Connect with us

Iqtisodiyot

Biznes uchun yagona QR-kod ishga tushadi. Majburiy komissiya

Published

on


1 iyuldan boshlab biznesning yagona UzQR tizimidan foydalanishi majburiy bo‘ladi. Bunda sotuvchidan undiriladigan komissiya 0,65 foiz etib belgilandi. Ayrim hollarda xaridordan ham tranzaksiya summasining 1 foizigacha pul ushlab qolinyapti. Markaziy bankka ko‘ra, iste’molchilardan undirilayotgan yig‘im tizim tarifining bir qismi emas, tegishli ishtirokchilarning shaxsiy tashabbusi hisoblanadi. Ushbu holatlarni tartibga solish bo‘yicha ish olib borilyapti.

2025 yil dekabr oyida yagona QR-kodlarni joriy etishni nazarda tutuvchi prezident farmoni imzolangandi. Unga ko‘ra, 1 yanvardan boshlab savdo va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha yuridik shaxslar faoliyatiga yagona QR-kodlarni joriy etish boshlandi va 1 iyuldan boshlab undan foydalanish majburiy talabga aylanadi. Ya’ni yuridik shaxslar o‘z mijozlariga nafaqat naqd yoki terminal orqali, balki yagona QR-kod orqali ham to‘lov qilish imkoniyatini yaratishi shart bo‘ladi. Bu qoidani buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi.

UzQR kodning asosiy xususiyati — iste’molchi istalgan bank ilovasi yoki to‘lov tashkiloti mobil ilovasi orqali bitta QR-kodni skaner qilgan holda to‘lovni amalga oshirishi. Bunda savdo va xizmat ko‘rsatish sub’yektlari bir necha xil QR-kod va to‘lov yechimlarini saqlab turish zaruratidan ozod bo‘ladi.

Komissiya to‘lovi — 0,65 foiz

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, UzQR uchun sotuvchidan tranzaksiya summasining 0,65 foizi miqdorida komissiya undiriladi. Ushbu komissiya quyidagicha taqsimlanadi:


Ekvayer bank (QR-kodni merchantga o‘rnatib bergan bank) — 0,10 foiz;



Uzcard — 0,075 foiz;



Humo — 0,05 foiz;



QR-kod operatori (tizimni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash) — 0,20 foiz;



To‘lov tashabbuskori (QR-kodni o‘quvchi mobil ilova) — 0,15 foiz;



To‘lovchi bank (tizimda to‘lovni amalga oshiruvchi bank) — 0,05 foiz.


“UzQR’ning 0,65 foizlik umumiy tarifini xolisona baholash uchun uni hozirgi to‘lov xizmatlari bozoridagi mavjud tariflar bilan taqqoslash o‘rinli. Bugungi kunda to‘lov xizmatlari bozorida savdo va xizmat ko‘rsatish sub’yektlari uchun QR-kodlar orqali to‘lovlarni qabul qilish 1-3 foizni tashkil qiladi”, deyiladi MB xabarida.

Regulyatorga ko‘ra, tizimning rasmiy tarif tuzilmasida to‘lovchidan (iste’molchidan) hech qanday komissiya undirish ko‘zda tutilmagan. Barcha tarif — faqat merchant tomonidan to‘lanadigan 0,65 foizdan iborat va u yuqorida ko‘rsatilgandek zanjir ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanadi.

“Ayni paytda ayrim tashabbuskorlar tomonidan iste’molchidan qo‘shimcha yig‘im undirilayotgan holatlar kuzatilyapti. Bunday yig‘im tizim tarifining bir qismi emas — u tegishli ishtirokchilar tomonidan o‘z tashabbusi bilan qo‘shimcha tarzda qo‘yilgan”, deyiladi MB izohida.

Regulyator xaridordan qo‘shimcha komissiya undirish bilan bog‘liq holatlar tartibga solish jarayonida ekanini qayd etgan.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning ta’kidlashicha, komissiyaning yuqoriligi yagona QR-kodni naqd hisob-kitoblardan ham, terminal orqali hisob-kitoblardan ham ustun qila olmasligi mumkin.

“Juda katta umidlar qilingan yagona QR bunday ajdarho komissiyalar bilan naqd hisob-kitoblardan ham, terminal orqali hisob-kitoblardan ham afzal bo‘la olmasligi ayon bo‘ldi. Balki shuning uchun ham majburiy deb e’lon qilingan. Naqdsiz to‘lovlar ko‘lami kengaytirilishi arafasida va undan keyin iste’molchilar naqdsiz to‘lovlar va tranzaksiyalar uchun komissiyalarning tinimsiz oshib borayotganiga guvoh bo‘lishmoqda”, deya yozdi u.

 Iqtisodchining qo‘shimcha qilishicha, Markaziy bank 0,65 foizlik majburiy komissiyani ikki barobargacha arzonlashtirishi ham mumkin edi.

“Tizim orqali to‘lovlar o‘tishining tannarxi qancha o‘zi? Nega regulyator va ma’muriy ta’sir choralari, shuningdek, boshqa ulkan infratuzilmaviy resurslar bo‘la turib, tariflar 2 karra arzonroq taklif etilmadi. Ikkinchi savol esa o‘sha-o‘sha, 0,65 foiz, +1 foiz komissiya bilan UzQR naqd pul orqali savdoni o‘ldira olmaydi (o‘zi maqsad shu emasmidi), sotuvchi ham, iste’molchi ham baribir naqdlikni yoki arzonroq bo‘lgan terminal (0,20 foiz) orqali hisob-kitobni tanlaydi. Va uchinchidan, biznes va iste’molchilarga asosiy xatar ham shu yerda, endi ikki monopolist to‘lov tizimi terminallar orqali ekvayring tariflarini oshirish tafovutini qo‘lga kiritishdi”, deydi Bakirov.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).

Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).

Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston shokolad importining qariyb 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 46 davlatdan qariyb 28,5 ming tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan.

Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 123,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 6 foizga ko‘p.

Import hajmi bo‘yicha Rossiya keskin ustunlik qilgan. Yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 19,5 ming tonna shokolad mahsulotlari yetkazib berilgan.

Rossiyadan kelgan shokolad mahsulotlari umumiy importning qariyb 70 foizini tashkil etgan. Keyingi o‘rinda Ukraina bo‘lib, undan 2,2 ming tonna mahsulot import qilingan.

Qozog‘istondan 914 tonna, Belarusdan 805,2 tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan. Litvadan import 746,2 tonnani tashkil etgan.

Turkmaniston 715,2 tonna, Turkiya esa 569,5 tonna ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Qolgan davlatlar hisobiga 3 ming tonna mahsulot to‘g‘ri kelgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Andijonda Shavkat Mirziyoyev raisligida yig‘ilish boshlandi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning birinchi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar 16,1 foiz, investitsiyalar 8,9 foizga o‘sgani qayd etildi.

– Bizga o‘sishdagi raqamlar emas, balki har bir ko‘rsatkich har bir oilaning kundalik hayotiga qanday o‘zgarish olib kirgani muhim,– dedi davlatimiz rahbari.

Andijonda yer va tabiiy boyliklar cheklangan bo‘lsa-da, harakatchan aholi, kuchli tadbirkorlik ruhi, ko‘p sonli yoshlar, sanoat maktabi va katta bozor kabi imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.

So‘nggi o‘n yilda viloyatga respublika budjetidan 20 trillion so‘m, banklar tomonidan tadbirkorlik uchun 90 trillion so‘m yo‘naltirildi. Birgina joriy yilda aholi farovonligini oshirishga 6 trillion so‘m ajratildi.

Hokimlarga berilgan vakolatlar va yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar shunga munosib natijaga aylanishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Fermer va klasterga har bir tonna paxta uchun 500 ming so‘mdan subsidiya beriladi

Published

on


Prezident raisligidagi yig‘ilishda tashqi bozorda paxtaga talab pasayib, eksport logistikasi xarajatlari oshib borayotgan sharoitda fermerlar, klasterlar va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rib chiqildi. Prezidentning Andijon viloyatiga tashrifi doirasida qishloq xo‘jaligi va sanoatni rivojlantirishga oid qator vazifalar belgilandi.

Paxtani birja orqali sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming so‘mdan subsidiya berish belgilandi. O‘z yerida paxta yetishtirgan klasterlar esa har gektar uchun 1,5 mln so‘mdan subsidiya oladi.

Tayyor mahsulot eksportchilarining xorijiy valyutadagi kreditlari bo‘yicha foizlarning 5 foizdan, milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha 14 foizdan oshgan qismini uch yil davomida kompensatsiya qilish bo‘yicha hisob-kitoblar tayyorlanadi. Shuningdek, marketpleyslar orqali sotilgan mahsulot qiymatining 3 foizini qaytarish masalasi o‘rganiladi.

Shuningdek, yig‘ilishda Jalaquduq, Marhamat, Asaka va Andijon tumanlaridagi adir yerlarini iqtisodiy aylanmaga kiritish bo‘yicha yangi choralar ham belgilandi.

«Agrostar» kompaniyasi tashkil etilib, bahorga qadar 4–5 ming gektar maydonga suv chiqarish va shaftoli, gilos, o‘rik, olxo‘ri kabi sanoatlashgan bog‘larni barpo etish boshlanadi. Bog‘lar uch yil parvarish qilinib, aholiga tayyor holda taklif etiladi.

Bu maqsadlarga 30 mln dollar, adirlarga suv chiqarish ishlariga esa 200 mlrd so‘m ajratiladi. Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash darajasini 16 foizdan 30 foizga yetkazish va eksportni 500 mln dollarga oshirish vazifasi ham qo‘yildi.

Meva-sabzavotchilikda «gektardan — maksimal qiymat» tamoyiliga o‘tish belgilandi. Kichik qayta ishlash uskunalarini aholiga lizing asosida berish uchun 100 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

Baliqchi tumanida 5 gektar maydonda tashkil etilgan issiqxona loyihasini respublika bo‘ylab ommalashtirish belgilandi. Bu maqsadga 300 mlrd so‘m, shu jumladan, Andijon uchun 50 mlrd so‘m ajratiladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.