Connect with us

Jamiyat

Hududlarda kamida 5 tadan «Tomorqa maktablari» tashkil qilinadi

Published

on


Yig‘ilishda bandlikni ta’minlash bo‘yicha yana bir yo‘nalish – qishloq xo‘jaligi hisobidan aholi daromadlarini oshirish masalasi ham ko‘tarildi.

Kambag‘allikni qisqartirishda aholiga 232 ming gektar yer bo‘lib berilgani natijasida 770 ming odam daromad manbaiga ega bo‘ldi.

Lekin tajribasi yetishmagani, sifatli urug‘, mahsulotiga bozor topishga qiynalgani uchun ularning uchdan birida daromad kam.  

Tomorqa egalariga serhosil urug‘ni tanlash, ishni to‘g‘ri tashkil etish orqali yerdan daromadni keskin oshirishni o‘rgatish maqsadida Termiz tumanida Tomorqa maktabi tashkil qilindi.

Ushbu maktabda tomorqaga ilm bilan yondashib, bir yilda Surxondaryo sharoitida 5 martagacha ekin ekish o‘rgatilyapti. 3 ming nafar ehtiyojmand aholi sitrus meva, anjir, xurmo, gul yetishtirish bo‘yicha maxsus kurslarda o‘qitildi.

Agar bu tajriba barcha hududlarda joriy qilinsa, mahsulot yetishtirish ham, eksport ham, asosiysi, dehqonlarning daromadi ham 4-5 karra ko‘payadi.

Shu bois, har bir viloyatda kamida 5 tadan bunday maktablarni tashkil qilib, ijaraga yer olgan odamlarni serdaromad ekin ekishga o‘rgatish topshirildi. Dehqonlar ijaraga olgan yerida yetishtirgan mahsulotni kafolatli sotishi uchun «Eksportchi kooperativlari» tashkil qilinadi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Namanganda xorijdan olib kelingan qalbaki dollarlarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Published

on


Ular qalbaki 10 ming AQSh dollarini shartli xaridorga haqiqiy 7,5 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Bojxona idoralari bilan hamkorlikda Chust tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Yangi Namangan tumanida yashovchi shaxs va Chust tumanida istiqomat qiluvchi, muqaddam sudlangan fuqaro o‘zaro til biriktirib, xorijdan olib kelingan qalbaki 10 ming AQSh dollarini shartli xaridorga haqiqiy 7,5 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Navoiyda yana dahshatli YTH sodir bo‘ldi

Published

on


“Navoiy-Uchquduq” yo‘lida Nexia va yuk mashinasi to‘qnashuvida 2 kishi vafot etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Nexia haydovchisi yo‘lning xavfli burilish qismida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

Navoiy viloyatida yana inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, YTH bugun ertalab soat taxminan 7:20 larda A379 avtomobil yo‘lining Konimex tumani hududidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan. 2000 yilda tug‘ilgan J.N. Nexia mashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning xavfli burilish qismida boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi A.M. boshqaruvidagi yuk mashinasiga urilgan.

YTH oqibatida Nexia haydovchisi J.N. va undagi yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Nexia’da ketayotgan yana bir yo‘lovchi — 21 yoshli O.R. og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Avvalroq ham Navoiyda Nexia haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzgan holda yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi, oradan 15 kun o‘tib esa Kia va Chery mashinalari to‘qnashuvida 5 kishi vafot etgandi.

Ushbu holatlardan so‘ng mahalliy kengash qarori bilan “Navoiy—Uchquduq” xalqaro avtomobil yo‘lining ayrim qismlarida (78-90, 104-107, 120-124, 135-144, 160-168, 180-200 kmlari oralig‘ida) harakat tezligi 80 km/soatga tushirilgandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonning ikki qo‘shnisi bilan tutashgan chegarasida «Tinchlik parki» tashkil etilishi mumkin

Published

on


Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston chegaralari tutashgan hududda «Tinchlik parki»ni tashkil etish tashabbusi ilgari surilmoqda. Loyiha RESILAND CA+ dasturi maslahat qo‘mitasi yig‘ilishida hamda joriy yilgi Markaziy Osiyo iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha konferensiyasi doirasida muhokama qilindi.

Tashabbusga ko‘ra, chegaraoldi tabiiy hududlarni qo‘shma boshqarish, degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash va barqaror ekotizimlarni rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Mutaxassislar fikricha, bu nafaqat tabiiy ofatlar xavfini kamaytiradi, balki mintaqada davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni ham mustahkamlaydi.

Yig‘ilishda, shuningdek, transchegaraviy landshaftlarni tiklash, tabiatga mos yechimlarni joriy etish va erta ogohlantirish tizimlarini yaratish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Xususan, o‘rmon yong‘inlari kabi xavf-xatarlarni oldindan aniqlash mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.

Qirg‘iziston vakillari mamlakat tabiiy xavflarga nisbatan yuqori darajada zaif ekanini qayd etdi. Xususan, hududda minglab ko‘chkilar, sel xavfi mavjud zonalar va xavfli baland tog‘ ko‘llari borligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, ishtirokchilar iqlimga bog‘liq ofatlar bo‘yicha onlayn-katalog yaratish masalasini ham muhokama qildi. Bu tizim orqali mintaqadagi davlatlar o‘zaro ma’lumot almashishi va favqulodda vaziyatlarda harakatlarni muvofiqlashtirishi mumkin bo‘ladi.

Yig‘ilish yakunida tomonlar «Tinchlik parki» tashabbusini ilgari surish va Markaziy Osiyoda landshaftlarni uzoq muddatli tiklash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanini tasdiqladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

1-may sanasidan O‘zbekistonda kutilayotgan o‘zgarishlar e’lon qilindi

Published

on


2026-yil 1-maydan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy o‘zgarishlar ro‘yxati taqdim etildi.

Har qanday darajadagi standartlardan foydalanishga ixtiyoriy tus beriladi, xalqaro (mintaqaviy, xorijiy) standartlarni respublika hududida qabul qilishning xalqaro amaliyoti joriy etiladi hamda standartlaring rasmiy ro‘yxati milliy standartlar darajasida shakllantiriladi.

Yangi quriladigan ko‘p kvartirali uylarning loyiha hujjatlarida har bir pod’yezdga, liftlarga va tutash hududga kuzatuv kameralari, shuningdek, kirish eshiklariga domofon komplekslari o‘rnatish nazarda tutiladi.

«Umra» tadbiriga olib borish «Haj va Umra» yagona portalida majburiy ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi.

Eksperiment tariqasida Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bittadan tuman (shahar) ichki ishlar organlari migratsiya va personallashtirish bo‘linmalarida o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan, sun’iy intellekt asosida faoliyat yuritadigan «Aqlli» migratsiya shoxobchalari (Smart migration stations) tashkil etiladi.

Xalqaro dasturlar («Stent for Life» va «Action Plan for Stroke») asosida ishlab chiqilgan Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Tovarlarni davriy deklaratsiya orqali rasmiylashtirishda bojxona to‘lovlarini tovarlar respublika hududiga kirib kelganda har bir partiya uchun alohida to‘lash imkoniyati yaratiladi.

Tashqi savdoga oid notarif tartibotlarni belgilashning quyidagi shaffof mexanizmi joriy etiladi:

– taqiq va cheklovlar reyestri yuritiladi, ularni o‘rnatishdan kamida 3 oy oldin «Yagona darcha» bojxona axborot tizimida e’lon qilinadi;

– vakolatli davlat idoralari, ularning quyi tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan har bir turdagi xizmatlar uchun yig‘imlar (to‘lovlar) miqdori va kalkulyasiyasi «Yagona darcha» bojxona axborot tizimida e’lon qilinadi.

Arxiv xizmatlarini ko‘rsatishda quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi:

– talabgorlarni arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazishda tegishli arxiv muassasasi yoki tashkilot rahbarining tavsiya xati;

– mavzuli so‘rovlar to‘g‘risida ma’lumotnoma berishda so‘ralayotgan hujjatning nusxasi;

– davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini, shuningdek, Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma berishda arxiv hujjatlarini tasarrufdan chiqarish yoki bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazish shaklini tasdiqlovchi hujjatlar;

– tijorat tashkiloti hujjatlarining belgilangan tartibda davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma. Bunda mazkur hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan Arxiv axborot tizimi orqali mustaqil ravishda olinadi.

Nogironlikni belgilash (bolalikdan nogironligi bo‘lgan, I va II guruh nogironlari) bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishda fuqarolarga tibbiyot muassasalariga imtiyozli davolanish uchun beriladigan yo‘llanmani shakllantirish va elektron navbatga qo‘yish kompozit shaklda amalga oshiriladi.

Belgilanishicha, barcha turdagi litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi Qonun bilan tartibga solinadi hamda faqat «Litsenziya» axborot tizimi yoki Yagona portal orqali amalga oshiriladi (bundan Markaziy bank hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligining vakolatlariga taalluqli bo‘lgan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari mustasno).



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Diyetolog qarishning asosiy «dushmani»ni ma’lum qildi

Published

on


Diyetolog Vel Uorner matcha (yashil) choyi hujayra qarishi va surunkali kasalliklarga olib keladigan oksidlovchi stressga qarshi kurashishga yordam berishini ma’lum qildi. U Eating Well nashriga bergan intervyusida qarishning asosiy «dushmani» haqida gapirdi. 

Uornerning so‘zlariga ko‘ra, matcha choyi oksidlovchi stressni kamaytirishga yordam beradi. Ushbu ichimlik tarkibida ko‘plab antioksidantlar mavjud: epigallokatexin-3-gallate, rutin, kversetin va xlorofil. Diyetologning qo‘shimcha qilishicha, matcha choyi tarkibida boshqa choylarga qaraganda ko‘proq antioksidantlar mavjud. 

Bundan tashqari, matcha choyi ichakdagi foydali mikroblarni oziqlantiradigan prebiotik komponentlarni o‘z ichiga oladi, shu bilan sog‘lom ovqat hazm qilish va immunitetni rag‘batlantiradi. Bundan tashqari, bu ichimlik kofein va matcha choyida uchraydigan oqsil bo‘lmagan aminokislota L-teaninga boy, nisbatan yuqori konsentratsiyalarda — litriga 6,1 milligrammda. 

«L-teanin kofein bilan mos keladi, ba’zi odamlar qahva bilan boshdan kechiradigan asabiylashishsiz tinchlik va diqqatni jamlash energiyasini  beradi. Bu aqliy ravshanlik, diqqatni jamlash va kognitiv funksiyani qo‘llab-quvvatlaydi», deb xulosa qildi Uorner.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.