Jamiyat
Davlat rahbari Jarqo‘rg‘onda qurilayotgan «Yangi O‘zbekiston» massivini borib ko‘rdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jarqo‘rg‘on tumanida qurilayotgan «Yangi O‘zbekiston» massivini borib ko‘rdi.
Mamlakatimizda aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish, zamonaviy va shinam turar joylar barpo etish ishlari izchil kengaymoqda. Prezidentning 2021-yil 12-oktyabrdagi farmoniga muvofiq «Yangi O‘zbekiston» massivlari qurilishi va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Zamonaviy shaharsozlik talablari asosida barpo etilayotgan shunday loyihalardan biri Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida qad rostlamoqda.
Cho‘l hududini o‘zlashtirish hisobiga bunyod etilayotgan massivning 50 gektarida 116 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan. Hozirgacha poliklinika, 180 o‘rinli bog‘cha, 330 o‘rinli maktab va mahalla binosi foydalanishga topshirilib, 68 ta uydagi 1,5 mingta xonadonga aholi ko‘chib kirdi.
Shuningdek, axborot texnologiyalari va ingliz tili o‘quv markazi ish boshlagan, 7 ta mikromarkaz hamda 5 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yekti qurilgan. Ichimlik suvi, issiqlik tarmoqlari, 3 kilometrga yaqin gaz quvuri tortilib, 250 kivottli transformator o‘rnatilgan. 4,5 gektar yerga manzarali va mevali daraxtlar, dasht hududidagi 300 gektar maydonga esa saksovul o‘simliklari ekilgan.
Kelgusida bu yerda yana 50 ga yaqin uy qurilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, joriy yilda yana 14 ta (280 xonadonli) ko‘p qavatli uy-joy, yangi yo‘llar, ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda istirohat bog‘i qurilishi rejalashtirilgan.
Tashrif chog‘ida Prezidentimiz massiv hududida faoliyat yuritayotgan “Yangi yoshlar” boshqaruv servis kompaniyasi ishi bilan tanishdi. Kompaniya tumandagi 161 ta ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatadi, shundan 54 tasi mazkur massivda joylashgan. Hududdagi ko‘p qavatli uylar tomiga 5-15 kilovattli quyosh panellari o‘rnatilgan.
Inklyuziv ta’lim har bir bolaning, jismoniy yoki aqliy holatidan qat’i nazar, maktabga borishi va sifatli ta’lim olishini ta’minlashni nazarda tutadi.
Davlatimiz rahbari massivdagi 66-maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun tashkil etilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.
Maktabda bugun 500 dan ziyod o‘quvchi ta’lim olmoqda. Nogironligi bor bolalarni zamonaviy standartlar asosida o‘qitish uchun alohida yondashuvlar joriy etilgan, 50 ga yaqin maxsus mutaxassis va pedagoglar faoliyat yuritmoqda. Maktab hovlisi, yo‘laklar, o‘quv xonalari, ovqatlanish xonasi, sport zali hamda muolaja xonasi zarur sharoitlar bilan ta’minlangan.
Davlatimiz rahbari maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan, sun’iy intellekt, raqamlashtirish bilan bog‘liq yo‘nalishlarning bugungi yoshlar hayoti, kelajagi uchun naqadar muhimligiga e’tibor qaratdi.
– Sun’iy intellektga o‘qitish dasturlarini bejiz maktablar ta’limiga joriy etmayapmiz, o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga, mehnat bozoriga kelajak kasblariga tayyor bo‘lib borishlarini istaymiz, – dedi Prezident.
Shundan so‘ng Prezidentimiz massivdagi xorijiy tillar va axborot texnologiyalari o‘quv markazini ko‘zdan kechirdi.
6,5 milliard so‘m hisobiga barpo etilgan 400 o‘rinli majmua yiliga 2 mingdan ortiq yoshga ta’lim olish va loyihalar ustida ishlash imkoniyatini beradi. Bu yerda 200 nafarga yaqin o‘quvchi kompyuter savodxonligi va front-end yo‘nalishlarini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikat olgan. 150 nafarga yaqin o‘quvchi IELTS imtihonlarida B2 va undan yuqori natijalarni qayd etgan. Markazda 20 ga yaqin mutaxassislar faoliyat yuritmoqda.
Davlatimiz rahbari yoshlarni ilmga yo‘naltirish, jumladan, xorijiy tillarni o‘rgatishga qaratilgan bunday majmualar ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.
– Bugun bunday markazlarning kelajak intilishlarini qo‘llab-quvvatlashimiz, kerak bo‘lsa, ularni sa’y-harakatlarini birlashtirib, xorijiy hamkorlar bilan bog‘lashimiz lozim. Shunda ota-onalar farzandlarini ishonch bilan mana shunday markazlarda o‘qitadi, – dedi Prezident.
Ko‘klam yaqinlashishi bilan hududlarda bahoriy bayram sayillarini uyushtirish an’anaga aylangan. Prezidentimiz massivdagi sumalak saylida ishtirok etib, aholi bilan birga shodiyona kayfiyatda bo‘ldi, bu yerda istiqomat qilayotgan insonlarning samimiy fikrlariga quloq tutdi.
– Bugun jahon hamjamiyati O‘zbekistonga hurmat bilan qaramoqda, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoitlarni ko‘rib, islohotlarning samarasiga guvoh bo‘lmoqda. «Yangi O‘zbekiston» massivlari ham odamlarimiz farovon hayot kechirishi, shinam uylarda yashashi uchun barpo etilyapti. Men doim «ta’lim-ta’lim» deb bejiz aytmayapman. Bilimimiz, mana shunday bunyodkorona mehnatimiz bilan yurtimizning obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirib, dunyoda munosib o‘rin egallaymiz. Surxondaryoning eli mehnatkash, tanti, bu yerda hali ko‘p yangiliklarni amalga oshiramiz, – dedi Prezident.
Jamiyat
MIB Toshkent shahar boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Bosh prokurorining tegishli buyrug‘i bilan Nodirjon Nabidjanovich Aripov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
U tayinlovga qadar, Byuroning Olmazor tuman bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
MIB Toshkent shahar boshqarmasining sobiq rahbari A.Arziyev esa, Andijon viloyat prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Jamiyat
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
Karmana tumanida MIB xodimlarining ta’qibidan qochgan erkak oshxonalardan biridagi tandir ichiga yashiringan. Uning alimentdan qarzdorligi qariyb 71 mln so‘m bo‘lgan.
Karmana tumanida alimentdan qochib yurgan erkak tandir ichiga yashirinishiga urindi. Bu haqda Kun.uz’ga MIB axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro B.A. 2 yildan buyon aliment to‘lamasdan qochib yurgan. Uning alimentdan qarzdorligi 71 mln so‘mga yetgan. Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida erkak oshxonalardan biridagi tandir ichidan topilgan.
Sud qarori bilan qarzdor otaga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Foto: Videodan kadr
Avvalroq Samarqandda otasini ta’minlashdan bo‘yin tovlagan o‘g‘il 15 sutkaga qamalgandi.
Jamiyat
Koreyaga ishga va o‘qishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
Buxoro, Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida Koreyaga ishga yoki o‘qishga yuborishni va’da qilib, fuqarolardan yirik miqdorda pul olgan shaxslar qo‘lga olindi. Ayrim holatlarda o‘nlab ming dollar mablag‘lar firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilgani aniqlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda bir nechta firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi.
Jumladan, Buxoro viloyatida fuqaro N.J. tanishlari orqali fuqaroni Koreya Respublikasiga yuborishini aytib, 7 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Andijon viloyatida esa N.K. nodavlat ta’lim muassasasi rahbari S.E. fuqaroga xorijiy davlat diplomini olib berish va Koreyaga ishchi viza rasmiylashtirishni va’da qilib, 6 ming AQSh dollari hamda 3 million so‘m talab qilgan. U mablag‘ning bir qismi — 500 dollar va 3 million so‘mni olgan vaqtida qo‘lga tushgan.
Tergovga qadar tekshiruvda mazkur shaxs yana 14 nafar fuqarodan Koreyaga ishchi viza olib berish bahonasida jami 44,1 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgani aniqlangan.
Namangan viloyatida G.V. MChJ rahbari A.V. ikki nafar fuqaroni Koreyadagi oliy ta’lim muassasasining magistratura bosqichiga o‘qishga va ishga joylashtirishni va’da qilib, 11 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Surxondaryo viloyatida esa fuqaro F.R. bir shaxsni 10 ming AQSh dollari evaziga Koreyaga ishga yuborishini aytib, mablag‘ning bir qismi sifatida 5 ming dollar va 61 million so‘mni olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berishga doir moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Jamiyat
Tibbiyot birlashmasiga ishga kiritishni va’da qilgan tibbiyot xodimlari ushlandi
Navoiy viloyatining Navbahor tumanida fuqaroni tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib berishni va’da qilgan ikki nafar tibbiyot xodimi pul olish vaqtida qo‘lga olindi.
Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Navbahor tumani tibbiyot birlashmasi xodimi E.F. va reanimatsiya bo‘limi hamshirasi M.S. ushlangan.
Tergov materiallariga ko‘ra, ular yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro M.M.ni mazkur tibbiyot birlashmasiga farrosh lavozimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.
Gumonlanuvchilar bu xizmat evaziga 10 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berish bilan bog‘liq harakatlar) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
kompaniyani AQSh investorlari konsorsiumi sotib olmoqda
«Universal Mobile Systems» MChJ (MobiUz) ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha xalqaro ochiq savdo jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Davlat aktivlari agentligi ma’lum qilishicha, MobiUz kompaniyasining 100 foiz davlat ulushini sotish jarayoni xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan. Unda strategik konsultant sifatida «Rothschild & Co», moliyaviy konsultant sifatida «KPMG», mustaqil baholovchi sifatida esa «Deloitte» jalb qilingan.
Xususiylashtirish jarayoni xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilinib, 100 dan ortiq strategik va moliyaviy investorlar bilan muzokaralar o‘tkazilgan. Shuningdek, loyiha «Bloomberg» va «Financial Times» kabi nufuzli xalqaro nashrlarda yoritilgan.
Natijada AQSh, Yaponiya, Fors ko‘rfazi mamlakatlari, Yevropa va Kavkazorti mintaqalaridan 15 dan ziyod investor qiziqish bildirgan. Ulardan 10 nafari dastlabki takliflarni taqdim etgan bo‘lsa, yakuniy bosqichga 6 nafar ishtirokchi yetgan.
Savdo natijalariga ko‘ra, AQShning «McKim and Company» kompaniyasi boshchiligidagi moliyaviy investorlar va texnologik hamkor «JVR Enterprises LLC» («JVR Capital Group») ishtirokidagi konsorsium g‘olib deb topildi.
G‘olib taklifga muvofiq, MobiUz kompaniyasi 351 million AQSh dollariga baholangan. Shuningdek, yangi investorlar telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun qo‘shimcha 500 million dollargacha investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.
Davlat aktivlari agentligi ma’lumotiga ko‘ra, bitimning EV/EBITDA multiplikatori 7,4 barobarni tashkil etgan bo‘lib, bu kompaniya bozorda raqobatbardosh narxda baholanganini ko‘rsatadi.
Bitimning to‘liq yakunlanishi uchun tegishli davlat organlari ruxsatnomalarini olish va barcha korporativ-huquqiy tartib-taomillarni bajarish talab etiladi.
MobiUz O‘zbekistonning yirik mobil aloqa operatorlaridan biri hisoblanadi. Uning xususiylashtirilishi davlat aktivlarini isloh qilish va telekommunikatsiya sohasiga xususiy kapitalni jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan siyosatning muhim bosqichlaridan biri sifatida baholanmoqda.
-
Dunyodan1 day ago
Qirgʻiziston Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashiga aʼzo etib saylandi
-
Jamiyat3 days agoTrackerʼdan 8,9 kg gashish topildi
-
Dunyodan4 days ago
Myanmadagi portlash 46 kishining hayotiga zomin bo’ldi: tafsilotlar
-
Iqtisodiyot5 days agoMetan-shoxobchalarda gaz narxi ko‘tarildi
-
Dunyodan4 days agoEron va AQSh barcha muzokaralarni to’xtatdi
-
Jamiyat5 days ago
Yozning birinchi kunida ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
-
Siyosat2 days agoBosh vazir Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan muzokara o‘tkazdi
-
Iqtisodiyot4 days ago
2-iyundan dollar yana keskin pasayadi
