Sport
Farer orollarida sensatsiya, Niderlandiya va Xorvatiya deyarli hal qildi. Kun o‘yinlari
JCh-2026 saralashi doirasida Yevropada yakshanba oqshomida o‘tkazilgan o‘yinlar va guruhlardagi vaziyat.
13 oktyabr kuni Yevropaning 16 ta terma jamoasi JCh-2026 saralashi doirasida oktyabrdagi ikkinchi o‘yinlarini o‘tkazishdi, endi ular faqat noyabrda maydonga chiqadi. Hozircha ulardan hech biri yo‘llanmani kafolatlamadi, ammo ayrim jamoalar bunga maksimal darajada yaqinlashdi.
G guruhi
Depayda yangi rekord
Niderlandiya – Finlandiya 4:0
Gollar: Malen, 8 (1:0). van Deyk, 17 (2:0). Depay, 38 – penalti (3:0). Gakpo, 84 (4:0)
Niderlandiya: Verbryuggen, Timber (van Hekke, 62), van Deyk, van de Ven (Ake, 71), Dyumfris, Gravenberh (Reynders, 46), de Yong, Klyuyvert, Gakpo, Malen (Simons, 79), Depay (Veghorst, 62)
Finlandiya: Yoronen, Stol, Tenxo, Koski, Lyaxteyenmyaki, Alxo (Peltola, 60), Vyayanyanen (Lod, 60), Kayrinen, Keskinen (Kelman, 69), Antman (Pohyanpalo, 69), Valta (Skittya, 80)
Ogohlantirishlar: Koski, 86. Peltola, 89
Niderlandiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar endi assistlar bo‘yicha ham Uesli Snayderni (33) ortda qoldirib, eng yaxshiga (35) aylanib oldi. Amsterdamdagi o‘yinning ilk daqiqalaridan maydonda bo‘lgan Memfis Depay avvaliga Doniell Malen va Virjiyl van Deykni golli uzatmalar bilan ta’minladi, bo‘lim oxirida esa penaltini aniq ijro etib, terma jamoadagi gollari sonini yanada oshirib oldi (54).
O‘yin oxirlarida esa Kodi Gakpo finnlarni yana bir bor ranjitdi. Niderlandlar jahon chempionati yo‘llanmasiga yanada yaqinlashdi. Ronald Kuman shogirdlari 6 o‘yinda 16 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinda (to‘plar nisbati 22:3). Oldinda Polshaga qarshi muhim safar o‘yini kutmoqda.
Litva – Polsha 0:2
Gollar: Shimanski, 15 (0:1). Levandovski, 64 (0:2)
Litva: Shvedkauskas, Girdvaynis (Petkevichyus, 85), Armalas, Tutishkinas, Shirvis, Sirgedas (Vorobev, 66), Gineytis, Lasitskas, Golubikas (Kalinauskas, 66), Chernix (Yankauskas, 73), Slivka (Paulauskas, 85)
Polsha: Skorupski, Bednarek, Kiver, Visnevski (Tsiolkovski, 83), Zelinski, Skuras, Shimanski (Sviderski, 82), Slish (Kapustka, 90), Kesh (Vsholek, 90), Levandovski, Kaminski (Grositski, 90+4)
Ogohlantirishlar: Slivka, 77. Girdvaynis, 79 – Slish, 44. Visnevski, 77
Polyaklar bosh murabbiyni almashtirgach, uchta o‘yinda 7 ochko to‘pladi va guruhda birinchi o‘rin uchun kurashda qoldi. Shu bilan birga, eng yaqin ta’qibchisi finnlar ochkolar bo‘yicha yetib olgan taqdirda ham to‘plar nisbati bo‘yicha ortda qoldi. Litvadagi o‘yinda Shimanski burchakdan yo‘llagan zarbasi bilan hisobni ochdi, ikkinchi bo‘limda esa aynan uning uzatmasidan keyin Robert Levandovski terma jamoadagi navbatdagi golini urdi. Endi noyabrda Polsha o‘z uyida Niderlandiyani ham yengishga harakat qilib ko‘radi.
14 noyabr. Finlandiya – Malta, Polsha – Niderlandiya.
17 noyabr. Malta – Polsha, Niderlandiya – Litva.
L guruhi
Farer orollaridagi sensatsiya
Farer orollari – Chexiya 2:1
Gollar: Serensen, 67 (1:0). Karabets, 78 (1:1). Agnarsson, 81 (2:1)|
Farer orollari: Lamhauge, Vatnhamar, A. Edmundsson, Fere, Hendriksson Olsen (Andreasen, 55), Turi (Mnini, 85), Davidsen, Danielsen, Serensen (Agnarsson, 80), Frederiksberg (Byartalid, 80), Y. Edmundsson (Olsen, 55)
Chexiya: Kovarj, Vitik, Kreychi, Yemelka, Tsoufal, Cherv (Beran, 60), Souchek, Shuls (Provod, 70), Kushey (Karabets, 46), Cherni (Xramosta, 87), Vidra (Xori, 46)
Ogohlantirishlar: A. Edmundsson, 53. Davidsen, 60. Danielsen, 86 – Kreychi, 32
Farer orollari jamoasi o‘tgan turda Chernogoriya darvozasiga javobsiz to‘rtta gol yo‘llab, ko‘pchilikni ajablantirgandi, endi esa Chexiyaga jiddiy muammo tug‘dirishdi. Bu o‘yinda ham hujumda Sorensen va Frederiksberg ajralib turishdi. 67-daqiqagacha tabloda 0:0 hisobi saqlanib turdi, keyin esa Xanus Syorensen Frederiksberg boshlab bergan tezkor qarshi hujumni gol bilan yakunladi.
Chexlar 11 daqiqa o‘tib muvozanatni tikladi. Adam Karabets raqib jarima maydoni ichida sherigi tomonidan tashlab berilgan to‘pni aniq zarba bilan darvoza to‘riga yo‘lladi. Farer orollari ertagi shu bilan yakunlanadigandek ko‘rinayotgandi, ammo ular raqib darvozaboni va himoyachilari o‘rtasidagi tushunmovchilikdan foydalanishdi – endigina maydonga tushgan Martin Agnasson to‘pga bir teginishda aniq zarba yo‘lladi. Farer orollari jamoasi saralashda 12 ochko to‘plashdi va pley-offga chiqish uchun yaxshi imkoniyat hosil qilishdi. Ammo so‘nggi turda chexlar Gibraltar bilan o‘ynaydi, farerliklar esa Xorvatiya maydoniga safar qiladi.
Xorvatiya – Gibraltar 3:0
Gollar: Fruk, 30 (1:0). Suchich, 78 (2:0). Erlich, 90+6 (3:0)
Aniq ijro etilmagan penalti: Mayyer, 57’
Xorvatiya: Kotarski, Pongrachich (Gvardiol, 60), Erlich, Bradarich, Pashalich, Kovachich (Modrich, 69), Moro (Suchich, 46), Baturina (Perishich, 69), Fruk, Mayyer, Ivanovich (Kramarich, 69)
Gibraltar: Henkins, Jolli, Lopesh, Ronan, Annesli (Mueli, 88), Bent, Valarino, Richards, De Barr (Del Rio, 90+3), Skenlon (Jyessop, 90+3), Perera (Klinton, 66)
Xorvatiya terma jamoasi ustozi Zlatko Dalich guruh autsayderiga qarshi o‘yinda aralash tarkibni tushirdi. Luka Modrich, Yoshko Gvardiol, Ivan Perishich va Andrey Kramarich kabi yetakchilarga dam berildi va ularning barchasi faqat ikkinchi bo‘limda maydonga tushirildi. Toni Fruk birinchi bo‘limdagi yagona golga mualliflik qildi, ikkinchi bo‘limda esa Luka Suchich va Martin Erlich bittadan gol urib, hisobni yiriklashtirishdi. Ammo ungacha Lovro Mayyer penaltidan foydalana olmadi. Parallel uchrashuvda chexlar mag‘lubiyatga uchragani tufayli, xorvatlar endi amalda jahon chempionati yo‘llanmasini nishonlashi mumkin. Keyingi turda yo‘llanmani rasmiylashtirish uchun Zagrebda Farer orollari jamoasiga yutqazmaslik kifoya qiladi.
14 noyabr. Gibraltar – Chernogoriya, Xorvatiya – Farer orollari.
17 noyabr. Chexiya – Gibraltar, Chernogoriya – Xorvatiya.
C guruhi
Daniya va Shotlandiya birinchi o‘rin uchun kurashmoqda
Shotlandiya – Belarus 2:1
Gollar: Adams, 15 (1:0). Maktominay, 84 (2:0). Kuchko, 90+6 (2:1)
Shotlandiya: Gann, Hendri (Tirni, 72), Makkenna, Roberson, Ralston (Suttar, 72), Gilmor (Miller, 88), Maklin, Maktominay, Makginn, Douk (Boui, 90+1), Adams (Dayks, 88)
Belarus: Lapouxov, Martinovich, Parxomenko (Karpovich, 90+1), Zabelin, Pigas (Melnichenko, 56), Ebong, Yablonskiy (Demchenko, 90+1), Pechenin, Malashevich (Korzun, 83), Gromiko (Kuchko, 83), Barkovskiy
Ogohlantirishlar: Pechenin, 68. Ebong, 82
Belaruslar o‘tgan turda daniyaliklarga 0:6 hisobida yutqazgandi. Bu safar jamoa nisbatan munosib qarshilik ko‘rsatdi. Birinchi bo‘limda Che Adams mehmonlar jarima maydoni ichida ajoyib harakat qilib, darvozani ishg‘ol etdi. Hakamlar brigadasi videotakrordan keyin golni inobatga oldi – ofsayd yo‘q edi.
Ikkinchi bo‘limda ham VAR belaruslar zarariga qaror chiqardi. Yevgeniy Malashevich to‘pni burchakka aniq joylashtirgandi, ammo hakam videotakrordan keyin mehmonlar hujum boshida fol ishlatganini qayd etdi. O‘yin oxiriga borib jamoalar qarama-qarshi kurslarda o‘yin olib borishdi va ikkala darvoza tomon ham xavfli zarbalar yo‘llandi. Avvaliga Skott Maktominey shotlandlarning ustunligini mustahkamladi, qo‘shimcha daqiqalarda esa Gleb Kuchko hisobni qisqartirishga erishdi, ammo ikkinchi gol uchun vaqt qolmagandi. Britanlar jamoasi keyingi turlarda guruh peshqadamligi uchun Daniya bilan kurash olib boradi, belaruslar esa to‘rt turda ham birorta ochko jamg‘ara olmadi.
Daniya – Gretsiya 3:1
Gollar: Hoylund, 21 (1:0). Andersen, 40 (2:0). Damsgor, 41 (3:0). Tzolis, 63 (3:1)
Daniya: Shmeyhel, Andersen, Vestergor, Mele, Kristensen, Norgar, Yulmann, Froholdt (O`Rayli, 90+2), Isaksen (Dorgu, 76), Damsgor (Eriksen, 70), Hoylund (Biyeret, 70)
Gretsiya: Vlaxodimos, Kuliyerakis, Mavropanos, Tsimikas, Rota, Kurbelis (Konstantelias, 64), Zafeyris, Bakasetas (Masuras, 64), Tzolis, Karetsas (Pavlidis, 64), Ioannidis (Siopis, 65)
Ogohlantirishlar: Shmeyxel, 64 – Ioannidis, 64. Zafeyris, 73. Rota, 83
Shotlandiya layv rejimda birinchi o‘ringa chiqib olgandi, ammo bu o‘rinni uzoq saqlab qololmadi. Greklar Kopenhagendagi o‘yinning birinchi bo‘limini o‘ta yomon o‘tkazishdi va raqibga ikki gol sovg‘a qilishdi. Avvaliga Hoylund Zafeyrisning darvozabonga kuchsiz uzatmasini egallab olib, to‘pni osonlik bilan darvoza to‘riga yo‘lladi. Keyin esa burchak zarbasi amalga oshirilganida Andersen barchadan baland sakrab, ikkinchi golni urdi. Mehmonlar bundan shu qadar umidsizlikka tushishdiki, bir daqiqa o‘tib jarima maydonidan chiqishda yana xatoga yo‘l qo‘yishdi, to‘pni egallab olgan 19 yoshli Froholdt esa Damsgorni qulay vaziyatga chiqardi – 3:0.
Greklar ikkinchi bo‘limda o‘ziga kelishdi. Tzolis javob golini urdi, ammo mehmonlarning bundan ortig‘iga qurbi yetmadi va rasman JCh yo‘llanmasidan umid uzishdi. 10 tadan ochkoga ega bo‘lgan Shotlandiya va Daniya so‘nggi turda Glazgoda to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma uchun jang qiladi.
15 noyabr. Gretsiya – Shotlandiya, Daniya – Belarus.
18 noyabr. Belarus – Gretsiya, Shotlandiya – Daniya.
H guruhi
Passivlik uchun to‘lov
Ruminiya – Avstriya 1:0
Gol: Gitse, 90+5 (1:0)
Ruminiya: Radu, Popesku (Gitse, 72), Burke, Kipchu, Ratsyu, Marin, Dragomir, Haji, Mixeyle, Man, Birlija (Muntyanu, 88)
Avstriya: Shlager, Alaba, Linhart, Mvene (Prass, 65), Posh, Zayvald, Laymer, Baumgartner (Grillich, 65), Zabitser, Shmid (Shepf, 86), Gregorich (Floruch, 86)
Ogohlantirishlar: Burke, 53. Mixeyle, 67 – Baumgartner, 6. Shmid, 40. Mvene, 56. Alaba, 81
80 yoshli Mircha Luchesku boshqaruvidagi ruminlar kutilmaganda Ralf Rangnik boshqaruvidagi guruh peshqadamini mag‘lub etdi. Birinchi bo‘limda jamoalar o‘ta zerikarli o‘yin namoyish etishdi va darvozalarga birorta zarba kuzatilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa ochko ko‘proq kerak bo‘lgan mezbonlar faollashdi. Avvaliga Mixeylening zarbasi ustunga bordi, keyin esa Shlager Ratsiuning o‘ta murakkab zarbasini qaytarishiga to‘g‘ri keldi. Va yakunda baribir ruminlar o‘z maqsadiga erishdi, o‘yinga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Yanis Haji Gitseni golli pas bilan ta’minladi. Avstriya durangga o‘ynagani uchun jazolandi va endi ikkinchi o‘rin ham kafolatlanmagan. Ammo taqvim ularda osonroq, noyabrda Ruminiya Bosniya bilan o‘ynaydi, Avstriya esa hech qanday motivatsiyaga ega bo‘lmagan Kipr maydonida yo‘llanmani rasmiylashtirishi mumkin.
San-Marino – Kipr 0:4
Gollar: Loizu, 9 (0:1). Andreu, 59 (0:2). Kastanos, 67 – penalti (0:3). Kakullis, 79 (0:4)
San-Marino: Kolombo, Chevoli (Valentini, 77), Rossi, Rikkardi, Sammaritani (Matteoni, 46), Kapikkioni (Sensoli, 61), Dzannoni, Golinuchchi, Kontadini (Berardi, 9), Latssari (Valli Kazadei, 61), Nanni
Kipr: Mall, Andreu, Laifis, Pileas (Korrea, 54), Shikkis, Xaralambus (Kiprianu, 63), Kastanos (Kutsakos, 73), Artimatas (Kiriaku, 54), Loizu, Tsionis, Pittas (Kakullis, 63)
Ogohlantirishlar: Kapikkioni, 45. Latssari, 51 – Pileas, 41. Pittas, 45. Laifis, 70
San-Marino termasi saralash o‘yinlarida allaqachon 32 gol o‘tkazib yubordi. Lekin bu ushbu jamoa uchun har safargi saralash sikli uchun doimiy kartinadir. Kiprliklar tanaffusdan keyin o‘yinni kuchaytirib, hisobni yiriklashtirdi. Loizos Loizu avvaliga o‘zi gol urdi, keyin esa sheriklariga assistentlik qildi. Kipr saralashda ikkinchi g‘alabasiga erishgan bo‘lsa-da, guruhda uchinchi o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmaydi.
15 noyabr. Kipr – Avstriya, Bosniya – Ruminiya.
18 noyabr. Avstriya – Bosniya, Ruminiya – San-Marino.
Sport
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar YeChLdagi g‘alabani nishonlash chog‘ida ko‘chalarda mashinalar yoqib yuborilgan, politsiyachilar bilan to‘qnashuvlar ro‘y bergan va yuzlab fanatlar qo‘lga olingan.
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
YeChLdagi g‘alabani nishonlash chog‘ida ko‘chalarda mashinalar yoqib yuborilgan, politsiyachilar bilan to‘qnashuvlar ro‘y bergan va yuzlab fanatlar qo‘lga olingan.
Source link
Sport
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida Parijning «Pari Sen-Jyermen» va Londonning «Arsenal» klublari o‘rtasida 2025/26 yilgi UYeFA Chempionlar ligasi finali bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 6-daqiqasida «Arsenal» futbolchisi Kay Xavers hisobni ochdi. 63-daqiqada Moskera jarima maydonida Kvaratsxeliyani yiqitdi va «Arsenal» darvozasi tomon penalti belgilandi. Dembele penaltini aniq bajarib, hisobni tenglashtirdi.
O‘yinnig asosiy vaqti va qo‘shimcha taymlarda darvozalar ishg‘ol etilmagach, penaltilar seriyasi belgilandi. Penaltilar seriyasida PSJ 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Parijliklar «Real»dan keyin chempionlik unvonini himoya qilgan ikkinchi jamoaga aylanishdi. «Real» bu natijaga 2016/17 va 2017/18 yilgi mavsumlarda erishgandi.
Jamoalar o‘tgan mavsum yarim finalida o‘zaro to‘qnashgandi. O‘shanda Luis Enrike boshchiligidagi jamoa har ikki o‘yinda g‘alaba qozonib, ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra 3:1 hisobida ustun kelgan. Keyin esa finalda “Inter”ni 5:0 hisobida mag‘lub etib, klub tarixida ilk bor Chempionlar kubogini qo‘lga kiritgandi.
Jamoalar bugunga qadar jami besh marta to‘qnash kelgan. O‘tgan mavsum yarim finaliga qadar parijliklar biror marta ham g‘alaba qozonmagan edi. O‘tgan mavsum umumiy bosqichda «Arsenal» g‘alaba qozongan, 2016/17 yilgi musobaqada esa raqiblar ikki marta durang o‘ynagan.
Budapeshtgacha bo‘lgan yo‘lda jamoalar turlicha uslubda harakat qildi. «Arsenal» himoyadagi ishonchli o‘yini bilan ajralib turdi. «To‘pchilar» to‘qqizta uchrashuvda o‘z darvozasini daxlsiz saqladi va umumiy bosqichda atigi to‘rtta gol o‘tkazib yubordi.
«PSJ»ning asosiy quroli esa hujumdagi samaradorlik bo‘ldi. Parijliklar ushbu musobaqada 1999/2000 yilgi Chempionlar ligasida 45 ta gol urgan «Barselona» rekordini takrorladi.
«Arsenal»ning yuksalishi bosqichma-bosqich kechdi: 2023/24 mavsumda chorak final, keyingi mavsumda yarim final va endi esa 2005/06 yildan beri ilk marta final.
E’tiborlisi, har ikki jamoa bu yilgi mavsumda o‘z mamlakatlari birinchiligida chempionlikni qo‘lga kiritishdi.
Sport
Dzyudo bo‘yicha Osiyo kubogida o‘smirlarimiz umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi (foto)
Toshkentda o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha Osiyo kubogida o‘smirlar o‘rtasidagi bahslar yakunlandi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 13 ta oltin, 9 ta kumush va 17 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.
Bugundan yoshlar toifasidagi bahslar boshlanadi.
Sport
«Real» sovrinsiz mavsumda dunyoning eng qimmat klubi deb topildi
Ispaniyaning «Real» futbol klubi ketma-ket beshinchi marta Forbes jurnali tomonidan dunyoning eng qimmat klubi deb topildi.
Foto: Gustavo Valiente/Xinhua/Getty Images
Madrid klubining qiymati 9,5 milliard dollarga baholanmoqda, bu o‘tgan yilga nisbatan (6,75 milliard dollar) 41 foizga ko‘pdir.
Kuchli uchlikka «Barselona» ($7,5 mlrd) va «Manchester Yunayted» ($7,2 mlrd) ham kirdi. Eng qimmat klublar o‘ntaligida quyidagilar bor: «Liverpul» ($6,2 mlrd), «Pari Sen-Jyermen» ($5,8 mlrd), «Bavariya» ($5,7 mlrd), «Manchester Siti» ($5,5 mlrd), «Arsenal» ($5,4 mlrd), «Chelsi» ($4,2 mlrd) va «Tottenhem» ($3 mlrd).
Forbes reytingiga jami 30 ta klub kiritilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 87 milliard dollarga yetgan. Bitta klubning o‘rtacha qiymati 2,9 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2025 yilga (2,4 milliard dollar) nisbatan 21 foizga ko‘pdir.
Ro‘yxatdagi eng ko‘p vakil Angliya Premer-Ligasidan (APL) – 11 ta klub, undan keyin Shimoliy Amerikaning MLS ligasidan 7 ta klub va Italiya A Seriyasidan 4 ta klub.
O‘tgan mavsumda «Real» so‘nggi besh yil ichida birinchi marta sovrinsiz qoldi. Madridliklar Ispaniya chempionatida «Barselona»dan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi, shuningdek, 1/8 final bosqichida «Albasete»ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, Ispaniya Kubogidagi kurashni yakunladi. «Real» mamlakat Superkubogida «Barselona»ga yutqazdi (2:3).
Shuningdek, klub ketma-ket ikkinchi yil Chempionlar Ligasi yarimfinaliga chiqolmadi. Jamoa 1/4 final bosqichida Myunxenning «Bavariya» klubiga yutqazdi.
Sport
O‘zbekiston U-20 terma jamoasining Osiyo Kubogi saralash bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
2027 yilgi U-20 Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi «B» guruhidan joy oldi. Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi yosh futbolchilar saralash bahslarida Suriya, Hindiston va Bangladesh terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi ishtirokidagi saralash uchrashuvlari 2026 yilning 25 avgustidan 6 sentyabriga qadar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
-
Iqtisodiyot4 days ago1 dollar ≠ 1 so‘m ≠ 1 rubl. Valutalar qiymati nega har xil?
-
Jamiyat4 days agoBuxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
-
Sport4 days agoForbes dunyoning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi
-
Iqtisodiyot3 days agoBirjada bug‘doy va sement narxi pasaydi
-
Sport5 days agoKamilla Rahimova «Rolan Garros» turnirini g‘alaba bilan boshladi
-
Iqtisodiyot3 days ago1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi
-
Dunyodan5 days agoAQSh Eronning raketa inshootlariga hujum qildi
-
Iqtisodiyot4 days ago
O‘zbekistonda oilaviy korxonalar soni 36 mingtadan oshdi
