Jamiyat
Dunyodagi eng qimmat va eng xavfli taom
Fugu nomi bilan tanilgan, yapon oshxonasidagi eng qimmat va halokatli taom haqida eshitganmisiz? Arxeologik topilmalarga ko‘ra, Yaponiya orollari aholisi eramizdan ancha oldin fugu iste’mol qilgan, ya’ni qadimgi yaponlar bu baliqni tayyorlash sirini bilishgan.
Fugu baliqlari pufferfish oilasiga tegishli. Tropik, masalan, Tinch okeani, Qizil dengizda va Amazon daryosi kabi chuchuk suv havzalarida uchraydigan 100 ga yaqin turlari mavjud.
Fugu kaftning kattaligidek keladigan kichkina baliq, terisi turli uzunlikdagi tikanlar bilan qoplangan. U xavf yaqinlashganda o‘zini to‘pga aylantiradi va taxminan uch baravar kattalashadi.
foto:istockphoto.com/ru
Ushbu kichkina baliqning ichki a’zolari – jigar, tuxum, o‘t pufagi va terisida o‘ldiradigan tetrodotoksin miqdori mavjud. Jigar baliqning eng zaharli qismidir, shuning uchun u iste’mol qilinmaydi. Baliqning boshqa qismlarini faqat ehtiyotkorlik bilan, maxsus tayyorgarlikdan so‘ng iste’mol qilish mumkin. Zahar mushaklarni falaj qiladi va nafas olishni to‘xtatib qo‘yadi. Undagi zahar kaliy sianiddan taxminan 1200 marta xavflidir. Yegan odamni o‘limga olib keladigan doza atigi bir milligram tetrodotoksindir. Bitta baliqdagi zahar qirq kishini o‘ldirishi mumkin. Hozirgi vaqtda unga qarshi antidot yo‘q, zaharlangan odamni qutqarishning yagona yo‘li – zaharning ta’siri yo‘qolguncha nafas olish va qon aylanish tizimlarini sun’iy ravishda qo‘llab-quvvatlashdir.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, baliq neyrotoksin ishlab chiqarmaydi, balki oziq-ovqat orqali zaharni o‘z tanasida to‘playdi.
Hatto bolalar ham fuguni iste’mol qilish o‘limga olib kelishi mumkinligini bilishadi.
Ammo nima uchun bu baliq ko‘plab yapon restoranlarida mashhur delikates bo‘lib qolmoqda? Nima uchun odamlar o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yishadi?
Fugu haqiqatan ham shunchalik mazalimi?
Yapon xalqining mashhur maqoli bor: «Fugu yegan kishi ahmoqdir, lekin yemagan ham ahmoqdir».
Ushbu o‘ta nozik ta’mning ishqibozlari fuguning mazasini boshqa hech narsa bilan taqqoslab bo‘lmaydi, deb da’vo qiladilar: u juda nozik, silliq va ta’riflab bo‘lmaydi.
Hatto ushbu baliqqa Tokiodagi parkda yodgorlik ham o‘rnatilgan.
foto: Pikabu.ru
Osaka yaqinida fugu sharafiga maxsus o‘yilgan qabr toshli mashhur ibodatxona bor. Undan yoritgichlar va shamdonlar tayyorlanadi va fugu shaklini tayyorlashga ixtisoslashgan ko‘plab ustaxonalar mavjud. Ammo odamning fugu bilan haqiqiy uchrashuvi restoranda sodir bo‘ladi. Bu yerda taom buyurtmachisi tom ma’noda o‘z taqdirini oshpazga ishonib topshiradi.
Kichkina xato taomni zaharga aylantiradi
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada har yili o‘ntadan yigirmaga yaqin odam fugu bilan zaharlanishdan vafot etadi. Biroq, bu taomning ishqibozlari ta’kidlashlaricha, o‘limlarning aksariyati uyda – fuguni o‘zlari tayyorlashga urinish oqibatida sodir bo‘ladi. Ammo letsinziyasi bor oshpazlar ham xatoga yo‘l qo‘ygan holatlar mavjud. Fugudan eng mashhur o‘lim 1975-yilda sodir bo‘lgan. Afsonaviy aktyor Mitsugoro Bando Kioto restoranida fugu jigarini yegandan keyin falajlanib vafot etgan. Bu uning xavfli taomni tanovvul qilishga to‘rtinchi urinishi edi.
2004-yildan 2007-yilgacha fugudan zaharlanishdan 15 kishi vafot etgan, taxminan 115 kishi kasalxonaga yotqizilgan. 2009-yilda Yaponiyaning Suruoki shahridagi (Tokio shimolida) restoranning yetti nafar homiysi fugu taomidan zaharlangan edi.
Uzoq vaqt davomida Yaponiyada fuguni nafaqat iste’mol balki tutish ham taqiqlangan. Shunga o‘xshash taqiqlar hozirda ba’zi Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida mavjud, ammo ular har doim ham samarali emas. Misol uchun, fugu Tailandda 2002 yildan beri taqiqlanganiga qaramay, uni mahalliy bozorlarda sotib olish mumkin.
2023-yilning aprel oyida malayziyalik er-xotin mahalliy bozorda fugu sotib olib, kechki ovqatga pishirishdi. 83 yoshli ayol vafot etdi, uning 84 yoshli eri esa komaga tushdi.
Ishqibozlar taqdirini oshpazga ishonadi
Ya’ni noto‘g‘ri tayyorlangan fuguni iste’mol qilish o‘limga olib kelishi mumkin. Shuning uchun 1958 yildan boshlab yapon oshpazlari maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari va ixtisoslashgan restoranlarda fugu tayyorlash uchun litsenziya olishlari talab qilingan, uni faqat ikki yil shogird tushish, yozma va amaliy imtihonlar orqali olish mumkin. Amaliy imtihon paytida oshpaz o‘zi tayyorlagan fugu taomini yeyishi kerak. Amaliy test quyidagicha: nomzodga fuguni kesib, sashimi (maxsus yapon taomi) sifatida tayyorlash uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. Sashimi bilan bir qatorda, fugu ham sho‘rvalar va soslar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Bunday delikateslarning narxi har bir porsiya uchun 100 dan 500 dollargacha bo‘lishi ajablanarli emas. Eng mashhur fugu taomlaridan biri bu fugusashi. Xom baliqning marvarid bo‘laklari dumaloq laganda gulbarglar kabi joylashtiriladi.
foto: Posteat
Oshpaz ko‘pincha qismlardan haqiqiy surat yaratadi: kapalaklar yoki uchayotgan qush kabi manzaralar. Baliq tilimlari sirka sousi, to‘g‘ralgan turp va qizil qalampir aralashmasiga botirib yeyiladi. Odatda, maxsus restoranlarga kelgan mijozlar faqat fuguga buyurtma berishadi. Taomlanish fugusashi bilan boshlanadi: undan keyin fugu-zosui – guruch va xom tuxum bilan bezatilgan baliq sho‘rva va ozgina qovurilgan bo‘laklari. Oshpaz fugu bo‘laklariga qat’iy belgilangan tartibda yondoshadi. Yeyish dum qismidan – eng mazali va eng kam zaharli qismdan boshlanadi. Oshpazning vazifasi mehmonlarni ehtiyotkorlik bilan kuzatib borish, ularning xavfsiz miqdordan ortiq iste’mol qilishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Buning uchun nafaqat taomni tayyorlashning nozik jihatlarini bilish, balki tibbiy bilimga ham ega bo‘lish kerak, chunki zahar ta’sirining intensivligi mijozning tuzilishiga, fe’l-atvoriga va hatto terining rangiga bog‘liq.
Ekstremal oshxona ishqibozlarining ta’kidlashicha, ushbu baliqlarning ta’mi yapon ipak rasmlarini eslatadi – nozik, tushunarsiz va silliq. Nafis kulolchilik buyumlari yaratuvchisi Kitaoji Rozannin shunday deb yozgan edi: «Bu baliqning ta’mi beqiyos. Agar fuguni uch-to‘rt marta yesangiz, uning quliga aylanasiz. Kimki o‘limdan qo‘rqib, bu taomdan bosh tortsa, chuqur hamdardlikka loyiqdir.» Fugu o‘zining ajoyib ta’midan tashqari, giyohvandlik ta’siriga ham ega, deb ishoniladi. Ushbu baliqni tayyorlash asnosida mijozda yengil eyforiya tuyg‘usini uyg‘otish uchun yetarli miqdorda zahar qoldirishdir. Bu jarayonda avval oyoqlar, keyin qo‘llar, keyin jag‘lar harakatdan to‘xtaydi, faqat ko‘zlar bundan mustasno. Biroq, bir lahzadan keyin hamma narsa jonlanadi: nutq qaytadi, qo‘llar va oyoqlar harakatlana boshlaydi.
Xo‘sh, agar fugu zaharli dengiz mahsulotlari bilan boqilmasa xavfli bo‘lmaydimi? Aynan shunday, olimlar fuguning bu xususiyatini uzoq vaqtdan beri kashf qilishgan va hatto uni laboratoriyada sinab ko‘rishgan. Agar fugu maxsus suvlarda ko‘paytirilsa u zaharli mollyuskalarsiz, dengiz yulduzi va qisqichbaqasimonlarni iste’mol qilmasa zahardan xoli bo‘ladi.
Lekin negadir bu kashfiyot Yaponiyada o‘zini oqlamadi. Axir, uning toksini bo‘lmasa, oddiy baliqdan farqi qolmaydi va hech qanday eyforiya bermaydi.
Mana nima uchun zahari bo‘lmagan fugu hech kimni hayratda qoldirmaydi.
Jamiyat
Prezident 7 milliy dastur haqida e’lon qildi
Prezident o‘z nutqida 7 milliy dastur haqida e’lon qildi.
Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi.
Bolalarning 6 yoshli tayyorlov guruhlariga qamrov qisqa muddatda 100 foizga olib chiqiladi. Xususiy bog‘cha tashkil qilish bo‘yicha mavjud imtiyozlar saqlab qolinadi.
Barcha maktablar xalqaro baholash dasturlari bilan to‘liq qamrab olinadi.
Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlarini joriy etiladi. Ularda yoshlarimizni yuqori daromadli kasblarga o‘qitishni yo‘lga qo‘yib, qamrovni 1 millionga yetkaziladi. Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmaydi.
Ikkinchi milliy dastur xalqimizning sog‘lom bo‘lishi va uzoq umr ko‘rishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shu maqsadda aholi salomatligi bilan bog‘liq davlat xarajatlarini kelgusi besh yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5 foizga yetkaziladi.
Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tiladi. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi
Ixtisoslashgan tibbiyotda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida dunyoning eng nufuzli kamida 5 ta klinikasi olib kelinadi.
Uchinchi milliy dastur – iqtisodiyotimizni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga o‘tkazish.
Buning uchun kelgusi o‘n yilda 450 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinadi. Iqtisodiyotda yuqori o‘sish sur’atini saqlagan holda, 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi, sanoatda 2 millionta yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi.
Yoshlarimizning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishda startap, venchur va sun’iy intellektni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishga aylanadi.
Shuningdek, kichik biznes – o‘rta biznesga, o‘rta korxonalar esa yirik kompaniya va korporatsiyalarga aylanishi uchun yaxlit ekotizimni yo‘lga qo‘yamiz. Bularning hisobiga kelgusi o‘n yilda jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 10 ming dollarlik marradan oshadi.
Global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va ekologiya masalalari yanada dolzarb bo‘lib bormoqda.
Shu bois, to‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi.
Kelgusi besh yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalar qamrovini 100 foizga olib chiqiladi. Bu – umummilliy marraga aylanadi.
Adolat qaror topgan joyda iqtisodiy o‘sish ham, ijtimoiy ishonch ham yuksaladi.
Bu borada beshinchi milliy dastur – sud mustaqilligini kuchaytirish va qonun ustuvorligini ta’minlashni umumiy qadriyatga aylantirishdan iborat.
“Buning uchun huquqiy tarbiyani maktabdan boshlab aniq tizim asosida yo‘lga qo‘yamiz. Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz. Kiberjinoyatchilik, giyohvandlik va odam savdosining oldini olish bo‘yicha choralarni yanada kuchaytiramiz.
“Yashirin iqtisodiyot”, uyushgan jinoyatchilik, ayollar va bolalar huquqini kamsitishga qarshi kurashni yangi bosqichga ko‘taramiz.
Odamlarimizning kayfiyati, oilalarning farovonligi, yoshlarning orzu-istagi, tadbirkorlarning tashabbuskorligi, eng avvalo, mahallada namoyon bo‘ladi.
Shuning uchun oltinchi milliy dastur mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirishga yo‘naltiriladi.
Endi davlat dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yondashuv butkul o‘zgaradi. Tuman budjeti, investitsiya dasturi hamda infratuzilma loyihalari mahalla buyurtmasi asosida ishlab chiqiladi. Bunda fuqarolarning talab va ehtiyoji, mahallaning farovonligi – eng asosiy mezon sifatida belgilanadi”, dedi Prezident.
Yettinchi milliy dastur – O‘zbekistonning tinchlik va do‘stlik diyori, bag‘rikeng o‘lka sifatidagi nufuzini har tomonlama yuksaltirishdan iborat.
Bizning ochiq, pragmatik va tinchlikparvar siyosatimiz uzoq muddatli taraqqiyotimizni ta’minlashga qaratilgan.
Jamiyat
Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi!
Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqi, bayram ssenariysi va sahnadagi chiqishlarga foydalanuvchilardan juda katta, samimiy va kuchli reaksiya bo‘ldi.
Izohlarni o‘qib, bir narsa yaqqol ko‘rinadi: odamlar bayramni shunchaki tomosha qilmagan — his qilgan.
“Juda zo‘r!”, “Boshqacha bo‘ldi!”, “Ta’sirli!”, “Gap yo‘q!”, “Sahnadagi energiya va jonli ijro odamni lol qoldirdi, haqiqiy bayram kayfiyati!”, “Harbiylarning safdagi kelishgan va qat’iy qadamlari qalbimizni g‘ururga to‘ldiradi”, “Juda go‘zal bayram, betakror bayram”… — ijtimoiy tarmoqlardagi minglab fikrlarda bir xil kayfiyat.
Ayniqsa, Prezident nutqidagi fikrlar alohida muhokama qilindi. Vatan tarixi, bugungi islohotlar va kelajakka ishonch uyg‘unlashgan nutq ko‘pchilikda kuchli taassurot qoldirdi.
Bu yilgi Mustaqillik bayrami sahnada o‘zgacha bo‘ldi — ijtimoiy tarmoqlardagi reaksiya esa bundan ham kuchli!
Bu shunchaki izohlar emas. Bu — xalqning bayramga bo‘lgan kayfiyati.
Jamiyat
BYD CHAZOR UzPride – O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan maxsus taklif
BYD Central Asia mahalliy ishlab chiqarilayotgan BYD CHAZOR UzPride modelining rasmiy sotuvi boshlanganini e’lon qiladi. Mahalliylashtirish darajasi yuqori bo‘lgani tufayli 55 KM Luxe jamlanmasi 255 900 000 so‘m narxda taklif etilmoqda.
Modelning nomi uning mazmun-mohiyatini aks ettiradi: brend mahalliy bozorda izchil rivojlanib, texnik mutaxassislarni tayyorlash va mamlakat avtomobilsozlik sanoatini zamonaviylashtirishga ko‘maklashmoqda. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalarni aholining tobora keng qatlamlari uchun qulay va hamyonbop qilmoqda. Shu sababli yangi talqin O‘zbekiston va uning xalqiga chuqur hurmat ramzi sifatida UzPride nomini oldi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xaridorlar uchun maxsus moliyalashtirish dasturi tayyorlandi:
– boshlang‘ich to‘lov – 35%;
– bo‘lib to‘lash muddati – 35 oy;
– foiz stavkasi – 0%;
– moliyalashtirishni rasmiylashtirish – faqat OFB hamkor banki orqali.
Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan moliyalashtirish dasturi shartlari 2026 yil 29 avgustdan 1 sentyabrgacha amal qiladi.
Dastur shartlari qutlug‘ sana bilan ramziy tarzda uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, yangi supergibrid sedanni O‘zbekiston bo‘ylab xaridorlar uchun yanada qulayroq shartlarda sotib olish imkonini beradi.
BYD CHAZOR UzPride haqida
BYD CHAZOR UzPride DM-i supergibrid tizimi bilan jihozlangan. Unda elektr yuritmaning afzalliklari 1,5 litr hajmli yuqori samarali benzin dvigatelining imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirilgan.
132 kVt quvvatga ega elektr dvigatelining eng yuqori burovchi kuchi 316 N·m ni tashkil etadi. Avtomobil 0 dan 100 km/soat tezlikka 7,9 soniyada chiqadi. NEDC o‘lchov tartibi bo‘yicha faqat elektr quvvatida yurish masofasi 55 kilometrgacha yetadi. Akkumulyator quvvati past bo‘lganda yoqilg‘i sarfining eng kam ko‘rsatkichi 100 kilometrga 3,8 litrni tashkil etadi.
55 KM Luxe jamlanmasiga aylantiriladigan 12,8 dyuymli multimedia ekrani, 8,8 dyuymli displeyga ega raqamli ko‘rsatkichlar paneli, o‘zbek tilidagi aqlli ovozli boshqaruv tizimi, 4G va Bluetooth ulanishi, shuningdek, OTA orqali masofadan yangilash imkoniyati kiradi.
Haydovchiga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida avtomobil kalitsiz kirish tizimi, NFC-karta, masofadan ishga tushirish, o‘rindiqni elektr yordamida sozlash, elektr yuritmali tom tuynugi hamda orqa o‘rindiq yo‘lovchilari uchun havo yo‘naltirgichlarga ega iqlim tizimi bilan jihozlangan.
360° atrofni ko‘rsatuvchi panoramali HD-kamera hamda old va orqa to‘xtash datchiklari avtomobilni boshqarish va tor joylarda harakatlanishni osonlashtiradi.
Xavfsizlik tizimlari qatoriga tezlikni bir maromda saqlash tizimi, yo‘nalish barqarorligini nazorat qilish, g‘ildiraklarning sirpanishiga qarshi tizim, shinalardagi bosimni kuzatish, qiyalikda harakatni boshlashga ko‘maklashish, avtomobilni avtomatik ushlab turish, old va yon xavfsizlik yostiqchalari, shuningdek, parda turidagi xavfsizlik yostiqchalari kiradi.
BYD CHAZOR UzPride modelining mahalliy ishlab chiqarilishi yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi zamonaviy avtomobillar tanlovini kengaytiradi hamda mamlakat avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
BYD Central Asia kompaniyasining mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan dasturi – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi avtomobil boshqaruvida kutib olish uchun ajoyib imkoniyatdir.
*Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan moliyalashtirish dasturi 2026 yil 29 avgustdan 1 sentyabrgacha, 1 sentyabr kuni ham, amal qiladi. Dastur doirasidagi moliyalashtirish faqat OFB hamkor banki orqali rasmiylashtiriladi. Dastur bo‘yicha taklif etiladigan avtomobillar soni cheklangan. Texnik ko‘rsatkichlar ma’lumot berish maqsadida keltirilgan bo‘lib, yo‘l va ob-havo sharoiti, avtomobilning yuklanish darajasi hamda haydash uslubiga qarab farq qilishi mumkin. Avtomobilni sotib olish shartlari va jamlanmasi haqidagi batafsil ma’lumotni BYD kompaniyasining rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin.
BYD kompaniyasining O‘zbekistondagi aloqa ma’lumotlari
Rasmiy ishonch telefoni: 1811
Rasmiy veb-sayt: bydauto.uz
Instagram: @bydauto.uz
Telegram: t.me/bydautouz
Jamiyat
Yangi o‘quv yilida 806 mingdan ziyod 6 yoshli bola maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olinadi
E-qaror tizimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorlash va bolalarni qabul qilish jarayonini samarali tashkil etishga oid buyrug‘i e’lon qilindi. Hujjatning ilovalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 18-avgustdagi 299-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
Hujjatga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilida respublika bo‘yicha 811 ming 586 nafar 6 yoshli bola hisobga olingan. Ularning 806 ming 290 nafarini maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olish rejalashtirilgan. Natijada qamrov darajasi 99,3 foizga yetkazilishi ko‘zda tutilmoqda.
Maktabga tayyorlov guruhlari bilan qamrab olinmagan 6 yoshli bolalar uchun 485 ta bir yillik bepul majburiy tayyorlov guruhi tashkil etiladi. Ularda jami 13 ming 104 nafar bolani qamrab olish rejalashtirilgan.
Shundan:
— umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 413 ta guruh tashkil etilib, 11 ming 163 nafar bola;
— davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 65 ta guruh ochilib, 1 ming 766 nafar bola;
— boshqa mos binolarda 7 ta guruh tashkil qilinib, 175 nafar bola qamrab olinadi.
Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, avval hududlardagi 6 yoshli bolalar xatlovdan o‘tkaziladi. Xatlov natijasida tayyorlov bilan qamrab olinmagan bolalar mavjud bo‘sh guruh va o‘rinlarga joylashtiriladi.
Shundan keyin ham qamrovdan tashqarida qolgan bolalar uchun umumta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, «Kelajak markazlari» va boshqa obyektlarning bo‘sh xonalarida yangi tayyorlov guruhlari tashkil etiladi. Ularni sentyabr–oktyabr oylarida ishga tushirish belgilangan.
Jamiyat
Qonunchilikdagi noaniqliklar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi
Prezident farmonida tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan «tadbirkorlik subyektining haqlilik prezumpsiyasi» belgilandi.
Unga ko‘ra, davlat organi tomonidan aksi isbotlanmaguncha tadbirkorlik subyekti va uning mansabdor shaxsi qonunchilikka muvofiq harakat qilgan hamda o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan deb hisoblanadi.
Sudda tadbirkorga nisbatan huquqiy ta’sir chorasi qo‘llash uchun uning asosli, qonuniy va mutanosib ekanini, shuningdek, huquqbuzarlik faktini isbotlash majburiyati davlat organiga yuklanadi.
Qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar, noaniqlik va tushunmovchiliklar, shuningdek, dalillar yetarli emasligi tufayli yuzaga keladigan shubhalar tadbirkorlik subyekti foydasiga talqin qilinadi.
-
Siyosat4 days ago
Шавкат Мирзиёев Бишкекда кутиб олинди
-
Mahalliy3 days ago
«Enamdan qolgan dalalar» (Esse)
-
Jamiyat4 days ago
BYD CHAZOR UzPride – O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan maxsus taklif
-
Jamiyat4 days ago
Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi!
-
Sport5 days ago
«Beradigan boshqa narsam qolmadi» — Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
-
Jamiyat3 days ago
Prezident 7 milliy dastur haqida e’lon qildi
-
Iqtisodiyot3 days agoPrezidentning bojxona xizmatiga oid farmoni qabul qilindi
-
Iqtisodiyot3 days ago
O‘zbekiston mahsulotlari AQShning eng yirik savdo tarmog‘i orqali Amerika bozoriga chiqishi mumkin
