Sport
Italiya yirik hisobda yutqazdi, Belgiyada ham muvaffaqiyatsiz start
Juma kuni Yevropada JCh-2026 saralashi doirasida o‘tkazilgan o‘yinlar va guruhlardagi vaziyat.
I guruhi
Spalletti tarixga kirdi
Norvegiya — Italiya 3:0
Gollar: Cyorlot 14, Nusa 34, Holand 42
Norvegiya – Nyuland, Ryuerson, Ayyer, Heggem (Estigor 71), Volf (Pedersen 75), Edegor, Berge, Torsbyu (Berg 46), Nusa (Bobb 75), Holand, Syorlot (Larsen 83).
Italiya – Donnarumma, Di Lorenso, Koppola, Bastoni, Zappakosta (Orsolini 71), Rovella (Fratezzi 46), Tonali, Udoji (Dimarko 83), Barella, Raspadori (Richchi, 83), Retegi (Lukka 71).
Ogohlantirishlar: Torsbi 38, Berg 55.
Ko‘hna qit’ada ham saralash sikli asta-sekin avjiga kirmoqda. Millatlar ligasi pley-off bosqichi va «To‘rtlar finali» tufayli guruhlarning bir qismida hali birinchi tur ham boshlangani yo‘q, bir necha guruhda esa uchinchi tur o‘yinlari ham o‘tkazilmoqda. Bu turdan Italiya ham bahslarga qo‘shildi va Norvegiyaga qarshi o‘yin turning markaziy uchrashuvi sifatida afisha qilindi. Skandinavlar mart oyida o‘tkazilgan dastlabki turlarda maksimal olti ochko to‘plagandi va bu jamoaga qo‘shimcha ishonch baxsh etdi. Yomg‘irli Oslodagi uchrashuv mezbonlarning ustunligi bilan boshlandi. Norveglar Bastonining muvaffaqiyatsiz uzatmasidan maksimum natija chiqarib oldi, Nusa Syorlotni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi, ushbu hujumchi mehmonlar safida debyut qilgan himoyachi Koppoladan («Verona») qochib ketdi va hisobni ochdi.
Bu hali hammasi emasdi, bo‘limning ikkinchi yarmida Nusa yana bir bor ajoyib nomer ijro etdi. Vinger ikki himoyachi orasidan o‘tib ketdi va to‘pni to‘sin ostidan darvoza to‘riga joyladi. Bo‘lim so‘nggida esa Edegor himoyachilar orasidan o‘tkazib bergan pasi bilan Holandni yakkama-yakka vaziyatga chiqardi, ofsayd tuzog‘idan qutulib qolgan hujumchi Donnarummani ham aldab o‘tib, bo‘sh darvozani ishg‘ol etdi va amalda o‘yin masalasini hal qildi. Luchano Spalletti bu pallada tarixga kirdi — Italiya bunga qadar saralash o‘yinlarida birinchi bo‘limning o‘zida uchta gol o‘tkazib yubormagandi.
Estoniya – Isroil 1:3
Gollar: Kyayt 31 – Biton 39, 49, Abu-Fani 90
Estoniya: Heyn, Kuusk, Paskochi, Saliste (Yepixin, 80), Shenning-Larsen, Shayn, Soomets (Kristal, 55), Kyayt (Aynsalu, 80), Sinyavskiy, Yakovlev (Saarma, 72), Tamm (Aner, 72)
Isroil: D. Perets, Shlomo, Naxmias, Solomon (Yarin, 90), Dasa, E. Perets (Jobir, 66), Abu Fani (Abada, 90), Glux, Revivo, Turgeman (Halaili, 66), Biton (D. Perets, 72)
Ogohlantirish: Heyn
Buyog‘iga Italiya vaziyatni o‘nglashga kirishishi tabiiy, ammo hozirda jamoa raqiblarni ortdan quvishga majbur. Jumladan, ikkinchi o‘rin uchun raqobat qilayotgan estonlar va isroilliklarni. O‘zaro o‘yinda avvaliga Boltiq bo‘yi jamoasi yaxshiroq ko‘rindi va hujumlardan birida faqat himoyachining jonbozligi bilan to‘p chiziq ustida to‘xtatib qolingan bo‘lsa, keyin Kyayt yaqin masofadan zarba berishiga hech kim to‘sqinlik qila olmadi. Ammo bo‘lim oxirida mudofaa chizig‘idagi xato Estoniyaga qimmatga tushdi. Himoyachilardan biri Turgemanni qo‘riqlada muvaffaqiyatsiz harakat qildi. Ikkinchisi — to‘pni Solomonga topshirdi, yakunda bu ikki xato Bitonning ikki goli bilan yakunlandi.
9 iyun. Estoniya — Norvegiya, Italiya — Moldova.
J guruhi
Dahshatli xatodan keyingi shedevr gol
Shimoliy Makedoniya – Belgiya 1:1
Gollar: Alioski 87 – de Kyuyper 28
Shimoliy Makedoniya – Dimitriyevski. Zaykov. Musliu. Alioski. Iliyevski (Ashkovski, 80). Stoychevski (Churlinov, 57). Atanasov (Elezi, 46). Bardi. Elmas. Kostadinov (Mitrovski, 80). Miovski (Ristovski, 85)
Belgiya – Sels, Myone (de Vinter 56), Debast, Fas, de Kyuyper (Teate, 78), Raskin, De Bryuyne (Tilemnas, 56), Vanaken (Onana, 56), Salemakers, Lukaku (Openda, 82), Doku.
Ogohlantirishlar: Atanasov 15, Musliu 66, Iliyevski 71, Bardi 76, Mitrovski 81, Ristovski 90 – Myone, 45
Domeniko Tedesko ishdan bo‘shatilib, Rudi Garsiya boshqaruviga o‘tgan Belgiya ham saralashni ko‘ngildagidek boshlamadi. Lekin o‘yinda uzoq vaqtgacha omad «qizil iblislar» tomonida edi. Birinchidan, Lukaku uyushtirgan hujumdan keyin to‘p himoyachidan hisobni ochgan gol muallifi De Kyuyperning oyog‘iga bordi. Ikkinchidan, Elmasning ikkinchi bo‘limdagi goli bekor qilindi, bu vaziyatda Iliyevski to‘p yo‘lidan chiqib, uning yo‘nalishini o‘zgartirgani ma’lum bo‘ldi. VAR darhol ofsayd qayd etdi. Shundan keyin makedonlar yetakchisi Alioski memlar qahramoniga aylanishiga bir baxya qoldi. Elmasning zarbasidan keyin ustundan qaytgan to‘pni u bo‘sh darvoza tomon yo‘lladi, ammo to‘p yana ustunga bordi. Ammo o‘yin oxirida Churlinov to‘pni jarima maydoniga yetkazib berganida Alioski havodagi to‘pni to‘xtatmay zarba berib, baribir darvozani ishg‘ol etdi. Bolqon jamoasi mart oyida Uelsga qarshi o‘yinda bo‘lganidek (1:1) so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
Uels – Lixtenshteyn 3:0
Gollar: Rodon 39, Uilson 65, Mur 68.
Uels – Darlou, Devis, Rodon, Uilyams (Dasilva 24), Robers, Ampadu (Shixan 64), Tomas (Bruks 64), Kallen, Uilson (Jyeyms 74), Jonson (Kumas 64), Mur
Lixtenshteyn – Byuhel, Vizer, Hofer, Traber, Zele (Tsyund 90), Lyuxinger (Netser 73), Hasler, Geppel, Mayyer (Kindl 46), Lyuk-Notaro (Malin 70), Saglam (Pitssi 46)
Ogohlantirishlar: Shixan 83 – Kindl, 49, Pitssi 73
Tur yakunlariga ko‘ra Uels guruh peshqadami bo‘lib oldi, britanlar Lixtenshteynga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limi davomida raqib mudofaasini yorib o‘tolmadi, ammo baribir bo‘lim oxirida ko‘psonli burchak zarbalaridan birini baribir golga aylantirdi. Ikki raqib qurshovida turgan baland bo‘yli Rodon sakramay ham zarba bera oldi. Ikkinchi bo‘limda esa Uilson va Mur guruh autsayderini uzil-kesil taslim qilishdi. Kreyg Bellami boshqaruvidagi «ajdarlar» yetarlicha kuchli jamoa bo‘lib ko‘rinmoqda.
9 iyun. Qozog‘iston — Shimoliy Makedoniya, Belgiya — Uels.
L guruhi
Chexiyada yuz foizlik ko‘rsatkich
Chexiya – Chernogoriya 2:0
Gollar: Glojyek 23, Shik 65
Chexiya – Kovarj, Xolesh, Kreychi, Zeleni, Tsoufal, Cherv (Sadilek 46), Souchek, Shuls (Kral, 90), Glojyek (Provod 28), Cherni (Kushey 77), Shik (Xori 76)
Chernogoriya – Nikich, Vuyachich, Shipchich (M. Vukchevich 84), Savich, Yankovich, Kuch (Lonchar 62), Radunovich (A. Vukchevich 63), Veshovich (Mugosha 84), Yovetich, Vukotich (Osmaich 62), Krstovich
Ogohlantirishlar: Tsoufal 90 – Veshovich 45, Lonchar 90, Vuyachich 90.
Plzendagi o‘yinda chexlar va chernogoriyaliklar birinchi o‘rin uchun o‘zaro bahslashishdi va qatorasiga uchinchi g‘alaba mezbonlarni guruhning yakkapeshqadamiga aylantirdi. Glojyek jarohat olishidan biroz oldinroq hisobni ochishga ulgurdi, u qanotdan markazga ko‘chib, jarima maydoniga kirmasdan yerlatib kuchli zarba yo‘lladi. Mehmonlarning tezkor javob goli esa bekor qilindi, jamoadoshini zarba berish nuqtasiga chiqargan Yovetich ofsaydda bo‘lgani qayd etildi. Chernining goli ham shunday sabab bilan bekor qilindi, ammo u baribir ikkinchi bo‘limda o‘z hisobiga samarali harakat yozdirib qo‘ydi. U burchakdan oshirib bergan to‘pni chexlar to‘purari Shik bosh bilan uzoq burchakka aniq yo‘naltirdi.
Gibraltar – Xorvatiya 0:7
Gollar: Pashalich 28, Budimir 30, Ivanovich 60, 63, Perishich 73, Kramarich 77, 80
Gibraltar – Benda, Annesli (Kerrington 62), Lopesh, Mauro, Ronan (Valarino 62), Uoker (Bent 86), Skenlon, De Barr (Torilya 46), Richards (Gibson 74), Jyessop, Bartolo
Xorvatiya – Livakovich, Stanishich, Kaleta, Pongrachich, Juranovich, Suchich ( Kramarich, 46), Mayyer, L. Suchich (Modrich, 63), Pashalich (Baturina, 65), Perishich, Budimir (Ivanovich, 46).
Ogohlantirish: Pongrachich, 54
Bu guruhdagi barcha jamoalar Xorvatiya o‘yinga qo‘shilganini hisobga olishiga to‘g‘ri keladi. «Shashkachilar» bechora Gibraltar darvozasini istagancha o‘qqa tutdi, keksalik bilmas Perishich personal benefisini o‘tkazdi. Avvaliga uning ikki uzatmasidan Pashalich va Budimir gol urishdi. Keyin esa Perishichning uzatmalari Bolqon jamoasida endigina uchinchi o‘yinini o‘tkazayotgan Ivanovich dubl qayd etishiga yordam berdi, ushbu futbolchi Belgiyada yakunlangan mavsumda «Yunion» chempionligining asosiy qahramonlaridan bo‘ldi. Shundan keyin Perishichning o‘zi oqshomning eng chiroyli golini urdi, u Pashalich uzatgan to‘pni to‘xtatmay zarba berdi. Zlatko Dalich jamoasini bir necha kundan keyin Chexiyaga qarshi hal qiluvchi bahs kutmoqda.
9 iyun. Farer orollari — Gibraltar, Xorvatiya — Chexiya.
Sport
Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi tarixiy medalga sazovor bo‘ldi.
Yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi juftlik dasturida (LM2x) Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev dueti oltin medal sohibi bo‘ldi. Bu o‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilarning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qo‘lga kiritgan birinchi oltin medalidir.
Musobaqada kumush medal Germaniya, bronza medali esa AQSh sportchilariga nasib etdi.
Sport
EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi
UEFA Chempionlar ligasi 2026/2027-yilgi mavsumi umumiy bosqichi to‘liq taqvimni e’lon qildi.
Bu bosqichda har bir jamoa 8 ta o‘yin o‘tkazadi: 4 tasi o‘z maydonida, 4 tasi safarda.
Joriy mavsumdan e’tiboran bir jamoa bir raqib bilan ketma-ket uch mavsum davomida o‘z maydonida o‘ynashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Umumiy bosqichning 1-turi uch kun — seshanba, chorshanba va payshanba (8-9-10-sentyabr) kunlariga taqsimlanadi. Qolgan turlar ikki kun davomida o‘tkaziladi. So‘nggi turda esa barcha uchrashuvlar bir vaqtda boshlanadi.
1-turni Abduqodir Husanov va «Manchester Siti» safarda «Portu»ga qarshi o‘tkazadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 9 sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:01 da.
Umarali Rahmonaliyev va «Sabah» esa Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi debyutida «Manchester Yunayted» maydonida sinovdan o‘tadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 11-sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da.
Manba: UEFA
Sport
Rossiyalik shaxmatchilar O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Olimpiadada qatnashmaydi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Prezident kengashi rossiyalik shaxmatchilarni Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. Bu haqda Rossiya shaxmat federatsiyasi ijrochi direktori Aleksandr Tkachyov TASS agentligiga ma’lum qildi.
«Jahon shaxmat Olimpiadasida terma jamoalarimiz qatnashmaydi. Kengash ushbu qarorni FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi janob Vishvanatan Anandning tashabbusi bilan qabul qildi», — dedi Tkachyov.
Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 16–27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
2025 yilning dekabrida Xalqaro shaxmat federatsiyasi Bosh assambleyasi rossiyalik sportchilarga nisbatan cheklovlarni to‘liq va qisman bekor qilish uchun ovoz bergan edi. Rossiyalik shaxmatchilarning qaytishiga 61 delegat ovoz bergan, 51 delegat qarshi chiqqan.
Biroq 2026 yil yanvarda Buyuk Britaniya, Germaniya, Norvegiya, Estoniya va Ukraina shaxmat federatsiyalari FIDEning rossiyalik shaxmatchilarga nisbatan sanksiyalarni to‘liq bekor qilish haqidagi qaroriga e’tiroz bildirish niyatida ekani xabar qilindi. Shundan so‘ng, 2026 yil iyun oyida sanksiyalar qayta joriy etildi.
Avvalroq mazkur Olimpiadani Magnus Karlsen va yana bir qator shaxmat yulduzlari ham o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi.
Sport
Krishtianu Ronaldu mavsum nihoyasida futbol bilan xayrlashishi mumkin
Krishtianu Ronaldu joriy mavsum nihoyasida professional futboldagi faoliyatiga yakun yasashi mumkin. Bu haqda u Vogue jurnaliga intervyusida ma’lum qildi.
«Ehtimol, bu futboldagi so‘nggi yilim bo‘lishi mumkin, o‘zimdan ulkan meros qoldirishni istayman», — dedi Ronaldu.
Besh karra «Oltin to‘p» egasi ta’kidlashicha, bo‘sh vaqtini hordiq va sayohatlarga ajratmoqchi.
Krishtianu Ronaldu professional futbolga kirib kelganiga 25 yil bo‘ldi. Birinchi katta o‘yinini 2002-yil 14-avgustda Lissabonning «Sporting» klubi safida Milanning «Inter»iga qarshi o‘tkazgan.
Sport
«Arsenal» «Manchester Siti»ni yirik hisobda yengib, Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi
Londonning «Arsenal» klubi o‘z tarixida 18-marta Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa Kardiffda «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yinning 23-soniyasida Rikkardo Kalafiori hisobni ochdi. One Football nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, bu 1968 yildan beri superkubok o‘yinining birinchi daqiqasida urilgan birinchi va kubok tarixidagi eng tezkor gol bo‘ldi.
London jamoasi safida yana Kay Xaverts (28) va Martin Edegor (48) gol urishdi.
O‘tgan mavsumda «Arsenal» Premer ligada g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, manchesterliklar Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.
«Shaharliklar» safida Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi.
-
Siyosat5 days ago
«Milliy manfaatlarni himoya qilish dunyodan yopilish degani emas» — Sherzod Asadov
-
Iqtisodiyot4 days ago
Oziq-ovqat ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?
-
Iqtisodiyot5 days agoPrezident ishtirokida umumiy qiymati 50 trln so‘mlik loyihalar ishga tushirildi
-
Siyosat1 day ago
Prezidentning Mustaqillik bayrami tabrigidan o‘rin olgan asosiy fikrlari
-
Sport14 hours ago
EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi
-
Jamiyat4 hours ago
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Hindiston yetakchilariningg tarixiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi
-
Sport4 hours ago
Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
