Jamiyat
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Ichki ishlar akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 12 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar S.R. va S.Sh. o‘zaro til biriktirgan holda fuqaro B.M.ning ishonchiga kirgani aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, ular go‘yoki “yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari” orqali Ichki ishlar akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 12 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.