Iqtisodiyot
innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish departamenti direktori Vitaliy Indin AVO bank aloqa markazini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha o‘zining noyob tajribasi bilan bo‘lishdi.
AVO jamoasi ulkan loyihani amalga oshirishga qizg‘in kirishdi. Vitaliy Indin ushbu yo‘lning hal qiluvchi bosqichlari: mutaxassislar tanlovi, innovatsion o‘qitish usullari va mijozlarga yuqori darajali xizmat ko‘rsatishni tashkil etishga imkon bergan strategiyalar haqida gapirib berdi.
Kompaniya AVO gidlarni tayyorlashga katta mas’uliyat bilan yondashdi. Nomzodlar diqqatni jamlash, o‘quv materiallarini tez o‘zlashtirish qobiliyati bo‘yicha test sinovlaridan o‘tishdi va mijozlar bilan real muloqot ssenariylarini modellashtiruvchi test topshiriqlarida o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Suhbatga taklif qilingan 100 nafar nomzoddan faqat eng puxta tayyorlangan 10–15 nafari ishga taklif qilindi.
AVO gidlarining birinchi jamoasi bir necha oy oldin tuzilgan. Ushbu vaqt mobaynida xodimlar noyob o‘quv roboti bilan ishlashni o‘z ichiga oluvchi intensiv mashg‘ulotlardan o‘tdilar. Ushbu robot AVO foydalanuvchilarining qo‘ng‘iroqlarini modellashtirdi. Bu esa aloqa markazi jamoasiga mahsulotning tijorat maqsadlarida foydalanilishidan oldin qimmatli amaliy tajribaga ega bo‘lish imkoniyatini berdi. Shunday qilib, jamoa birinchi kundanoq mijozlarga xizmat ko‘rsatishga to‘liq tayyor holga keltirildi.
Loyiha ommada katta qiziqish uyg‘otdi va aloqa markazi har kuni minglab qo‘ng‘iroqlarni qabul qila boshladi. Xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini ta’minlash uchun zaxira autsorsing aloqa markazi ulandi. Shuningdek, operativ faoliyatni kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Mazkur sa’y-harakatlar tufayli tez va sifatli xizmat ko‘rsatish tashkil qilindi.
Endilikda mijozlar karta va mobil ilovadan foydalanishdan tortib, to‘lov shartlarigacha bo‘lgan barcha qiziqtiruvchi savollariga javob olishlari mumkin. Murojaatlarning 95% dan ortig‘i bevosita qo‘ng‘iroq paytida hal qilinadi, murakkabroq masalalar bo‘yicha esa bankning boshqa bo‘limlariga eskalatsiya qilish tizimi ko‘zda tutilgan. Barcha so‘rovlar CRM-tizimida qayd etib boriladi, bu mijozlar bilan kelgusi ishlarni optimallashtirish va xizmatlardan qoniqishning yuqori darajasini ta’minlash imkonini beradi.
Mijozlar bilan proaktiv aloqaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Misol uchun, Welcome Call dasturi yangi mijozlarga kartadan qanday foydalanishni va qarzni o‘z vaqtida so‘ndirishni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Bunday qo‘llab-quvvatlash sodiqlik va foydalanuvchilar bilan uzoq muddatli munosabatlarni yaratishga yordam beradi.
AVO‘da xizmat sifatini qanday nazorat qilamiz?
AVO‘da biz o‘zaro aloqaning har bir bosqichida mijozlar tajribasini muntazam ravishda kuzatib boramiz. Aloqa markazining ishi — alohida nazorat ostida, chunki mijoz bilan birinchi jonli muloqot aynan shu yerda boshlanadi.
Aloqa markazi: mijozlarning yuqori baholari
Har bir qo‘ng‘iroqdan so‘ng mijoz operator ishini 5 ballik tizimda baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Natija: 85% mijozlar maksimal — 5 baho berishdi.
Bu operatorlarimizning xizmat ko‘rsatish, xushmuomalalik va professionallik darasi yuqori ekanligidan dalolat beradi.
NPS — mijoz yo‘lining har bir bosqichida
Mijozlarimiz quyidagi asosiy harakatlarni amalga oshirganlaridan so‘ng biz ularning sodiqlik indeksini (NPS) hisoblaymiz:
• AVO‘da hisob raqamini ochish
• Harid amalga oshirish
• Kreditni so‘ndirish
Bu bizga tezkor fikr-mulohazalarni olish va real vaqtda mijozlar yo‘lini yaxshilash imkonini beradi.
CSI — mijozlarning qoniqish indeksi
CSI (Customer Satisfaction Index) mustaqil tadqiqot kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan birinchi yirik tadqiqot doirasida AVO hayratlanarli natijalarni ko‘rsatdi — 88% mijozlar ishimizdan mamnun.
Quyidagilar alohida ta’kidlab o‘tildi:
• AVO gidlarning professionalligi va malakasi
• Muloqotda samimiylik va xushmuomalalik
• Aloqa markazining qulayligi va samaradorligi
Maksimal operatsion samaradorlikka erishish uchun zamonaviy rejalashtirish vositalaridan foydalaniladi. Maxsus dasturiy ta’minot qo‘ng‘iroqlar soni bo‘yicha tarixiy ma’lumotlarni tahlil qiladi va liniyalardagi ish miqyosini hisobga olgan holda xodimlar uchun jadval tuzadi. Xodimlarning KPI tizimi jadvalga rioya qilishni o‘z ichiga oladi, bu mijozlar uchun liniya bilan bog‘lanishning yuqori imkoniyatini ta’minlaydi.
Hozirgi bosqichda aloqa markazi faol rivojlanmoqda, intellektual IVR kabi yangi texnologiyalar joriy etilmoqda. Yangiliklar mijozlarga yanada qulay va samarali xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
AVO bank aloqa markazi shunchaki qo‘llab-quvvatlash emas
U biznesda asosiy rol o‘ynaydi: mijozlarga muammolarni hal qilishda, bank mahsulotlarini yaxshiroq tushunishda va raqamli dasturni o‘zlashtirishda yordam beradi. Mijoz uchun mahsulot qanchalik tushunarli bo‘lsa, u shunchalik ishonch bilan foydalanadi — kamroq xato qiladi va xizmatdan ko‘proq foyda oladi.
Shuning uchun aloqa markazi jamoasi nafaqat savollarga javob beradi, balki o‘rgatadi ham. Bir nechta so‘rovlardan so‘ng, mijozlar ishonch bilan self-service rejimiga o‘tadilar: ilovada o‘z mablag‘larini mustaqil boshqarishni boshlaydilar, hech qanday qiyinchiliklarsiz o‘tkazmalarni amalga oshiradilar va raqamlashtirilgan olamda o‘zlarini erkin his qiladilar.
Ushbu yondashuv qo‘llab-quvvatlash yukini kamaytiradi, qoniqishni oshiradi, biznesning o‘sishi va yaxshilanishiga bevosita ta’sir qiladi.
Aloqa markazi shakllanishning muhim bosqichidan o‘tdi. Oldinda xizmat ko‘rsatish maydonini kengaytirish, rivojlantirish va mijozlarning raqamli tajribasiga yanada chuqurroq integratsiya qilish kutilmoqda.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda chetdan xomashyo olib keladigan yangi kompaniya tuzilib, unga 200 mln dollar ajratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda metallurgiya sanoatini rivojlantirish, xomashyo bazasini mustahkamlash va mahalliylashtirish darajasini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilandi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati, Samarqand va Surxondaryoda ham temir zaxiralari mavjudligi prognoz qilinmoqda. Shu munosabat bilan temir sifati uchun zarur bo‘lgan marganets va ferrosilitsiy kabi minerallar zaxiralarini ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi.
Mutasaddilarga sun’iy intellekt yordamida geologik maydonlarni tahlil qilib, bir oy muddatda temir hamda uni boyitish uchun zarur minerallar zaxiralarini oshirish bo‘yicha geologiya dasturini ishlab chiqish topshirildi. Hudud rahbarlariga esa bu jarayonlarga yirik tadbirkorlarni jalb qilish vazifasi yuklatildi.
Bugungi kunda mamlakatda metallurgiya sohasida 150 ga yaqin o‘rta va kichik xususiy korxona faoliyat yuritmoqda. Qurilish materiallari sohasidagi islohotlardan keyin hududlarda metall mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratilgan yangi loyihalar boshlangani qayd etildi.
Xususiy korxonalarni xomashyo bilan barqaror ta’minlash maqsadida import xomashyoni markazlashgan tarzda olib kelish bo‘yicha alohida kompaniya tashkil etiladi. Ushbu tuzilmaga 200 million dollar ajratiladi, import qilingan xomashyo esa faqat birja savdolari orqali sotiladi.
Yig‘ilishda iqtisodiyotning yangi texnologik bosqichga o‘tayotgani munosabati bilan metall mahsulotlari turini ko‘paytirish, shuningdek, yirik metallurgiya korxonalari va xususiy sektor o‘rtasida kooperatsiyani kuchaytirish zarurligi ham ta’kidlandi.
Ma’lum qilinishicha, mamlakatda choksiz quvurga bo‘lgan yillik talab 280 million dollarga teng. Asosiy tashqi savdo hamkorlari esa har yili 1,5 milliard dollarlik shunday mahsulot import qiladi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, choksiz quvur ishlab chiqarishni mahalliylashtirish uchun 275 million dollar investitsiya talab etiladi. Bu orqali yiliga 450 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarish va uning 170 million dollarlik qismini eksport qilish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, ishga tushirilgan quyuv-prokatlash majmuasi avtomobilsozlik, maxsus transport, texnologik uskunalar, maishiy va qishloq xo‘jaligi texnikasi hamda qurilish materiallari uchun 1,5 milliard dollarlik mahsulotni mamlakatning o‘zida ishlab chiqarish imkonini beradi. Mas’ullarga uch oy muddatda choksiz quvur, sovuq prokat, metallni 3D usulda bosib chiqarish va yuqori aniqlikda ishlov berish bo‘yicha loyihalar paketini tayyorlash topshirildi.
Iqtisodiyot
Apple yana dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi
Apple kompaniyasi kapitallashuv bo‘yicha grafik protsessorlar ishlab chiqaruvchi Nvidia kompaniyasidan o‘zib ketdi.
Foto: Adam Gray/Bloomberg
Bloomberg xabariga ko‘ra, Apple kompaniyasi kapitallashuv bo‘yicha grafik protsessorlar ishlab chiqaruvchi Nvidia kompaniyasidan o‘zib ketdi va dunyoning eng qimmat ommaviy kompaniyasiga aylandi.
17 iyul kuni Nvidia aksiyalari 3,7 foizga arzonlashdi, oqibatda kompaniyaning bozor qiymati 4,8 trillion dollargacha tushdi. O‘z navbatida, Apple aksiyalari 0,4 foizga qimmatlab, kompaniya kapitallashuvi 4,9 trillion dollarga yetdi.
Nvidia 2025 yilning may oyidan buyon birjadagi eng qimmat kompaniyalar reytingini boshqarib kelayotgan edi. Oktabr oyida uning kapitallashuvi besh trillion dollarga yetgan.
Reuters nashrining qayd etishicha, eng qimmat kompaniyalar ro‘yxatida yetakchining o‘zgarishi investorlar e’tiborini Nvidia kabi «sun’iy intellekt bumining eng yaqqol benefitsiarlari» doirasidan tashqariga kengaytira boshlaganidan dalolat beradi. Tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, Apple o‘z modellarini rivojlantirishga mablag‘ sarflamagani uchun sun’iy intellekt poygasida ortda qolayotgan hisoblanardi, biroq endi «kayfiyat o‘zgargan».
«Apple <…> sun’iy intellektni servislari orqali monetizatsiya qilish, foydalanuvchilarni o‘z ekotizimiga bog‘lash va uskunalarni yangilash uchun ancha qulayroq mavqega ega. Qayta baholash sun’iy intellekt bilan bog‘liq spekulyativ o‘sishni emas, balki [kompaniya] daromadining barqarorligiga bo‘lgan ishonchni aks ettiradi», deb ta’kidladi BRI Wealth Management investitsiya bo‘limi rahbari Toni Medouz.
Iqtisodiyot
Dollar kursi qimmatlashuvi davom etadi
Markaziy bank 2026-yil 14-iyuldan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 16,89 so‘mga oshib, 12 092,87 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 24,14 so‘mga oshdi va 13 824,57 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 194,77 so‘m bo‘ldi (+0,88).
Rossiya rubli 157,13 so‘m etib belgilandi (-0,19).
Foto: Markaziy bank
Iqtisodiyot
Tadbirkorlar uchun valuta operatsiyalarida yangi yengillik joriy etildi
O‘zbekistonda valuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlari endilikda ichki valuta bozoridan sotib olingan valuta mablag‘laridan foydalanish maqsadini qayta sotib olish amaliyotisiz o‘zgartirishi mumkin.
Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekistonda valuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarining 28-bandiga kiritilgan o‘zgartirish davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (3281-6-son, 2026 yil 16 iyul).
Amaldagi tartibga ko‘ra, “Valutani tartibga solish to‘g‘risida“gi qonunning 15-moddasiga muvofiq, joriy xalqaro operatsiyalar bilan bog‘liq hollarda chet el valutasini sotib olish yoki sotish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, maxsus valuta hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar buyurtmada ko‘rsatilgan maqsadlar uchun sarflanishi shart edi.
Ilgari bir shartnoma doirasida sotib olingan valuta mablag‘laridan boshqa shartnoma bo‘yicha foydalanish zarurati tug‘ilganda, tadbirkorlar ushbu valutani avval bankka sotishi, so‘ngra yangi maqsad uchun qayta sotib olishi talab etilardi.
Yangi o‘zgartirish mazkur jarayonni soddalashtirishga qaratilgan. Endi tadbirkorlik sub’yektlari ichki valuta bozoridan sotib olingan valuta mablag‘laridan foydalanish maqsadini belgilangan tartibda o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi.
Mazkur o‘zgartish tadbirkorlar uchun ortiqcha vaqt va xarajatlarni qisqartirish, shuningdek, valuta operatsiyalarini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Iqtisodiyot
Ingliz tili Toshkent xalqaro moliya markazining rasmiy tili bo‘ladi
O‘zbekistonda «Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, markaz alohida belgilangan hududda maxsus huquqiy rejim asosida faoliyat yuritadi.
Qonunda qayd etilishicha, moliya markazining dastlabki chegaralari uni tashkil etishga oid Prezident farmoni bilan belgilanadi. Markaz tomonidan qabul qilinadigan har bir qaror esa kuchga kirishidan avval rasmiy reyestrda e’lon qilinishi shart.
Shuningdek, qonun talablari yoki moliya markazi qarorlariga zid ravishda tijorat yoki moliyaviy faoliyat yuritgan ishtirokchilarga yirik miqdorda jarima qo‘llanilishi belgilandi. Jarima 10 million AQSh dollaridan yoki qoidabuzarlikka asos bo‘lgan bitim yoki faoliyat qiymatining 10 foizidan oshmasligi lozim.
Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq, moliya markazi tuzilmasiga Kengash, Ma’muriyat, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi hamda Toshkent xalqaro tijorat sudi kiradi.
Markazning har bir organi moliya yili yakunlanganidan keyin to‘rt oy ichida yillik shaffoflik hisobotini e’lon qilishi shart.
Qonunga muvofiq, ingliz tili Toshkent xalqaro moliya markazining rasmiy tili etib belgilandi.
Konstitutsiyaviy qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
-
Siyosat4 days ago
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdi
-
Jamiyat5 days agoToshkent metrosiga yana 3 ta zamonaviy poyezd qo‘shildi
-
Iqtisodiyot4 days agotadbirkor va davlat organlari o‘rtasida huquqiy bahs yuzaga keldi
-
Iqtisodiyot4 days ago
Andijonda Belarus texnologiyasi asosida qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqariladi
-
Mahalliy4 days ago
O‘zbekistondagi 10 mingdan ortiq maktab «Canva»dan bepul foydalanadi
-
Iqtisodiyot3 days agoMarkaziy bank huzurida Islomiy moliya kengashi tashkil etildi
-
Siyosat5 days ago
Shavkat Mirziyoyev elektropoyezdda Bekobodga bordi
-
Sport5 days agoSinner ikkinchi marta ketma-ket Uimbldon chempioni bo‘ldi
