Iqtisodiyot

Amerika banki O‘zbekiston bank-moliya sektorini rivojlantirmoqchi 

Published

on


O‘zbekiston prezidenti BNY bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida BNY kompaniyasi bosh tijorat direktori Katinka Valstrom bilan uchrashuv o‘tkazdi.

BNY – aktivlarni boshqarish, qimmatli qog‘ozlarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish, davlat va xususiy moliyalashtirish kabi keng turdagi moliyaviy xizmatlarni taqdim etuvchi Amerikaning yetakchi bank-investitsiya guruhidir.

Bankning O‘zbekiston yirik korxonalarining yevroobligatsiyalarini chiqarish va joylashtirishga ko‘maklashish, shuningdek, O‘zbekiston bank-moliya sektorini rivojlantirish borasidagi rejalari qo‘llab-quvvatlandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version