Mahalliy
Buxoroda «turizm qishloqlari» ham barpo etiladi
Buxoro shahrida bunyod etilayotgan tarixiy-etnografik park hamda «yashil hududlar» qatori «turizm qishlog‘i» ham barpo etiladi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bildirib o‘tdi.
«Buxoroyi sharifga kelayotgan sayyohlar sonining yil sayin ortib borishi sayyohlar va bu yerda yashovchi aholining zarur resurslar bilan ta’minlashdagi talablarini oshirmoqda. Sayyohlar demografiyasini kengaytirish, ularni hududda bo‘lish muddatini uzaytirish maqsadida «Buxoro tarixiy-etnografik parki» loyihasi doirasida viloyatning 9 ta tumanidagi 11 ta hududda «turizm qishlog‘i»ni tashkil etilish bo‘yicha ham amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Peshku tumanida ulug‘ alloma Abu Ali ibn Sino qishlog‘ida «Etnik turizm shaharchasi»ni tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlanadi. Sohil bo‘ylarida «plyaj zona»lari va ko‘l bo‘ylarida sayilgohlar tashkil etish bo‘yicha «master reja» ishlab chiqilib, tadbirkorlar jalb qilinadi», – dedi Botir Zaripov.
Viloyat hokimining ta’kidlashicha, turizm sohasi Buxoroda iqtisodiyotning asosiy o‘sish bo‘g‘iniga aylangan. 2025 yilda mahalliy sayyohlar sonini 6 500 ming nafarga, xorijiy sayyohlar oqimini 2,2 million nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Joriy yil oxiriga qadar turizm xizmatlaridan 600,0 million dollardan ortiq tushum kutilmoqda.
«69 ta yangi joylashtirish vositalari va ularning umumiy soni 673 taga, o‘rinlar soni 16,7 mingga yetkaziladi. 15 ta yangi turoperator ish boshlaydi va ular 200 taga hamda 20 ta gid-ekskursovodlarni sertifikatlash orqali 380 nafarga yetkaziladi», – dedi B.Zaripov.
Aytish joizki, bundan 2-3 yil ilgari Buxoro yo‘lsozligida talay muammolar bo‘lib, bu mahalliy va xorijiy sayyohlarning bir-biridan uzoq manzildagi turli ziyoratgoh va qadimiy obidalarga yetib borishida mushkulliklar tug‘dirgan.
Matbuot anjumanida bildirilishicha, joriy yilda jami 1086,8 km umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va ichki yo‘llarda hamda 26 ta ko‘priklarda rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari bajariladi. Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokidagi A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau» avtomobil yo‘lining 150-228 km (78 km) qismini rekonstruksiya qilinadi. 13 dona yer osti yoki yer usti piyodalar o‘tish joylari quriladi.
«Turizm qishlog‘i» sifatida ko‘rilgan Qorako‘l va G‘ijduvon tumanlarida 2024 yilda 360 xonadonli 18 ta ko‘p qavatli uy-joylar, viloyatimizning boshqa hududlarida 109 ta 5 650 xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar qurilib foydalanishga topshirildi. 257 ta mahallalardagi 57 ta loyihalar qurilishi uchun 94,5 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. 1148,4 km yo‘llar va 21 ta ko‘priklarda ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Barchasi bosqichma-bosqich, navbatma-navbat amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi hisobiga 20 million 440 ming yo‘lovchi tashilishiga hamda «turizm qishlog‘i»ga olib boruvchi 110 ming aholining transportga bo‘lgan ehtiyojining qondirilishiga erishiladi. Buxoro tumani «Novmetan» MFY hududida soatiga 1 200 yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi zamon standarlariga mos bo‘lgan «Yangi halqaro aeroporti»ni qurish ishlari olib boriladi. «Yangi halqaro aeroporti»ga olib boruvchi qiymati 900 milliard so‘m bo‘lgan 23,0 km uzunlikdagi avtomobil yo‘li quriladi. Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan 435 km uzunlikdagi «Buxoro-Urgench-Xiva» temir yo‘lida yuqori tezlikdagi harakatlanuvchi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi», – dedi Buxoro viloyati hokimi.
Mahalliy
Texnikum bitiruvchisini ishga olgan tashkilotlarga kredit beriladi
Hukumat qarori bilan «Texnikumlar bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan hamda bitiruvchilar bandligini ta’minlagan tashkilotlarga kredit ajratish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizom davlat texnikumlari bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan hamda bitiruvchilar bandligini ta’minlagan tashkilotlarga kredit ajratish tartibini belgilaydi.
Quyidagi talablarga javob bergan tashkilotlar kredit olish huquqiga ega:
– texnikum bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan hamda dual ta’lim bo‘yicha texnikum bilan amal qiluvchi shartnoma mavjud bo‘lishi;
– dual ta’lim doirasida o‘quvchilar uchun ish joylari va ishlab chiqarish amaliyoti tashkil etilgan bo‘lishi;
– dual ta’lim doirasida o‘quvchilarga tashkilotning malakali mutaxassislarini “ustoz” sifatida biriktirgan bo‘lishi;
– dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan muddatli mehnat shartnomalari tuzilgan bo‘lishi hamda ish haqi to‘lashi;
– joriy yilda texnikum bitiruvchisini tashkilotdagi vakant ish o‘rniga mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilgan bo‘lishi.
Tashkilotlar dual ta’lim dasturi doirasida kredit olish uchun tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni qog‘oz shaklida taqdim etadi:
kreditni olish to‘g‘risidagi ariza;
ariza beruvchi (tashkilot)larning amalda bo‘lgan tasdiqlovchi hujjatlari;
texnikum va tashkilot o‘rtasidagi hamda tashkilot va o‘quvchi o‘rtasidagi dual ta’lim bo‘yicha shartnoma nusxalari;
dual ta’lim dasturi va dual ta’limda tahsil olayotgan o‘quvchilar ro‘yxati;
tashkilot tomonidan kreditdan foydalanish rejasi;
tashkilotning soliq qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot.
Tashkilotning kredit ajratish bo‘yicha taqdim etgan barcha hujjatlari kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichiga muvofiq kelgan taqdirda, tijorat banki 3 ish kunida bu haqda tashkilotga xabar beradi, shartnoma tuzadi hamda uning hisobvarag‘iga kreditni o‘tkazadi.
Mahalliy
O‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumga ko‘chirishi mumkin bo‘ladi
O‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilariga o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish imkoniyatini beruvchi yangi tartib belgilandi. Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan.
Qarorga ko‘ra, kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinf o‘quvchilarini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona tartibi joriy etiladi.
Mazkur xizmatlardan foydalanish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali elektron shaklda topshiriladi.
10-sinf o‘quvchilarining o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish tartibi alohida belgilanadi. Bu o‘quvchilarga kasbiy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Shuningdek, kasbiy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha xulosa berishning yagona tartibi joriy etiladi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda mazkur davlat xizmatlarini YaIDXP orqali ko‘rsatish imkoniyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Bundan tashqari, davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur ma’lumotlarni tegishli davlat organlaridan elektron shaklda olish imkoniyati yaratiladi.
Mahalliy
O‘zbekistonda xorijiy oliygohlar soni 10 yilda 4,3 barobar oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistonda 30 ta xorijiy oliy ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan.
Bu 2015/2016-o‘quv yilidagi 7 taga nisbatan 4,3 barobar ko‘p. Shu tariqa, o‘n yil ichida mamlakatda faoliyat yuritayotgan xorijiy OTMlar soni 23 taga oshgan.
Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni 2005/2006-o‘quv yilida 2 ta bo‘lgan. 2010/2011-o‘quv yiliga kelib bu ko‘rsatkich 6 taga yetgan.
2015/2016-o‘quv yilida mamlakatda 7 ta xorijiy oliy ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan bo‘lsa, keyingi besh yilda ular soni yana sezilarli ko‘paygan.
2020/2021-o‘quv yili boshida xorijiy OTMlar soni 18 taga yetgan. Bu 2015/2016-o‘quv yiliga nisbatan 11 taga ko‘pdir.
Shuningdek, 2020/2021-yildan 2025/2026-o‘quv yiligacha xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni yana 12 taga oshgan. Natijada besh yillik davrda ular soni 18 tadan 30 taga yetdi.
Mahalliy
35 yilda O‘zbekistonda maktablar soni 1,3 barobar oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistonda 11 118 ta umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan.
Bu ko‘rsatkich 1991/1992-o‘quv yilidagi 8 557 ta maktabga nisbatan 1,3 barobar ko‘p. Shu tariqa, mustaqillikdan keyingi davrda mamlakatdagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 2 561 taga oshgan.
Dinamikaga ko‘ra, maktablar soni ayrim davrlarda sekin o‘sgan yoki qisqargan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda barqaror ko‘payish kuzatilgan. 2020/2021-o‘quv yilida ular soni 10 181 tani tashkil etgan.
1995/1996-o‘quv yilida mamlakatda 9 289 ta, 2000/2001 o‘quv yilida 9 726 ta umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan.
2005/2006-o‘quv yiliga kelib bu ko‘rsatkich 9 803 taga yetgan. 2010/2011-o‘quv yilida esa 9 806 ta maktab qayd etilgan. Keyingi besh yilda ko‘rsatkich biroz pasayib, 2015/2016-o‘quv yilida 9 720 tani tashkil qilgan.
2020/2021-o‘quv yilidan boshlab o‘sish yana tezlashgan. 2021/2022-yilda 10 289 ta, 2022/2023-yilda 10 522 ta, 2023/2024-yilda 10 750 ta maktab faoliyat yuritgan.
2024/2025-o‘quv yili boshida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 10 943 tani tashkil etgan. Bir yil o‘tib, bu ko‘rsatkich yana 175 taga oshib, 11 118 taga yetgan.
Shunday qilib, 2020/2021-o‘quv yilidan 2025/2026-o‘quv yiligacha mamlakatdagi maktablar soni 937 taga ko‘paygan.
Mahalliy
Talabalar uchun o‘quv yili qachon boshlanishi aniq bo‘ldi
Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar qildi.
2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:
— 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
— 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.
-
Iqtisodiyot4 days ago
O‘zbekiston qaysi davlatlarga ko‘proq eksport qilmoqda?
-
Iqtisodiyot4 days ago
Yangi boshlayotgan tadbirkorlar 5 mlrd so‘mgacha kreditni onlayn rasmiylashtirishi mumkin
-
Iqtisodiyot5 days ago
Mikro GESlarni loyihalash va qurish tartibi soddalashtiriladi
-
Siyosat6 hours ago
Илҳом Алиев Тошкентда тантанали кутиб олинди
-
Mahalliy2 days ago
O‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumga ko‘chirishi mumkin bo‘ladi
-
Mahalliy4 days ago
Talabalar uchun o‘quv yili qachon boshlanishi aniq bo‘ldi
-
Mahalliy3 days ago
O‘zbekistonda xorijiy oliygohlar soni 10 yilda 4,3 barobar oshdi
-
Iqtisodiyot1 day ago
O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?
