Connect with us

Jamiyat

Ikkilamchi bozorda uylar narxi 8 foizga qimmatladi – iqtisodiy tahlil

Published

on


2025-yil yakunlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk ikkilamchi bozorida narxlar dinamikasining mo‘’tadil tezlashishi kuzatildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining 2025-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori dinamikasiga oid yangilangan tahlilida qayd etilishicha, respublika bo‘yicha ikkilamchi uy-joy bozorida narxlarning o‘sishi o‘rtacha 8 foizni tashkil etgan, 2024-yilda esa ushbu ko‘rsatkich 6,2 foiz darajasida bo‘lgan edi.

Yil davomida narxlarning eng yuqori o‘sish sur’atlari Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilib, ushbu hududlarda uy-joy narxining o‘rtacha yillik o‘sishi taxminan 17 foizni tashkil etdi.

Yil yakuniga ko‘ra, ikkilamchi uy-joy uchun eng yuqori narxlar poytaxtda saqlanib qoldi. Shuningdek, nisbatan yuqori narxlar Samarqand viloyatida — bir kvadrat metr uchun 834 dollar, Toshkent viloyatida esa — bir kvadrat metr uchun 682 dollarni tashkil etdi.

Uy-joy uchun eng past narxlar Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etildi — bir kvadrat metr uchun 378 dollar. Shuningdek, nisbatan past narx darajasi Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatilib, u yerda bir kvadrat metrning o‘rtacha qiymati taxminan 454 dollarni tashkil etdi.

Toshkent shahrining ikkilamchi uy-joy bozorida o‘tgan yil davomida bir kvadrat metrning o‘rtacha qiymati biroz oshdi (+0,6 foiz) va 1100 dollardan ko‘proqni tashkil etdi. Shu bilan birga, narxlarning eng sezilarli pasayishi Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlarida kuzatildi va taxminan 5 foizni tashkil etdi.

Shu bilan birga, poytaxtning ko‘chmas mulk birlamchi bozorida yil davomida narxlarning ancha sezilarli o‘sishi kuzatildi. Uy-joyning o‘rtacha qiymati 9 foizdan ko‘proqqa oshdi.

Toshkent shahrida eng yuqori narx o‘sishi Mirobod (18 foiz), Yashnobod (14 foiz) va Mirzo Ulug‘bek (13,5 foiz) tumanlarida kuzatildi.

Eng yuqori ijara narxlari poytaxtning markaziy tumanlarida saqlanib qoldi. Xususan, Shayxontohur, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi bir kvadrat metr uchun 11 dollar darajasida qayd etildi.

Shu bilan birga, ijara narxlarining o‘sish sur’ati Olmazor, Yashnobod va Shayxontohur tumanlarida sezilarliroq bo‘ldi, bu yerda yillik o‘rtacha o‘sish taxminan 11 foizni tashkil etdi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Zo‘ravonlik qurbonlariga qo‘shimcha huquqiy kafolatlar berildi

Published

on


O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish tizimi yanada kuchaytirildi. Yangi qonun bilan jabrlanuvchilarning huquqlarini sudda himoya qilish, ularga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish hamda bolalarning eng ustun manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qator o‘zgartishlar kiritildi.

2026 yil 1 iyulda qabul qilingan O‘RQ–1156-sonli qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonunga muvofiq, milliy qonunchilikka «bolaning eng ustun manfaatlari» tushunchasi hamda uni ta’minlash kafolatlari kiritildi. Ushbu tushuncha bolaning oila muhitida tarbiyalanishi, xavfsizligi, sog‘lig‘i, ta’lim olishi, har tomonlama kamol topishi, shaxsiy daxlsizligi, sha’ni va qadr-qimmati, shuningdek, uning fikrini inobatga olgan holda belgilanadigan boshqa manfaatlarni qamrab oladi.

Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tashkilotlar, jumladan, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlar manfaatlarini ko‘zlab davlat boji to‘lamasdan sudlarga da’vo arizalari kiritish hamda sud majlislarida ularning vakili sifatida ishtirok etish vakolati berildi.

Qonun bilan yana bir muhim yangilik joriy etildi. Endi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs maxsus markazga joylashtirilgan taqdirda, bu holat unga bir oygacha bo‘lgan muddatga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.

Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirdi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Davlat arxiv hujjatlari elektron shaklda saqlanadi

Published

on


O‘zbekistonda davlat organlari va tashkilotlarining arxiv hujjatlarini Yagona milliy arxiv axborot tizimida elektron shaklda saqlash va yuritish tartibi belgilandi. Tegishli nizom hukumat qarori bilan tasdiqlandi.

Hukumatning 2026 yil 30 iyundagi 352-son qarori bilan «Davlat organlari va tashkilotlarining arxiv hujjatlarini Yagona milliy arxiv axborot tizimida elektron shaklda saqlash tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizom respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa davlat tashkilotlarining arxiv hujjatlarini elektron shaklda shakllantirish, yuritish va saqlash, shuningdek, Yagona milliy arxiv axborot tizimidan foydalanish tartibini belgilaydi.

Nizomga muvofiq, arxiv axborot tizimidan davlat organlari va tashkilotlari hamda operator o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida foydalaniladi.

Tizimga ulanish uchun davlat organlari va tashkilotlari maxsus elektron oyna orqali operatorga ariza yuboradi. Operator ariza kelib tushgan kundan e’tiboran ikki ish kuni ichida uni ko‘rib chiqadi.

Agar ariza nizom talablariga muvofiq deb topilsa, operator davlat organi yoki tashkilotga elektron shaklda shartnoma yuboradi.

Shartnoma imzolanib, unda nazarda tutilgan to‘lovlar amalga oshirilganidan keyin operator foydalanuvchini ikki ish kuni ichida Yagona milliy arxiv axborot tizimiga ulash choralarini ko‘radi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

1,4 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan guruh fosh etildi

Published

on


Jamiyat | 08:49

3296

1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida tijorat banki mas’ullari, mahalladagi hokim yordamchilari va boshqa shaxslar o‘zaro til biriktirib, 37 nafar fuqaro nomidan 1,4 milliard so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Beruniy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tijorat bankining bank xizmatlari markazi mas’ul shaxslari, 7 ta mahalladagi hokim yordamchilari hamda boshqa shaxslar jinoiy til biriktirgan holda harakat qilgani ma’lum bo‘ldi.

Tekshiruv davomida ular 37 nafar fuqaro nomiga ajratilgan imtiyozli mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan jami 1,4 milliard so‘mni talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda Malibu qahvaxonaga borib urildi

Published

on


Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida yuqori tezlikda harakatlangan Malibu rusumli yengil avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qahvaxona binosiga borib urildi. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi 2 iyul kuni soat 05:40 larda Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Malibu rusumli transport vositasi haydovchisi katta tezlikda harakatlanayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda avtomobil Caffelito qahvaxonasi binosiga borib urilgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchilarni belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilishga hamda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqirdi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Jizzax va Samarqandda advokatlar ushlandi

Published

on


O‘tkazilgan tezkor tadbirlarda aniqlanishicha fuqarolardan mansabdor tanishlari orqali masalalarni hal qilib berishni va’da qilib, pul talab qilgan ikki advokat ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Davlat xavfsizlik xizmatining xabar berishicha, Samarqand viloyati Urgut tumanida faoliyat yurituvchi advokat mansabdor tanishlari orqali Jizzax viloyatidagi manzil koloniyada jazo o‘tayotgan mahkumning ozodlikdan mahrum qilish muddatini qisqartirib berishni va’da qilgan. Buning evaziga mahkumning tanishidan 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida u ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida faoliyat yurituvchi yana bir advokat jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudida ko‘rilayotgan ishda himoyachi sifatida ishtirok etib, mansabdor tanishlari orqali sudlanuvchiga yengilroq jazo tayinlanishiga yordam berishini aytgan. U bu xizmat evaziga sudlanuvchining o‘g‘lidan 2 ming AQSh dollari so‘ragan.

Tezkor tadbirda mazkur advokat ham so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan advokatlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.