Iqtisodiyot
Hindiston Rossiya bilan rupiyda savdo qilish masalasini muhokama qiladi
Avvalroq Rossiya TIV tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 21 avgust kuni Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan muzokaralar o‘tkazishini ma’lum qilgandi.
Hindiston delegatsiyasi Rossiyaga rejalashtirilgan tashrifi doirasida rupiyda savdo qilish masalasini muhokama qiladi, deb xabar berdi Bloomberg agentligi.
“Kelasi haftada Hindiston yuqori darajali delegatsiyasining Rossiyaga tashrifi davomida rupiyda savdo qilish masalasi muhokama qilinadigan mavzulardan biri bo‘ladi”, – deb yozadi agentlik.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirligi mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 21 avgust kuni Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan muzokaralar o‘tkazishini ma’lum qilgandi.
Qayd etilishicha, hind vazirining Moskvaga tashrifi chog‘ida ikki tomonlama va xalqaro shakldagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.