan 2026 yilgi Nomzodlar turniri 15 aprelgacha davom etadi. Unda jahonning sakkiz nafar nomdor shaxmatchilari ishtirok etmoqda. Javohir Sindorov ushbu turnirga yo‘llanma olgan ilk o‘zbekistonlik hisoblanadi.

Turnirda shaxmatchilar ikki davrada jami 14 partiya o‘ynashadi, ya’ni oldinda yana 9 tur bor. G‘olib pul mukofotlaridan tashqari (g‘oliblik uchun 48 ming yevro beriladi, shuningdek, har bir ishtirokchi jamg‘argan har yarim ochkosi uchun 3500 yevrodan oladi) amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Dommaradju Gukeshga qarshi shaxmat toji uchun bahs olib borish huquqini qo‘lga kiritadi.



Source link

Continue Reading

Sport

«Real» autsayderga yutqazdi, «Barsa» chempionlikka yaqinlashdi «Real» qo‘shimcha daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va amalda chempionlik kurashidan chiqdi. «Barsa» va «Atletiko» o‘yinida hakamlik mojarosi.

Published

on



«Real» autsayderga yutqazdi, «Barsa» chempionlikka yaqinlashdi

«Real» qo‘shimcha daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va amalda chempionlik kurashidan chiqdi. «Barsa» va «Atletiko» o‘yinida hakamlik mojarosi.



Source link

Continue Reading

Sport

Sindorov bu safar xitoylik raqibini taslim etdi

Published

on


O‘zbekistonlik shaxmatchi Nomzodlar turniridagi peshqadamligini yanada mustahkamladi.

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov 4 aprel kuni Nomzodlar turnirining 6-turida xitoylik Vey Ini mag‘lub etdi.

Jahon reytingida 7- o‘rinda turuvchi Vey I Javohirning oldingi raqiblari singari taslim bo‘lishga majbur bo‘ldi.

Shu tariqa o‘zbekistonlik shaxmatchi turnirdagi beshinchi g‘alabasiga erishdi. U 6 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg‘argan holda peshqadamlikni yanada mustahkamladi.

🇨🇳 Wei Yi 0-1 Javokhir Sindarov 🇺🇿

♟️ Round 6, FIDE Candidates 2026#FIDECandidates #FIDE #Chess #Cyprus pic.twitter.com/r3BvQl8rbn


— International Chess Federation (@FIDE_chess) April 4, 2026

Sindorov 5-turda jahon reytingida ikkinchi o‘rinda borayotgan amerikalik Hikaru Nakamurani, 4-turda esa amerikalik yana bir shaxmatchi, jahon reytingida uchinchi o‘rinda turgan Fabian Karuanani taslim etgandi.

Endi Javohir Sindorov 5 aprel kuni 7-tur doirasida niderlandiyalik Anish Giriga qarshi dona suradi.

Kiprning Pafos shahrida 29 mart kuni boshlangan 2026 yilgi Nomzodlar turniri 15 aprelgacha davom etadi. Unda jahonning sakkiz nafar nomdor shaxmatchilari ishtirok etmoqda. Javohir Sindorov ushbu turnirga yo‘llanma olgan ilk o‘zbekistonlik hisoblanadi.

Turnirda shaxmatchilar ikki davrada jami 14 partiya o‘ynashadi, ya’ni oldinda yana 9 tur bor. G‘olib pul mukofotlaridan tashqari (g‘oliblik uchun 48 ming yevro beriladi, shuningdek, har bir ishtirokchi jamg‘argan har yarim ochkosi uchun 3500 yevrodan oladi) amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Dommaradju Gukeshga qarshi shaxmat toji bahs olib borish huquqini qo‘lga kiritadi.





Source link

Continue Reading

Sport

Superliga. “Neftchi” yana yirik g‘alabaga erishdi, “Buxoro” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi

Published

on


“Neftchi” bu gal raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta gol kiritib, navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. “Surxon” “Buxoro”ga mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini taqdim etdi.

2-4 aprel kunlari O‘zbekiston Superligasida 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.  

SO‘G‘DIYoNA 2:2 QO‘QON-1912

Turning dastlabki o‘yinida “So‘g‘diyona” jamoasi “Qo‘qon-1912” klubini qabul qildi. “Do‘stlik” stadionida kechgan bellashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi. Feysal Mulich hamda Lyupcho Doriyevning gollariga mehmonlar tarkibida Shohruh Gadoyev va Shota Gvazava javob qaytardi.

BUNYoDKOR 2:0 LOKOMOTIV

Birinchi kunning ikkinchi o‘yinida “Bunyodkor” o‘z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qildi.

Bellashuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Gollarga Boburbek Yo‘ldoshev hamda Marko Bugarin mualliflik qildi.

XORAZM 2:1 DINAMO

“Xorazm” jamoasi bu turda Samarqandning “Dinamo” klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mezbonlar safida Azizbek Pirmuhammadov hisobni ochgan bo‘lsa, Ravshanbek Yagudinning avtogoli “Dinamo”ning mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi. Mehmonlarning javob golini Til Mavretich kiritdi.

NAVBAHOR 2:1 MASh’AL

Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida kechgan “Navbahor” va “Mash’al” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv lochinlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Diyor Xolmatov hamda Muhammadali Usmonovning gollariga mehmonlar tarkibida Vlatko Stoyanovskiy bir bor javob qaytardi.

NASAF 1:0 ANDIJON

“Nasaf” jamoasi Samarqanddagi “Dinamo” stadionida “Andijon”ni qabul qilib, kichik hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golga Murodbek Rahmatov mualliflik qildi.

PAXTAKOR 3:1 OKMK

“Paxtakor” o‘z maydonida Olmaliqning OKMK klubi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Flamarion Jovino, Dostonbek Hamdamov hamda Muhammadqodir Hamraliyevning gollariga Aziz Xolurodov bir bor javob qaytardi.

QIZILQUM 0:4 NeFTChI

Turning eng yirik hisobi Navoiyda qayd etildi. Har bir turda uchtadan gol kiritib kelayotgan Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi bu safar “Qizilqum” darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritdi. Gollarga Zoran Marushich (2 ta), Alisher Odilov va Ikromjon Aliboyev mualliflik qildi.

SURXON 3:1 “BUXORO

“Buxoro”ning ushbu mavsumdagi mag‘lubiyatsiz seriyasiga “Surxon” chek qo‘ydi. Mezbonlar safida Sunnatulla Abdullajonov va Stefan Chinedu (2ta) gol mualliflariga aylangan bo‘lsa, Shahboz Jo‘rabekov mehmonlarning yagona javob golini kiritdi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.