Connect with us

Jamiyat

“Diqqatni susaytirib, xotirani pasaytiradi” – iflos havo bolalarni qanday kasalliklarga yetaklayapti?

Published

on


O‘zbekistonda 2022–2024 yillar bo‘yicha salomatlik statistikasida nafas olish tizimi kasalliklari aholining umumiy xastaliklari tarkibida eng yirik ulushni tashkil etdi. Ayniqsa, bolalar orasida bronxit, pnevmoniya, astma va boshqa obstruktiv kasalliklar avvalgiga nisbatan ko‘paygan. Bu holat birinchi navbatda havo sifati bilan bog‘lanmoqda. Kun.uz muxbiri ayni shu mavzuda mutaxassislar bilan bog‘lanib, iflos havo bola organizmini qanchalik zararlashi, kelajakda qanday xavflarni yuzaga keltirishi hamda profilaktik choralar haqida suhbatlashdi.

{Yii::t(}

O’tkazib yuborish 6s

O’tkazib yuborish

2022–2024 yillar bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda nafas olish tizimi kasalliklari aholining umumiy nosog‘lomlik holatida eng yirik ulushni egallagan. 2022 yilda har 100 000 aholiga 13 135,6 ta nafas yo‘llari kasalliklari to‘g‘ri kelgan va bu umumiy xastaliklar jadvalida perinatal davr muammolaridan keyingi ikkinchi o‘rinda qayd etilgan. 2023 yilda mazkur raqam 12 894 taga pasaygan, ammo nafas yo‘llari kasalliklari jadvalda birinchi o‘ringa ko‘tarilgan. 2024 yilga kelib ko‘rsatkich 11 895,9 taga tushgan bo‘lsa-da, statistikaning eng yuqori satridan yana o‘sha nafas yo‘llari kasalliklari joy olgan. Ya’ni uch yil davomida raqamlar nisbatan kamaygan, ammo muammo mohiyatan o‘zgarishsiz qolgan: aholining eng ko‘p kasallanishi aynan o‘pka va nafas tizimi bilan bog‘liq.

Ushbu jarayonning yetakchi sababi – iflos havo. Toshkent va ayrim viloyatlarda PM2.5 va PM10 zarrachalari yilning salqinlashgan oylarida normal me’yordan ancha yuqori bo‘ladi. Ushbu mayda zarrachalar o‘pkaga chuqur kirib, yallig‘lanishni kuchaytiradi, bronxit, astma, pnevmoniya va hatto surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi kabi og‘ir holatlarni keltirib chiqaradi.

Mazkur vaziyatdan eng ko‘p zarar ko‘ruvchi toifa bolalar hisoblanadi. Ularning o‘pkasi hali shakllanib bo‘lmagan, immun tizimi to‘liq mustahkamlanmagan va ular kattalarga qaraganda havodagi har bir zarrachaga ancha sezgir. Eng achinarli tomoni, iflos havoni o‘ziga tortayotgan bolalarning o‘pkasini hech kim tekshirmaydi, tanadagi zararli zarrachalarga hech kim “radar” qo‘ymaydi. Shuning uchun ham xavfni sezmaymiz.

YUNISEF ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda har 10 ta bolaning bittasida surunkali nafas olish kasalliklari qayd etiladi. Xususan, mamlakatda 2019–2022 yillar orasida nafas olish tizimi bilan bog‘liq xastaliklar soni 1 million 90 mingdan 1 million 151 minggacha ko‘tarilgan. Pulmonolog Abdulzohid Jo‘rayevning ta’kidlashicha, ayni vaqtda shifoxona va klinikalardagi pulmonologiya bo‘limlariga o‘pka, tomoq, burun shikoyatlari bilan olib kelingan bolalar soni ham keskin ortgan.

“Oldin bronx-o‘pka masalalari bilan asosan katta yoshdagilar murojaat qilgan bo‘lsa, oxirgi yillarda, ayniqsa Toshkent havosining keskin ifloslanishi tufayli bolalar orasidagi holatlar keskin ko‘paydi. Avvallari barcha bemorlarning taxminan 80 foizi kattalar, 20–25 foizi bolalar bo‘lgan. Hozir esa bu nisbat keskin o‘zgargan: 20–25 foiz kattalar, 70–75 foiz holatlarda esa yosh bolalar kasallanmoqda. O‘RVI mavsumida oxirgi ikki-uch yil ichida kasalxonalarda hatto koridorlarda ham joy qolmayapti. Buning natijasida uzoq muddat davolanishi talab etiladigan bemorlarga ham isitmasi tushib, yo‘tal kamaygandan so‘ng 3-5 kun ichida javob berib yuborilyapti. Bu xastalikning to‘liq bartaraf etilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin”, – deydi pulmonolog.

Bolalarning o‘pka hujayralari hali to‘liq shakllanmagan bo‘ladi. Ya’ni ular nafas olgan har bir mikrozarracha: PM2.5 bo‘ladimi, sanoat tutuni bo‘ladimi, tanaga oson kiradi, chiqmaydi va o‘sish jarayonini to‘xtatadi. Buning natijasida taxminan 10–15 yildan so‘ng, “Nega yoshlarimizda allergiya ko‘paydi?”, “Nega bolalar tez charchaydi?”, “Nega astma bilan bog‘liq kasalliklar soni oshib ketdi?” degan savollar o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi. Aslida esa javob bugungi havoda.

“Iflos havoda eng katta xavf guruhiga aynan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar kiradi. Chunki bu yoshda balg‘am chiqarish funksiyasi yetarlicha rivojlanmagan bo‘ladi. Besh yoshdan keyingina mazkur mexanizm shakllana boshlaydi. Shuning uchun havodagi zaharli moddachalar bolalarning bronx-o‘pka tizimini tezda zararlaydi: nafas yo‘llariga chuqur kiradi, ularni quritadi, surfaktant tizimining faolligi pasaygani sababli bakterial va virusli infeksiyalar uchun qulay sharoit hosil bo‘ladi. Bu, albatta, xavotirli holat”, – deydi Abdulzohid Jo‘rayev.

Masalaning yana bir jihati – aqliy rivojlanish. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, PM2.5 yuqori bo‘lgan hududlarda ulg‘aygan bolalarda diqqat sustlashuvi, xotira pasayishi, hatto IQ ballining biroz tushishi ham kuzatilgan. Chunki miya ham kislorodga to‘liq tayangan holda ishlaydi. Havoda kislorod kam, zararli zarralar ko‘p bo‘lsa, bola miyasiga boradigan “toza yoqilg‘i” ta’minoti kamayadi va bu o‘z-o‘zidan rivojlanish jarayoniga ta’sir etmay qolmaydi. Biz esa hali ham “zamonaviy bolalar shunaqa” deb o‘zimizni ovutamiz. Yo‘q, zamonaviy bola unaqa emas: zamonaviy havo shunaqa.

“PM2,5 dispers zarralarining bola organizmiga ta’siri bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotda iflos havo oqibatida 5 yoshli bolalarda karotid arteriyalar (bosh miyaga qon olib boradi) elastikligi pasaygani aniqlangan. Qon bosimida o‘zgarish topilmagan bo‘lsa-da, tomir devorining cho‘ziluvchanligi buzilgan. 2021 yilda chop etilgan yana bir katta tadqiqotda 4300 dan ortiq bola 5 yil davomida kuzatilgan, ularda sistolik va diastolik qon bosimi o‘rtacha 2 mm simob ustuniga oshgan. Bu kichik o‘zgarishdek ko‘rinishi mumkin, biroq uzoq yillik ta’sir natijasida gipertenziya va hatto ateroskleroz xavfini oshirishi isbotlangan”, – deydi Osaka universiteti “Yurak qon-tomir jarrohligi” yo‘nalishi 4-bosqich doktoranti Ulug‘bek Yaxshimurodov.

Keyingi yana bir og‘riqli fakt: iflos havo homilador ayolga ikki baravar yomon ta’sir qiladi. Ona PM2.5 dispers zarralar bilan qoplangan havodan nafas olsa, bu bevosita chaqaloqning o‘sishiga, vazniga, hatto tug‘ilish muddatining o‘zgarishiga ham sabab bo‘ladi.

“2025 yil boshlarida Xitoyda o‘tkazilgan yirik tadqiqot (Lancet oilasiga mansub jurnalda chop qilingan) shuni ko‘rsatdiki, iflos havodagi organik moddalar homilador ayollarda embrionning tug‘ma yurak nuqsonlari xavfini 11–20 foizgacha oshiradi. Tadqiqotda 5000 dan ortiq homilador ayollar ishtirok etgan. Aniqlanishicha, PM2.5 tarkibidagi metall zarrachalar ham o‘pkadan qonga o‘tib, butun organizm bo‘ylab patologik jarayonlarni qo‘zg‘atishi mumkin”, – deydi tadqiqotchi Ulug‘bek Yaxshimurodov.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, iflos havo tarkibidagi organik moddalar va metall zarrachalar organizmda reaktiv kislorod moddalarini ko‘paytiradi, ular DNK, oqsillar va hujayra membranasini zararlaydi. Aniq mexanizmlar hali to‘liq isbotlanmagan, biroq yuqorida tilga olingan Xitoydagi tadqiqot tug‘ma yurak nuqsonlarining ko‘payishi orqali genetik darajadagi ta’sir ehtimolini isbotlab beradi.

Asosiy masala – bugun havo qandayligida emas. Masala – 10-20 yil keyin jamiyat qanday bo‘lishida: bugungi avlod qanday tana bilan o‘lg‘ayishida. O‘pkaning rivojlanishi 18–20 yoshgacha davom etadi. Hozirgi havodan “o‘pkani to‘ldirayotgan” bola kelajakda aynan shunday, ya’ni ifloslangan o‘pka bilan yashaydi. Bu o‘zgarishlar esa qaytarilmaydigan jarayon.

“Hozirda bolalarda astmaoldi holatlar, boshqa obstruktiv kasalliklar keskin ko‘paygan. Bular o‘pkaning tiriklik sig‘imi pasayishiga, havo almashinuvi va qon aylanishining buzilishiga, o‘pkaning rivojlanmay qolishiga olib keladi. Oqibatda bolalar katta yoshga nosog‘lom o‘pka bilan o‘tadi. Kislorod yetishmasligi esa keyinchalik yurak-qon tomir, endokrin, nerv, jigar va detoksifikatsiya tizimlarida surunkali muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday bolalar jismoniy yuklamaga chidamsiz, motivatsiyasi past bo‘ladi, negaki kislorod tanqisligida organizm boshqa narsani emas, faqat nafasni “o‘ylaydi”, – deydi pulmonolog Abdulzohid Jo‘rayev.

Osaka universiteti doktoranti Ulug‘bek Yaxshimurodov fikricha, bolani “kattalarning kichik shakli” deb qabul qilish katta xato. Chunki go‘dak organizmi yetuk odamnikidan tubdan farq qiladi. Uning tanasida iflos havo ta’sirini og‘irlashtirib yuboradigan bir nechta omillar bor:

Birinchidan, bolalar kattalarga nisbatan ancha tez nafas oladi. Masalan, 70 kilogrammli katta odam bir daqiqada o‘rtacha 16–20 marta nafas olsa, bolalarda bu ko‘rsatkich sezilarli darajada yuqori. Shu sababli har bir kilogramm tana vazniga to‘g‘ri keladigan havo hajmi kattalarnikidan ancha ko‘p bo‘ladi. Demak, havo tarkibida qattiq zarrachalar bo‘lsa, bolalar uni ko‘proq miqdorda qabul qiladi.

Ikkinchi omil, bolaning hali rivojlanish bosqichida bo‘lgan organizmi. Nafas olish va yurak-qon tomir tizimi 18–20 yoshgacha shakllanib boradi. Tabiiyki, iflos havo o‘sish jarayonidagi, himoyasi hali to‘liq shakllanmagan organlarga kattalarga qaraganda ko‘proq zarar yetkazadi. Mutaxassis buni oddiy misol bilan tushuntiradi: kattiq kuch bilan urilgan shapaloq kattalarga ta’sir qilmasligi mumkin, lekin aynan shu kuch bolani yiqitadi.

Uchinchi omil, turmush tarziga borib taqaladi. Kattalar aksariyat vaqtini yopiq binolarda o‘tkazadi, bolalar esa kunduz kuni asosan ko‘chada o‘ynaydi. Bu esa ularni ifloslangan tashqi havo bilan ko‘proq to‘qnashlashtiradi. Shuningdek, bolalarning bo‘yi past bo‘lgani uchun ular yer sathiga yaqinroq hisoblanadi, iflos zarrachalarning eng ko‘p to‘planadigan hududi ham aynan shu qatlam sanaladi.

Pulmonologning ta’kidlashicha, masala faqat havoning ifloslanishi bilan cheklanmaydi. Nafas tizimi kasalliklariga mo‘ljallangan shifoxonalar va davolanish o‘rinlari ham yetishmasligi kabi muammolar mavjud.

“Bronx-o‘pka bo‘yicha shifokorlarni ko‘paytirish, qayta tayyorlash, bu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish zarur. Chang tarkibi, zararli elementlar, shamol yo‘nalishi bo‘yicha monitoring tizimilari takomillashtirilishi kerak. Kasalxonalarda joy yetishmayotgani bois bemorlar holati barqarorlashgach tezda uchastka shifokoriga chiqarilmoqda. Lekin uchastka shifokorlari bunday murakkab davomli reabilitatsiyani har doim bajara olmaydi”, – deydi Abdulzohid Jo‘rayev.

Iflos havoning bola tanasini zararlashini sekinlashtirish yoki tibbiy jihatdan to‘xtatish uchun qanday individual choralarni ko‘rish mumkin?


IQAir ko‘rsatkichini kuzatib boring:
0–100: ko‘chaga chiqish mumkin.
100–150: ehtiyotkorlik bilan, ayniqsa, bronx-o‘pka kasalligi bor bolalarda.
150–200: hatto sog‘lom bolalar uchun ham ko‘chaga chiqmaslik lozim.
200+: juda xavfli, teratogen ta’sirga ega, umuman tashqariga chiqmaslik kerak.
Ko‘chaga chiqishda N95 yoki KN95 respiratorlarini taqish zarur, oddiy niqoblar yordam bermaydi.
Bolaga burun-tomoqni kuniga 3 marta chayishni o‘rgatish.
Xonani faqat kechasi (23:00–03:00) shamollatish, bu vaqtda chang miqdori pastroq bo‘ladi.
Xonada chang yig‘adigan buyumlarni saqlamaslik: yumshoq o‘yinchoqlar, qalin parda, par yostiqlar, qalin gilamlar.
Uyni kuniga ikki marta nam latta bilan tozalash, ayniqsa eshik-deraza va mebel atrofini.
Iloji bo‘lsa, havo tozalagich va namlagich qo‘yish.
Kunduz kunlari deraza va eshiklarni ochiq qoldirmaslik.

Intervyuni to‘liq holda Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Jurnalist Diyoraxon Nabijonova

Operatorlar Ziyaddin Mamatjonov, Abdulloh Sodiqaliyev

Montaj ustasi Shohruzbek Abdurayimov



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Toshkentda havoni ifloslantirayotgan korxona rahbariga chora ko‘rildi

Published

on


O‘rganish davomida ushbu sanoat korxonasida chang-gaz tozalash uskunasi mavjudligi, biroq belgilangan me’yorlardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan «TEXNOPARK» MChJ ga tegishli cho‘yan quyish sexining atmosfera havosiga zararli ta’siri ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida ushbu sanoat korxonasida chang-gaz tozalash uskunasi mavjudligi, biroq belgilangan me’yorlardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarayotganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, bu borada hech qanday ekologik ekspertiza xulosasi berilmaganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan korxona rahbariga belgilangan tartibda chora ko‘rilib, atmosfera havosini ifloslantirayotganligi sababli qo‘shimcha to‘lovlar hisoblandi.

Bundan tashqari, sanoat korxonasiga atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarning oldini olish, avtomatik stansiyalar o‘rnatish va ekologik ekspertiza xulosasi olinishi yuzasidan majburiy ko‘rsatmalar berildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda narkokuryyerlik bilan shug‘ullanib kelgan ikki talaba ozodlikdan mahrum etildi

Published

on


Ma’lum bo‘lishicha, ular sintetik giyohvandlik moddalarini tanishi tashlab bergan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlab, aytilgan lokatsiyalarga yuborishgan.

Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikki nafar talaba xolislar ishtirokida tekshirilganda,yonidan 120 gr Alfa PVP sintetik giyohvandlik moddalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, 2007 yilda tug‘ilgan talabaning vaqtincha yashab kelayotgan universitet yotoqxonasidagi xonasi ko‘zdan kechirilganda 400 gr Alfa PVP sintetik giyohvandlik moddalari borligi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu talabalar ushbu sintetik giyohvandlik moddalarini tanishi tashlab bergan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlab, aytilgan lokatsiyalarga yuborishgan.

Tezkor tadbirlar natijasida bir marotabalik 2600 ta dozaga teng bo‘lgan jami 520 gr sintetik giyohvandlik moddalarining noqonuniy muomalasi oldi olindi.

Mazkur holat yuzasidan talabalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismiga ko‘ra 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasi qo‘llanilgan.

Shuningdek, sintetik giyohvandlik vositalarining manbaini hamda qolgan jinoiy sheriklarini aniqlash maqsadida tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Hokimlik Nurafshonda prokuratura uchun 4,5 mlrd so‘mga avtoturargoh qurilayotgani haqidagi xabarlar bo‘yicha izoh berdi

Published

on


Toshkent viloyati hokimining qaroriga muvofiq, Nurafshonda viloyat prokuraturasiga qarashli salkam 1 gektar maydonda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha kompleks loyiha moliyalashtirilmoqda.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahrida Toshkent viloyati prokuraturasi uchun avtoturargoh qurilishi yuzasidan tarqalgan muhokamalar bo‘yicha munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, shaharda viloyat prokuraturasiga qarashli salkam 1 gektar maydonda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha kompleks loyiha moliyalashtirilyapti. Bu bo‘yicha viloyat hokimining qarori qabul qilingan.

Qarorda hududda avtoturargoh, xizmat ko‘rsatish, elektromobillarni zaryadlash nuqtalari, yashil maydonlar, piyodalar yo‘laklari, drenaj va irrigatsiya tizimlari qurilishi, quyosh panellarini o‘rnatish nazarda tutilgan.

“Ajratilayotgan 4,5 milliard so‘mni faqatgina avtoturargoh uchun deb talqin etmaslik to‘g‘ri bo‘lardi. Qaror matnida muayyan sabablarga ko‘ra, mablag‘ ajratish maqsadi “avtoturargoh majmuasi qurish uchun” deb emas, “avtoturargoh qurish uchun” deb izohlangani shunday bahsli muhokamalarga sabab bo‘lganini tushungan holda qo‘shimcha izoh berishni lozim topdik”, deyiladi hokimlik munosabatida.

Ta’kidlanishicha, loyiha qiymati 5,9 mlrd so‘mga baholangan. Viloyat hokimligi va buyurtmachi xizmati mutahassislari tarafidan obektning kurilish-montaj ishlari qiymati qayta ko‘rib chiqilib, ayrim ish turlari muvofiqlashtirilishi natijasida umumiy xarajat miqdori 4,5 mlrd so‘mga maqbullashtirilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

20:47 O‘zbekistonliklar Yaponiyadagi qurilishlarga ishga yuboriladi

Published

on



20:47

O‘zbekistonliklar Yaponiyadagi qurilishlarga ishga yuboriladi



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan 615 kishini afv etdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan davlatimiz tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining amaliy tasdig‘i sifatida «Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 615 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 220 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 123 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 97 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 175 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 9 nafarini chet el fuqarolari, 29 nafarini ayol, 23 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 264 nafarini yoshlar (shulardan, 2 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 9 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.