Iqtisodiyot

Birjadagi oxirgi 2 savdo sessiyasida dizel narxi 17,5 foizga qimmatlashdi

Published

on


Oxirgi kunlarda birjada dizel bahosi tonnasiga 2 mln 411 ming so‘mga yoki 17,5 foizga qimmatlab, 16 mln 179 mln so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 24 foizga yuqori narx. Import hajmi ham mart oyida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga oshgan. 

Oxirgi kunlardagi birjada dizel narxi keskin qimmatlashdi. Xususan, 3 aprel kuni o‘tgan savdo sessiyasida yonilg‘ining tonnasi birdaniga 2 mln 89,1 ming so‘mga yoki 15,2 foizga qimmatlab, 15 mln 857,1 ming so‘mga yetdi. 6 aprel kungi savdolarda ham dizel narxi yana 2 foizga oshib, 16 mln 179,4 mln so‘mgacha ko‘tarildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 24 foizga yuqori narx.

Ishlab chiqarish va import

Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistondagi neftni qayta ishlash zavodlari va Uzbekistan GTL’da jami 249 ming tonna dizel yonilg‘isi ishlab chiqarilgan. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 87,8 ming tonnaga yoki 54,5 foizga ko‘p.

Oylar kesimida ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:


yanvar — 78,3 ming tonna;
fevral — 57,4 ming tonna;
mart — 113,3 ming tonna.

O‘z navbatida, Statistika qo‘mitasi va Energetika vazirligi taqdim qilgan ma’lumotlar o‘rtasida yana farqli ko‘rsatkichlar paydo bo‘ldi. Xususan, Statqo‘m yanvar oyida dizel ishlab chiqarish 81 ming tonnani tashkil etganini qayd etgan holda, fevral oyi uchun e’lon qilgan hisobotida bu boradagi raqamlarni tushirib qoldirdi. Qo‘mita matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, bu boradi to‘liq miqdor I chorak yanunlari bo‘yicha taqdim qilinadigan hisobotda aks etadi.

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida 35,8 ming tonna, o‘tgan yilnin mos davriga nisbatan 1,5 karra ko‘p dizel import qilingan.

Dizel yoqilg‘isi O‘zbekiston singari qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarishga tayanadigan iqtisodiyotlar uchun o‘ziga xos «qon tomir» hisoblanadi. Shu sababli, uning qimmatlashi iqtisodiyotda zanjir reaksiyasini keltirib chiqaradi va boshqa sohalarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version