Connect with us

Jamiyat

Buxoro markazidagi festivalda 15 mingdan oshiq yoshlar to‘plandi (foto)

Published

on



Buxoroda «Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida yoshlar festivali o‘tkazildi.  Viloyatning Eski shahar qismidagi «Poyi Kalon» majmuasi, «Shahriston» maydoni, «Ark» qo‘rg‘oni atrofida tashkil etilgan loyiha, ko‘rgazma va dasturlarlar doirasida 15 mingdan ziyod yoshlar ishtiroki ta’minlandi.

Garchi, bir qarashda, yoshlar tashkilotlari tomonidan ilgarigi yillarda o‘tkazilgan yirik loyiha va tadbirlar oldida bugungi festivallar arzimas bo‘lib tuyulsa-da, yoshlar erishgan va erishayotgan yutuqlar salmog‘i yuz yilliklarga tenglashib bormoqda. Ilm-fan, madaniyat, san’at va sport sohalaridagi o‘zgarishlar, ayniqsa, zamonaviy texnologiya va ITning rivoji yanada barqarorlashdi.

Festival yoshlarda birlik, hamjihatlik, ijodkorlik, bilimga chanqoqlik kabi fazilatlarni mustahkamlashga xizmat qilib, ularning faol hayot pozitsiyasini shakllantirishga zamin yarata oldi. Texnologik loyihalarga ixtisoslashgan maxsus loyiha «IT-School»da ishtirok etgan yigit-qizlar yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulangan zamonaviy kompyuterlardan foydalangan holda, veb-dizaynlar hamda yangi saytlar yaratish, «twitter»da muloqot qilish, 5D texnologiyalar asoslari haqida bilimlar olishga muvaffaq bo‘lishdi. Tajribali trenerlar tomonidan o‘tkazilgan qiziqarli trening ishtirokchilarni texnologiyalarning  yangicha olami sari chorladi.

 Keraklilik – baxt

Festivalning muhim jihati — Buxoro viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida maxsus maktab-internatlari o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘ldi.

Unda nogironligi bo‘lgan yoshlar tomonidan yaratilgan turli hunarmandchilik buyumlari, qo‘l mehnati mahsulotlari keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi va savdoga qo‘yildi. Bu esa, nogironligi bo‘lgan yoshlarga jamiyat e’tiborini qaratishda muhim qadam bo‘ldi. Ayniqsa, xorijlik sayyohlar ushbu mahsulotlarning asosiy xaridoriga aylanishdi.

«Men adashmayman: Buxoro – O‘zbekistonning yuragi. Bundan 11 yil ilgari Buxoroga kelganman. O‘shanda internet masalasida muammo yuzaga kelganda, mahalliy yoshlarga so‘rovim ochiq qolgan. Deyarli, internetga qiziqishmasliklari, zamonaviy texnologiyalardan xabarsiz ekanini bildirishgan. Bugun qadim go‘sha Buxoroyi sharifga sayohatimiz yoshlar festivali bilan uyg‘unlashib ketdi.  Yoshlarning internet, balki zamonaviy texnologiya va IT sohasida ilgarilab ketishgani meni hayratlarda qoldirdi. Ayniqsa, robototexnika shu qadar rivojlanib ketibdiki, yoshlar tomonidan yaratilgan bunday texnologik uskunalardan bemalol oilaviy uy sharoitida, ko‘chada va hatto, ishda ham foydalanish imkoni bor. Jismoniy nuqsoni bor yoshlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning savdo ko‘rgazmasi tashkil etilgani yanada qoyil qoldirdi. Xarid qildik. Bolalar ko‘zidagi quvonchni aytmaysizmi? Bevosita shu festival ishtirokchisiga aylandik-qoldik. Mana, bizga hatto, yoshlar tashkilotlari belgisi tushirilgan futbolka va kepkalar berishdi»,-dedi germaniyalik sayyoh P’eer Veeldon.

Fransiyaning Nant shahridan tashrif buyurgan sayyoh Send Benedikt esa «Biz ham O‘zbekistonni sevamiz!»-dedi.

Ayonki, O‘zbek xalqi — saxovatpesha, oqibatli xalq. Barcha insonlarga mehr-muruvvat ko‘rsatadi, yetimlarning boshini silaydi, jismoniy nuqsoni borlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Xalqimizga xos ana shu odatlar yoshlar festivalida ham o‘zligini namoyish etdi. Nogironligi bo‘lgan yoshlarning, hunarmandchilik yo‘nalishidagi mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. 

«Qator yillar davomida men va men kabi yoshlar bunday yirik festivallarga bu qadar ommaviy ravishda jalb etilmaganmiz. Bunday paytlarda o‘zimizni kamsitilgandek sezib kelganimizni ham yashirmaymiz. Bugun esa sport  musobaqalaridan tortib, san’atgacha, «Zakovat» bellashuvlaridan tortib, zamonaviy IT sohasigacha ishtirokimiz ta’minlandi. Keraklilik – baxt ekan. Men shu baxtning bir bo‘lagiman!»-dedi  Buxoro shahridagi 24-sonli ko‘rish bo‘yicha imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasasi o‘quvchisi.

Yoshlar muammolarini hal qilish – rahbar burchi

Festival o‘z loyihalari davomida «Vatan himoyasi – yuksak mas’uliyat» tushunchasini targ‘ib qila oldi. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar Buxoro shahrida joylashgan harbiy qismlarda ham tashkil etildi. Uchrashuvlar va davra suhbatlari yoshlarning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirdi. Harbiy xizmatchilar, harbiy bilim yurti kursantlari bilan uchrashuvlar shular jumlasidandir. 

«2025-o‘quv yilidan boshlab maktabning yuqori sinfidaman. To‘g‘risi, quyi sinfimning ketma-ket ikki yilida VEN nazoratida turganman, yashirmayman. Ota-onam yuqori sinfimni ham «VEN»da kechishidan yuragini hovuchlab turadi. Bir kuni sinfimizga Buxoro viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i keldi. Mendan: «Sening nima muammoing bor!» deb so‘radi. Men: «Harbiy bo‘lmoqchiman. Ammo, muammo – mening bezoriligimda!»-dedim. Gapimga hamma kuldi. Men va yoshlar tashkiloti boshlig‘igina kulmadik. «Sen, albatta, harbiy bo‘lasan! Men seni bir kuni harbiy qismga yetaklab boraman!»-dedi-da, chiqib ketdi. Shu bilan ikki-uch oy ko‘rinmadi. Kuni kecha  tong saharlab shu kishi maktabda yozgi ta’til boshlangani uchun uyimizga kelibdi. «Senga bergan va’dam bor. Seni hozir bir yoqqa olib boraman, bu senga harbiy bo‘lishing uchun poydevor bo‘ladi»,-dedi-da meni o‘zi bilan ergashtirib ketdi. Borgan manzilimiz harbiy qism ekan. Bilasizmi, yuragim shunaqa urib ketdiki… harbiy qism ostonasidan kiriboq, Vatanga, yurtga bo‘lgan tuyg‘ularim oshdi. Harbiy kiyim kiydirishganida esa ko‘zlarim yoshga to‘ldi. Harbiy qurol-yarog‘, texnika vositalari bilan mashq qildirishdi. Kursandlar bilan suhbatda bo‘ldim. Men, albatta, harbiy bo‘laman va o‘zgaraman, deya o‘z-o‘zimga qaror qildim. Meni  jasoratga, dadillikka chorlagan yoshlar tashkilotidan minnatdorman»,-dedi Buxoro shahridagi N-sonli maktab o‘quvchisi Ibodjon Rahimov.

Festival doirasida tashkil etilgan loyihalar ma’naviy jihatdan erkin va ozod bo‘lgan yoshlarning hayot irodasini mustahkamlashda, e’tiqodini yuksaltirishda, jamiyat ravnaqi uchun orzu-umid qilishdan charchamaslikka va o‘z maqsadlarini amalga oshirishda ularga kuch bag‘ishladi. Turli yo‘nalishlarda o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazgan yoshlar o‘z intellektual qobiliyatlari, tashabbuskorlik layoqatlarini kashf etishdi.

Yoshlar va mutasaddi rahbarlar ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvlar yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash va ularni qiynayotgan ayrim muammolarga e’tibor qaratildi. Yuzma-yuz uchrashuvlarda yetakchilar faoliyatida erishilgan yutuqlar barobarida mavjud kamchiliklar borligi, ularni bartaraf etish vaqti allaqachon yetgani xususida so‘z bordi.

«Yurtimiz egalari bo‘lgan yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan va tashvishlantirayotgan masalalarga quloq tutish, asosiysi, yoshlar muammolarini hal qilishga kirishish, e’tibor ko‘rsatish – har bir mutasaddi rahbarning burchi. Shu burch har bir lavozim egasi zimmasiga mas’uliyat bo‘lib yuklanganki, bunga panja ortidan qarash – yurt kelajagiga bolta urish bilan barobar»,-dedi Buxoro viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Rahmonov o‘z so‘zida.

Uchrashuvda arzimas sabablar bilan ajralish ostonasida turgan yosh oilalarni yarashtirish, turli xorij davlatlariga ish izlab ketayotgan yoshlarda til o‘rganish darajasini oshirish, muomala madaniyatini rivojlantirish, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasligi uchun  mehnat muhofazasini kuchaytirish zarurligi borasida munozaralar bo‘ldi.

Festival loyihalarining turli yo‘nalishlarida g‘olib bo‘lganlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov yoshlarga omadlar tiladi va turli sohalarda erishayotgan yutuqlariga alohida to‘xtaldi.

«Bugun ertamiz egalari qaysi sohada bo‘lmasin, o‘z o‘rniga ega. Ular o‘z sohalari rivojiga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Qolaversa, viloyat iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi kuchga aylanmoqda. Buxorolik yoshlar bugun ilm-fanda ilg‘or, zamonaviy fikr, kreativ tashabbuslarga ega. Yoshlarimiz kichik biznesdan tortib yirik investitsion loyihalarni ham amalga oshirish qodir!» – dedi Botir Zaripov.

 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi!

Published

on


Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqi, bayram ssenariysi va sahnadagi chiqishlarga foydalanuvchilardan juda katta, samimiy va kuchli reaksiya bo‘ldi.

Izohlarni o‘qib, bir narsa yaqqol ko‘rinadi: odamlar bayramni shunchaki tomosha qilmagan — his qilgan.

“Juda zo‘r!”, “Boshqacha bo‘ldi!”, “Ta’sirli!”, “Gap yo‘q!”, “Sahnadagi energiya va jonli ijro odamni lol qoldirdi, haqiqiy bayram kayfiyati!”, “Harbiylarning safdagi kelishgan va qat’iy qadamlari qalbimizni g‘ururga to‘ldiradi”, “Juda go‘zal bayram, betakror bayram”… — ijtimoiy tarmoqlardagi minglab fikrlarda bir xil kayfiyat.

Ayniqsa, Prezident nutqidagi fikrlar alohida muhokama qilindi. Vatan tarixi, bugungi islohotlar va kelajakka ishonch uyg‘unlashgan nutq ko‘pchilikda kuchli taassurot qoldirdi.

Bu yilgi Mustaqillik bayrami sahnada o‘zgacha bo‘ldi — ijtimoiy tarmoqlardagi reaksiya esa bundan ham kuchli!

Bu shunchaki izohlar emas. Bu — xalqning bayramga bo‘lgan kayfiyati.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

BYD CHAZOR UzPride – O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan maxsus taklif

Published

on


BYD Central Asia mahalliy ishlab chiqarilayotgan BYD CHAZOR UzPride modelining rasmiy sotuvi boshlanganini e’lon qiladi. Mahalliylashtirish darajasi yuqori bo‘lgani tufayli 55 KM Luxe jamlanmasi 255 900 000 so‘m narxda taklif etilmoqda.

Modelning nomi uning mazmun-mohiyatini aks ettiradi: brend mahalliy bozorda izchil rivojlanib, texnik mutaxassislarni tayyorlash va mamlakat avtomobilsozlik sanoatini zamonaviylashtirishga ko‘maklashmoqda. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalarni aholining tobora keng qatlamlari uchun qulay va hamyonbop qilmoqda. Shu sababli yangi talqin O‘zbekiston va uning xalqiga chuqur hurmat ramzi sifatida UzPride nomini oldi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xaridorlar uchun maxsus moliyalashtirish dasturi tayyorlandi:

– boshlang‘ich to‘lov – 35%;

– bo‘lib to‘lash muddati – 35 oy;

– foiz stavkasi – 0%;

– moliyalashtirishni rasmiylashtirish – faqat OFB hamkor banki orqali.

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan moliyalashtirish dasturi shartlari 2026 yil 29 avgustdan 1 sentyabrgacha amal qiladi.

Dastur shartlari qutlug‘ sana bilan ramziy tarzda uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, yangi supergibrid sedanni O‘zbekiston bo‘ylab xaridorlar uchun yanada qulayroq shartlarda sotib olish imkonini beradi.

BYD CHAZOR UzPride haqida

BYD CHAZOR UzPride DM-i supergibrid tizimi bilan jihozlangan. Unda elektr yuritmaning afzalliklari 1,5 litr hajmli yuqori samarali benzin dvigatelining imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirilgan.

132 kVt quvvatga ega elektr dvigatelining eng yuqori burovchi kuchi 316 N·m ni tashkil etadi. Avtomobil 0 dan 100 km/soat tezlikka 7,9 soniyada chiqadi. NEDC o‘lchov tartibi bo‘yicha faqat elektr quvvatida yurish masofasi 55 kilometrgacha yetadi. Akkumulyator quvvati past bo‘lganda yoqilg‘i sarfining eng kam ko‘rsatkichi 100 kilometrga 3,8 litrni tashkil etadi.

55 KM Luxe jamlanmasiga aylantiriladigan 12,8 dyuymli multimedia ekrani, 8,8 dyuymli displeyga ega raqamli ko‘rsatkichlar paneli, o‘zbek tilidagi aqlli ovozli boshqaruv tizimi, 4G va Bluetooth ulanishi, shuningdek, OTA orqali masofadan yangilash imkoniyati kiradi.

Haydovchiga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida avtomobil kalitsiz kirish tizimi, NFC-karta, masofadan ishga tushirish, o‘rindiqni elektr yordamida sozlash, elektr yuritmali tom tuynugi hamda orqa o‘rindiq yo‘lovchilari uchun havo yo‘naltirgichlarga ega iqlim tizimi bilan jihozlangan.

360° atrofni ko‘rsatuvchi panoramali HD-kamera hamda old va orqa to‘xtash datchiklari avtomobilni boshqarish va tor joylarda harakatlanishni osonlashtiradi.

Xavfsizlik tizimlari qatoriga tezlikni bir maromda saqlash tizimi, yo‘nalish barqarorligini nazorat qilish, g‘ildiraklarning sirpanishiga qarshi tizim, shinalardagi bosimni kuzatish, qiyalikda harakatni boshlashga ko‘maklashish, avtomobilni avtomatik ushlab turish, old va yon xavfsizlik yostiqchalari, shuningdek, parda turidagi xavfsizlik yostiqchalari kiradi.

BYD CHAZOR UzPride modelining mahalliy ishlab chiqarilishi yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi zamonaviy avtomobillar tanlovini kengaytiradi hamda mamlakat avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

BYD Central Asia kompaniyasining mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan dasturi – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi avtomobil boshqaruvida kutib olish uchun ajoyib imkoniyatdir.

*Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan moliyalashtirish dasturi 2026 yil 29 avgustdan 1 sentyabrgacha, 1 sentyabr kuni ham, amal qiladi. Dastur doirasidagi moliyalashtirish faqat OFB hamkor banki orqali rasmiylashtiriladi. Dastur bo‘yicha taklif etiladigan avtomobillar soni cheklangan. Texnik ko‘rsatkichlar ma’lumot berish maqsadida keltirilgan bo‘lib, yo‘l va ob-havo sharoiti, avtomobilning yuklanish darajasi hamda haydash uslubiga qarab farq qilishi mumkin. Avtomobilni sotib olish shartlari va jamlanmasi haqidagi batafsil ma’lumotni BYD kompaniyasining rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin.

BYD kompaniyasining O‘zbekistondagi aloqa ma’lumotlari

Rasmiy ishonch telefoni: 1811

Rasmiy veb-sayt: bydauto.uz

Instagram: @bydauto.uz

Telegram: t.me/bydautouz





Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yangi o‘quv yilida 806 mingdan ziyod 6 yoshli bola maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olinadi

Published

on


E-qaror tizimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorlash va bolalarni qabul qilish jarayonini samarali tashkil etishga oid buyrug‘i e’lon qilindi. Hujjatning ilovalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 18-avgustdagi 299-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.  

Hujjatga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilida respublika bo‘yicha 811 ming 586 nafar 6 yoshli bola hisobga olingan. Ularning 806 ming 290 nafarini maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olish rejalashtirilgan. Natijada qamrov darajasi 99,3 foizga yetkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

Maktabga tayyorlov guruhlari bilan qamrab olinmagan 6 yoshli bolalar uchun 485 ta bir yillik bepul majburiy tayyorlov guruhi tashkil etiladi. Ularda jami 13 ming 104 nafar bolani qamrab olish rejalashtirilgan.

Shundan:

— umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 413 ta guruh tashkil etilib, 11 ming 163 nafar bola;

— davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 65 ta guruh ochilib, 1 ming 766 nafar bola;

— boshqa mos binolarda 7 ta guruh tashkil qilinib, 175 nafar bola qamrab olinadi.

Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, avval hududlardagi 6 yoshli bolalar xatlovdan o‘tkaziladi. Xatlov natijasida tayyorlov bilan qamrab olinmagan bolalar mavjud bo‘sh guruh va o‘rinlarga joylashtiriladi.

Shundan keyin ham qamrovdan tashqarida qolgan bolalar uchun umumta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, «Kelajak markazlari» va boshqa obyektlarning bo‘sh xonalarida yangi tayyorlov guruhlari tashkil etiladi. Ularni sentyabr–oktyabr oylarida ishga tushirish belgilangan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qonunchilikdagi noaniqliklar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi

Published

on


Prezident farmonida tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan «tadbirkorlik subyektining haqlilik prezumpsiyasi» belgilandi.

Unga ko‘ra, davlat organi tomonidan aksi isbotlanmaguncha tadbirkorlik subyekti va uning mansabdor shaxsi qonunchilikka muvofiq harakat qilgan hamda o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan deb hisoblanadi.

Sudda tadbirkorga nisbatan huquqiy ta’sir chorasi qo‘llash uchun uning asosli, qonuniy va mutanosib ekanini, shuningdek, huquqbuzarlik faktini isbotlash majburiyati davlat organiga yuklanadi.

Qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar, noaniqlik va tushunmovchiliklar, shuningdek, dalillar yetarli emasligi tufayli yuzaga keladigan shubhalar tadbirkorlik subyekti foydasiga talqin qilinadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Hindiston yetakchilariningg tarixiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Published

on


Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida mehmon davlatimiz rahbarini Mustaqillik kuni bilan samimiy tabrikladi. Ushbu tarixiy tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiqib, o‘zaro hamkorlikda yangi bosqichni boshlab berishi ta’kidlandi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi ilk bor 1 milliard dollardan oshdi, qo‘shma korxonalar soni esa 7 barobarga ko‘paydi, haftasiga 14 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvoz amalga oshirilmoqda.  Ikki davlat rahbarlari 2030-yilga qadar o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga kelishib oldilar. Shuningdek, energetika, farmatsevtika, metallurgiya, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor sohalarda yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Hamkorlikni samarali muvofiqlashtirish maqsadida tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida yangi muvofiqlashtiruvchi mexanizm ta’sis etiladigan bo‘ldi. Tomonlar parlamentlararo, Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi doirasidagi muloqotlarni faollashtirishga kelishib oldilar. Andijon va Gujarat, Farg‘ona va Haryana, Samarqand va Agra o‘rtasidagi hududlararo yaqin sheriklik aloqalari ham yuqori baholandi.

Gumanitar sohada ta’lim va madaniyat yo‘nalishidagi aloqalar kengaymoqda. Hozirda O‘zbekistonda Hindistonning 4 ta universiteti faoliyat yuritmoqda. Madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda Lal Bahodur Shastri nomidagi Hind madaniyati markazi va Mahatma Gandi nomidagi Hindshunoslik markazi muhim o‘rin tutmoqda.

Shuningdek, O‘zbekistonda yoga tobora ommalashib borayotgani va ushbu sohadagi hamkorlik faol rivojlanayotgani qayd etildi.

Tashrif doirasida Madaniy almashinuv bo‘yicha besh yillik dastur imzolanishi, madaniyat kunlari va kinofestivallar muntazam o‘tkazilishi belgilandi. Rahbarlar BMT, ShHT va BRIKS kabi xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birini izchil qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishlarini bildirdilar. Muzokaralar yakunida belgilangan barcha vazifalar bo‘yicha aniq «yo‘l xaritalari» ishlab chiqilishiga kelishib olindi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.