Connect with us

Iqtisodiyot

Tashabbusli budjet: kimga ko‘proq, kimga kamroq?

Published

on


Bugun  fuqarolar budjet mablag‘larining qayerga sarflanayotganini shunchaki kuzatibgina qolmayapti — ular bu jarayonda qaror qabul qilishda ham ishtirok etmoqda. 2018 yildan yo‘lga qo‘yilgan “Ochiq budjet” loyihasi ayni shu maqsadga xizmat qilib, davlat bilan xalq o‘rtasida ishonchli muloqot maydonini yaratdi. Shu paytga qadar loyihaning har bir mavsumida minglab fuqarolar o‘z takliflari va ovozlari orqali budjet mablag‘larining qanday sarflanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida 2025 yilda jami 4 772 ta loyiha g‘olib deb topilgan va ularni moliyalashtirish uchun 6 477,9 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Mablag‘larning eng katta qismi, ya’ni 49 foizi ichki yo‘llarni, jumladan piyodalar yo‘lakchalari va yo‘l o‘tkazgichlarni, 23 foizi umumta’lim maktablari, 10 foiz ulushi sog‘liqni saqlash muassasalarini ta’mirlash va jihozlash ishlariga yo‘naltirilgan. Qolgan 18 foiz mablag‘ esa boshqa yo‘nalishdagi loyihalarni amalga oshirish uchun sarflangan.

 

Biroq ushbu raqamlar tashabbusli budjet mablag‘lari qanday yo‘naltirilgani haqida umumiy tasavvur bersa-da, ularning hududlar kesimida qay darajada mutanosib va adolatli taqsimlangani haqida savol tug‘diradi. Aholi soni, infratuzilmaga bo‘lgan ehtiyoj hamda jon boshiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar o‘rtasidagi farqni aniqlash maqsadida ushbu taqsimotni alohida tahlil qilishga qaror qildik.

Me’yoriy cheklovlar demografik muvozanatni ta’minlayaptimi?

Tadqiqot davomida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan tashabbusli budjet xarajatlarini oshirishda loyihalar sonini ko‘paytirish strategik ahamiyatga ega ekanini aniqladik. Hozirgi kunda mablag‘lar taqsimotida o‘ziga xos nomutanosiblik kuzatilmoqda: aholi soni kam bo‘lgan hududlarda tashabbusli budjet xarajatlarining jon boshiga to‘g‘ri keluvchi mablag‘i yuqori, biroq aholi zich joylashgan hududlarda bu ko‘rsatkich ancha pastligicha qolmoqda. Masalan, Sirdaryo va Boyovut tumanlarida aholi soni deyarli 140 mingdan yuqori bo‘lsa-da, loyihalar soni  minimal talabga, yani 10 taga yaqinligi aholi jon boshiga xarajatlar qisqarishiga olib kelgan. Shuningdek, tashabbusli budjet xarajatlarining quyi o‘nligidan joy olgan Samarqand shahri (42 ta loyiha) va Urgut tumani (34 ta loyiha)da qonunchilikda ko‘rsatilgan maksimal loyihalar soni 30 ta va undan yuqori bo‘lishiga qaramay aholi jon boshiga xarajatlar pastligicha qolmoqda. 

Shu o‘rinda Iqtisodiyot va moliya vazirligining bizga bergan ma’lumotiga ko‘ra, 30 ta loyiha uchun belgilangan limitdan tashqari, agar yil davomida qo‘shimcha mablag‘ shakllansa, loyihalar sonini oshirish imkoniyati mavjud. 

Mazkur nomutanosibliklarning yuzaga kelishida tashabbusli budjet jarayonlarini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar muhim rol o‘ynamoqda. Avval, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 30 yanvardagi KQ-666-IV-son qaroriga ko‘ra, ushbu jarayonga tuman va shaharlar budjetlarining kamida 5 foizi va tuman (shahar) budjetlari qo‘shimcha mablag‘larining kamida 30 foizi yo‘naltirilishi kerak edi. Biroq,  2025 yil 13 yanvardagi Senatning KQ-34-V-son qarori bilan bu tartib o‘zgartirildi. Unga ko‘ra, endilikda 5 foizlik qat’iy me’yor o‘rniga boshqa yondoshuv joriy etildi: har bir tuman va shahar budjeti doirasida kamida 10 ta, ko‘pi bilan 30 ta loyihani moliyalashtirish uchun mablag‘ rejalashtiriladi. Agar loyihalar soni 10 tadan oshsa mablag‘lar tuman yoki shahar aholisi sonidagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.

2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi KQ-280-V-sonli qaroriga muvofiq, “Tashabbusli budjet” doirasida amalga oshiriladigan loyihalar soni kamida 6 ta va ko‘pi bilan 30 ta etib belgilangan.

Amaliy tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, eng kamida 10 ta va yuqori chegarasi 30 ta loyiha bajarilishi talabi hududlarning aholi soni farqlarini yetarli darajada hisobga olmayapti. Natijada kam aholi yashaydigan hududlarda loyihalar sonining minimal talablardan yuqori bo‘lishi aholi jon boshiga xarajatlarning sun’iy oshishiga olib kelmoqda. Aksincha, aholisi ko‘p bo‘lgan tuman va shaharlarda loyiha sonining yuqorilab ketishi kuzatilmoqda va bu ham ijtimoiy ehtiyojlarning to‘liq qoplanmasligiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, aholi soni 100 ming nafargacha bo‘lgan hududlarda tashabbusli budjet doirasida o‘rtacha 16 ta loyiha amalga oshirilgan, aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan xarajat 331 ming so‘mni tashkil etgan. Aholisi 300-400 ming oralig‘ida bo‘lgan hududlarda esa loyihalar soni 34 taga yetgan, aholi jon boshiga o‘rtacha mablag‘ 138 ming so‘mga tushgan. Eng yirik — aholisi 500-600 ming bo‘lgan tumanlarda 38 ta loyiha qayd etilgan bo‘lsa-da, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi mablag‘ bor-yo‘g‘i 95 ming so‘m.

Hududlar kesimida aholi jon boshiga xarajatlarning yuqori va quyi 10 taligi o‘rtasidagi farq quyidagi grafiklarda ham yaqqol namoyon bo‘ladi.

 

Aholi zich joylashgan yirik tuman va shaharlarda esa ahvol butunlay boshqacha. Bu yerda bir kishiga to‘g‘ri keladigan mablag‘ 100 ming so‘m atrofida to‘xtab qolgan:

 

G‘ozg‘on shahrining aholisi 9,3 ming kishi, 14 ta loyiha g‘olib deb topilgan bo‘lib, har bir fuqaroga to‘g‘ri keladigan mablag‘ 1,5 million so‘mdan oshadi. 

Urgut tumanining aholisi 572 ming nafar, 34 ta loyiha belgilangan bo‘lib (yuqori chegaradan ko‘proq), jon boshiga to‘g‘ri keladigan ulush atigi 90,5 ming so‘mni tashkil etadi.

Ushbu tumanlarda aholi jon boshiga mablag‘lar o‘rtasidagi farq qariyb 16,5 barobarni tashkil etadi. Bu raqamlar loyihalar sonini belgilashda aholi soni omilini kiritish qanchalik zarurligini isbotlaydi.

Nima uchun bu muhim?

Budjet mablag‘larini aholi jon boshiga taqsimlanishini tahlil qilish ijtimoiy adolat va davlat siyosati samaradorligini belgilovchi omildir. Tadqiqot natijalari ko‘rsatgan nomutanosibliklar bir nechta sabablarga ko‘ra muhim ahamiyatga ega.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, G‘ozg‘on shahrida yashovchi fuqaro uchun budjetdan ajratilayotgan mablag‘ (1,5 mln so‘m) Urgut tumanidagi fuqaro ulushidan (90,5 ming so‘m) 16,5 barobar ko‘p. Bu degani, bir hududda yashayotgan aholi zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘layotgan bir paytda, boshqa hududda ehtiyojlar yillar davomida qondirilmay qolib ketmoqda. Jon boshiga hisoblangan mezon hududlararo bu ijtimoiy tafovutni kamaytirishga xizmat qiladi.

Aholi zich joylashgan hududlarda (masalan, Samarqand shahri yoki Namangan tumanlarida) mavjud yo‘llar, maktablar va shifoxonalar bir necha barobar ko‘p aholiga xizmat qiladi. 500 ming aholisi bor tumanga ham, 50 ming aholisi bor tumanga ham bir xil (maksimal 30 ta) loyiha kvotasi berilishi, katta hududlardagi muammolarning “surunkali” bo‘lib qolishiga olib keladi. Mablag‘lar aholi soniga qarab ko‘paytirilsa, infratuzilmaning eskirish tezligi va yangilanish tezligi o‘rtasida muvozanat paydo bo‘ladi.

Davlat uchun har bir so‘mning samaradorligi muhim. Aholi zich hududlarda qurilgan bitta maktab yoki ta’mirlangan yo‘ldan foydalanuvchilar soni ko‘proq bo‘ladi. Demak, mablag‘ni aholi soniga qarab yo‘naltirish  ijtimoiy investitsiyaning eng yuqori samaradorligiga erishish demakdir.

Bu yil qanday yangiliklar kutilmoqda? 

Tadqiqot jarayonida “Ochiq budjet” portali orqali amalga oshirilayotgan loyihalar endilikda nafaqat ovoz yig‘ish poygasi, balki ijtimoiy mas’uliyat bosqichiga qadam qo‘yganiga yana bir bor amin bo‘ldik. 

Senat Kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi qaroriga ko‘ra, 2026 yil uchun “Tashabbusli budjet” jarayonlariga kiritilgan o‘zgartirishlar esa tizimni yanada shaffoflashtirish va mablag‘larning manzilliligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ilgari loyiha g‘olib bo‘lishi uchun bor-yo‘g‘i 10 ta ovoz talab etilgani tizimda ma’lum ma’noda “passiv” tashabbuslarning ko‘payishiga sabab bo‘lgan edi. Endilikda eng kam ovoz chegarasining 50 taga ko‘tarilishi mahalla faollaridan yanada kattaroq mobilizatsiya va jamiyat birdamligini talab qiladi. Bu o‘z-o‘zidan “sun’iy” loyihalarning saralanishiga, eng dolzarb va ahamiyatli tashabbuslarning yuzaga chiqishiga olib keladi.

Yana bir yangilik — “50/50” tamoyili asosidagi sherikchilik modelidir. Bunda aholi tashabbus mablag‘ining 50 foizini to‘plasa, qolgan qismi davlat tomonidan qoplanadi va loyiha avtomatik ravishda g‘olib deb topiladi.

Bu tizimning joriy etilishi  aholida daxldorlik hissini paydo qiladi, ko‘p ovoz to‘play olmagan, lekin moliyaviy imkoniyati bor kichikroq jamoalar uchun o‘z muammosini tezkor hal qilish imkoniyati tug‘iladi. Davlat hamma narsani qilib berishi kerak, degan qarashdan “birgalikda qilamiz” degan zamonaviy yondashuvga o‘tiladi.

Ammo bir mahallaga bir mavsumda faqat bitta sherikchilik loyihasiga ruxsat beriladi. Budjet tashkilotlariga oid loyihalarga mazkur tartib qo‘llanmaydi.

Ko‘p hollarda muhim loyihalar bir nechta ovoz yetmay qolgani uchun chetda qolib ketardi. Endi esa  ovoz berish yakunlangach, 10 kunlik qo‘shimcha bosqichda mahalliy va respublika deputatlariga muhim vakolat berilmoqda. Unda tuman (shahar) deputatlari yetishmagan mablag‘ni mahalliy budjet hisobidan qoplashi mumkin. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari esa ovoz to‘plagan bitta loyihani qo‘shimcha g‘olib sifatida tanlash huquqiga ega.

Deputat tanlovi uchun loyiha saylov okrugida joylashgan, kamida 50 ta ovoz olgan va sherikchilik loyihasi bo‘lmasligi shart. Bir mahallada ketma-ket ikki mavsum loyiha tanlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bu islohotlar aholining loyihalarni tanlashdagi ishtirokini yanada rag‘batlantirish va budjet mablag‘larini haqqoniy taqsimlash mexanizmini mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Yechim nimada?

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mamlakatimizdagi tuman va shaharlar aholi soni bo‘yicha bir-biridan keskin farq qiladi. 2025 yil “Tashabbusli budjet” jarayonlarida ishtirok etgan 200 dan ortiq hududlarda deyarli 10 mingdan 600 minggacha aholi istiqomat qiladi. Biroq, amaldagi tizimda aholisi eng kam va eng ko‘p bo‘lgan hududlar uchun loyihalar soni bo‘yicha bir xil cheklov o‘rnatilgan.

Bunday yondashuv infratuzilma ehtiyojlarini adolatli qondirish imkonini bermayapti. Masalan, kichik tuman va aholisi bir necha barobar ko‘p bo‘lgan yirik shaharga bir xil limit qo‘yish real ehtiyojlar inobatga olinmayotganiga ishora.

Shu bois, tadqiqot doirasida loyihalar sonini aholi soniga mutanosib ravishda belgilash taklif etiladi.

Birinchidan, aholisi kam bo‘lgan hududlarda amaldagi minimal ko‘rsatkichlarni saqlab qolish o‘rinli. Ikkinchidan, aholi soni o‘rtacha va yuqori bo‘lgan hududlarda g‘olib loyihalar sonini aholi zichligiga bog‘lash lozim. Bunda har 10–15 ming nafar aholi uchun bitta loyiha hisobidan kvota ajratish ijtimoiy adolatni ta’minlaydi.

Xulosa qilib aytganda, aholi qancha ko‘p bo‘lsa, g‘olib loyihalar soni ham shuncha ko‘p bo‘lishi kerak. Bunday differensial yondashuv davlat mablag‘larini hududlarning real yuki va odamlarning haqiqiy ehtiyojidan kelib chiqib taqsimlashga xizmat qiladi.

Iqtisodchi: Nodirjon Toyirov,
Jurnalist: Barno Sultonova,
Mentor: Saviya Hasanova.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi

Published

on


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.

«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).

Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).

Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston shokolad importining qariyb 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 46 davlatdan qariyb 28,5 ming tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan.

Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 123,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 6 foizga ko‘p.

Import hajmi bo‘yicha Rossiya keskin ustunlik qilgan. Yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 19,5 ming tonna shokolad mahsulotlari yetkazib berilgan.

Rossiyadan kelgan shokolad mahsulotlari umumiy importning qariyb 70 foizini tashkil etgan. Keyingi o‘rinda Ukraina bo‘lib, undan 2,2 ming tonna mahsulot import qilingan.

Qozog‘istondan 914 tonna, Belarusdan 805,2 tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan. Litvadan import 746,2 tonnani tashkil etgan.

Turkmaniston 715,2 tonna, Turkiya esa 569,5 tonna ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Qolgan davlatlar hisobiga 3 ming tonna mahsulot to‘g‘ri kelgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.