Iqtisodiyot
AQSh kompaniyasi O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasini rivojlantiradi
Jefferies kompaniyasi O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasining IPO’sini muvaffaqiyatli amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Nyu-York shahridagi ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jefferies kompaniyasi rahbari Brayan Fridman bilan uchrashdi.
Jefferies AQShning yetakchi mustaqil investitsiya kompaniyalaridan biri hisoblanib, uning aktivlari qariyb 65 milliard dollarni tashkil etadi.
Mazkur kompaniya O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasini rivojlantirish va uning aktivlarini IPO orqali realizatsiya qilish uchun strategik investorlarni jalb etishda ishtirok etadi.