Sport

Braziliya 2:0 hisobida oldinda borayotib yakunda Yaponiyaga yutqazdi

Published

on


Yaponlar o‘rtoqlik o‘yinida kuchli iroda namoyish qildi.

Yaponiya hamda Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini kutilmagan natija bilan tugadi.

Karlo Anchelotti shogirdlari o‘yinning birinchi bo‘limidan so‘ng, ikkita to‘p farqi bilan oldinda edi. Ammo yaponiyaliklar kuchli iroda namoyish etib, yakunda g‘alabani ilib ketdi.

26-daqiqada himoyachi Paulo Enrike braziliyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 32-daqiqada hujumchi Gabriel Martinelli janubiy amerikaliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 52-daqiqada «Liverpul»ning sobiq futbolchisi Takumi Minamino bitta to‘p kiritdi. Havbek Keito Nakamura esa hisobni tenglashtirdi. 71-daqiqada hujumchi Ayase Ueda yaponlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

O‘rtoqlik o‘yini

14 oktyabr

Yaponiya 3:2 Braziliya

Gollar: 0:1 Enrike – 26, 0:2 Martinelli – 32, 1:2 Minamino – 52, 2:2 Nakamura – 62, 3:2 Ueda – 71

Yaponiya: Dzion Sudzuki, Sogo Taniguti, Tsuyosi Vatanabe, Dzyunnosuke Sudzuki, Ritsu Doan, Kaisyu Sano, Daiti Kamada, Keito Nakamura, Takefusa Kubo, Takumi Minamino, Ayase Ueda

Zaxiradan tushganlar: Dzyunya Ito, Yuki Soma, Ao Tanaka, Suto Matino, Genri Motidzuki, Koki Ogava

Braziliya: Ugo Souza, Paulo Enrike, Lukas Beraldo, Fabrisio Bruno, Karlos Augusto, Kazemiro, Bruno Gimaraynsh, Lukas Paketa, Vinisius Junior, Luis Enrike, Gabriel Martinelli

Zaxiradan tushganlar: Rodrigo, Mateus Kunya, Joelinton, Kayu Enrike, Risharlison, Estevao



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version