Connect with us

Iqtisodiyot

Davlat aktivlarini sotib olishda 25 foizgacha chegirma beriladi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida kichik tadbirkorlar uchun muhim masalalardan biri bo‘lgan garov ta’minotini yengillashtirish bo‘yicha yangi tizimni ma’lum qildi.

Biznesning haqiqiy qiymatini baholab, shu asosda kredit berish imkonini yaratadigan «kontr-kafolat» tizimi joriy etiladi. Bu tadbirkorlarning kredit olishdagi garov bilan bog‘liq muammolarini kamaytirishga qaratilgan.

Yangi tartibga ko‘ra, 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan kreditlarda garovning 30 foizini davlat, yana 30 foizini Biznesni kafolatlash kompaniyasi va 15 foizini banklar o‘z zimmasiga oladi. Tadbirkorning o‘ziga esa 25 foiz garov topish kifoya qiladi.

Tadbirkorlar uchun «Virtual soliq maslahatchisi» orqali xarajatlar va xatolarni kamaytirishga yordam beradigan sun’iy intellekt portali ham ishga tushirildi. Kelasi yildan bunday sun’iy intellekt yordamchilari qurilish, mehnat munosabatlari, tashqi savdo va davlat xizmatlarida ham joriy etiladi.

Hududlarda bo‘sh yerlar va samarasiz foydalanilayotgan davlat aktivlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish ham belgilandi. Davlat aktivini sotib olishda avans miqdori 30 foizdan 15 foizga tushiriladi.

Agar tadbirkor aktiv qiymatini olti oyda to‘liq to‘lasa, unga 25 foiz chegirma beriladi. To‘lovning yarmini amalga oshirgan tadbirkor qolgan summani yetti yil davomida foizsiz bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi. Uch oy davomida sotilmagan davlat mulkining boshlang‘ich narxi bosqichma-bosqich 10 foizgacha pasaytiriladi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Yangi boshlayotgan tadbirkorlar 5 mlrd so‘mgacha kreditni onlayn rasmiylashtirishi mumkin

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida biznes uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini ta’minlashga qaratilgan yangi tashabbuslar e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, banklar kredit portfelida kichik biznes ulushi 45 foizdan 63 foizga oshgan. 2026-yilning birinchi yarmida kichik va o‘rta biznesga 76,5 trln so‘m resurs ajratilgan.

Tadbirkorlar uchun «kredit xizmatlari yagona raqamli portali» ham ishga tushirildi. U orqali tadbirkor bitta ariza topshiradi, banklar esa mijoz uchun raqobat qiladi. Biznesni endi boshlayotganlar 5 mlrd so‘mgacha kreditni onlayn rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi.

Yangi tizimda biznesning turli bosqichlariga mos dasturlar joriy etiladi. Yangi tadbirkorlar uchun «Biznes start», ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun «Biznes lift», yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun «Biznes yuksalish» dasturlari ishlaydi.

«Biznes start» doirasida tadbirkorlarga sun’iy intellekt yordamida loyiha ishlab chiqish, kredit hujjatlari va hisobotlarni yuritish o‘rgatiladi.

Bu maqsadlar uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi. Dastur doirasida tadbirkorlarga tayyor biznes-reja hamda 200 mln so‘mgacha garovsiz kredit berish nazarda tutilmoqda.

Yangi yondashuvda tadbirkorlikni faqat kredit bilan ta’minlash emas, balki biznesning keyingi bosqichlarida ham qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu tizimning maqsadini shunday ifodaladi: «Tadbirkorga kredit berish emas, uni birinchi qadamidan katta biznesga aylangunicha boshidan oxirigacha qo‘llab-quvvatlaydigan kompleks tizim yaratamiz».



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda tadbirkorlar 650 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda.

Davlat rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 mln 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish an’anasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi.

«Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o‘zida daromadli qilish uchun!»,– dedi Prezident.


Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi.

Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Davlatimiz rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholadi.

«Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti», – dedi davlat rahbari.

Besh yilda korxonalarning asosiy kapitalga investitsiyasi 3 karra ko‘payib, 363 trillion so‘mga yetdi. Sanoati 100 million dollardan oshgan tumanlar soni 66 tadan 116 taga ko‘paydi.

Axborot texnologiyalari, fintex va boshqa servis sohalarining jadal rivojlanayotgani hisobiga xizmatlar hajmi 1 trillion so‘mlik marradan o‘tgan tumanlar soni 41 tadan 152 taga yetdi. Yetakchi xalqaro marketpleyslar bilan ishlayotgan korxonalar esa 3,5 mingtani tashkil etmoqda.

Biznesini mahallada boshlab, yurtimiz bo‘ylab o‘nlab filiallarga ega bo‘lgan tadbirkorlar 550 tadan, milliy brendini yaratganlar 300 tadan oshdi.

So‘nggi yillarda mis, oltin, metall prokat, poliyetilen, PVX, kaolin va boshqa xomashyolarning taklifi oshirildi. Natijada elektrotexnika, qurilish materiallari, farmatsevtika, to‘qimachilik va mebelsozlik kabi sohalarda «katta sakrash» qilindi.

Ta’kidlanishicha, elektromobil, polimer va maishiy kimyo, «yashil» energetika, zargarlik sanoati kabi yangi yo‘nalishlar shakllandi. «BYD, «ADM Jizzakh», «Sirdaryo Asaka Motors» kabi zamonaviy avtomobil zavodlari sohaga yangi kompetensiya va texnologiyalar olib kirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

​Tadbirkorlarga xorijiy brendmeyker jalb qilish xarajatining yarmi qoplab beriladi

Published

on


To‘rtinchi yo‘nalish – eksport salohiyatini oshirish va milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish. Prezidentimiz tashqi bozorda har bir dollar eksport uchun kuchli raqobat ketayotganini ta’kidladi.

​O‘rganishlarga ko‘ra, eksportchilarning 40 foizi xorijlik mijoz topishga, 36 foizi standart va sertifikatsiya talablariga moslashishga qiynalmoqda. 37 foizida qulay moliyaviy instrumentlar, 33 foizida bozor, marketing va brend bo‘yicha ko‘nikmalar yetishmaydi.

​Shu bois, tashqi bozorga chiqishning barcha bosqichlarida kompleks xizmat ko‘rsatadigan «eksport navigator» tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Xorijda talab yuqori bo‘lgan 100 ta mahsulotning ro‘yxati shakllantiriladi.

​Har bir mahsulot bo‘yicha tashqi bozordagi raqobatchilar, tarif tizimi va logistika yechimlari ishlab chiqiladi. 2 mingta korxonaning ishlab chiqarish jarayoni tashqi bozor va xaridor segmentiga moslashtiriladi.

​Tadbirkorlarga xorijiy brendmeyker jalb qilish xarajatining yarmi – 500 ming dollargacha qoplab beriladi. Milliy brendni tashqi bozorda targ‘ib qilish va xalqaro talablarga moslashtirish uchun 50 ming dollargacha subsidiya ajratiladi.

​Marketpleyslarda omborga joylashtirish va sotish xarajatining yarmi, xalqaro tenderlar uchun konsalting xarajatining 80 foizi kompensatsiya qilinadi. Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashning yagona tizimiga kamida 1 milliard dollar yo‘naltiriladi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Tadbirkorlar uchun barcha turdagi jarimalar miqdori kamaytiriladi

Published

on


Beshinchi yo‘nalish – biznesga ma’muriy bosimni keskin kamaytirish. So‘nggi uch yilda soliq yuki 13,4 foizdan 12 foizga, o‘n yilda yashirin iqtisodiyot ulushi 50 foizdan 26 foizga tushdi.

​– Iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo‘l ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish orqali bo‘lishi kerak, – dedi davlatimiz rahbari.

​Tahlil qilingan 5 ming tadbirkorning yarmidan ko‘pida bir yilda 2-3 marta, yana 21 foizida 4 martadan soliq tekshiruvi o‘tkazilgan. Bunga yong‘in, qurilish, sanitariya, karantin va energiya inspeksiyalarining takroriy tekshiruvlari ham qo‘shilmoqda.

​– Bir narsani tushunish kerak: xotirjamlik bo‘lmagan joyda erkinlik ham, rivojlanish va yangilikka intilish ham bo‘lmaydi,– dedi Prezident.

​Shu bois, kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy e’lon qilinadi.

​O‘rta va yirik tadbirkor o‘z korxonasini ixtiyoriy profilaktik auditdan o‘tkazsa, uning xulosasini soliq organi tan oladi. Kamchilikni bartaraf qilgan tadbirkor jarimaga tortilmaydi, bir yilda takroriy tekshiruv esa faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan o‘tkaziladi.

​Hozir 51 ta idora moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega. Ayrim idoralarda jarimadan tushgan mablag‘ning bir qismi o‘zida qolishi “tekshirsa – qo‘rqadi, qo‘rqsa – to‘laydi” degan noto‘g‘ri yondashuvni keltirib chiqarayotgani tanqid qilindi.

​– Jarima mablag‘ yig‘ish uchun emas, sohada tartib-intizom va profilaktika uchun xizmat qilishi kerak,– dedi Prezidentimiz.

​Shu bois, barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi.

​Davlat korxonalari xarid qilgan tovarlar bo‘yicha tadbirkorning zakolat pulini qaytarish avtomatizlashtiriladi.

​Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” joriy etiladi. Tadbirkorning aybi sudda isbotlanmaguncha u aybsiz hisoblanadi va unga jarima yoki boshqa ta’sir chorasi qo‘llanmaydi.

​Shuningdek, “Birinchi xato uchun ogohlantirish” qoidasi joriy etiladi. Birinchi bor qoida buzgan va odamlar hayoti, sog‘lig‘i yoki mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorga kamchilikni bartaraf etish uchun 10 kun beriladi.

​Nazorat organlari birinchi instansiyadan keyingi har bir sud bosqichida davlat bojini to‘laydi. Savdo-sanoat palatasi huzuridagi ekspert kengashiga bojxona, qurilish, sanitariya, karantin va veterinariya sohalaridagi nizolarni ham ko‘rib chiqish vakolati beriladi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston qaysi davlatlarga ko‘proq eksport qilmoqda?

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi 15,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan.

Eksportda eng yuqori ulushga ega davlatlar orasida Rossiya birinchi o‘rinni egallagan. Unga hisobot davrida 2,4 mlrd dollarlik mahsulot eksport qilingan.

Ikkinchi o‘rinda Xitoy bo‘lib, ushbu davlatga eksport hajmi 1,4 mlrd dollarni tashkil etgan. Afg‘oniston esa 961,5 mln dollarlik ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rindan joy olgan.

Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston — 717 mln dollar, Fransiya — 707,2 mln dollar va Honkong — 543,1 mln dollar bilan qayd etilgan.

O‘zbekistonning eksport hajmi bo‘yicha yetakchi davlatlar ro‘yxatida Turkiya 516,2 mln dollar bilan yettinchi o‘rinni egallagan.

Qirg‘iz Respublikasiga eksport 452,7 mln dollar, Birlashgan Arab Amirliklariga 353,4 mln dollar, Tojikistonga esa 333,3 mln dollarni tashkil etgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.