Connect with us

Mahalliy

Sovg‘aga gul yaxshi, ammo ramziy ma’nosini bilasizmi?

Published

on


8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kunini gulsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ehtimol yangilanish oyi bahorning boshi bo‘lgani uchun hamdir. Ammo sovg‘a qilinadigan gullar faqatgina chiroyi uchun emas, balki ular orqali bildiriladigan ramziy ma’nolar bilan ham ahamiyatlidir. Quyida eng ko‘p tarqalgan gullar va ularning ma’nolari haqida so‘z yuritamiz.

Lola – muhabbat va hurmat

Lola – bahor va yangi hayot timsoli. Qizil lolalar muhabbat va sadoqat ramzi hisoblanadi. Oq lola esa poklik va samimiylikni ifodalaydi. Sariq lolalar esa qadrlash va do‘stona munosabatni anglatadi. Rossiyada lolalar va mimoza eng ko‘p tarqalgan 8-mart sovg‘asi hisoblanadi.

Mimoza – ayollar kuch-qudrati

Ayniqsa, Italiyada 8-martda ayollarga mimoza guli sovg‘a qilish odatiy hol. U ayollarning nozikligi bilan birga, chidamliligi va irodasini ham ifodalaydi.

Atirgul sadoqat va mehr

Qizil rangli atirgullar – muhabbat va sadoqat timsoli. Oq atirgul esa beg‘uborlik, poklik va tinchlik ma’nosini anglatadi. Sariq ranglisi do‘stlik va xushkayfiyat belgisi, pushtirang atirgul esa orzu va noyoblik timsolidir. AQSh va Yevropada atirgullar, liliyalar keng tarqalgan bo‘lib, ular mehr va qadrlash belgisi sifatida taqdim etiladi.

Orxideya – nafislik va latofat

Orxideya nafosat va latofat timsoli sifatida qaraladi. U noyoblik, ziyolilik va tabiiy go‘zallikni ifodalaydi. Bu gulni e’tibor va qadrlash belgisi sifatida hadya qilish mumkin. Xitoyda lotos va orxideya ayollarga mukammallik va poklik belgisi sifatida beriladi.

Spatifillum – ayol baxti guli

Bu gul xalq orasida «Ayol baxti» deb nomlanadi. U oilaviy osoyishtalik va ayollar uchun ruhiy tinchlik ramzi sifatida talqin qilinadi.

Liliya – poklik va mehribonlik

Oq liliya – beg‘uborlik va yorqinlik timsoli, yorqin rangli liliyalar esa yaxshi niyat va yuksak ehtirom belgisi sifatida sovg‘a qilinadi.  Fransiyada liliya va romantik gullar sovg‘a qilish keng tarqalgan.

Narsiss – umid va ishonch

Narsiss guli yangi umid va ishonch ramzi bo‘lib, o‘zini qadrlash va mustaqillik hissini anglatadi. Sababi u bahorning ilk kunlarida ochiladi. Uni ko‘proq o‘z-o‘zini rivojlantirish va shaxsiy kuch-qudrat ramzi sifatida ko‘rishadi.

Xrizantema – uzoq umr va tinchlik

Xrizantemalar asosan qadrlash va ehtirom belgisi sifatida berilsa, qizil xrizantema muhabbatni, oqi esa sidqidillik va tozalikni bildiradi.  Yaponiyada sakura (gilos gullari) va xrizantemalar ayollarga beriladigan eng qadrli gullar hisoblanadi.

Gul tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

Gul sovg‘a qilish – bu faqat chiroyli an’ana emas, balki insonga bildirilgan ehtirom va hurmat belgisi hamdir. Gul tanlashda ayolning tabiati, qaysi rangni istashi yoki yaxshi ko‘rishi va gulning qanday ma’noga egaligini hisobga olish muhimdir.

Bayramda ayollarga sovg‘a qilingan gullar ularning nafaqat go‘zallik va nazokatini, balki bor salohiyatini  ham namoyon qiladi. Demak, gul tanlashda uning ramziy ma’nosini ham inobatga olish orqali yanada samimiy va chuqur his-tuyg‘ularni ifodalash mumkin.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Mahalliy

Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga imtihonda qo‘shimcha vaqt beriladi

Published

on


Prezidentning «Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan inklyuziv ta’lim sohasida qator yangi mexanizmlar joriy etilmoqda.

Hujjatga ko‘ra, 2027/2028-o‘quv yilidan nogironligi bo‘lgan abituriyentlar uchun oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish va milliy sertifikat olish imtihonlarida belgilangan vaqt me’yoriga nisbatan 50 foiz qo‘shimcha vaqt beriladi.

Imtihon jarayonlarida Brayl alifbosi, audio va elektron formatdagi imtihon materiallaridan foydalanish imkoniyati ham ta’minlanadi.

Shuningdek, 2027-yil 1-maydan alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni vaucher asosida ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi zamonaviy assistiv, ya’ni yordamchi jihozlar bilan ta’minlash tizimi joriy etiladi.

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida o‘qitish bolaning individual ta’limga ehtiyoji, funksional imkoniyatlari va o‘zlashtirish darajasiga mos ravishda ishlab chiqiladigan individual ta’lim rejalari asosida tashkil etiladi.

Qaror bilan 2026-yil 1-sentyabrdan korreksion sinf tashkil etgan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga ham davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi joriy etilmoqda.

Unga muvofiq, har bir o‘quvchi uchun Toshkent shahrida BHMning 11 baravari, viloyat markazlari va Nukus shahrida 9,5 baravari, boshqa tuman va shaharlarda esa BHMning 8,5 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.



Source link

Continue Reading

Mahalliy

Toshkentning 10 ta tuman hokimiga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi

Published

on


Toshkent shahar hokimi poytaxtning 10 ta tuman hokimiga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi.

Xizmat tekshiruvi Bektemir, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor, Sergeli, Uchtepa, Chilonzor, Shayxontohur, Yunusobod va Yashnobod tumanlari hokimlariga nisbatan o‘tkaziladi.

Farmoyishga muvofiq, xizmat tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasi tuzilgan. Komissiyaga taqdimnomada ko‘rsatilgan holatlarni xolis va sifatli o‘rganish, tekshiruv natijalari yuzasidan tegishli xulosalarni rasmiylashtirish hamda zarurat tug‘ilganda boshqa tashkilot va idoralardan mutaxassislarni jalb etish vazifasi yuklatilgan.



Source link

Continue Reading

Mahalliy

Uzrli sabab tufayli milliy sertifikat imtihonida qatnasholmaganlarga to‘lov qaytariladi

Published

on


Chet tili va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok eta olmagan talabgorlar uchun to‘lovni saqlab qolish mexanizmi joriy qilinadi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi mas’ul xodimi Javlonbek Nurmatov ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, agar talabgor imtihonda uzrli sabab bilan qatnashmagan bo‘lsa, keyingi imtihonga qo‘shimcha to‘lovsiz kiritiladi yoki to‘langan mablag‘ qaytarib beriladi.

Bunda kasallik, xizmat safari yoki oila a’zosining vafoti kabi holatlar uzrli sabab sifatida tan olinadi. Biroq buning uchun tegishli tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi shart.

Imtihonga kechikkan, hech qanday uzrsiz kelmagan yoki imtihon qoidalarini buzgani uchun auditoriyadan chetlashtirilgan shaxslarga mazkur imtiyoz berilmaydi.



Source link

Continue Reading

Mahalliy

O‘zbekistonda doktoranturaga qabullar soni ortmoqda

Published

on


2025-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda tayanch doktoranturaga ega tashkilotlar soni 165 taga yetdi. Bu 2024-yilga nisbatan 19 taga yoki 13 foizga ko‘pdir. Shu bilan birga, tayanch doktoranturaga qabul qilinganlar soni 4 ming 159 nafarni tashkil etib, bir yilda 324 nafarga oshdi.

Yil oxiriga kelib tayanch doktoranturada tahsil olayotganlar soni 8 ming 326 nafarga yetdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 334 nafarga yoki 4,2 foizga ko‘pdir. Tayanch doktoranturani bitirganlar soni ham o‘sib, 2 ming 256 nafarni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 22 nafarga yuqori bo‘ldi.

Hududlar kesimida tayanch doktoranturaga ega tashkilotlar eng ko‘p Toshkent shahrida — 84 ta, Toshkent viloyatida — 17 ta va Samarqand viloyatida — 14 ta qayd etildi. Eng kam ko‘rsatkich Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida kuzatildi.

Tayanch doktoranturaga qabul bo‘yicha ham Toshkent shahri yetakchilik qildi. Poytaxtda 1 ming 682 nafar doktorant qabul qilingan bo‘lsa, Samarqand viloyatida bu ko‘rsatkich 386 nafarni, Namangan viloyatida esa 330 nafarni tashkil etdi.

Yil yakuniga ko‘ra, tayanch doktoranturada tahsil olayotganlar soni bo‘yicha Toshkent shahri 2 ming 842 nafar bilan birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarda Buxoro viloyati — 831 nafar va Samarqand viloyati — 825 nafar bilan qayd etildi.

Tayanch doktoranturani bitirganlar soni bo‘yicha ham Toshkent shahri yetakchi bo‘lib, 772 nafar bitiruvchiga ega bo‘ldi. Samarqand viloyatida 295 nafar, Namanganda esa 217 nafar doktorant o‘qishni yakunladi.

2025-yilda doktoranturaga ega tashkilotlar soni 124 taga yetdi. Bu bir yilda 24 foizga oshgan. Doktoranturaga qabul qilinganlar soni 604 nafarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 23,3 foizga ko‘paydi. Yil yakuniga kelib doktorantlar soni 1 ming 309 nafarga yetgan bo‘lsa, bitiruvchilar soni aksincha 252 nafarni tashkil etib, 3,8 foizga kamaydi.



Source link

Continue Reading

Mahalliy

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun sertifikat imtihoni tartibi belgilandi

Published

on


Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi. 

Hukumat qarori (411-son, 29.07.2026-y.) bilan «Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab V+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan, boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega o‘qituvchilarga:

Davlat budjeti mablag‘lari  hisobidan, sertifikatning amal qilish muddati davomida, tegishli ta’lim tiliga mos ravishda barcha fanlar bo‘yicha lavozim maoshiga har oyda 15 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lab boriladi.

Nizomga ko‘ra, Bilim va malakalarni baholash agentligi mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi.

Malaka imtihonida ishtirok etishi uchun talabgordan ro‘yxatdan o‘tishda, ariza berilgan kundagi BHMning 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Malaka imtihoni natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra:

– 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ darajali;

– 65 – 69,9 ball olgan talabgorga A darajali;

– 60 – 64,9 ball olgan talabgorga B+ darajali;

– 55 – 59,9 ball olgan talabgorga B darajali;

– 50 – 54,9 ball olgan talabgorga C+ darajali;

– 46 – 49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.

Talabgorning boshlang‘ich sinflardagi tegishli fanlar mazmuni doirasidagi bilim darajasi, o‘qitish metodikasi va pedagogik mahorati test sinovlari orqali baholanadi.

Talabgor sertifikat olish maqsadida malaka imtihonida qatnashish uchun YaIDXP (my.gov.uz) orqali elektron shaklda ariza berib, ro‘yxatdan o‘tadi.

Malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga 1 ish kuni ichida QR-kodli sertifikatning elektron shakli YaIDXP (my.gov.uz) orqali yuboriladi.

 Talabgor malaka imtihoni natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida YaIDXP (my.gov.uz) orqali vakolatli organga apellyasiya shikoyati berish huquqiga ega.

Shuningdek, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish tartibi joriy etilishi belgilandi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.