Iqtisodiyot
Andijonda IIB xodimini o‘ldirgan shaxs qidirilyapti
Joriy yilning 1-iyul kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani «Yuksalish» mahallasidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan oilaviy mojaroda profilaktika inspektori pichoqlandi.
Gap shundaki, oilaviy janjal haqida 102 qisqa raqamiga kelib tushgan xabar asosida mazkur manzilga hudud profilaktika inspektori katta leytenant A.Abduvaliyev hamda mahalla raisi A.Mamataliyev yetib borishgan.
Aniqlanishicha, 65 yoshli fuqaro Xolbozorov Yunusali Tumarovich mast holda o‘z oila a’zolariga xo‘jalik pichog‘i bilan tahdid solayotgan bo‘lgan. Hujumchini zararsizlantirish jarayonida Yu.Xolbozorov qo‘lidagi pichoq bilan katta leytenant A.Abduvaliyevning ko‘krak qismiga zarba berib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Olgan jarohati natijasida ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan A.Abduvaliyev shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.
Holat yuzasidan JKning 97-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda gumondor Yu.Xolbozorov voqea joyidan yashiringan, uni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.
IIV ushbu shaxs haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan zudlik bilan yaqin oradagi ichki ishlar organlariga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilishlarini so‘ramoqda.
Iqtisodiyot
2026 yilda dunyodagi 50 ta eng yirik iqtisodiyot
Jahon iqtisodiyoti tuzilishi asosan bir nechta davlatlar tomonidan shakllantiriladi. Infografikada 2026 yil uchun prognoz qilingan yalpi ichki mahsulot (YaIM) ko‘rsatkichlari asosida dunyodagi 50 ta eng yirik iqtisodiyot taqdim etilgan.
Prognozlarga ko‘ra, 2026 yilda jahon iqtisodiyoti hajmi 123,6 trillion dollarga yetadi. Eng yirik iqtisodiyot sifatida AQSh saqlanib qoladi — uning YaIM 31,8 trillion dollardan ortiq bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, birinchi beshlikka Xitoy, Germaniya, Hindiston va Yaponiya kiradi. Prognozga ko‘ra, ushbu beshta mamlakat jahon YaIMning 55 foizini tashkil qiladi.
Rossiya reytingda 9-o‘rinni egallab, uning YaIM taxminan 2,5 trillion dollar bo‘lishi kutilmoqda. Birinchi o‘nlikka shuningdek Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Kanada ham kirgan.
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) — bu muayyan davrda mamlakat hududida ishlab chiqarilgan barcha yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy bozor qiymati hisoblanadi. U davlat iqtisodiyoti hajmini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Iqtisodiyot
27-martdan dollar qanchaga yetishi aniq bo‘ldi
Markaziy bank 2026-yil 27-martdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 8,26 so‘mga oshib, 12 179,87 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 37,92 so‘mga tushdi va 14 079,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 265,00 so‘m (-41,31).
Rossiya rubli 148,52 so‘m etib belgilandi (-1,28).
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda bir oyda 376,8 mlrd so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarildi
2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 376,8 mlrd so‘mlik asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 10,5 foizga oshgan. Jumladan, yanvar oyida hududlarda ishlab chiqarish hajmi quyidagicha bo‘lgan:
Toshkent shahri — 265,6 mlrd so‘m;
Namangan viloyati — 34,2 mlrd so‘m;
Sirdaryo viloyati — 28,4 mlrd so‘m;
Samarqand viloyati — 19,3 mlrd so‘m;
Toshkent viloyati — 15,8 mlrd so‘m;
Surxondaryo viloyati — 5,2 mlrd so‘m;
Andijon viloyati — 4,3 mlrd so‘m;
Buxoro viloyati — 1,2 mlrd so‘m;
Farg‘ona viloyati — 1,1 mlrd so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 0,9 mlrd so‘m;
Xorazm viloyati — 0,8 mlrd so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 0,1 mlrd so‘m.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq farmatsevtika vositalarini ishlab chiqarishni boshlagan tadbirkorlarga qator imtiyozlar berilishi haqida xabar bergandik.
Iqtisodiyot
Ta’limda sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari qariyb 8 mingga yetdi
2026-yil 1-fevral holatida O‘zbekistonda ta’lim sohasida 7 975 ta tadbirkorlik sub’yekti faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025 yilning shu davriga nisbatan 2 mingtaga yoki 35,3 foizga oshgan. Yillar kesimida ko‘rsatkichlar quyidagicha bo‘lgan:
2022 yil – 6 130 ta;
2023 yil – 7 295 ta;
2024 yil – 6 504 ta;
2025 yil – 5 965 ta;
2026 yil – 7 975 ta.
Bundan tashqari, 2026-yil yanvarda ta’lim xizmatlari hajmi qariyb 3,3 trln so‘mni tashkil etib, 2025-yilga nisbatan 22,8 foizga o‘sdi.
Ma’lumot o‘rnida, 2026-yil 1-mart holatiga O‘zbekistonda jami 419 mingta tijorat tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda.
Iqtisodiyot
Tramp jamoasi neft narxi 200 dollarga chiqishiga tayyorlanmoqda
Amerikalik rasmiylar AQSh barcha kutilmagan ssenariylarga, jumladan, Yaqin Sharqdagi mojaro uzoq cho‘zilishiga tayyor bo‘lishiga ishonch hosil qilmoqchi.
Donald Tramp ma’muriyati rasmiylari neft narxi bir barrel uchun 200 dollargacha chiqadigan bo‘lsa, iqtisodiyot qay ahvolga tushishini o‘rganmoqda, deb xabar berdi Bloomberg vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbalariga tayanib.
Nashr suhbatdoshlari keskinlik davrida neft narxi keskin ko‘tarilishi sharoitidagi iqtisodiyotni modellashtirish muntazam ravishda o‘tkazilishi va bu prognoz hisoblanmasligini qayd etishgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu orqali ma’muriyat mamlakat barcha ehtimoliy ssenariylarga tayyor turishiga ishonch hosil qilmoqchi.
Yaqin Sharqdagi urush boshlanishidan oldin ham moliya vaziri Skott Bessent ehtimoliy mojaro neft narxi oshishiga olib kelishi borasida xavotir bildirgandi, deyishmoqda manbalar. Ular vazirlik xodimlari bir necha hafta mobaynida o‘z xavotirlarini Oq uyga bildirib kelishganini qo‘shimcha qilishgan.
Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Kush Desai esa ma’muriyat har doim turli ssenariylar va iqtisodiy oqibatlarni baholasa-da, neft narxi bir barrel uchun 200 dollargacha ko‘tarilishi ehtimolini ko‘rib chiqmasligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bessent «Epik g‘azab» amaliyotini o‘tkazish natijasida yuzaga kelgan qisqa muddatli tebranishlardan «tashvishga tushmagan».
Bloomberg agentligi qayd etishicha, bir necha oy ichida neft narxi bir barrel uchun 170 dollarga ko‘tarilishi ham AQSh va Yevropada inflatsiyani tezlashtiradi va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini pasaytiradi, bir barrel uchun 200 dollarlik narx esa «jahon iqtisodiyoti uchun og‘ir zarba»ga aylanadi. AQShda allaqachon benzin uchun narxlar 30 foizga oshgani sezilarli ta’sirga aylandi.
-
Siyosat4 days agoIslom bank ishi anʼanaviy foizlarga asoslangan modellardan nimasi bilan farq qiladi?
-
Jamiyat3 days agoO‘zbekistonda taksichilarni aldashning yangi firibgarlik usuli fosh etildi
-
Dunyodan2 days ago
Prezident Tramp Eronga Hormuz boʻgʻozini ochish uchun 48 soat vaqt berdi
-
Turk dunyosi3 days agoBuyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Gretsiya, Turkiya, Kipr va Dubayga sayohatlar haqidagi soʻnggi maʼlumotlarni eʼlon qildi
-
Dunyodan2 days ago
Eron tarixidagi eng katta banknotalar muomalaga chiqariladi
-
Jamiyat1 day ago
O‘zbekistonliklar qaysi mamlakatlarga eng ko‘p safar qilmoqda (top-10)
-
Jamiyat3 days ago
Namanganda yirik turistik majmua qurilishi boshlandi
-
Siyosat4 days agoO‘zbekiston va AQSh mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi kelishuvga erishdi
