Iqtisodiyot
Mart oyidagi inflatsiya: qaysi mahsulot qanchaga qimmatlashdi?
O‘tgan oyda asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan tuxum 2,1 foizga, suyakli mol go‘shti 1,8 foizga, shakar narxi 1,7 foizga, qo‘y go‘shti va suyaksiz mol go‘shti 1,2 foizga oshdi. «2026 yil mart oyida mol go‘shti narxlarining o‘zgarishi ham import, ham mahalliy mol go‘shtiga nisbatan qayd etildi. Bunda respublika bo‘yicha eng arzon mol go‘shti narxlari o‘rtacha bir kilogramm uchun 5 000 so‘m atrofida qimmatlashdi», deyiladi Statqo‘m hisobotida.
2026 yil mart oyida narxlar oshishi 0,6 foizni tashkil etib, yillik inflatsiya 7,1 foizga teng bo‘ldi, deya ma’lum qildi Milliy statistika qo‘mitasi.
2025 yilning martida oylik inflatsiya 0,9 foiz, yillik ko‘rsatkich 10,3 foiz bo‘lgandi. Shunga ko‘ra, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan narx-navolar oshishi 3,2 foiz punktiga sekinlashdi.
Statqo‘m hisobotiga ko‘ra, o‘tgan oyda oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 foizga oshgan bo‘lsa, nooziq-ovqat tovarlar 0,3 foizga qimmatlashdi. Xizmatlar inflatsiyasi esa 0,2 foizni tashkil etdi.
Oziq-ovqatlar
Mart oyida asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan tuxum — 2,1 foiz (2025 yil mart oyiga nisbatan +17 foiz), suyakli mol go‘shti — 1,8 foiz (+15,1 foiz), qo‘y go‘shti — 1,2 foiz (+18,2 foiz), suyaksiz mol go‘shti — 1,2 foiz (+15,5 foiz), tirik va sovitilgan baliq — 1,7 foiz (+5,3 foiz), shakar — 1,7 foiz (+0,8 foiz), sut — o‘rtacha 0,3 foiz (+5,2 foiz), un — o‘rtacha 0,6 foiz (+3,4 foiz) va o‘simlik yog‘i narxlari o‘rtacha 0,9 foizga (+13,3 %) qimmatlashdi.
«2026 yil mart oyida mol go‘shti narxlarining o‘zgarishi ham import, ham mahalliy mol go‘shtiga nisbatan qayd etildi. Bunda respublika bo‘yicha eng arzon mol go‘shti narxlari o‘rtacha bir kilogramm uchun 5 000 so‘m atrofida oshdi», deyiladi hisobotda.
Shu bilan birga, oy davomida guruch va guruch oqshog‘i 0,4 foiz (yillik nisbatda -12,3 foiz), parranda go‘shti 0,3−0,4 foizga (+5,9−7,1 foiz) arzonlashdi.
Meva-sabzavotlar ichida pomidor — 11,5 foiz (2025 yilning martiga nisbatan -6,5 foiz), bulg‘or qalampiri — 10 foiz (-10 foiz), kartoshka — 9,8 foiz (+16,3 foiz), qovoq — 9,4 foiz (-51,9 foiz), olma — 7,4 foiz (+19,9 foiz) va banan — 6 foizga (+7,4 foiz) qimmatlashdi. O‘z navbatida , bodring narxi — 20,7 foiz (-19,1 foiz), karam narxi — 4,7 foiz (+2,8 foiz), piyoz narxi — 4,6 foiz (-9,2 foiz) va sabzi narxi — 1 foizga (-6,9 foiz) pasaygan.
Transport
Mart oyi davomida benzin uchun o‘rtacha narxlar 0,9 foiz (2025 yil mart oyiga nisbatan +9,2 foiz)ga pasaydi. Bunda, benzinning AI-92 markasi — 0,9 foiz, AI-95 markasi — 1,3 foiz, AI-98 va AI-100 markalari esa — 0,5 foizga arzonlashdi. Propanning narxi oy davomida 3,2 foiz (2025 yil martiga nisbatan +9,6 foiz)ga arzonlashib, 1 litr uchun yuqori narx chegarasi 8 400 so‘mni tashkil etdi.
O‘tgan oyda metan narxi fevral oyi darajasida kuzatildi, biroq 2025 yil martiga nisbatan 30,3 foizga yuqori darajada saqlanib qoldi. Shaxsiy transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xizmatlari 0,9 foiz (yillik nisbat +7 foiz), avtoturargohlar xizmati 0,7 foiz ( +12,6 foiz)ga qimmatlashdi.
Yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari orasida milliy valutaning yevro va Shveytsariya frankiga nisbatan mustahkamlangani tufayli narxlar va tariflar pasayishi kuzatilgan. Xususan, kuzatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha aviaparvozlar narxi o‘rtacha 4,1 foizga, uzoq masofaga qatnovchi poyezdlar chiptalari esa 0,5 foizga arzonlashgani qayd etildi. Xalqaro avtobuslarda va shunga o‘xshash tashuvlarda yo‘lkira haqi 1,4 foizga, taksi xizmatlari 0,4 foizga, yuk tashish xizmatlari esa o‘rtacha 0,4 foizga oshgani qayd etildi.
Shuningdek, hisobot davrida maishiy chiqindilarni olib ketish xizmatlari 0,9 foizga (yil davomida +28,7 foiz) qimmatlashdi. Turar joy ijarasi 0,2 foiz (+2,2 foiz), dori-darmonlar 0,7 foiz (+4,6 foiz), xususiy bolalar bog‘chalari uchun to‘lovlar 0,8 foizga (yil davomida +4,8 foiz) oshdi.
Hududlari kesimidagi inflatsiya
Mart oyi yakunlariga ko‘ra eng yuqori inflatsiya Farg‘ona viloyatida qayd etildi: 7,5 foiz. Xorazm viloyatida iste’mol narxlari o‘rtacha 7,4 foizga, Namangan, Buxoro viloyatlarida esa 7,3 foizga o‘sdi.
Eng past inflatsiya Jizzax viloyatida: 6,4 foiz. Toshkent viloyatida 6,8 foizlik, Toshkent shahrida 6,9 foizlik inflatsiya qayd etildi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston kartoshkani asosan qaysi davlatlardan sotib oldi?
O‘zbekiston kartoshkani asosan qaysi davlatlardan sotib oldi?
Source link
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?
2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 19 trln so‘mlik kiyimlar ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Andijon viloyatida qayd etilgan — 7,1 trln so‘m. Bu ko‘rsatkich ikkinchi o‘rindagi Toshkent viloyati natijasidan 3 barobardan ko‘proq yuqori.
Toshkent viloyatida kiyim ishlab chiqarish hajmi 2,1 trln so‘m, Namanganda 1,8 trln so‘m, Toshkent shahrida esa 1,7 trln so‘mni tashkil etgan. Farg‘ona viloyatida ham 1,4 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Samarqand viloyatida yirik korxonalar 1 trln so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqargan. Qashqadaryoda bu ko‘rsatkich 897,9 mlrd so‘m, Buxoroda 659,8 mlrd so‘m, Xorazmda 620,1 mlrd so‘m bo‘lgan.
Navoiy viloyatida kiyim ishlab chiqarish hajmi 578 mlrd so‘m, Sirdaryoda 324,7 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 307,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Bulardan tashqari, Surxondaryoda 227,1 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida esa 203 mlrd so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Iqtisodiyot
Dushanbadan dollar bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘ladi?
Dushanbadan dollar bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘ladi?
Source link
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda xorijiy investitsiyali korxonalar soni 21 mingga yaqinlashdi
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatida O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 20 973 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Ularning 4 685 tasi qo‘shma korxona, 16 288 tasi esa xorijiy korxona hisoblanadi. Bu mamlakatda xorijiy kapital ishtirokidagi biznes subyektlari soni sezilarli ko‘payganini ko‘rsatmoqda.
So‘nggi besh yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning umumiy soni 1,7 barobarga oshgan. Korxonalar soni bo‘yicha Xitoy yetakchilik qilmoqda.
Xitoyga tegishli xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 6 241 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich bilan mamlakatlar reytingida Xitoy birinchi o‘rinni egallagan.
Rossiya 3 512 ta korxona bilan ikkinchi o‘rinda, Turkiya esa 2 327 ta korxona bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston — 1 321 ta va Janubiy Koreya — 730 ta korxona bilan egallagan.
Shuningdek, Afg‘onistonda 706 ta, Ozarbayjonda 492 ta, Tojikistonda 467 ta, Birlashgan Arab Amirliklarida 453 ta va Hindistonda 439 ta korxona qayd etilgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda farmatsevtika ishlab chiqarishi 3 trln so‘mga yetdi
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan qariyb 3 trln so‘mlik asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 22,3 foizga oshgan. Yarim yillik natijalar farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarish hajmi o‘sganini ko‘rsatmoqda.
Hududlar kesimida eng katta ishlab chiqarish hajmi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan. Poytaxtda 1,8 trln so‘mlik farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilgan.
Sirdaryo viloyati 443,6 mlrd so‘mlik ishlab chiqarish bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Toshkent viloyatida 226,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Namangan viloyatida ishlab chiqarish hajmi 169,1 mlrd so‘mni tashkil etgan. Samarqand viloyatida 116,9 mlrd so‘m, Andijonda 71,4 mlrd so‘mlik farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilgan.
Farg‘onada 53,4 mlrd so‘m, Surxondaryoda 49,3 mlrd so‘m, Qashqadaryoda 15,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Xorazm viloyatida 12,1 mlrd so‘m, Buxoroda 7,8 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3,5 mlrd so‘mlik farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilgan. Jizzax va Navoiy viloyatlarida esa ishlab chiqarish hajmi 0,1 mlrd so‘mdan qayd etilgan.
-
Siyosat2 days ago
Илҳом Алиев Тошкентда тантанали кутиб олинди
-
Mahalliy4 days ago
O‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumga ko‘chirishi mumkin bo‘ladi
-
Iqtisodiyot3 days ago
O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?
-
Siyosat3 days ago
To‘qayev prezidentlikka qayta nomzod qo‘yishi haqidagi savolga javob berdi
-
Jamiyat4 days ago
O‘zbekistonda endi uylarni «rassrochka»ga olib bo‘lmaydimi?
-
Siyosat5 days ago
Ilhom Aliyev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
-
Siyosat1 day ago
Ўзбекистон ва Озарбайжон раҳбарлари Бухоронинг машҳур обидаларини зиёрат қилдилар (фото)
-
Mahalliy5 days ago
O‘zbekistonda xorijiy oliygohlar soni 10 yilda 4,3 barobar oshdi
