Iqtisodiyot
Birjadagi oxirgi 2 savdo sessiyasida dizel narxi 17,5 foizga qimmatlashdi
Oxirgi kunlarda birjada dizel bahosi tonnasiga 2 mln 411 ming so‘mga yoki 17,5 foizga qimmatlab, 16 mln 179 mln so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 24 foizga yuqori narx. Import hajmi ham mart oyida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga oshgan.
Oxirgi kunlardagi birjada dizel narxi keskin qimmatlashdi. Xususan, 3 aprel kuni o‘tgan savdo sessiyasida yonilg‘ining tonnasi birdaniga 2 mln 89,1 ming so‘mga yoki 15,2 foizga qimmatlab, 15 mln 857,1 ming so‘mga yetdi. 6 aprel kungi savdolarda ham dizel narxi yana 2 foizga oshib, 16 mln 179,4 mln so‘mgacha ko‘tarildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 24 foizga yuqori narx.
Ishlab chiqarish va import
Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistondagi neftni qayta ishlash zavodlari va Uzbekistan GTL’da jami 249 ming tonna dizel yonilg‘isi ishlab chiqarilgan. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 87,8 ming tonnaga yoki 54,5 foizga ko‘p.
Oylar kesimida ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
yanvar — 78,3 ming tonna;
fevral — 57,4 ming tonna;
mart — 113,3 ming tonna.
O‘z navbatida, Statistika qo‘mitasi va Energetika vazirligi taqdim qilgan ma’lumotlar o‘rtasida yana farqli ko‘rsatkichlar paydo bo‘ldi. Xususan, Statqo‘m yanvar oyida dizel ishlab chiqarish 81 ming tonnani tashkil etganini qayd etgan holda, fevral oyi uchun e’lon qilgan hisobotida bu boradagi raqamlarni tushirib qoldirdi. Qo‘mita matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, bu boradi to‘liq miqdor I chorak yanunlari bo‘yicha taqdim qilinadigan hisobotda aks etadi.
Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida 35,8 ming tonna, o‘tgan yilnin mos davriga nisbatan 1,5 karra ko‘p dizel import qilingan.
Dizel yoqilg‘isi O‘zbekiston singari qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarishga tayanadigan iqtisodiyotlar uchun o‘ziga xos «qon tomir» hisoblanadi. Shu sababli, uning qimmatlashi iqtisodiyotda zanjir reaksiyasini keltirib chiqaradi va boshqa sohalarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Iqtisodiyot
Ertaga ham dollar kursida oshish kuzatiladi
Ertaga ham dollar kursida oshish kuzatiladi
Source link
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda mol va qo‘y go‘shtini importiga subsidiya ajratiladi
Prezidentning «Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–130-son qarori bilan go‘sht mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ayrim yo‘nalishlarda respublika budjetidan vaqtinchalik subsidiyalar ajratilishi belgilandi.
Jumladan:
2026-yil 1-apreldan 2026-yil 1-avgustga qadar tadbirkorlarga mol va qo‘y go‘shtini import qilishda, ularni havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir kilogramm go‘sht uchun 0,8 AQSh dollaridan oshmagan miqdorda;
2026-yil 1-apreldan 2026-yil 31-dekabrga qadar xorijiy davlatlardan havo transporti orqali import qilingan nasldor qoramol qiymatining 10 foizi, biroq har bir bosh qoramol uchun 4 mln so‘mdan oshmagan miqdorda.
Mazkur qarorga muvofiq subsidiyalar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan moliyalashtiriladi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi?
Yoshi o‘tib borayotgan insonlarning xayolidan «Xo‘sh, davlat menga qancha pensiya to‘larkan?» degan xayol o‘tishi tabiiy. Pensiya hisob-kitobi haqida gap ketganda, ko‘pincha murakkab foizlar, turli xil atamalar va hisoblash formulalari kishini chalg‘itib qo‘yadi. Quyida yoshga doir va nogironlik pensiyalarining tayinlanish tartibi hamda mablag‘ qanday hisoblab chiqilishini murakkab qoidalarsiz, oddiy tilda hamda hayotiy misollar yordamida tushuntiramiz.
Yoshga doir pensiya qanday hisoblanadi?
Yoshga doir pensiya erkaklar 60 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda, ayollar 55 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda tayinlanadi. Shuningdek, kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lsa, bor stajga mutanosib miqdorda to‘liqsiz yoshga doir pensiya beriladi. Agar 7 yillik staj ham bo‘lmasa, fuqaroga yoshga doir nafaqa ajratiladi (erkaklarga 65 yoshda, ayollarga 60 yoshda).
O‘zbekistonda pensiya miqdori quyidagi formula asosida hisoblanadi: P = PTM+OS+PU.
Bunda PTM – pensiyaning tayanch miqdori (o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi), OS – ortiqcha ish staji uchun pensiyaning oshirilishi, PU – qo‘shimcha ustama haqlari.
Eslatma: o‘rtacha oylik ish haqini aniqlashda fuqaroning so‘nggi 10 yillik mehnat faoliyatidagi eng yaxshi ketma-ket 5 yillik ish haqi inobatga olinadi. Bunda pensiya hisoblash bazaviy miqdorining (2025 yil 1 iyuldan boshlab – 471 ming so‘m) 12 karrasidan (5 mln 652 ming so‘mdan) yuqori ish haqi inobatga olinmaydi. Avvalgi yillardagi ish haqi oyliklarning oshish koeffitsiyentini inobatga olgan holda indeksatsiyalanadi, ya’ni bugungi kundagi qiymati hisoblanadi.
Masalan, shartli Dilmurod Davlatov 32 yildan beri Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi maktabda o‘qituvchilik qiladi. U 1 may kuni pensiya yoshiga to‘ladi. O‘tgan davrdagi eng yaxshi qatorasiga 5 yillik o‘rtacha oylik ish haqi 4 mln so‘mga teng. Bu maosh maksimal chegara bo‘lgan 5 mln 652 ming so‘mdan oshmaydi, shuning uchun hisoblashda to‘liq olinadi.
Pensiyaning tayanch miqdori – 4 mln so‘mning 55 foizi = 2 mln 200 ming so‘m;
Talab qilingandan ortiqcha ish staji – 7 yil (umumiy 32 yil – talab qilingan 25 yil)ning har bir yili uchun 1 foizdan 7 foiz ish staji uchun pensiya miqdori oshiriladi: 4 mln so‘mning 7 foizi = 280 ming so‘m.
Jami pensiya miqdori: 2 mln 200 ming so‘m + 280 ming so‘m = 2 mln 480 ming so‘m.
Shartli Mavluda Aliyeva ham 35 yildan beri maktabda ishlaydi. Dars soatlari ko‘pligi va qo‘shimcha ustama pullari borligi uchun uning oyligi balandroq. Eng yuqori maoshga ishlagan ketma-ket 5 yillikdagi o‘rtacha oylik daromadi 8 mln so‘mni tashkil etadi. Ammo pensiya hisoblashda 8 mln so‘m emas, balki bazaviy maksimal miqdor – 5 mln 652 ming so‘m chegara sifatida olinadi.
Mavluda Aliyeva 20 yil emas, 35 yil ishlagan. Ya’ni unda talab qilinganidan 15 yil ortiqcha ish staji bor. Shuningdek, «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi» faxriy unvoniga ega. Bunda pensiya miqdori quyidagicha hisoblanadi:
Pensiyaning tayanch miqdori va qo‘shimcha ish staji – 5 mln 652 so‘mning 70 foizi = 3 mln 956 ming 400 so‘m;
«O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan…» faxriy unvonlari egalariga har oylik pensiya ustiga bazaviy hisoblash miqdorining 1,6 barobari miqdorida kafolatlangan ustama to‘lanadi. Ayni paytda BHM 412 000 so‘mni tashkil etadi va ustama miqdori 659 ming 200 so‘mga teng bo‘ladi.
Mavluda Aliyevaning jami pensiya miqdori: 3 mln 956,4 ming so‘m + 659,2 ming so‘m = 4 mln 615,6 ming so‘m.
Nogironlik pensiyasi qanday tayinlanadi?
Nogironlik pensiyasi qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi belgilangan shaxslarga beriladi. Bunda nogironlik belgilangan vaqtda quyidagicha ish stajiga ega bo‘lish talab etiladi:
23 yoshga qadar – 2 yil;
23 yoshdan 26 yoshga qadar – 3 yil;
26 yoshdan 31 yoshga qadar – 5 yil;
31 yoshdan 36 yoshga qadar – 7 yil;
36 yoshdan 41 yoshga qadar – 9 yil;
41 yoshdan 46 yoshga qadar – 11 yil;
46 yoshdan 51 yoshga qadar – 14 yil;
51 yoshdan 56 yoshga qadar – 17 yil;
56 yosh va undan oshganda – 20 yil.
Ish staji umuman bo‘lmasa, pensiya o‘rniga nogironlik nafaqasi tayinlanadi. Nogironlik pensiyasi ham o‘rtacha ish haqiga qarab hisoblanadi va 55 foizi miqdorida belgilanadi. Agar fuqaroning haqiqiy staji uning yoshiga doir talab qilingan minimal stajdan ko‘p bo‘lsa, oshgan yillar uchun 1 foizdan qo‘shib boriladi. Muhim qoida shuki, agar hisob-kitob natijasida chiqqan summa qonunchilikdagi eng kam chegaradan past bo‘lib qolsa, davlat minimal summani kafolatlaydi.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 1 martdan boshlab, pensiya yoshiga to‘lgan shaxslarga ularning arizasisiz, proaktiv tarzda pensiya tayinlash tizimi yo‘lga qo‘yilgandi.
Iqtisodiyot
Kuchayib borayotgan energetika inqirozi. Bu kimga qanday ta’sir qiladi?
Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashib, global iqtisodiyot va xavfsizlikka tahdidlar kuchayib boryapti. Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi energetika ta’minotida jiddiy uzilishlarga olib keldi. AQSh va Isroilning Eronga urush ochishidan oldin neftning Brent markasi barreliga o‘rtacha 72 dollar, WTI markasi esa 67 dollardan sotilgan bo‘lsa, bir necha kun ichida narxlar 100 dollarlik psixologik chegarani yorib o‘tdi.
Zaif davlatlar guruhi
Urushdan oldin Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadigan neftning taxminan 80 foizdan ko‘proq qismi Osiyo mamlakatlariga yo‘naltirilgan. Suv yo‘lining yopilishi esa bir qator mamlakatlarni strategik jihatdan juda zaif holatga keltirib qo‘ydi. Masalan, Yaponiya va Janubiy Koreya iqtisodiyoti import qilingan xomashyoni qayta ishlash va tayyor mahsulot eksporti asosiga qurilgan. Urush boshlanishiga qadar Yaponiya neftning 90 foizdan ortig‘ini, Janubiy Koreya esa 70 foizdan ortig‘ini Fors ko‘rfazidan import qilardi. Energetika narxlarining oshishi ushbu davlatlarda ishlab chiqarish tannarxining keskin oshishi va eksport raqobatbardoshligining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Hindiston ham xavf ostidagi yirik iqtisodiyotlardan biri. Rasmiy Dehli neftning taxminan 90 foizi va suyultirilgan gazning 50 foizini import qiladi. Neftning yarmi va suyultirilgan gazning katta qismi aynan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadi. Mazkur yo‘nalishning yopilishi Hindistonga suyultirilgan gaz importining 40 foizga pasayishiga va umumiy neft yetkazib berishning 15 foizga qisqarishiga sabab bo‘ldi. Mart oyi boshida AQSh hukumati Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni 30 kunga yumshatish haqida qaror qabul qilgandi. Bu esa Dehli uchun vaziyatni qisman normallashtirish imkonini berdi va fevralga nisbatan mart oyida Rossiyadan neft sotib olish 90 foizga ko‘paydi.
Xitoy dunyoning eng yirik neft importyori hisoblanadi va umumiy xaridning 50 foizdan ko‘proq qismi aynan ko‘rfaz mamlakatlaridan amalga oshiriladi. Rossiya bilan do‘stona munosabatlar Pekin uchun inqiroz sharoitida iqtisodiy buffer vazifasini bajarayotgan bo‘lsa-da, istiqbolda xomashyo uchun ko‘proq pul to‘lashga to‘g‘ri kelishi mumkin. Shu paytgacha sanksiyalar sabab Eron va Rossiya neftini Xitoy kompaniyalari chegirma narxlarda xarid qilib kelardi. Ushbu mamlakatlar xomashyosiga cheklovlarning yumshatilishi boshqa muqobil bozorlarga chiqish imkoniyatini beradi. Masalan, Sharqiy Sibir — Tinch okeani quvuri orqali Moskva nafaqat Xitoy, balki Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapur, Tayvan kabi davlatlarga ham o‘z mahsulotini qimmatroq narxda sota boshlashi mumkin. Bu esa Xitoyni neft uchun ko‘proq pul to‘lashga majbur qiladi. Shunday bo‘lsa-da, inqiroz sharoitida Rossiya bilan yaqinlik Pekinga geosiyosiy ustunlik taqdim etyapti. Yaqin Sharq va raqobatchi mamlakatlarda neft-kimyo majmualarining to‘xtab qolishi fonida Xitoy eksport kvotalarini nazorat qilib, plastmassa va o‘g‘itlar yetkazib berish zanjirlarida monopoliya o‘rnatishi va global janubdagi ta’sirini kuchaytirishi mumkin.
Filippin, Pokiston, Malayziya, Singapur, Tailand, Bangladesh kabi mamlakatlar ham Yaqin Sharqdan amalga oshiriladigan energetika resurslari importiga kuchli darajada bog‘lanib qolgan. Narxlarning keskin oshib ketgani ushbu mamlakatlardagi ishlab chiqarish zanjirlariga ham jiddiy bosim o‘tkazyapti. Masalan, Filippin energetika sektorida favqulodda holat e’lon qildi. Indoneziyada esa yoqilg‘ini tejash maqsadida juma kunlari uydan ishlash rejimi joriy qilindi. Umuman olganda, Janubi-Sharqiy Osiyoning rivojlanayotgan bozorlarida yoqilg‘i inqirozi inflatsiyani tezlashtirishi bilan birga iqtisodiy o‘sishni ham sekinlashtirishi mumkin. Ish haftasi yoki ish kuni qisqarganda, bu talabni pasaytiradi, natijada ishlab chiqarish hajmlari va iste’molchilarning xarid qobiliyati kamayadi.
Yevropada iqtisodiy turg‘unlik xavfi
Yaqin Sharqdagi urush fonida yuzaga kelgan energetika inqirozi Yevroittifoq uchun Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyingi og‘riqli xotiralarni qayta jonlantirdi. Harbiy mojaro allaqachon iste’molchilarning cho‘ntaklarida sezila boshladi. To‘g‘ri, Yevropa Yaqin Sharq xom neftiga Osiyo mamlakatlariga qaraganda kamroq qaram, biroq Fors ko‘rfazidan yevrohududga kuniga taxminan 280 ming barrel aviakerosin eksport qilinardi. Bu umumiy importning 60 foizini tashkil qiladi. Ta’minotdagi uzilishlar ortidan mart oyining oxirida aviakerosin narxi bir tonnasi uchun 1800 dollargacha qimmatlashdi. Natijada aviakompaniyalar reyslarni qisqartirib, chiptalar narxini oshira boshladi. Bu esa tashish va logistika narxlarini ko‘taryapti. Shuningdek, dizel yoqilg‘isi ta’minotida ham uzilishlar kuzatilyapti.
Gaz bilan bog‘liq vaziyat yanada dramatik tus olgan. Qatardagi infratuzilmaning vayron bo‘lishi va Ho‘rmuz bog‘ozining yopilishi sababli Yevropa bozorida narxlar mojarodan oldingi davrga nisbatan 45 foizga ko‘tarilgan. Bu esa qit’ada inflatsiya o‘sishi hamda iqtisodiyotlarning turg‘unlashuvi xavfini oshiryapti. Ayniqsa, Germaniya va Italiya kabi sanoatga tayangan davlatlar korxonalarning ommaviy yopilishi xavfi ostida qoldi.
AQSh dunyodagi eng yirik neft va gaz ishlab chiqaruvchisi bo‘lsa-da, mamlakatda benzin narxi keskin qimmatlashib ketdi. Bu jamiyatda kuchli norozilikni keltirib chiqaryapti. Tahlillarga ko‘ra, urush boshlangan 28 fevraldan beri amerikalik haydovchilar yoqilg‘i uchun qo‘shimcha 8,4 milliard dollar to‘lashga majbur bo‘lishgan va har kuni 240 million dollar yo‘qotishyapti.
Kimlar foyda ko‘ryapti?
Yaqin Sharqdagi energiya inqirozi global iqtisodiyotni tanazzulga yetaklayotgan bir paytda, sahna ortida bu vaziyatdan milliardlab dollar foyda ko‘rayotgan “g‘oliblar” ham bor. Masalan, Rossiya inqirozdan ham iqtisodiy, ham geosiyosiy jihatdan eng ko‘p yutadigan davlatlardan biri. G‘arb sanksiyalari ostida qolganiga qaramay, neft narxining 100 dollardan oshib ketishi Moskvaga o‘z xomashyosini qimmatroq pullash imkonini beradi. Bu budjet tushumlarini keskin oshirib, mamlakatning harbiy xarajatlarini qoplashga yordamlashadi.
Eron bilan urush boshlanishidan oldin Rossiya neft narxlarining pasayishi va Vashington bosimi tufayli Hindiston bilan savdosining katta qismini yo‘qotib, qiyinchiliklarga duch kelayotgandi. Eksport ham oxirgi 4 yillikdagi eng past darajaga tushib ketgandi. Urush fonida rasmiy Moskvaning kunlik qo‘shimcha daromadlari 150 mln dollargacha ko‘paygan bo‘lishi mumkin. AQSh moliya vaziri Skott Bessentning ma’lum qilishicha, qo‘shimcha maksimal daromadi 2 milliard dollargacha yetadi. Shuningdek, AQShning harbiy va moliyaviy resurslari Yaqin Sharqqa yo‘naltirilishi Ukraina frontida Kreml uchun strategik yengillik yaratadi va global kun tartibini ham o‘zgartiradi.
Garchi AQSh hukumati neft narxining oshishi va ichki inflatsiyadan jiddiy zarar ko‘rsa-da, bu Amerikaning xususiy energetika gigantlariga katta foyda olib kelyapti. Yuqorida aytib o‘tilganidek, Qo‘shma Shtatlar dunyodagi eng yirik neft qazib oluvchi hisoblanadi. Yaqin Sharqdan keladigan neft hajmi keskin kamaygach, Yevropa va Osiyo davlatlari muqobil manbalar qidirishga majbur bo‘ladi. Bu esa AQShning suyultirilgan tabiiy gazi va neftiga bo‘lgan talabni oshirib yubordi. Natijada Chevron, Exxon Mobil kabi korporatsiyalar, shuningdek, Texas va Nyu-Mexikodagi mustaqil burg‘ilash kompaniyalarining daromadlari keskin ko‘payyapti.
Iqtisodiyot
2026 yilning birinchi choragida elektr ishlab chiqarish 7 foizga oshdi
Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda jami 23 mlrd 317 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 mlrd 471 mln kVt⋅soat yoki 7 foizga ko‘p.
2026 yil yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7 foizga ko‘p bo‘ldi, deya xabar berdi Energetika vazirligi.
Husobot davrida respublikada jami 23 mlrd 317 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 mlrd 471 mln kVt⋅soatga yuqori ko‘rsatkich.
Ushbu davrda iste’molchilariga 20 mlrd 163 mln kVt⋅soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Ushbu ko‘rsatkich 2025 yilning shu davridagiga nisbatan 262 mln kVt⋅soatga yoki 1 foizga ko‘p.
«Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha vazirlik shtabi tuzilib, tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi», deyiladi Energetika vazirligi xabarida.
-
Turk dunyosi4 days agoKanada Turkiyaga 11 ta artefaktni ikki davlat oʻrtasidagi birinchi repatriatsiyada qaytardi – Geijutsu Shimbun
-
Dunyodan5 days agoTasiyevning ukasi Qirg‘izistonda korrupsiyada ayblanib hibsga olingan
-
Iqtisodiyot4 days ago
Eron urushi o‘ttizga yaqin davlat valyutasi qadrini tushirib yubordi
-
Jamiyat5 days agoShota Rustaveli ko‘chasida avtobus piyodani urib yubordi
-
Dunyodan5 days agoNASAning Oyga boradigan kosmik kemasidagi hojatxona buzildi
-
Iqtisodiyot4 days agoXitoy so‘nggi 20 yilda eng ko‘p qayerga sarmoya kiritdi?
-
Dunyodan2 days ago
AQSh Eron urushida kamida 7 samolyotini yo’qotdi
-
Turk dunyosi5 days agoTurkiya Ukraina xavfsizlik boʻyicha Istanbul dengiz qoʻmondonligi missiyasini tuzdi
