Iqtisodiyot

Agrar sektorni subsidiyalashtirish jarayoni raqamlashtiriladi

Published

on


Vazirlar Mahkamasining “Agrar sohani mexanizatsiyalashni davlat tomonidan rag‘batlantirishni raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat qishloq xo‘jaligi texnikalari va yerlarni tekislash uchun avtomatlashtirilgan agregatlarni xarid qilishda davlat subsidiyalarini taqdim etish jarayonini raqamlashtirish, shu orqali budjet mablag‘laridan samarali va oshkora foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.

Davlat subsidiyalarini olish jarayonining barcha bosqichlari – ariza topshirishdan to tasdiqlanishigacha – raqamli muhitga o‘tkaziladi. Arizalar faqat Subsidiya.mf.uz maxsus axborot portali orqali qabul qilinadi. Bu esa jarayonni ochiq, shaffof va foydalanuvchi uchun qulay qiladi, shuningdek, ma’muriy yuklamalarni kamaytiradi.

Subsidiya olish tartibi to‘liq bepul. Har bir ariza beruvchiga bitta texnika birligini xarid qilish uchun bir marta subsidiya beriladi.

Subsidiyalar quyidagi xarajatlarni qisman qoplaydi: 


lazer uskunalari bilan jihozlangan qishloq xo‘jaligi texnikalari va avtomatlashtirilgan agregatlar qiymatining bir qismi; 
yuqorida ko‘rsatilgan uskunalarni xarid qilish bilan bog‘liq kredit va lizing shartnomalari bo‘yicha foiz to‘lovlari.

Subsidiyalarni boshqarish jarayonida samaradorlik va oshkoralikni ta’minlash maqsadida Subsidiya.mf.uz portali quyidagi asosiy davlat va sohaviy axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi: 


Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz);
“Elektron hukumat” tizimi;
soliq, bojxona va sertifikatlashtirish organlarining axborot tizimlari;
banklar va lizing tashkilotlarining dasturiy ta’minoti.

Jarayonda ishtirok etayotgan har bir vazirlik va idora integratsiya qilingan tizimlar orqali uzatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version