Jamiyat
Aholini ro‘yxatga olish qanday amalga oshiriladi?
2026 yilning 15 yanvar – 28 fevral kunlari O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.
Ro‘yxatga olish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1) 15–31 yanvar — onlayn ro‘yxatga olish.
census.stat.uz saytiga kirib, OneID orqali uydan chiqmagan holda qatnashish mumkin. Bu qulay, tez va zamonaviy usul!
2) 4–28 fevral — uyma-uy ro‘yxatga olish.
“Mahalla yettiligi” a’zolari planshetlar bilan xonadonlarga borib, ma’lumotlarni aniqlaydilar.
71 ta savol orqali jamiyatning haqiqiy portreti yaratiladi:
— 54 ta savol aholi haqida (yosh, ta’lim, ish, yashash sharoiti va h.k.)
— 17 ta savol qishloq xo‘jaligi haqida (yer maydoni, chorva, ekin turlari va h.k.)
Ma’lumotlar maxfiy!
Shaxsiy ma’lumotlar faqatgina statistik tahlil uchungina ishlatiladi.
Natijada davlatimiz:
mamlakatda qancha odam yashaydi va qayerda yashaydi — bilib oladi;
qayerda maktab, shifoxona yoki ish joyi yetishmaydi — aniqlaydi;
qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda to‘g‘ri yo‘nalishni belgilaydi.
Shuning uchun har bir fuqaroning ishtiroki zarur. Bu ayniqsa, yoshlarimizning kelajagi uchun muhim/
Jamiyat
Qoraqalpog‘istonda ta’lim bo‘yicha muhim tayinlovlar amalga oshirildi
Qoraqalpog‘istonda ta’lim sohasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.
Ayapov Amanjol Tlepovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi.
Amanjol Ayapov tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Kasbiy ta’lim agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan.
Ayimbetov Bayrambay Sharapatdinovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Bayrambay Ayimbetov tayinlovga qadar O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida mas’ul lavozimda ishlab kelgan.
Jamiyat
PPX xodimi voyaga yetmagan qizlarga shilqimlik qilgani aytildi: IIV bayonot bilan chiqdi
Tarmoqda PPX xodimi 14 yoshli qizni dugonasi bilan birga tog‘li hududga olib borib, ularga shilqimlik qilgani bo‘yicha xabar tarqaldi. IIV Jamoat xavfsizligi departamenti esa mazkur holat yuzasidan tekshiruv boshlanganini bildirdi.
Hodisa Ohangaron shahrida sodir bo‘lgan. Qizning aytishicha, Spark mashinasi ko‘chada to‘xtab, uning egasi qizlarni mashinga o‘tirishga majburlagan. So‘ngra jabrlanuvchining akasi geolokatsiya orqali borib vaziyatga aralashgan.
Ichki ishlar vazirligining Ichki xavfsizlik bo‘limi prokuratura bilan hamkorlikda ushbu hodisa bo‘yicha darhol tergov boshladi. Hodisaning barcha ishtirokchilari va holatlari aniqlandi.
Nashrlarda tilga olingan xodim lavozimidan chetlashtirildi. Agar da’vo qilingan harakatlar tasdiqlansa, ularning harakatlari qat’iy qonuniy choralar, jumladan, jinoiy javobgarlikka tortiladi.
«Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining, ayniqsa voyaga yetmaganlarga nisbatan har qanday noqonuniy xatti-harakatlari qabul qilinishi mumkin emasligini va qattiq jazolarga olib kelishini ta’kidlaymiz», deyiladi IIV xabarida.
Tergov natijalari keyinroq e’lon qilinadi.
Jamiyat
Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
Tagida patrul xizmat mashinasi, egnida forma va cho‘ntakda “ichki ishlar xodimi” degan guvohnoma. Bular odatda qonun himoyachisining atributlari. Ammo Samarqandda bu vositalar millionlab dollarlik firibgarlik quroliga aylandi.
Toyloq tumanida o‘nlab, balki yuzga yaqin inson bir odamga ishonib aldanib qolgan – u ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi xodimi, leytenant Bunyod Yazdonov. Xodim Buxoroda qurilish loyihasi borligini aytib, odamlardan pul olgan.
Va’da oddiy bo‘lgan: pulingiz yoki mulkingizni berasiz, foydasi bilan qaytarib olasiz. Ammo voqealar rivoji butunlay jiddiylashib ketdi, leytenant to‘xtashni unutib qo‘ydi.
Kun.uz holat bo‘yicha surishtiruv olib bordi.
Leytenant Bunyod Yazdonovdan eng ko‘p jabrlanganlardan biri – mashina savdosi bilan shug‘ullanuvchi Shahriyor Obloqulov. Uning aytishicha, Yazdonovga avvalo qishloqdoshi ekani va ichki ishlar tizimida ishlashi sababli ishongan.
Dastlab inspektor olgan qarzlarini o‘z vaqtida qaytarib kelgan. Bu esa ishonchni yanada mustahkamlagan. Obloqulov avval o‘zining bir nechta avtomobillarini, keyin esa tanishlaridan ham pul va mashinalar olib, Yazdonovga bergan.
Biroq 2025 yil kuziga kelib vaziyat o‘zgargan, qarzlarni qaytarish muddati cho‘zila boshlagan. Shu orada Yazdonov boshqa ko‘plab odamlardan ham xuddi shu tarzda qarz olgani ma’lum bo‘lgan.
“Yazdonov va uning “opaxoni” Shahnoza Xushmurodova menga garov sifatida uy va do‘kon hujjatlarini bergandi. Keyin ularning barchasi soxta ekani aniqlandi. Oldi-berdilarimizni Bunyodning o‘zi tasvirga olib bergan, gaplarimga asosim bor. Hozir mendan Bunyodning 258 ming, Shahnoza Xushmurodovaning esa 35 ming AQSh dollari qarzi bor”, – deydi Obloqulov.
Jabrlanuvchilarning aytishicha, ishonch aynan uning formasi va lavozimi orqali paydo bo‘lgan. Odamlar uni oddiy odam emas, davlat tizimi vakili sifatida qabul qilgan.
Jabrlanuvchilardan biri Afzal G‘aniyevning aytishicha, Yazdonov qarz oldi-berdilarida hatto o‘z xizmat guvohnomasini ham ishlatib, undan garov sifatida foydalangan.
“Yaqingacha Bunyodning xizmat guvohnomasi qo‘limda edi – qarzini bermagani uchun hujjatni olgandim. Keyin yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan qo‘ng‘iroq qilib, guvohnomani topshirishimni, aks holda javobgarlikka tortilishim mumkinligini aytishdi. Shundan so‘ng hujjatni qaytardim.
Hozir Bunyodning mendan qarzi 70 ming AQSh dollarini tashkil qiladi”, – deydi G‘aniyev.
Tilga olingan raqamlar bu ishning haqiqiy ko‘lamini ko‘rsatadi. 120 ming dollar… 70 ming dollar… Va yana o‘nlab shunday holatlar. Shu kabi qarzlar yig‘ilib, umumiy summa dollarda millionlarga yetgani aytilmoqda. Aniq raqamlar hozircha ma’lum emas.
Bunyod 2025 yilning sentabr oylarida ham pul yig‘ishda davom etgan. Ammo aynan shu paytdan boshlab vaziyat o‘zgargan. Pullar qaytarilmagan, natijada haqdorlarda savollar ko‘payib borgan. Qarz berganlar shubhalana boshlaydi va vaziyat oydinlashadi: ular katta ehtimol bilan pullarini qaytarib ololmasligini anglab yetishadi. Bu vaqtga kelib Bunyodning “piramidasi”ga allaqachon o‘nlab odamlar ilinib bo‘lgandi.
Ushbu voqeada yana bir qahramon bor. Jabrlanuvchilar uni Bunyodning “opaxoni” deb ataydi. Jabrlanuvchilar bilan bo‘lgan muloqotlardan anglashilishicha, ayrimlar uni bu ishda asosiy odam deb hisoblaydi.
Taqdim etilgan audiolarda “opaxon” qarzlar bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishini aytgan: “Men sizga pul beraman… Bunyod qochib ketsa, qarzini men to‘layman”.
Biroq keyingi suhbatlarda u yana mablag‘ izlash va “riskli” kelishuvlarga kirishganini ham tan oladi: “Hozir bitta riskovanniy ish qilyapman… 100 ming usti bor deyapti…”
Yana bir o‘rinda ayol: “Agar Bunyod kirsa, men birovga bir tiyin bermayman”, deganini eshitish mumkin.
Jabrlanuvchilarning aytishicha, o‘sha ayol leytenantning tergov ishini Toshkentga ko‘chirishi, uning ustidan ariza qilingani uchun pul bermasligini bildirgan. “Opaxon” ochiqda va u tergovga qay darajada jalb etilgani hozircha bizga noma’lum.
Voqea Samarqandda sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, ish Toshkent viloyatida ko‘rilmoqda. Rasmiylar bu harakat xolislikni ta’minlash uchun qilinganini aytmoqda. Ammo jabrlanuvchilar uchun bu qaror qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, 2025 yil 12 noyabr kuni Bunyod Yazdonov xizmatdan bo‘shatilgan. 2026 yil yanvar oyida esa unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov boshlanganiga 3 oydan oshib ketganiga qaramay, jabrlanuvchilarga haligacha aniq gap aytilmayapti. Qarz berganlar daromadidan ayrilgan, sog‘lig‘ini yo‘qotgan, oilasida notinchlik yuzaga kelmoqda.
Kun.uz voqealar rivojini kuzatishda davom etadi va mavzuga yana qaytadi.
Jamiyat
Samarqandda leytenant va “opaxon” million dollarlik ishda gumonlanmoqda

Tergov tafsilotlari haqida ma’lumot olishga ko‘p urindik. Afsuski, Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosovdan bu haqida izoh olib bo‘lmadi.
Bu holat birinchisi emas. Kun.uz kuni kecha Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi xodimi, inspektor Bekzod G‘oyibnazarov bilan bog‘liq holat bo‘yicha surishtiruv e’lon qilgandi. Unda xodim bir necha shaxslarni avtomobil sotuvi bahonasida aldagani, xizmat mavqeyidan foydalanib ishonch qozongani hamda o‘z nomiga o‘tmagan mashinalarni sotib yuborib, mablag‘larni onlayn qimorga tikib yuborgani haqida so‘z boradi.
Kun.uz voqealar rivojini kuzatishda davom etadi va mavzuga yana qaytadi.
Jamiyat
Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi uchta teatrni ko‘zdan kechirdi
“Poytaxtdagi aksariyat teatrlarning moddiy-texnik bazasi davlat ko‘magiga o‘ta muhtoj. Vaziyatni shaxsan o‘zim nazoratga oldim”, dedi Prezident administratsiyasi rahbari. Uning qo‘shimcha qilishicha, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga ham alohida e’tibor qaratiladi.
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi teatrlar faoliyati bilan tanishdi.
“Toshkent teatrlarida hayot har doim qizg‘in qaynagan. Ammo, shu bilan birga, aksariyat poytaxt teatrlarining moddiy-texnik bazasi davlat ko‘magiga o‘ta muhtoj.
Poytaxtdagi uchta teatrni ko‘zdan kechirdik. Muqimiy nomidagi akademik teatr, Yoshlar teatri hamda “Arena” yotoqxonasi binolari anchadan buyon jiddiy ta’mirtalab holatda.
Biz hamma sharoitni yaratsakkina, repertuarlar yangilanib turadi, tomoshabin ko‘nglidan joy oladigan, dolzarb mavzulardagi spektakllar sahnalashtiriladi”, – deya yozdi Mirziyoyeva Telegram-kanalida.
Uning qayd etishicha, nodir qo‘lyozmalarni raqamlashtirib, kitobxonlarga taqdim etayotgan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Moliyalashtirish masalalarini hal qilish uchun mas’ul shaxslar tayinlangan. Vaziyatni shaxsan o‘zim nazoratga oldim”, – dedi Administratsiya rahbari.
-
Siyosat3 days agoToshkentda yirik hududlarda issiq suv taʼminoti 5 kunga toʻxtatilganini maʼlum qildi
-
Jamiyat4 days agoJomboyda mast haydovchi YTH sodir etdi
-
Dunyodan5 days ago
AQSh Eronga qarshi urush uchun har soniyada 11,5 ming dollar sarflamoqda
-
Dunyodan4 days agoPrezident Tramp delegatsiya parvozini bekor qildi
-
Mahalliy2 days ago
Gulga shaydo onaxon, kitob “ovchisi” va chemodansiz sayyoh…
-
Siyosat3 days agoFransiya va Oʻzbekiston taʼlim va madaniyat yoʻli bilan aloqalarni chuqurlashtirmoqda – Elchi Valid Xouk
-
Dunyodan5 days ago
Prezident Putinning reytingi nega bunchalik pasayib ketdi?
-
Dunyodan4 days ago
Ruminiyalik erkak ayolni o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi