Iqtisodiyot
Eksport 20 mlrd dollardan oshdi, shundan 7,7 mlrd dollar oltin sotuvi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
2025 yilning 7 oyida O‘zbekistonning savdo aylanmasi BAA, Hindiston, Afg‘oniston va Niderlandiya bilan keskin yaxshilangan bo‘lsa, Litva, Turkmaniston, Janubiy Koreya, AQSh va Turkiya bilan sezilarli yomonlashgan. Hisobot davrida 7,7 mlrd dollarlik oltin sotildi. Bu rekord ko‘rsatkichdir. Xitoyga bog‘liqlik yanada ortib, umumiy tashqi savdo hajmining 18,2 foizi ushbu davlat hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2025 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 44,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 7,37 mlrd dollarga yoki 19,9 foizga ko‘p.
Bunda eksport hajmi 20,1 mlrd dollar (+34,8 foiz), import hajmi esa 24,3 mlrd dollar (+9,9 foiz) bo‘lgan. Tashqi savdo salbiy saldosi esa 4,2 mlrd dollargacha qisqargan.
Hisobot davrida tashqi savdo aylanmasining salmoqli qismi Xitoy (18,2 foiz), Rossiya (16,1) Qozog‘iston (5,9 foiz), Turkiya (3,6 foiz) va Janubiy Koreya (2,2 foiz) bilan qayd etilgan.
Dastlabki 7 oylikda yirik hamkor davlatlardan Litva (-46,9 foiz), Turkmaniston (-22,5 foiz), Janubiy Koreya (-17,7 foiz), AQSh (-8,7 foiz) va Turkiya (-6,5 foiz) bilan savdo aylanmasi miqdori qisqargan. BAA (+71,4 foiz), Hindiston (+57,1 foiz), Afg‘oniston (+50,9 foiz), Niderlandiya (+45,8 foiz), Belarus (+28,4 foiz), Pokiston (+25,9 foiz), Germaniya (+24,5 foiz), Xitoy (+17,9 foiz), Qozog‘iston (+15,9 foiz) va Fransiya (+15 foiz) kabi davlatlar bilan esa umumiy savdo hajmi sezilarli miqdorda oshgan.
Eksport
Hisobot davrida 7,6 mlrd dollarlik (+80,9 foiz) oltin sotilgan. Bu umumiy eksportning 37,7 foizini tashkil etadi. Shuningdek, eksport tarkibida sanoat tovarlari (11,1 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (7,5 foiz), kimyoviy vositalar (5,8 foiz), mineral yoqilg‘ilar (4,4 foiz) va turli xil tayyor buyumlar (4,3 foiz) ham sezilarli ulushga ega bo‘lgan.
Tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlar Rossiya (12,3 foiz), XXR (5,5 foiz), Qozog‘iston (4 foiz), Afg‘oniston (3,7 foiz), Turkiya (3 foiz), Fransiya (2,6 foiz), BAA (1,8 foiz), Qirg‘iz Respublikasi (1,6 foiz) Tojikiston (1,4 foiz) va Pokiston (1,2 foiz) kabi davlatlar bo‘lgan. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 37 foizni tashkil etadi.
Yanvar-iyul oylarida 438 mln dollarlik gaz sotilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 38,2 foizga ko‘p. Bundan tashqari, 333 mln dollarlik neft va neft mahsulotlari (-16,3 foiz), 102 mln dollarlik elektr toki (+49,8 foiz) eksporti ham amalga oshirilgan.
Hisobot davrida qariyb 180 mln dollarlik avtomobil va uning ehtiyot qismlari sotilgan. Bu 2024 yilga nisbatan 19,5 foizga kam.
Import
Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (33,3 foiz), sanoat tovarlari (16 foiz) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (12,8 foiz) hisobiga to‘g‘ri kelgan. Umumiy importning 2/3 qismi 7 ta davlatdan amalga oshirilgan:
Xitoy – 28,7 foiz;
Rossiya – 19,3 foiz;
Qozog‘iston – 7,6 foiz;
Turkiya – 4,1 foiz;
Janubiy Koreya – 3,9 foiz;
Germaniya – 2,8 foiz;
Hindiston – 2,6 foiz.
Hisobot davrida 734 mln dollarlik gaz sotib olingan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichning 70 foizini tashkil etadi.
Shuningdek, avtomobil olib kirish ham sezilarli darajada qisqarib ketgan. Jumladan, yanvar-iyul oylari davomida 530 mln dollarlik (-35,2 foiz) mashina import qilingan. O‘z navbatida, avtomobillar qismlari va anjomlari importi 41,2 foizga oshib, 978 mln dollarga yetgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston mahsulotlarini eng ko‘p sotib oluvchi mamlakatlar ma’lum bo‘ldi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi 19,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
Mazkur davrda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan mamlakatlar (top-10):
Rossiya — 2,8 mlrd AQSh dollari;
Xitoy — 1,7 mlrd;
Afg‘oniston — 1,1 mlrd;
Qozog‘iston — 868 mln;
Fransiya — 854,9 mln;
Gonkong (Xitoy maxsus ma’muriy hududi) — 716 mln;
Turkiya — 596,2 mln;
Qirg‘iziston — 575,8 mln;
Tojikiston — 437,5 mln;
BAA — 420,8 mln.
Iqtisodiyot
Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
Source link
Iqtisodiyot
Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun bir qator yengilliklar joriy etiladi
Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, bojxona sohasida bir qator yangi tartiblar belgilandi.
Jumladan, 2026 yil 1 oktyabrdan xavf darajasi past hamda QQS guvohnomasi faol bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga tovarlarni import qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, tovarlar eksportida nazorat jarayonlarining raqamlashtirilishi va takomillashtirilishi natijasida bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati, fumigatsiya hamda tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar miqdori 30 foizga kamaytiriladi.
2027 yil 1 yanvardan tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish tartibi ham soddalashtiriladi. Xususan, xavf darajasi past bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari olib kirayotgan tovarlarning bojxona qiymati tovarlar erkin muomalaga chiqarilgandan keyin nazorat qilinadi.
Bundan tashqari, bojxona qiymatini nazorat qilish maqsadida tovarlar uchun qat’iy bojxona qiymatini belgilash taqiqlanadi. Bojxona qiymati bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilish amaliyoti joriy etiladi hamda nazorat jarayonida rasmiy diller va distribyutorlarning narx ma’lumotlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
2027 yil 1 iyundan esa jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlar bo‘yicha yagona bojxona to‘lovi miqdori to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona yig‘imlaridan kam bo‘lsa, ushbu yig‘imlar undirilmaydi.
Iqtisodiyot
Dushanba kuni ham dollar kursi pastlaydi
Markaziy bank 2026-yil 7-sentyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 9,7 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 3,01 so‘mga tushdi va 13 695,70 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 949,95 so‘mni tashkil qildi (+31,7).
Rossiya rubli 136,13 so‘m etib belgilandi (+0,33).
Iqtisodiyot
O‘zbekiston mahsulotlari AQShning eng yirik savdo tarmog‘i orqali Amerika bozoriga chiqishi mumkin
O‘zbekiston bosh konsuli Axror Burxanov «Costco Wholesale» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Muloqot avvalida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va hunarmandchilik sohalaridagi eksport salohiyati haqida ma’lumot berildi. Kompaniya vakillariga AQSh bozoriga olib kirishga ruxsat etilgan oliy navli o‘zbek mayizi va quritilgan o‘rik namunalari ham taqdim etildi.
O‘z navbatida, «Costco» vakillari o‘zbek mayizining sifati va tashqi ko‘rinishini yuqori baholab, uni savdo tarmog‘ida sotuvga chiqarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga tayyorligini bildirdi.
Suhbat davomida pista, grek yong‘og‘i, bodom, golubika, gilos, uzum, anor va boshqa yangi hamda quritilgan mevalarni yetkazib berish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuvda o‘zbekistonlik eksportchilarni AQShdagi qadoqlash va markirovkalash korxonalari bilan bog‘lash, shuningdek, kelgusi yil fevral oyida o‘tkaziladigan mahsulotlar taqdimotida ishtirok etishga ko‘maklashish masalalari ham muhokama qilindi.
Bundan tashqari, o‘zbek tekstili, milliy kulolchilik buyumlari, idish-tovoq va qo‘l mehnati asosida tayyorlangan dekorativ mahsulotlarni «Costco» orqali sotish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Kompaniya vakillari raqobatbardosh mahsulotlar aniqlangan taqdirda, ularni global xarid jamoalariga taqdim etishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.
-
Jamiyat4 days ago
Prezidentning xususiylashtirishga oid farmoni e’lon qilindi
-
Sport4 days ago
Husan Botirov Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi
-
Jamiyat4 days ago
Sudyalikka nomzodlar uchun yosh senzi 30 yoshga tushirilishi mumkin
-
Jamiyat3 days ago
Hokim yordamchilarining 9 ta asosiy vazifasi belgilab berildi
-
Siyosat4 days ago
Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga yetib bordi
-
Iqtisodiyot4 days agoDollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
-
Siyosat4 days ago
O‘zbekiston hukumati Suriyaga yangi elchisini jo‘natdi
-
Sport4 days ago
«Paxtakor» futbolchisi Muhammadrasul Abdumajidov Fransiya jamoasiga o‘tadi
