Dunyodan
Qatar Volkswagen kompaniyasiga Isroil bilan hamkorlik qilishga ruxsat bermadi
Qatar Yaqin Sharqda keskinlikning kuchayishiga qarshi va uning chora-tadbirlaridan biri Germaniya harbiy texnikasini Isroilga yetkazib berish jarayoniga to‘sqinlik qilmoqda. Bloomberg xabar berdi.
Qatar Investment Authority Volkswagen (Germaniya) ning uchinchi yirik aktsiyadoridir. Volkswagen konserni Isroilning Rafael kompaniyasiga Iron Dome havo mudofaa tizimi uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni taklif qildi.
Ammo Volkswagenning 10% dan ortig’i va 17% ovoz berish huquqiga ega bo’lgan Qatar Isroil kompaniyasi bilan hamkorlik qilish taklifiga veto qo’ydi.