Iqtisodiyot

Barcha toifadagi tadbirkorlarga mehmonxona qurish uchun kreditlar ajratiladi

Published

on


«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yildan quyidagilarni nazarda tutuvchi Turizmni rivojlantirish dasturi joriy etiladi, jumladan:


2026–2028-yillarda tijorat banklari tomonidan barcha toifadagi tadbirkorlarga mehmonxona qurish uchun 7 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda kreditlar ajratiladi:
viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari, turizmga ixtisoslashgan tuman (shahar)larda qurilayotgan mehmonxonalar uchun — 30 mlrd so‘mgacha;
boshqa hududlarda — 10 mlrd so‘mgacha;
har yili sayyohlarning eng ko‘p e’tiborini qozongan va nufuzli xalqaro platformalarda ijobiy e’tirof etilgan joylashtirish vositalarini aniqlash va taqdirlash bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 1 mln AQSh dollariga teng tanlov o‘tkazish.

2026-yildan davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish muddati 3 yildan 5 yilgacha oshiriladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version