Jamiyat
Buxoroda shayx Sayfiddin Boxarziy sharafiga yangi majmua qurilishi boshlandi (foto)
Buxorodagi «Sayfiddin Boxarziy» mahallasida joylashgan ziyoratgoh hududida «Islom tamadduni namoyandalari» xiyoboni barpo etilayotgani haqida «Mo‘g‘ullarni hayratga solgan shayx Sayfiddin Boxarziy tarixi» sarlavhasi ostidagi maqolada avval xabar bergan edik.
Ma’lumki, Sayfiddin Abul Ma’oliy Sa’id ibn Mutohhar ibn Sa’id ibn Ali Qoidiy Boxarziy XII asrning ikkinchi yarmida, ya’ni 1190 yilda Xuroson viloyatining Boharz (Eronning shimoliy sharqidagi Naysobur bilan Hirot o‘rtasidagi viloyat) mavzeida tug‘ilgan. Manbalarda ta’kidlanishicha, Boxarziyning nasablari Hazrat Abu Bakr Siddiqga borib taqaladi. Boxarziy Hirot va Nishopur shaharlarida o‘qigan va diniy-huquqiy ta’limni olib, tez orada so‘fiy darajasiga erishgan. Sayfiddin Boxarziy sharafiga «Islom tamadduni namoyandalari» xiyobonining barpo etilayotgani tarixsevar xalqimiz tomonidan ham katta hayajonlar bilan qarshilangan. Ushbu xiyobon zamonaviy va qadimiy ko‘rinishdagi betakror inshootlar bilan yanada fayziyob bo‘lishiga maqsad qilingan va rejalar belgilangan. «Family Park» qurilish kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu masjid arxitekturasida Sayfiddin Boxarziy hamda Bayonqulixon maqbaralaridan andoza olingan bo‘lib, masjid ikki tarixiy inshoot bilan uyg‘un ravishda bunyod etilishi yo‘lga qo‘yilgan edi.
Dastlabki bosqichda 2000 nafar namozxonga mo‘ljallangan masjid binosi va tahoratxona qurish ishlari boshlab yuborilgan.
Buxoro viloyati hokimi axborot xizmati guruhi rahbari Olim Jo‘rayevning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, mazkur xiyobonda islom dini namoyondalari Abu Havs Kabir, Abu Bakr Kalobodiy, Mustamliy Buxoriy, Hazrat Poyanda Muhammadshoh Axsaviy (Fayzobod) kabi yetuk allomalarning memoriallari, masjid binosi, tahoratxona, hunarmandchilik markazi, mehmonxona, kutubxona, anjumanlar zali kabi ob’yektlar barpo etilishi ko‘zda tutilgan.
Buxoro viloyati hokimi majmua loyihasini ko‘zdan kechirar ekan, Botir Zaripov ushbu manzilda bo‘lib, bunda qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
– Ushbu xiyobon ziyoratchilar uchun muhim tashrif manzillaridan biri bo‘ladi. Shu bois majmua mukammal tarzda bo‘lishi kerak, – dedi viloyat rahbari Sayfiddin Boxarziy maqbarasi atrofini obodonlashtirish, xiyobondagi qurilish ishlarini jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berar ekan.
Xiyobonning «Bukhara City» zamonaviy ishbilarmonlik va turar-joylar markazi yaqinida barpo etilayotgani esa uning sayyohlar hordiq chiqaradigan, balki, mehmonlarning milliy va diniy qadriyatlarga oid bilim va tushunchalarini boyitadigan go‘shaga aylanishidan dalolat beradi.
Viloyat rahbariga majmuada bo‘ladigan shart-sharoitlar haqida axborot berildi. Amalga oshiriladigan qo‘shimcha loyihalar taqdimot qilindi.
Majmua hududini obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinar ekan, hovli va xiyobonga ko‘proq daraxtlar ekish zarurligi aytildi.
– Bu joy, nafaqat, diniy va ma’rifiy, balki, ulkan madaniy markaz, ziyorat bilan birga ma’rifat, tarbiya, ibrat o‘chog‘i bo‘ladi. Shuning uchun hamma ishlar mukammal bo‘lishi kerak, – dedi Botir Zaripov.
Ma’lumot o‘rnida: Ziyoratgohning bugungi kunda Fatxobod, deb atalishida ham ramziy ma’no mujassam. «Fatx» so‘zi – bosib olingan, ya’ni bosib olingan yerlarni qayta obod etgan Boxarziyga ishoradir. 1976 yilda Buxoroda yuz bergan kuchli yer silkinishi oqibatida maqbara gumbazi batamom xarobaga aylangan. Istiqlol yillarida maqbara binosi qayta ta’mirlanib, asl holiga qaytarilgan, gumbaz qayta o‘rnatilgan. Xalq ijodining nodir asarlaridan bo‘lgan maqbarani buxorolik ustalar va O‘zbekiston yodgorliklarni ta’mirlash va konservatsiyalash maxsus ilmiy-tadqiqot instituti olimlari buzilishdan qutqarishga kirishgan. Yodgorlikni mustahkamlash va qayta tiklash loyihasi tuzilgan. Buxoro maxsus ilmiy ishlab chiqarish ustaxonasi bu muhim ishni ta’mirlovchilar avlodidan bo‘lgan usta Azim Hayitov boshliq brigadaga topshirgan. Brigada a’zolaridan Kamol Otayev, Husayn Najmiddinov, Umid Habibov va boshqa qadimgi yodgorliklarni tamirlovchilar, binoning devorlarini mustahkamlashgan.
Jamiyat
Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlari e’lon qilindi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan 2026 yil 20 mart – juma kuni Ramazon hayiti kuni etib belgilandi.
Shunga ko‘ra Ramazon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 06:50 da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.
Ramazon hayiti namozini viloyatlarda o‘qiladigan vaqtlari:
1. Andijon viloyati 06:40
2. Farg‘ona viloyati 06:40
3. Namangan viloyati 06:40
4. Toshkent shahar 06:50
5. Toshkent viloyati 06:50
6. Sirdaryo viloyati 06:55
7. Jizzax viloyati 07:00
8. Samarqand viloyati 07:00
9. Navoiy viloyati 07:05
10. Buxoro viloyati 07:05
11. Qashqadaryo viloyati 07:05
12. Surxondaryo viloyati 07:05
13. Xorazm viloyati 07:25
14. Qoraqalpog‘iston Res. 07:30
Jamiyat
Prezident qo‘shaloq bayram munosabati bilan 392 nafar mahkumni afv etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida xalqimizga xos ezgulik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik, kechirimli bo‘lish kabi olijanob fazilatlarni namoyon etgan holda hamda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining amaliy tasdig‘i sifatida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 392 nafar shaxs afv etildi.
Afv etilgan shaxslarning 223 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 82 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 34 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi.
Shuningdek, 53 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 3 nafarini chet el fuqarolari, 26 nafarini ayol, 14 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 166 nafarini yoshlar hamda 24 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.
Jamiyat
Toshkent viloyati tog‘larida adashgan fuqaro qutqarib qolindi
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chinorkent tog‘larida adashib qolgan fuqaroga qutqaruvchilar yordam ko‘rsatdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, voqea yuzasidan xabar Toshkent viloyati FVBBga «112» qisqa raqami orqali kelib tushgan. Unga ko‘ra, tog‘ hududida bir erkak adashib qolgani va qutqaruvchilar ko‘magi zarurligi bildirilgan.
Shundan so‘ng, zudlik bilan aytilgan manzilga Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasining qidiruv-qutqaruv guruhi yetib borgan.
Qutqaruvchilar tomonidan adashib qolgan fuqaro topilib, muvaffaqiyatli ravishda xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.
Jamiyat
Qashqadaryoda hokim yordamchisi va yetakchi mutaxassis pora bilan ushlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, u 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroga 2019 yilda shahar hokimligi tomonidan ijara shartnomasi asosida berilgan davlat zaxirasidagi 35 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib berish evaziga 1000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur pul mablag‘i shahar hokimligining yetakchi mutaxassisiga berilishi kerakligi ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, u ham ushbu mablag‘ni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
DXX fuqarolarni kundalik hayotda shunday qonunbuzilish holatlariga duch kelgan taqdirda, idoraning 1520 qisqa raqami orqali murojaat qilishga chaqirdi. Qayd etilishicha, murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Jamiyat
«Malika» bozori yaqinida harakatni qayta tashkil etish rejalashtirilmoqda
«Malika» bozori yaqinidagi vaziyat muammo faqat bitta bekat joylashuvi bilan cheklanmasligini ko‘rsatmoqda. Ushbu hududda yuqori intensivlikdagi transport oqimi, jamoat transporti harakati, piyodalar qatnovi, to‘xtash joylari va bozorga kirish yo‘llari bir nuqtada kesishmoqda.
Foto: Yo‘l harakatini tashkil etish markazi
Shu munosabat bilan, harakatlanish sxemasini to‘liq qayta ko‘rib chiqmasdan amalga oshiriladigan har qanday qisman yechim, jumladan faqat bekatni ko‘chirish, kutilgan samarani bermasligi, aksincha vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari mazkur hududda harakatni tashkil etishning bir nechta variantlari ustida ish olib bormoqda. Xususan, chorraha geometriyasi va yo‘laklarning o‘tkazuvchanlik qobiliyati tahlil qilinmoqda, svetofor boshqaruvi tizimi samaradorligi baholanmoqda, yo‘l qismidan amaldagi foydalanish holati, jumladan, to‘xtash joylari hisobga olinmoqda. Shuningdek, turli yechimlarning transport va piyodalar oqimiga ta’siri ham modellashtirilmoqda.
Kompleks yondashuv doirasida bekatlar joylashuvini o‘zgartirish ehtimoli, harakatlanish sxemasini tuzatish, svetoforlar ishini optimallashtirish hamda to‘xtash joylarini tartibga solish kabi choralar ko‘rib chiqilyapti.
Qayd etilishicha, asosiy maqsad haydovchilar, yo‘lovchilar va piyodalar uchun yangi ziddiyatlar keltirib chiqarmasdan harakatni yaxshilashdan iborat.
Ayni paytda mazkur hudud uchun chuqur tahlillarga asoslangan yechim variantlaridan biri tayyorlangan bo‘lib, u transport tugunidagi yuklamani kamaytirishga qaratilgan yondashuvni namoyon etadi. Shu bilan birga, qaror qabul qilishda aholi fikri muhim omil sifatida qaralayotgani, fuqarolardan konstruktiv taklif va mulohazalar kutilayotgani bildirildi.
-
Dunyodan5 days ago
Eron Hormuz boʻgʻozi orqali cheklangan oʻtishga ruxsat beradi
-
Jamiyat5 days ago
Tadbirkor boshpanasiz bo‘lgan 5 ta oilani uy-joy bilan ta’minladi
-
Siyosat4 days agoSoʻnggi savdo maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston temir yoʻllari importi eksportdan 2,5 barobar koʻp
-
Iqtisodiyot5 days agopayme Tez QR orqali to‘lovni 3% keshbek bilan ishga tushirmoqda
-
Dunyodan5 days ago
Istanbulda yetti yil avval sodir etilgan qotillik ishi fosh etildi. O’zbek ayoli vafot etdi
-
Iqtisodiyot5 days agoQashqadaryo viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi
-
Dunyodan4 days ago
Isroil mintaqaviy tuzilmani qayta tiklamoqchi
-
Jamiyat3 days agoToshkentda bayram kunlari jamoat transporti uchun maxsus jadval joriy etildi
