Connect with us

Iqtisodiyot

Bugun qayerga investitsiya qilish maqsadga muvofiq: kapitalga yoki barqaror daromadga?

Published

on


Barqaror to‘lovlar yoki kapital o‘sishi: investor bugun o‘z moliyaviy kelajagini ishonch bilan qurishi uchun qaysi yo‘lni tanlashi kerak?

Jadal rivojlanayotgan iqtisodiy sharoitda deyarli har bir inson o‘ziga savol beradi: mablag‘ni qayerga yo‘naltirish kerak, toki kapital ortib, moliyaviy maqsadlarga erishish mumkin bo‘lsin — xox uy yoki avtomobil xaridi, xox farzandlar ta’limini ta’minlash. Bugungi kunda investor oldida ikki asosiy yo‘l mavjud: oldindan belgilangan tartibda barqaror daromad olish yoki kapitalga sarmoya kiritib, real biznesning o‘sishi bilan birga foyda ko‘rish. Har bir yondashuvning o‘ziga xos afzalliklari, xatar va mas’uliyatlari bor. Eng muhimi — o‘z moliyaviy kelajagingizni qanday tasavvur qilayotganingizni aniq belgilab, to‘g‘ri qaror qabul qilishdir.

Belgilangan daromad: barqaror pul oqimlarining ishonchliligi

Belgilangan daromadli investitsiyalar ko‘proq xotirjamlik va barqarorlikni afzal ko‘radiganlar uchun mos keladi. Bunda hammasi aniq: siz mablag‘ kiritasiz va bir oy, yarim yil yoki bir yil o‘tgach, kompaniyaning moliyaviy holatidan qat’i nazar, belgilangan miqdorda foyda olasiz.

Bunday yondashuvning afzalligi shundaki, siz qancha va qachon daromad olishingizni oldindan bilasiz. Ammo kamchiligi ham mavjud: daromad odatda cheklangan bo‘ladi va biznes kengayib, qo‘shimcha foyda keltirsa ham, sizning stavkangiz o‘zgarishi mumkin emas. Shunday ekan, uzoq muddatda kapital o‘sishi biznesga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritish bilan solishtirganda sekinroq kechadi.

Kapitalga sarmoya: cheksiz daromad imkoniyatlari

Kapitalga investitsiya qilish butunlay boshqacha tamoyil asosida ishlaydi. Siz mablag‘ kiritib, kompaniyaning sherik egasiga aylanasiz. Bu holda daromad kompaniya foydasidan to‘lanadigan dividendlar va sizning ulushingiz qiymatining oshishi hisobiga shakllanadi. Vaqt o‘tishi bilan ushbu ulushni yuqori narxda sotib, sezilarli natijaga erishish mumkin.

Bunday yondashuv daromadini bosqichma-bosqich oshirish va uzoq muddatli istiqbolni ko‘zlaydigan investorlar uchun ayniqsa jozibador hisoblanadi. Kapitalni to‘g‘ri taqsimlash orqali atigi 2-3 yil ichida investitsiyalarni sezilarli darajada ko‘paytirish mumkin. Dividendlarni muntazam qayta investitsiya qilish esa bu o‘sishni yanada tezlashtiradi.

Way II: real biznesga investitsiya

O‘zbekistonda kapitalga sarmoya kiritishning eng yorqin misollaridan biri — Way II kompaniyasi hisoblanadi. U orqali siz yirik sanoat korxonasi — Akfa Aluminium Group kompaniyasining sherik egasiga aylanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Mazkur korxona mahsulotlari bugungi kunda 30 dan ortiq mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Investitsiyani atigi 14 300 000 so‘mdan boshlash mumkin. Yillik kutilanayotgan daromad esa 10–15% atrofida bo‘lib, bu ko‘rsatkich xorijiy valyutada hisoblanadi. Mablag‘larni boshqarish juda qulay: buning uchun maxsus Way Invest mobil ilovasi ishlab chiqilgan. U orqali siz daromadlaringizni kuzatishingiz, ikkilamchi bozorda ulushlarni sotib olish yoki sotishingiz, shuningdek, muhim ma’lumotlardan doimiy xabardor bo‘lishingiz mumkin. Daromad yiliga ikki marta to‘lanadi. Istasangiz, uni yechib olishingiz yoki qayta investitsiya qilib, kapitalingizni tezroq oshirishingiz mumkin.

Alohida ta’kidlash joizki, Way II orqali amalga oshiriladigan barcha investitsiyalar islomiy moliya tamoyillariga to‘liq mos keladi. Mablag‘laringiz alkogol, qimor yoki boshqa taqiqlangan sohalarga yo‘naltirilmaydi. Ushbu model Islamic Finance Consulting Board tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, jarayonning halolligi va shaffofligiga qo‘shimcha kafolat beradi.

Way II orqali investitsiya qilish — bu nafaqat mablag‘ni saqlash, balki uni ko‘paytirish va ishonchli hamda muvaffaqiyatli biznes rivojiga hissa qo‘shish demakdir. Bu qulay, xavfsiz va investitsiya bilan endigina tanishayotganlar uchun ham tushunarli jarayondir. Way II har bir inson uchun katta loyihaning bir qismiga aylanish va moliyaviy kelajakni bugundan barpo etish imkoniyatini taqdim etadi.

Telefon: (+998) 78-555-55-55
Manzil: Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1
Sayt: waygroup.uz
Facebook: fb.com/Way II Group
Instagram: @way_ll_group
Telegram: t.me/wayllgroup
LinkedIn: linkedin.com/wayllgroup
YouTube: @Way_ll_Group
Twitter: x.com/way_ll_group





Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekiston eng ko‘p giloslarni Rossiyaga eksport qilmoqda

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatga qiymati 36,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 16,8 ming tonna gilos eksport qildi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 ming tonnaga kamaygan.

Shu bilan birga, o‘zbek gilosi tashqi bozorlarda talabgirligini saqlab qolgan bo‘lib, eksport geografiyasi 11 ta mamlakatni qamrab oldi.

Hisobot davrida O‘zbekistondan eng ko‘p gilos Rossiyaga eksport qilindi. Bu mamlakatga 11,7 ming tonna mahsulot yetkazib berilgan.

Ikkinchi o‘rinda Qirg‘iz Respublikasi bo‘lib, ushbu davlatga 2,6 ming tonna gilos eksport qilingan.

Shuningdek, Qozog‘istonga 2 ming tonna, Belarusga 135,3 tonna, BAAga 116,7 tonna, boshqa davlatlarga esa jami 140 tonna gilos yetkazib berilgan.

Statistika ma’lumotlari Rossiya bozori O‘zbekiston gilosi uchun asosiy eksport yo‘nalishi bo‘lib qolayotganini ko‘rsatmoqda. Eksport qilingan mahsulotning katta qismi aynan ushbu mamlakat hissasiga to‘g‘ri kelgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi

Published

on


Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) prognoziga ko‘ra, 2026–2027 yillarda ham Hindiston dunyodagi eng tez o‘sadigan yirik iqtisodiyot maqomini saqlab qoladi. Indoneziya ikkinchi, Xitoy esa uchinchi o‘rinni egallashi kutilmoqda.

IHTT ma’lumotlariga ko‘ra, jahon yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 2026 yilda 2,8 foizga, 2027 yilda esa 3,1 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda. G20 davlatlari iqtisodiyoti esa har ikki yilda ham o‘rtacha 3 foizlik o‘sishni namoyon qilishi kutilmoqda.

Tashkilot prognoziga ko‘ra, Hindiston eng yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atini saqlab qoladi. Agar 2025 yilda mamlakat YaIM 7,6 foizga o‘sgan bo‘lsa, 2026 yilda bu ko‘rsatkich 6,3 foiz, 2027 yilda esa 6,4 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Indoneziya iqtisodiyoti ham barqaror o‘sishni davom ettiradi. 2025 yilda YaIM 5,1 foizga oshgan bo‘lsa, IHTT mamlakatning 2026–2027 yillarda ham o‘sish sur’ati bo‘yicha ikkinchi o‘rinni saqlab qolishini prognoz qilmoqda.

Xitoy iqtisodiyoti ham o‘sishda davom etadi, ammo sur’at biroz sekinlashishi mumkin. 2025 yilda YaIM 5 foizga o‘sgan bo‘lsa, 2026 yilda 4,5 foiz, 2027 yilda esa 4,3 foizlik o‘sish kutilmoqda.

IHTT tahlilchilariga ko‘ra, aksariyat mamlakatlarda 2026 yilda iqtisodiy o‘sish sur’ati biroz pasayadi. Bundan istisno sifatida Janubiy Koreya qayd etilgan. Mamlakat iqtisodiyoti 2025 yilda 1 foizga o‘sgan bo‘lsa, yarimo‘tkazgichlar (chiplar) sanoatidagi yuqori talab hisobiga 2026 yilda o‘sish 2,6 foizga yetishi mumkin.

Rossiya iqtisodiyoti ham o‘sishni davom ettiradi, biroq nisbatan past sur’atlarda. IHTT hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakat YaIM 2025 yilda taxminan 1 foizga oshgan. 2026 yilda o‘sish 0,5 foiz, 2027 yilda esa 0,8 foiz bo‘lishi kutilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, kelgusi ikki yilda jahon iqtisodiyotida o‘sish saqlanib qoladi, biroq mamlakatlar o‘rtasidagi sur’atlar sezilarli darajada farq qilishi mumkin.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursida keskin ko‘tarilish yuz berdi

Published

on



Dollar kursida keskin ko‘tarilish yuz berdi



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Eng katta qurilish ketayotgan hududlar ma’lum bo‘ldi

Published

on


2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda 104,9 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Eng katta hajmdagi qurilish ishlari poytaxtda amalga oshirilmoqda.

Hududlar kesimida qurilish ishlari hajmi:


Toshkent shahri — 28 trln so‘m;
Toshkent viloyati — 10,7 trln so‘m;
Buxoro viloyati — 7,2 trln so‘m;
Farg‘ona viloyati — 6,9 trln so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 6,7 trln so‘m;
Samarqand viloyati — 6,6 trln so‘m;
Namangan viloyati — 5,4 trln so‘m;
Andijon viloyati — 5,3 trln so‘m;
Xorazm viloyati — 5,3 trln so‘m;
Surxondaryo viloyati — 5,3 trln so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 5,2 trln so‘m;
Navoiy viloyati — 4,1 trln so‘m;
Jizzax viloyati — 3,2 trln so‘m;
Sirdaryo viloyati — 2,2 trln so‘m.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Qaysi xizmat turlari eng tez o‘smoqda?

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 533,1 trln so‘mni tashkil etdi.

O‘sish sur’atlari eng yuqori xizmatlar — moliya, aloqa va axborotlashtirish hamda ta’lim sohalari.

Xizmatlar turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari quyidagicha:


moliyaviy xizmatlar — 124,9 foiz;
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 122,2 foiz;
ta’lim sohasidagi xizmatlar — 121,0 foiz;
ijara xizmatlari — 117,6 foiz;
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 117,5 foiz;
me’morchilik va muhandislik sohasidagi xizmatlar — 115,3 foiz;
sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 114,7 foiz;
yashash va ovqatlanish xizmatlari — 114,1 foiz;
savdo xizmatlari — 114,0 foiz;
transport xizmatlari — 113,3 foiz;
kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 113,0 foiz;
shaxsiy xizmatlar — 111,6 foiz;
boshqa xizmatlar — 115,8 foiz.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.