Connect with us

Sport

Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi raisi etib saylandi

Published

on


Shuningdek, assotsiatsiya raisining o‘rinbosarlari, bosh kotib va ijrochi direktorlari ham saylanib, rahbariyat tarkibi to‘liq shakllantirildi.

O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot saylov-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar vazirligi, Sport vazirligi, MOQ rahbariyati va soha mutasaddilari ishtirok etishdi.

Konferensiya davomida assotsiatsiya rahbariyati qayta shakllantirilib, yaqin davr uchun ustuvor rejalar muhokama qilindi. Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Aziz Toshpo‘latovning mamlakat voleybol federatsiyasi rahbari sifatidagi muvaffaqiyatli faoliyati inobatga olinib, uning nomzodi O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi raisi lavozimiga ilgari surildi. Nomzodlar ushbu taklifni bir ovozdan ma’qulladi va u O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi raisi etib saylandi.

Shuningdek, assotsiatsiya raisining o‘rinbosarlari, bosh kotib va ijrochi direktorlari ham saylanib, rahbariyat tarkibi to‘liq shakllantirildi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

«Og‘irim tushishini istamayman»: Messi JChga bormasligi mumkin

Published

on


Argentinalik futbolchi navbatdagi intervyusida Barselonaga qaytishni istashi, Parijda o‘zini yaxshi his qila olmagani va milliy jamoadagi kelajagi haqida gapirdi.

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi Sport.es gazetasiga intervyu berdi. Suhbat nostalgiyaga boy bo‘lgan. Argentinalik futbolchi AQShda ishlari yaxshiligi, ammo «Barselona»ni juda sog‘inayotgani haqida gapirgan. Shuningdek, Krishtianu Ronaldu ortidan 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtiroki haqida to‘xtalgan.

«Barselonani qattiq sog‘indim»

Yakshanba kuni Messi kichik syurpriz qilib, kutilmaganda Ispaniyaga uchib keldi. U «Kamp Nou»ga kirdi va bir necha suratga tushdi. Uning kelishi darhol oqshomning eng ko‘p muhokama qilingan mavzusiga aylandi.

Leo shuni tan olgan: «Biz Barselonani juda sog‘indik, uydagilar bilan doim shahar haqidagi xotiralarni yodga olamiz, bu yerdagi hayot haqida gaplashamiz. Qaytishni orzu qilamiz».

38 yoshli futbolchi Ispaniya haqidagi har qanday yangilik unda sog‘inch hissini uyg‘otishini aytgan. Uning faoliyatidagi eng baxtli lahzalar ushbu klub bilan bog‘liq: Gvardiola bilan «sekstet» va Luis Enrike bilan Chempionlar ligasidagi g‘alaba.

Messi «Barselona»dan ketishidan norozi bo‘lgan – uning tasavvurida barchasi boshqacha kechishi kerak edi.

«Menda g‘alati tuyg‘u qolgan. Pandemiya tufayli so‘nggi mavsumimda muxlislar o‘ynashga to‘g‘ri kelgan. Men butun faoliyatimni o‘sha yerda o‘tkazdim, ammo ketishim orzumdagi kabi bo‘lmadi. Yevropadagi faoliyatimni aynan «Barselona»da yakunlayman, shundan keyingina AQShga ketaman, deb o‘ylagandim. Ammo barchasi boshqacha kechdi – xayrlashuv juda og‘ir bo‘ldi», – deya qayd etgan Messi.

U «Barselona»da o‘tgan damlar uchun taqdirdan rozi ekanini qo‘shimcha qilgan. Leo hozir ham ko‘k-anorranglilar o‘yinini kuzatishda davom etmoqda, tez-tez do‘stlari bilan o‘yinlarni muhokama qiladi.

«Parijda o‘zimni yaxshi his qilmadim»

«PSJ»da o‘tgan yillardan esa unda yoqimli xotiralar qolmagan – u bu yerda o‘zini «o‘z tarelkasida his qilmagan».

«Hammasi ham yozilgandek yomon emasdi. Og‘ir bo‘ldi deganimda qandaydir azob-uqubatlarni nazarda tutmaganman – shunchaki o‘zimni yaxshi his qilmasdim. O‘yindan, mashg‘ulotlardan, kundalik ishlardan zavq olmasdim. Lekin oilamiz bilan u yerda vaqtimizni juda yaxshi o‘tkazdik, Parij – ajoyib shahar», – deydi u.

Leoning so‘zlariga ko‘ra, Mayamida vaziyat yaxshilangan. «AQShda har bir kunimizdan zavqlanamiz. Bu yerda hammasi osonroq, bosim kamroq, doimo g‘alaba qozonish majburiyati yo‘q, garchi, albatta, g‘alaba qozonishni xohlasak ham. Muhit tinch, oila, bolalar bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish mumkin. Avvallari kayfiyatimni o‘yinlardagi natijalar belgilardi, endi esa xotirjamman – uyga yaxshi kayfiyatda qaytaman», – deya fikrlari bilan o‘rtoqlashadi hujumchi.

Messi faoliyatining so‘nggi yillarida MLS’​​da o‘ynayotganidan mamnun. U o‘zini jismoniy jihatdan yaxshi his qilmoqda, o‘yindan zavq olmoqda.

Yagona minus – jamoadagi do‘stlari Jordi Alba va Serxio Buskets faoliyatini yakunlayotganidir.

«Buskets bilan bu haqda anchadan beri gaplashib kelardik – u faoliyatini yakunlamoqchi edi. Alba esa oldindan ogohlantirmay, kiyim almashtirish xonasidayoq ketishi haqida xabar berdi. Ammo men uni tushunaman – biz hammamiz bir avloddanmiz va vaqt o‘tib bormoqda. So‘nggi yillarni Barselonada ham, bu yerda ham birga o‘tkaza olganimiz juda yaxshi bo‘ldi», – deydi Leo.

«Og‘irim tushishini istamayman»

2022 yilgi jahon chempioni Argentina milliy jamoasi uchun yuk bo‘lishni istamasligini aytdi va bu bilan muxlislarni xavotirga soldi. U milliy jamoa safida 195 o‘yinda maydonga tushgan hamda 114 gol urgan. Ammo hozircha 2026 yilgi mundialda ham ishtirok etishiga ishonchi komil emas.

«Yuk bo‘lishni xohlamayman. O‘zimni formada his qilishni, jamoaga yordam bera olishimga amin bo‘lishni istayman. MLS mavsumi Yevropa mavsumiga to‘g‘ri kelmaydi, shuning uchun turnirga yaqinroq qolganda, vaziyatga qaraymiz», – deya muxlislarga umid qoldirgan Messi.



Source link

Continue Reading

Sport

Kapadze bilan muzokaralar hali boshlanmadi – PSSI rasmiysi

Published

on


O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze Indoneziya terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida Patrik Klyuyvertning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Ushbu ma’lumotni «Inilah» nashriga Milliy terma jamoalar agentligi (BTN) raisi Sumardji tasdiqlagan.

Sumardjining ta’kidlashicha, u Kapadze nomzodini Indoneziya milliy terma jamoasi (PSSI)ning texnik direktori Aleksandr Zviyersga taqdim etgan. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, federatsiya hali qat’iy qaror qabul qilmagan.

So‘nggi kunlarda, ayniqsa, Kapadze O‘zbekiston terma jamoasi bilan rasman xayrlashganidan so‘ng bu haqdagi mish-mishlar kuchaydi. Shu munosabat bilan Sumardji izoh berib, hozircha murabbiy bilan hech qanday muzokaralar boshlanmaganini ma’lum qildi.



Source link

Continue Reading

Sport

o‘yinlarga pul tikkan mingdan ortiq futbolchi aniqlandi

Published

on


Turkiyada «stavka ishi» doirasida 1000 dan ortiq futbolchi chetlatildi, ular orasida Istanbul grandlari futbolchilari, jumladan, Turkiya milliy jamoasi a’zosi ham bor. Quyi ligalarda o‘yinlar to‘xtatildi – jamoalar tarkib yig‘a olmayapti. Bungacha 150 nafar futbol hakamida betting-akkauntlar borligi aniqlangan, ularning bir qismi muntazam ravishda o‘yinlar natijalari uchun pul tikib kelgani ma’lum bo‘lgandi.

Foto: Gettyimages.ru/Ahmad Mora

Turkiyada «stavka ishi» avj olmoqda – mahalliy futbol federatsiyasi (TFF) 1000 dan ortiq futbolchini totalizator o‘ynagani uchun chetlashtirgan. Bunday futbolchilar barcha divizionlarda topiladi, ammo eng ko‘p Ikkinchi va Uchinchi ligalar jabrlangan – bu ligalarda tom ma’noda maydonga tushirish uchun futbolchi qolmagan.

Rejadan tashqari transfer oynasi

TFF bayonotida aytilishicha, 1024 nafar futbolchi «stavka ishi» tufayli intizomiy javobgarlikka tortilgan. Betting bilan shug‘ullangan futbolchilar eng ko‘p Uchinchi ligada aniqlangan – jami 629 kishi, Ikkinchi ligada esa 282 nafar qoidabuzar qo‘lga tushgan.

Birinchi ligada esa 77 nafar futbolchi o‘yinlar natijalariga pul tikib kelishi ma’lum bo‘lgan, Turkiya futbolidagi eng yuqori divizion hisoblangan Superligada esa bunday futbolchilar soni 27 nafar – ular orasida «Galatasaroy», «Beshiktosh» va «Trabzonspor» kabi nomdor klublardan ikki nafardan futbolchi bor.

Evren Elmali: o‘tgan mavsum avvalida «Trabzonspor»dan «Galatasaroy»ga o‘tgan va mamlakat chempioni bo‘lgan. U o‘tgan mavsum davomida o‘yinini kuchaytirib borgan va hozirda jamoa uchun muhim futbolchilardan biriga aylangan. Vinger pozitsiyasida ham o‘ynay oladigan bu himoyachi joriy mavsumdagi barcha 11 turda ishtirok etdi hamda 3 ta golga mualliflik qildi. Bundan tashqari, u Turkiya milliy jamoasiga nomzod futbolchi sanaladi, u 2022 yildan buyon asosiy jamoa safida 16 o‘yinda maydonga tushgan.

U totalizator o‘ynashini tan olgan, ammo o‘zi ishtirok etgan o‘yinlar uchun pul tikmaganini alohida ta’kidlagan. Endi u uch oydan bir yilgacha diskvalifikatsiya qilindi. Shuningdek, JCh-2026 saralashida muhim o‘yinlar arafasida turgan Turkiya milliy jamoasi safidan chetlatilgan.

Metexon Boltachi: «Galatasaroy» akademiyasining yosh tarbiyalanuvchisi, juda kam maydonga tushadi. U ham o‘yinlar natijalariga stavka qo‘yishini tan olgan.

Ersin Destano‘g‘li: u besh yil oldin «Beshiktosh»ning asosiy darvozaboni edi, keyin esa raqobatni Mert Gyunokka boy berdi, ammo so‘nggi vaqtlarda asosiy darvozabon va yangi murabbiylar shtabi o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqach, yana darvozaga qaytgandi.

Ersin iqror bo‘lmagan. Sudga kelgan va uning pasport ma’lumotlari jinoyatchilar qo‘liga tushib qolganini aytgan. Go‘yoki ular uning nomidan akkaunt ochib, stavka qilishgan. Bu versiyani futbolchining himoyasi ilgari surmoqda.

Najib Uysal: «Beshiktosh»ning uzoq yillik sardori, tirik afsona. U so‘nggi yillarda jarohatlar tufayli ko‘p o‘ynamayapti. Shu bilan birga, Uysal doimo hurmatga sazovor va halol futbolchilar timsoli bo‘lib kelgan, uning faoliyatida hech qanday noxush sahifa bo‘lmagan. U ham aybini tan olmayapti.

Uning versiyasi: hech qachon o‘ynamagan, uning ham pasport ma’lumotlari o‘g‘irlangan. Muhim qo‘shimcha: uning ma’lumotlari asosida tuzilgan akkaunt futbolchiga aloqador bo‘lmagan telefon raqamiga bog‘langan».

«Trabzonspor»dagi Boran Buzruk va Solih Malkocho‘g‘li asosiy tarkib futbolchilari emas.

Ayni vaqtda mingdan oshiq bu futbolchilarga rasman faqat ayblov e’lon qilingan. Ya’ni, nazariy jihatdan ular maydonga tushishda davom etishi mumkin, ammo ayrim klublar allaqachon bu futbolchilar tarkibdan chetlatilganini ma’lum qildi. Masalan, «Beshiktosh» ro‘yxatda nomi chiqqan futbolchilari o‘ynamasligini tasdiqladi. Turkiyada futbolchilar faqat Professional futbol bo‘yicha intizom kengashi tomonidan chetlatilishi mumkin. Federatsiya ishni aynan ushbu idoraga o‘tkazgan.

1000 dan ortiq futbolchining chetlatilishi quyi ligalarga og‘riqli ta’sir ko‘rsatdi – ba’zi klublarda maydonga tushadigan odam qolmagan, chunki ba’zi jamoalarda birdaniga 17–18 kishi gumondorga aylangan.

Shu munosabat bilan TFF Ikkinchi va Uchinchi liga taqvimida ikki haftalik tanaffus e’lon qilgan, shuningdek, FIFAdan qo‘shimcha transfer oynasi ochib berishni so‘ragan. Rahbariyat klublar vaziyatni o‘nglash imkoniga ega bo‘lishi uchun 14 kun davomida ichki transferlarga ruxsat berilishini so‘ramoqda.

TFF prezidenti Ibrohim Hojiusmono‘g‘li yuzaga kelgan vaziyatni «turk futbolining ma’naviy inqirozi» deb atagan.

149 nafar hakam chetlatilgan

Futbolchilar chetlatilishi federatsiya rahbariyati oktyabr oyi oxirida boshlagan «stavka ishi»ning davomi bo‘ldi. O‘shanda TFF tekshiruvi doirasida 571 nafar professional arbitrlardan 371 nafari betting-kontoralarda akkauntlarga egaligi, shundan 152 nafari faol o‘yinchilar ekani ma’lum bo‘lgandi. Referilardan biri 18 ming martadan ortiq stavka qo‘ygan.

Yakunda 149 kishi 8 oydan 12 oygacha bo‘lgan muddatga chetlatildi. Shu bilan birga, nomlar oshkor etilmagan, kimga qanday jazo berilgani ochiqlanmagan.

Hojiusmono‘g‘li o‘shandayoq bunday tekshiruv futbolchilarga nisbatan ham olib borilishini ma’lum qilgandi – prezidentning so‘zlariga ko‘ra, betting-kontoralarda qariyb 4 ming futbolchida akkaunt borligi aniqlangan. «Raqamlarni ko‘rganimda qayg‘uga tushdim. Biz o‘n besh nafar hakam bo‘lishini kutgandik, amalda esa – 350 dan ortiq kishi chiqdi. Endi esa 3700 futbolchi tekshirilmoqda. Ro‘yxatdan o‘tganlik uchun jazo yo‘q – odamlar shunchaki o‘yinlarni kuzatib borishi mumkin. Ammo faollik bilan stavka qo‘yish – bu endi jinoyat. Biz ishlashda davom etamiz», – deya aniqlik kiritgandi TFF prezidenti.

Aftidan, o‘sha tekshiruvlar yakunlanib, qoidabuzarlar aniqlangan. Endi intizomiy kengash qarorini kutish kerak bo‘ladi – bu har qanaqasiga Turkiya uchun tarixiy qaror bo‘ladi.



Source link

Continue Reading

Sport

U-17 JCh. O‘zbekistonning keyingi  bosqichdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Published

on


Qatarda bo‘lib o‘tayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi yakunlanib, pley-offning barcha juftliklari ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, keyingi bosqichga yo‘l olgan terma jamoalar:

Argentina – Meksika
Portugaliya – Belgiya
Shveysariya – KXDR
Irlandiya – Kanada

AQSh – Marokash
Zambiya – Mali
Braziliya – Uganda
Fransiya – Burkina-Faso

Janubiy Koreya – AQSh
Venesuela – Misr
Yaponiya – Janubiy Afrika
Avstriya – Chexiya

Xorvatiya – O‘zbekiston
Senegal – Paragvay
Germaniya – Kolumbiya
Italiya – Tunis

Ma’lumot uchun, ushbu bosqich o‘yinlari 14-15 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasining Xorvatiyaga qarshi bellashuvi esa 14 noyabrga belgilangan.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston o‘smirlari jahon chempionati 1/16 finalida Xorvatiya bilan o‘ynaydi

Published

on


Xorvatiya U17 terma jamoasi C guruhida ishtirok etib, Senegal bilan 0:0 hisobini qayd etgan. Shuningdek, BAA (3:0) va Kosta-Rikani (3:1) yengib, ikkinchi o‘rin bilan pley-offga chiqqan.

Qatarda 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi FIFA jahon chempionatida guruh bosqichi o‘yinlari yakunlandi.

O‘zbekiston U17 terma jamoasi J guruhida ikkinchi o‘rin bilan pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

Endi bosh murabbiy Islom Ismoilov shogirdlariga 1/16 finalda Xorvatiya U17 terma jamoasi raqib bo‘ladi. O‘yin 14 yoki 15 noyabr kuni o‘tkaziladi, aniq sana keyinroq ma’lum bo‘ladi.

Xorvatiya U17 terma jamoasi C guruhida ishtirok etib, Senegal bilan 0:0 hisobini qayd etgan. Shuningdek, BAA (3:0) va Kosta-Rikani (3:1) yengib, ikkinchi o‘rin bilan pley-offga chiqqan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.