Iqtisodiyot

Aralash mato va gazlama 2028-yil 1-yanvargacha bojxona bojidan ozod etiladi

Published

on


Prezident yig‘ilishda ishlab chiqarish va eksportni oshirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi.

Mamlakatda ip-kalava va matoning narxi asosiy raqobatchilardan o‘rtacha 10-15 foiz yuqoriligiga e’tibor qaratildi. Sababi – ishlab chiqarayotgan mahsulotimiz tarkibida paxta 90 foiz bo‘lsa, qolganlarda 30-40 foizi poliester, viskoza, spandeks kabi arzon sintetik matodan iborat.

Dunyoda sun’iy tola va aralash matoga talab yildan-yilga oshib bormoqda. Mamlakatda yiliga 100 ming tonna aralash ip, mato va gazlama import bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan 2028-yil 1-yanvargacha aralash mato va gazlama bojxona bojidan ozod etiladi.

Mutasaddilarga yil yakunigacha kamida 100 ming tonnalik aralash gazlama ishlab chiqarish loyihalarini boshlash topshirildi.

Shuningdek, bir nechta bo‘yoq korxonalari birlashib, suv tozalash inshootini qurmoqchi bo‘lsa, xarajatlarining bir qismi Savdoni rivojlantirish kompaniyasidan qoplab beriladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version