Jamiyat
Aksilkorrupsiya agentligi: Samarqandda qator mansabdorlariga ish ochildi
Aksilkorrupsiya agentligi: Samarqandda qator mansabdorlariga ish ochildi
Source link
Jamiyat
Ayrim ko‘chalarda avtoulovlar harakatiga vaqtincha o‘zgarish kiritiladi
Elektr ta’minotini yaxshilash hamda iste’molchilarga sifatli elektr xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida 2026 yil 24 martdan 31 martga qadar Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mingbuloq va Shukur Burhonov ko‘chalarida yerosti kabel tarmoqlarini tortish ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan mazkur hududda avtoulovlar harakatiga vaqtincha o‘zgarishlar kiritiladi. Xususan, Mingbuloq ko‘chasining Hamroyeva ko‘chasidan kirish qismida harakat vaqtincha cheklanadi. Avtoulovlar yo‘lning ikkinchi bo‘lagidan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi. Shuningdek, Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Mingbuloq ko‘chasiga harakatlanish imkoniyati saqlab qolinadi.
Bundan tashqari, Mingbuloq ko‘chasidan Shukur Burhonov ko‘chasiga harakatlanish ham vaqtincha cheklanadi.
Mas’ullar haydovchilardan belgilangan tartib va tezlik me’yorlariga qat’iy amal qilgan holda harakatlanishni so‘ramoqda. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raldi.
Jamiyat
Shahrisabz tumanida qor ko‘chkisi kuzatildi
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani hududida joylashgan Hisor tog‘ tizmasida yirik qor ko‘chkisi qayd etildi. Hodisa 2026 yil 23 mart kuni taxminan soat 16:25 larda sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, qor ko‘chkisi dengiz sathidan 3000 metr balandlikda boshlanib, umumiy hajmi taxminan 700 ming kub metrni tashkil etgan. Ko‘chki aholi yashash hududidan taxminan 5 kilometr uzoqlikda yuz bergan.
Hodisa oqibatida hech qanday qurbonlar yoki jarohatlanganlar qayd etilmagan. Shuningdek, infratuzilma va aholi turar joylariga zarar yetmagan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, bahor mavsumida tog‘li hududlarda qor ko‘chkilari xavfi saqlanib qoladi. Shu munosabat bilan fuqarolarga ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish tavsiya etilmoqda.
Jamiyat
Qamchiqda ikki kun ichida ikkita yo‘l hodisasi kuzatildi
Kuni kecha Qamchiq dovonida yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oradan bir kun o‘tib esa shu hududda «Spark» rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib ketdi. Har ikki holatda ham qutqaruvchilar haydovchilarga tezkor yordam ko‘rsatdi.
Ma’lum qilinishicha, kuni kecha taxminan soat 11:30 lar atrofida yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida transport vositasi yon tomonga ag‘darilib ketgan. Hodisa natijasida qurbonlar va jarohatlanganlar qayd etilmagan. Biroq avtomashinaga ortilgan yuklar yo‘lning qatnov qismiga sochilib ketgan.
Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Qamchiq» maxsus qidiruv boshqarmasi qutqaruvchilari yetib kelib, haydovchiga yordam ko‘rsatgan va yo‘l-transport hodisasi oqibatlarini bartaraf etgan.
Bundan bir kun avval esa taxminan shu hududning o‘zida «Spark» rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib, xandaqqa tushib ketgan. Ushbu holatda ham qutqaruv bo‘linmalari xodimlari tomonidan haydovchiga amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Jamiyat
Otabek Umarov nomidan tarqalayotgan videolarga izoh berildi
Otabek Umarov nomidan tarqalayotgan videolarga izoh berildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov nomidan onlayn kazinolarni targ‘ib qiluvchi video tarqalmoqda.
«Shuni ma’lum qilamizki, ushbu material mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Mazkur video sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida soxtalashtirilgan bo‘lib, undagi tasvir va ovoz real voqelikka mos emas hamda jamoatchilikni chalg‘itishga qaratilgan.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamyurtlarimizdan bunday asossiz va soxta axborotlarga ishonmaslikni so‘raydi» deyiladi qo‘mita xabarida.
Jamiyat
Amir Temur xiyoboni hududi vaqtincha yopiladi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida obodonlashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2026 yil 23 martdan 7 aprel kuniga qadar (shu kuni ham) Amir Temur xiyoboni hududi butun perimetri bo‘ylab vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Cheklovlar faqat Maxtumquli, Istiqbol, Sayilgoh ko‘chalari hamda Amir Temur va Mustaqillik shohko‘chalari chegaralarida joylashgan xiyobon maydonining o‘ziga taalluqlidir.
Ishlar davomida piyodalar yo‘laklari qoplamasini ta’mirlash va qisman yangilash, muhandislik kommunikatsiyalari va sug‘orish tizimini modernizatsiya qilish, shuningdek, hududni ko‘kalamzorlashtirish rejalashtirilgan. Yangilanayotgan sug‘orish tizimi suvdan yanada oqilona foydalanishni hamda mavjud yashil maydonlarni yanada samaraliroq sug‘orishni ta’minlaydi, deyiladi xabarda.
Olib borilayotgan ishlar doirasida mavjud bo‘lgan birorta ham daraxtga ziyon yetkazilmaydi. Aksincha, qo‘shimcha ko‘chatlar ekish va hududni ko‘kalamzorlashtirishni kuchaytirish ishlari ko‘zda tutilgan.
Bunda tutash ko‘chalarda avtotransport harakati va yo‘l bo‘yida to‘xtab turish imkoniyati odatdagi tartibda saqlanib qoladi. Belgilangan muddatda xiyobon hududiga olib chiquvchi metro bekatlarining chiqish yo‘llari ham vaqtincha yopiladi.
-
Siyosat5 days agoSoʻnggi savdo maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston temir yoʻllari importi eksportdan 2,5 barobar koʻp
-
Dunyodan4 days ago
Isroil Livan janubida quruqlikdan operatsiya boshladi
-
Jamiyat4 days agoCoca-Cola O‘zbekistonda Ramazon oyida bir qator xayriya tashabbuslarini amalga oshirdi
-
Jamiyat4 days agoToshkentda bayram kunlari jamoat transporti uchun maxsus jadval joriy etildi
-
Mahalliy4 days agoRo‘zadan keyin 90 foiz odamlar yo‘l qo‘yadigan xato
-
Jamiyat4 days agoChilonzorda Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi yopiladi
-
Dunyodan5 days ago
Eron Hindistondan qo’lga olingan tankerni ozod qilishni talab qildi
-
Jamiyat5 days ago23 martdan Toshkent – Chorvoq avtobus qatnovi qayta tiklanadi
