Iqtisodiyot
Toshkentda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha ilg‘or tajribalar muhokama qilindi
Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumining 2025 yilgi dasturida «Markaziy Osiyo va undan tashqarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni ko‘paytirish uchun investorlarni maqsadli yo‘naltirish va faol investitsiyalarni jalb qilish strategiyalari» mavzusida panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida mintaqa davlatlari sarmoyaga passiv yondashuvdan kapital jalb etishning faol va strategik modeliga o‘tayotgani alohida ta’kidlandi.
BMT ESCAPning TXI dasturlari rahbari Xeder Teylor-Strauss moderatorlik qilgan sessiyada raqamli texnologiyalar, tahlillarga asoslangan yondashuvlar va investor real ehtiyojlariga moslashtirilgan strategiyalar orqali yuqori sifatli TXI (to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar)ni jalb qilish bo‘yicha ilg‘or tajribalar muhokama qilindi. Mintaqaviy hamkorlikning natijadorlikka qanday ta’sir ko‘rsatayotgani va «ma’lumotga asoslangan» yondashuvlar investitsiya landshaftini qanday o‘zgartirayotgani yuzasidan fikr almashildi.
Ushbu jarayonlar samaradorligini oshirishda mintaqaviy hamkorlikning o‘rni, shuningdek, ma’lumotlarga asoslangan yondashuvlar investitsiyaviy landshaftni qanday o‘zgartirayotganiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi Mansurjon Rasulev 2016-2017 yillarda klassik vositalardan foydalangan holda investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni ikki baravar oshirishdan avval jamoa muhim qadamdan – «Asosiy muammo nimada, O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarning kirib kelishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy jihat nima?» degan savol bilan boshlagani haqida gapirib berdi. O‘sha paytda bu to‘siq valyuta ayriboshlashdagi cheklov edi.
Ishtirokchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimini ko‘paytirish uchun mamlakatlar qo‘llayotgan vositalar va yondashuvlarni batafsil muhokama qilib, investorlar bilan bevosita hamkorlik qilish, shaffof axborot muhitini ta’minlash va barqaror strategiyalarni amalga oshirish muhimligini ta’kidladilar.
SavvY kompaniyasining boshqaruvchi hamkori Mariam Koyavaning ta’kidlashicha, mamlakatlar hozirgina kelib, uy qurib, pulni olib chiqib ketayotganlarni emas, balki qo‘shimcha qiymat yaratadigan investorlarni jalb qilishga intilmoqda. Bugungi kunda yaratilgan qiymat imkon qadar mamlakatda qolishi maqsad qilingan.
– Agar investorlar bugungi kunda yangi mamlakatlarda nimani qidirayotganiga qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, unda, albatta, hamma narsa siyosiy barqarorlik va investitsiya xavfsizligi kafolatlaridan boshlanadi. Bu haqda hamma gapiradi, shuning uchun chuqurlashib o‘tirmoqchi emasman. Ammo uchta qo‘shimcha, muhim jihat bor. Birinchisi – mamlakat ichida yuqori sifatli ma’lumotlarning mavjudligi. Agar investor jiddiy qiziqadigan bo‘lsa, u qiladigan birinchi narsa bozorni tadqiq qilish yoki texnik-iqtisodiy asoslash bo‘ladi. Ikkinchisi – ishchi kuchi. Bugungi kunda muayyan sohalarda kadrlarning haqiqiy imkoniyatlarini tushunish juda muhim. Shuni ham ta’kidlash kerakki, butun dunyodagi muvaffaqiyatli investitsiya agentliklari iste’dodlarni rivojlantirish bo‘yicha maxsus dasturlarni taklif qilishadi. Uchinchi jihat – raqobatbardosh narxlarda uzoq muddatli moliyaviy resurslar, ham qarz, ham kapitalning mavjudligi. Nima uchun bu muhim? Chunki bugungi kunda barcha investorlar o‘z kapitalidan maksimal foyda olishga intilishadi va bunga faqat to‘g‘ri moliyaviy yechim bilan erishish mumkin, – deya qo‘shimcha qildi Mariam Koyava.
«Tajinvest» direktori Dilshod Jo‘razoda Markaziy Osiyo butun dunyo uchun yangi investitsiya yo‘nalishi ekanligini ta’kidladi.
– Gap faqat Qozog‘iston, O‘zbekiston yoki Tojikiston haqida ketayotgani yo‘q – Markaziy Osiyo haqida. Bu 80 million aholiga ega yangi va jozibali mintaqa. Shunday ekan, gap raqobat haqida emas, balki integratsiya haqida ketyapti, – dedi Dilshod Jo‘razoda.
«Kazakh Invest» kompaniyasi boshqaruvi raisi Yerjan Yelekeyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi kabi platformalar o‘zaro fikr almashish, ishonchni mustahkamlash va Markaziy Osiyoni yagona investitsiyaviy makon sifatida ilgari surishda yordam berishini ta’kidladi.
– Biz aniq bir savolga javob berish uchun tadqiqot boshlashga qaror qildik: hozir Markaziy Osiyo investitsiya kiritishga arziydimi? Markaziy Osiyo davlatlari boshqa mintaqalarga nisbatan qanchalik raqobatbardosh? Shaxsan o‘zim ushbu tadqiqotni boshida turganman, lekin u hali chop etilmagan. Raqamlarga qo‘shimcha ravishda aytadigan bo‘lsam, men butun dunyo bo‘yicha juda ko‘plab investorlar bilan suhbatlashish imkoniga ega bo‘ldim va natijalar juda qiziqarli bo‘ldi. Biz mintaqadagi mamlakatlarni bir-biri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri solishtirmaymiz – ammo ambitsiya darajasi, yetuklik, iqtisodiy barqarorlik va institutsional rivojlanish darajasi hammada har xil ekanini yaxshi tushunamiz. Agar butun mintaqaga investitsiya kiritishga imkoniyat bo‘lganida, nima uchun bitta mamlakat haqida o‘ylash kerak? U holda investitsiyalarni aynan qayerga joylashtirish kerak? Raqamlar bo‘yicha butun mintaqa aholisi Turkiya bilan, YaIM bilan Malayziya, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va savdo bo‘yicha Tailand bilan solishtirish mumkin, – deydi The Boston Consulting Group hamkori va direktori Konstantin Polunin.
StoneX’ning Rivojlanayotgan bozorlar bo‘yicha katta tahlilchisi Xuan Pablo mintaqaning bugungi kundagi ko‘rinishini tasvirlab berdi: iqtisodiy o‘sish – yuqori va ishonchli. Tashqi iqtisodiy ko‘rsatkichlar yuqori pul o‘tkazmalari va tovar bozorlaridagi qulay sharoitlardan foyda ko‘radi. Davlat qarzi jozibador zonada – qarz olish chegarasi yo‘q, qarz darajasi past va valyuta zaxiralari yuqori. Mintaqaning fundamental ko‘rsatkichlari juda yaxshi.
– Ammo biz o‘zimizga savol berishimiz kerak bo‘lgan asosiy savol: mintaqa boshqa hududlarni qanday qilib yutib chiqishi mumkin? Hozir dunyoda raqobat kuchli. Maslahatim esa ikkita narsaga e’tibor qaratishdir: institutsional kuch va shaffoflik, – deya qo‘shimcha qildi Xuan Pablo.
Sessiya Markaziy Osiyo davlatlarining jahon investitsiya bozorida raqobatbardoshligini kuchaytirishga intilishi va xorijiy hamkorlar uchun shaffof, oldindan aytib bo‘ladigan va samarali muhit yaratishga tayyorligini tasdiqladi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston kartoshkani asosan qaysi davlatlardan sotib oldi?
O‘zbekiston kartoshkani asosan qaysi davlatlardan sotib oldi?
Source link
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?
2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 19 trln so‘mlik kiyimlar ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Andijon viloyatida qayd etilgan — 7,1 trln so‘m. Bu ko‘rsatkich ikkinchi o‘rindagi Toshkent viloyati natijasidan 3 barobardan ko‘proq yuqori.
Toshkent viloyatida kiyim ishlab chiqarish hajmi 2,1 trln so‘m, Namanganda 1,8 trln so‘m, Toshkent shahrida esa 1,7 trln so‘mni tashkil etgan. Farg‘ona viloyatida ham 1,4 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Samarqand viloyatida yirik korxonalar 1 trln so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqargan. Qashqadaryoda bu ko‘rsatkich 897,9 mlrd so‘m, Buxoroda 659,8 mlrd so‘m, Xorazmda 620,1 mlrd so‘m bo‘lgan.
Navoiy viloyatida kiyim ishlab chiqarish hajmi 578 mlrd so‘m, Sirdaryoda 324,7 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 307,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Bulardan tashqari, Surxondaryoda 227,1 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida esa 203 mlrd so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Iqtisodiyot
Dushanbadan dollar bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘ladi?
Dushanbadan dollar bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘ladi?
Source link
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda xorijiy investitsiyali korxonalar soni 21 mingga yaqinlashdi
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatida O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 20 973 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Ularning 4 685 tasi qo‘shma korxona, 16 288 tasi esa xorijiy korxona hisoblanadi. Bu mamlakatda xorijiy kapital ishtirokidagi biznes subyektlari soni sezilarli ko‘payganini ko‘rsatmoqda.
So‘nggi besh yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning umumiy soni 1,7 barobarga oshgan. Korxonalar soni bo‘yicha Xitoy yetakchilik qilmoqda.
Xitoyga tegishli xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 6 241 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich bilan mamlakatlar reytingida Xitoy birinchi o‘rinni egallagan.
Rossiya 3 512 ta korxona bilan ikkinchi o‘rinda, Turkiya esa 2 327 ta korxona bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston — 1 321 ta va Janubiy Koreya — 730 ta korxona bilan egallagan.
Shuningdek, Afg‘onistonda 706 ta, Ozarbayjonda 492 ta, Tojikistonda 467 ta, Birlashgan Arab Amirliklarida 453 ta va Hindistonda 439 ta korxona qayd etilgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda farmatsevtika ishlab chiqarishi 3 trln so‘mga yetdi
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan qariyb 3 trln so‘mlik asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 22,3 foizga oshgan. Yarim yillik natijalar farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarish hajmi o‘sganini ko‘rsatmoqda.
Hududlar kesimida eng katta ishlab chiqarish hajmi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan. Poytaxtda 1,8 trln so‘mlik farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilgan.
Sirdaryo viloyati 443,6 mlrd so‘mlik ishlab chiqarish bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Toshkent viloyatida 226,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Namangan viloyatida ishlab chiqarish hajmi 169,1 mlrd so‘mni tashkil etgan. Samarqand viloyatida 116,9 mlrd so‘m, Andijonda 71,4 mlrd so‘mlik farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilgan.
Farg‘onada 53,4 mlrd so‘m, Surxondaryoda 49,3 mlrd so‘m, Qashqadaryoda 15,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Xorazm viloyatida 12,1 mlrd so‘m, Buxoroda 7,8 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3,5 mlrd so‘mlik farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilgan. Jizzax va Navoiy viloyatlarida esa ishlab chiqarish hajmi 0,1 mlrd so‘mdan qayd etilgan.
-
Siyosat2 days ago
Илҳом Алиев Тошкентда тантанали кутиб олинди
-
Mahalliy3 days ago
O‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumga ko‘chirishi mumkin bo‘ladi
-
Iqtisodiyot3 days ago
O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?
-
Siyosat2 days ago
To‘qayev prezidentlikka qayta nomzod qo‘yishi haqidagi savolga javob berdi
-
Jamiyat4 days ago
O‘zbekistonda endi uylarni «rassrochka»ga olib bo‘lmaydimi?
-
Siyosat5 days ago
Ilhom Aliyev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
-
Siyosat1 day ago
Ўзбекистон ва Озарбайжон раҳбарлари Бухоронинг машҳур обидаларини зиёрат қилдилар (фото)
-
Mahalliy5 days ago
O‘zbekistonda xorijiy oliygohlar soni 10 yilda 4,3 barobar oshdi
