Iqtisodiyot
Turizm sohasi uchun yangi imtiyozlar va subsidiyalar e’lon qilindi
Turistik startaplarga 1 mlrd so‘mgacha subsidiya ajratiladi. Mehmonxonalarga “yashil” sertifikat olish xarajatlarining yarmini davlat qoplab beradi. Xalqaro tadbirlar o‘tkazib, kamida 100 nafar chet ellik sayyohni olib kelgan kompaniyalarga tadbirlar uchun to‘langan QQSning yarmi qaytarib beriladi. Turistik maqsadda import qilingan avtobus, mikroavtobus va ekstremal sayyohat mashinalari bojdan ozod etiladi. Eng nufuzli brendlar bilan kelishgan holda mehmonxona qurayotgan tadbirkorlar ham bojxona imtiyozlarini oladi.
Prezident qarori bilan, turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi choralar belgilandi.
2026 yil 1 martdan boshlab, Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
turistik startaplarni – yangi turdagi turizm xizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi, biroq 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda har yili eng yaxshi 10 tagacha loyihalarga subsidiyalar ajratiladi;
mehmonxonalarning “yashil” sertifikatlarni olish bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi (xalqaro e’tirof etilgan sertifikatlar ro‘yxatini Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi);
2026 yil 1 apreldan boshlab xalqaro konferensiyalar va tadbirlarni (MICE turizm) tashkil qilib, unga kamida 100 nafar chet ellik turistni jalb qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga ushbu tadbirlarni tashkil qilishda ular tomonidan to‘langan QQS summalarining 50 foizini qaytarish tartibi joriy etiladi.
2027 yil 1 yanvarga qadar, tegishli tartibga rioya qilgan holda:
turizm sohasi sub’yektlari tomonidan import qilinadigan avtobus, elektrobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi; avtobus, elektrobus va mikroavtobuslarning sonidan qat’i nazar, ularga bitta sertifikat berishga ruxsat beriladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatga olinib, litsenziyaga ega turoperatorlarga, istisno tariqasida, ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam bo‘lmagan yuqori o‘tish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojxona boji va utilizatsiya yig‘imini amaldagi stavkaning 25 foizi miqdorida 3 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi.
2030 yil 1 yanvarga qadar “Brand Finance” kompaniyasining top-50 talik reytingiga kiruvchi brendni jalb qilgan holda brend bilan dastlabki kelishuvlarga ega mehmonxona qurilishini boshlagan tadbirkorlik sub’yektlari mehmonxonani qurish va jihozlashda mazkur brendning talabiga muvofiq olib keladigan asbob-uskunalar, texnika, transport vositalari, mebel va inventarlar uchun bojxona bojini to‘lashdan ozod etiladi.
Turizm qo‘mitasi, shuningdek, O‘zbekistonda o‘z filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarning bir qismini qaytarishni (Rebate) muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi deb belgilandi. Bunda, xorijiy kinokompaniyalarning xarajatlari:
3 milliard so‘mgacha bo‘lsa – 10 foiz;
3 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mgacha bo‘lsa – 15 foiz;
5 milliard so‘mdan 10 milliard so‘mgacha bo‘lsa – 20 foiz;
10 milliard so‘mdan ortiq bo‘lsa – 25 foiz, biroq bitta film uchun 4 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
2026 yil 1 martdan boshlab, nufuzli xorijiy kinokompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazgan holda, Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan filmlarning bevosita yoki bilvosita O‘zbekiston Respublikasi turistik jozibadorligi, tarixiy-madaniy merosi va boshqa muhim ijobiy jihatlarini namoyish qiluvchi qismini (epizodini) yaratganlik (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hududida, o‘z pavilonlarida yoki kompyuter grafikasi yordamida) uchun haq to‘lash tartibi joriy etiladi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61 mlrd dollardan oshdi
Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
2025 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61,23 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
Oltinning fizik hajmi ketma-ket ikkinchi oy oshdi. Noyabrda u 310 ming troya unsiyaga (9,64 tonna) oshib, 12,23 million unsiyaga (380,4 tonna) yetdi.
Oltin zaxiralarining qiymati 3 milliard dollarga oshib, 50,86 milliard dollarga yetdi.
Zaxiralarning valuta qismi esa 1,1 milliard dollarga kamayib, 9,8 milliard dollarni tashkil etdi.
Qimmatli qog‘ozlar hajmi avvalgi oyga nisbatan 503,3 million dollarga ko‘payib, 1,53 milliard dollarni tashkil etdi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlashga qariyb 17 trln so‘m sarfladi
O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar uchun 10 oyda 16,5 trln so‘m sarflagan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 16,5 trln so‘mga yetdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 15,4 % ga oshgan. Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turining ulushi 2 % ni tashkil etgan.
Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi:
Toshkent shahri – 7,7 trln so‘m
Toshkent viloyati – 1,6 trln so‘m
Samarqand viloyati – 1,2 trln so‘m
Farg‘ona viloyati – 1,1 trln so‘m
Namangan viloyati – 747,7 mlrd so‘m
Andijon viloyati – 739 mlrd so‘m
Buxoro viloyati – 640,1 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati – 612,8 mlrd so‘m
Xorazm viloyati – 557,8 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati – 416,8 mlrd so‘m
Jizzax viloyati – 398,8 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati – 293,1 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Resp. – 285,6 mlrd so‘m
Navoiy viloyati – 269 mlrd so‘m.
Iqtisodiyot
Xitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda
Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.
Jizzax viloyatida 2,5 million tonna volfram zaxirasiga ega Qo‘ytosh koni ishga tushish arafasida, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, xitoylik investorlar yil oxirigacha konni tozalash ishlarini tugallaydi. Kelasi yilda esa ruda qazib olish jarayonlari boshlanadi.
Kon hududida volframni ajratib olish bo‘yicha zamonaviy qayta ishlash zavodi barpo etiladi.
Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.
Loyihaning birinchi bosqichida 100 nafarga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlanadi va yiliga 150 ming tonna ruda qazib olinadi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 61,23 mlrd dollarga yetdi
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari, 1-dekabr holatiga, 61,23 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.
Zaxiralar noyabrda 1,9 mlrd dollarga (+3,2 foiz) o‘sdi, yil boshidan esa 20 mlrd dollarga (+48,7 foiz) oshdi. Bu avvalo oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
Qolaversa, Markaziy bank sotib olgan qimmatli qog‘ozlar qiymati ham sezilarli darajada oshgan — noyabrda 503 mln dollarga ko‘payib, $1,52 mlrdga yetgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklarni Koreyaga ishga jo‘natishga tayyorlaydigan maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi
Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi. O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Koreyaga ishga jo‘natiladi.
Foto: Migratsiya agentligi
Janubiy Koreyaning “KIA Auto” kompaniyasi rahbariyati Migratsiya agentligida bo‘ldi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, 2026 yil boshidan Migratsiya agentligi tomonidan KIA AUTO standartlariga mos maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi. Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi.
O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar E-7 vizasi (malakali ishchi) bilan Koreyaga ishga joylashtiriladi. E-7 vizasining asosiy talabi — koreys tilini TOPIK 1 darajasida bilish.
“Koreya Adliya vazirligi 2025 yildan boshlab avtomobil kuzovini bo‘yash yo‘nalishiga xorijlik mutaxassislarni jalb qilishga ruxsat berdi. Shu vaqtga qadar faqat mahalliy aholi ishlagan. O‘zbekiston ushbu loyihaga birinchi bo‘lib jalb etilmoqda”, deyiladi Migratsiya agentligi xabarida.
KIA Auto — Koreyaning yetakchi avtomobillarga xizmat ko‘rsatish tarmog‘i bo‘lib, mamlakat bo‘ylab 600 ga yaqin servis markazi bor. Yiliga 1 milliondan ortiq avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatadi va malakali kadrlarga ehtiyoj yuqori.
-
Iqtisodiyot4 days agoO‘zbekistondan Daniyaga ilk bor oziq-ovqat va quruq meva eksport qilindi
-
Siyosat4 days agoPrezident Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qo’llab-quvvatlaydi
-
Iqtisodiyot4 days agoPrezidentning Sirdaryoga tashrifi «River Med Pharm» korxonasidan boshlandi
-
Sport4 days ago«Real» ta’qibni davom ettirdi, «Liverpul» yana ochko yo‘qotdi. Kun o‘yinlari
-
Jamiyat4 days agoPrezident Gulistondagi gaz portlashida jabrlanganlar holidan xabar oldi
-
Siyosat4 days agoMarkaziy Osiyo mamlakatlari 2026 yilda suvdan foydalanish va suv havzalari tizimiga kelishib olishdi
-
Iqtisodiyot4 days agoO‘zbekiston oktyabrda oltinning eng yirik xaridorlaridan biri bo‘ldi
-
Iqtisodiyot4 days agoSirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
