Sport
Portugaliya Ronaldusiz 9 gol urdi, Italiya yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari
Norvegiya bu asrda ilk bor mundialga boradi, Irlandiyada superkambek, Italiya qatorasiga uchinchi mundialni o‘tkazib yuborishi mumkin. Yevropada JCh saralashida guruh o‘yinlari yakunlanmoqda.
F guruhi
Portugaliya – Armaniston 9:1
Gollar: Veyga, 7 (1:0). Spersyan, 18 (1:1). Ramush, 28 (2:1). Joau Nevesh, 30 (3:1). Joau Nevesh, 41 (4:1). Brunu Fernandesh, 45+3 – penalti (5:1). Brunu Fernandesh, 52 (6:1). Brunu Fernandesh, 72 – penalti (7:1). Joau Nevesh, 81 (8:1). Konseysau, 90+2 (9:1)
Portugaliya: Koshta, Ruben Diash (Mateus Nunes, 73), Veyga, Joau Kanselu (Ruben Nevesh, 73), Semedu, Bernardu Silva (Borjyesh, 56), Vitinya (Joau Feliks, 67), Joau Nevesh, Leau (Konseysau, 56), Brunu Fernandesh, Ramush
Armaniston: Avagyan, S. Muradyan (Bandikyan, 82), Mkrtchan, Tiknizyan, Piloyan (Arutyunyan, 56), K. Muradyan, Spersyan, Agasaryan (Sevikyan, 46), Serobyan (Shagoyan, 46), Oganesyan, Ranos (Eloyan, 65)
Ogohlantirish: S. Muradyan, 70
Portugaliya milliy jamoasi vazifani uddaladi va o‘z maydonida jahon chempionati yo‘llanmasini nishonladi. Roberto Martines shogirdlariga Krishtianu Ronalduning yo‘qligi sezilmadi va armanlar darvozasiga to‘qqizta gol urildi. Irlandiyaga qarshi o‘yindagi qizil kartochka tufayli diskvalifikatsiyaga uchragan portugaliyalik yulduz esa gollari sonini oshirib olish (u minglik dovonni zabt etishga harakat qilmoqda) imkoniyatidan foydalana olmadi. Joau Nevesh va Brunu Fernandesh het-trik nishonladi. «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi uchun bu faoliyatidagi to‘rtinchi (milliy jamoadagi birinchisi) het-trik bo‘ldi. Asosiysi jamoa qatorasiga yettinchi bor jahon chempionatiga boradi, Yevropada bundan yaxshiroq seriya bilan faqat Germaniya, Ispaniya va Fransiya maqtana olishi mumkin.
Vengriya – Irlandiya 2:3
Gollar: Lukach, 3 (1:0). Perrott, 15 – penalti (1:1). Varga, 37 (2:1). Perrott, 80 (2:2). Perrott, 90+6 (2:3)
Vengriya: Dibus, Salai, Orban, Kerkez, Nego (Mochi, 90+3), Soboslai, Shefer (Etvesh, 63), Tot (Bolla, 76), Sholloi (Redzich, 90+3), Lukach (Stayls, 63), Varga
Irlandiya: Kelleher, Kollinz, O`Shi, O`Brayyen (Menning, 46), Kallen (Teylor, 80), Molumbi (Ebosele, 60), Skeyls, Koulman (Kenni, 60), Eyzas, Ogbene (Ida, 53), Perrott
Ogohlantirishlar: Salai, 45. Varga, 90 – Skeyls, 68. Kallen, 78. Ebosele, 89. Perrott, 90
3-turdan keyin atigi 1 ochkoga ega bo‘lgan Irlandiya keyingi 3 turda 9 ochko to‘pladi va o‘tish o‘yinlari orqali jahon chempionati uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi. G‘alaba suv va havodek zarur bo‘lgan irlandlar Budapeshtdagi hal qiluvchi o‘yinda ham hisobda ortda borayotgandi. Keyin esa Troy Perrott katta sahnaga chiqdi. O‘tgan turda Portugaliyaga qarshi o‘yinda (2:0) dubl qayd etgan hujumchi bu safar birinchi bo‘limda penaltini aniq ijro etdi, keyin esa 80- va 90+6-daqiqalarda gol urdi. Bu o‘yinda durang ham qoniqtiradigan Vengriya yakunda o‘tish o‘yinlarida ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘ldi. Vengrlar 1986 yildan buyon jahon chempionatlarini o‘tkazib yubormoqda. So‘nggi ikki o‘yinda besh gol urib, Irlandiya qahramoniga aylangan Perrott endi katta ehtimol bilan katta klublar e’tiboriga tushadi («Tottenhem» tarbiyalanuvchisi bo‘lgan futbolchi hozirda Niderlandiya chempionatida AZ Alkmar klubida to‘p surmoqda).
D guruhi
Ukraina g‘alabani ilib ketdi
Ukraina – Islandiya 2:0
Gollar: Zubkov, 83 (1:0). Gutsulyak, 90+3 (2:0)
Ukraina: Trubin, Zabarniy, Matviyenko, Mikolenko, Konoplya, Kalyujniy, Malinovskiy (Gutsulyak, 77), Yarmolyuk (Shaparenko, 69), Zubkov (Svatok, 87), Tsigankov (Nazarina, 87), Vanat (Yaremchuk, 69)
Islandiya: Oulafsson, Ingason, Magnusson, Ellersson (Tomasson, 86), Palsson, Yoxannesson, A. Gudmundsson, Haraldsson, Torsteynsson (Byarkason, 86), Vidlyumsson (Y. Gudmundsson, 65), Gudyonsen
Ogohlantirishlar: Malinovskiy, 75. Konoplya, 85 – Yoxannesson, 45
O‘tgan tur yakunlariga ko‘ra ochkolari soni bo‘yicha ukrainlarga yetib olgan Islandiyani o‘zaro o‘yinda durang ham qoniqtirgan bo‘lardi. Ammo Varshavadagi o‘yin oxirida tarozi pallasi nominal mezbonlar tomonga og‘ib ketdi. Avvaliga standart vaziyatdan keyin Palsson darvozabon hududidan turib boshda xavfli zarba yo‘lladi, Trubin esa qahramonlik ko‘rsatib, jamoasini o‘yinda olib qoldi. Keyin esa Gutsulyak avvaliga Zubkovni golli pas bilan ta’minladi, qo‘shimcha daqiqalarda o‘zi ham gol urdi. Endi Sergey Rebrov shogirdlari pley-off orqali omadini sinab ko‘radi.
Ozarboyjon – Fransiya 1:3
Gollar: Dadashov, 4 (1:0). Mateta, 17 (1:1). Akliush, 30 (1:2). Magomedaliyev, 45 – avtogol (1:3)
Ozarboyjon: Magomedaliyev (Bayramov, 46), Mustafozoda, Krivotsyuk, Badalov, Mahmudov (Abdullazoda, 66), Haybulayev, Dashdamirov, G. Aliyev, X. Aliyev (Ahmadzoda, 87), Nuriyev (Oxunzoda, 46), Dadashov (Guseynov, 75)
Fransiya: Shevale, Konate, L. Ernandez, T. Ernandez, Gyusto, Tyuram, Zair-Emeri, Nkunku (Sherki, 62), Mateta (Barkolya, 79), Akliush (Toven, 62), Ekitike
Ogohlantirishlar: Krivotsyuk, 39. Haybulayev, 72
Shanba kungi o‘yinlarda Qozog‘iston va Belarus mos ravishda Belgiya va Daniyadan ochko olib, ko‘pchilikni ajablantira olgandi. Bir kun o‘tib MDHning yana bir vakili Ozarboyjon fransuzlarga qarshi o‘yinda bu tryukni takrorlashga harakta qildi. Bokuda o‘tgan o‘yin startida Dadashov Dashdamirovning ideal uzatmasini golga aylantirib, hisobni ochdi. Shu kuni «Uchranglilar» darvozasida debyut qilgan Shevale 4-daqiqadayoq gol o‘tkazib yubordi.
Ammo bo‘lim davomida Fransiya barchasini o‘z joyiga qaytardi va hisobda oldinga chiqib oldi va bunda asosiy ishni Gyusto amalga oshirdi. «Chelsi» himoyachisi avvaliga hisobni tenglashtirgan Matetaga qanotdan uzatma berdi, keyin esa Akliushga milliy jamoadagi birinchi golini urishda yordamlashdi. Gyustoning o‘zi ham nomini tabloga yozdirib qo‘yishi mumkin edi, ammo u gol urgan hujum davomida Nkunku to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani ma’lum bo‘ldi. Umuman olganda, arbitr birinchi bo‘limning o‘zida mehmonlarning ikki golini bekor qildi, bo‘lim oxirida yana bir gol bekor qilinishi mumkin edi, ammo VAR aralashuvi bu safar mehmonlar foydasiga bo‘ldi. O‘tgan turdayoq JCh yo‘llanmasini hal qilgan fransuzlar saralash turnirini safardagi ishonchli g‘alaba bilan yakunladi.
I guruhi
28 yillik kutish
Italiya – Norvegiya 1:4
Gollar: Espozito, 11 (1:0). Nusa, 63 (1:1). Holand, 78 (1:2). Holand, 80 (1:3). Larsen, 90+3 (1:4)
Italiya: Donnarumma, Bastoni (Buondjorno, 86), Manchini, Dimarko, Di Lorenso, Lokatelli (Dzakkani, 79), Barella (Richchi, 86), Frattezi (Kristante, 68), Politano, Retegi, Espozito (Skamakka, 79)
Norvegiya: Nyulann, Ayyer, Heggem, Volfe (Estigor, 89), Ryuerson, Berg (Torsbi, 64), Berge, Nusa, Torstvedt (Bobb, 75), Serlot (Osgor, 75), Holand (Larsen, 89)
Ogohlantirishlar: Barella, 45. Bastoni, 67. Espozito, 69 – Larsen, 90
Italiya JChga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olishi uchun bu o‘yinda to‘qqiz gol farqi bilan g‘alaba qozonishi talab etilardi. Lekin 11-daqiqada Franchesko Espozito hisobni ochganida italiyalik ashaddiy muxlislar ham hech narsaga umid qilmayotgandi.
Va amalda ham hech qanday mo‘jiza sodir bo‘lmadi va Norvegiya 1998 yildan buyon ilk bor jahon chempionatiga boradigan bo‘ldi. Skandinavlar oxirgi bor Fransiya yashil maydonlaridagi turnirda ishtirok etganida jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Stol Solbakken futbolchi sifatida o‘ynardi. Hozirda esa jamoada Edegor, Holand, Torstvedt va Serlot kabi yangi avlod yulduzlari o‘ynamoqda — ular 90-yillardagi jahon chempionatlarida qatnashgan futbolchilarning farzandlari hisoblanadi.
Norveglar ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytirishdi va to‘rtta gol urishdi, Erling Holand navbatdagi dublni rasmiylashtirdi va saralash bosqichlaridagi urilgan gollar soni bo‘yicha (16) Levandovskining rekordini takrorladi. Umuman, norveglar 37 gol bilan saralash bosqichidagi eng ko‘p gol urgan jamoaga aylanishdi.
Yirik hisobda yutqazgan «Skuadra adzurra» esa endi o‘tish o‘yinlarida qatnashadi, jamoa bu bosqichda qatorasiga ikki bor muvaffaqiyatsizlikka uchragan JCh-2018 saralashida Shvetsiyaga, JCh-2022 saralashida Shimoliy Makedoniyaga qarshi o‘yinlarda mag‘lub bo‘lib, mundialdan qolib ketgan.
Isroil – Moldova 4:1
Gollar: Turgeman, 21 – penalti (1:0). Nikolaesku, 37 (1:1). Revivo, 65 (2:1). E. Perets, 85 (3:1). Baboglo, 88 – avtogol (4:1)
Isroil: Glazer, Blorian, Lemkin, Revivo, Dasa (Mizrahiy, 46), Biton (Shua, 86), E. Perets, D. Perets (Jobir, 77), Kanichovski (Turiel, 77), Turgeman (Toklomati, 84), Gluh
Moldova: Timbur, Baboglo, Gerasimenkov, Kukosh, Kaymakov, Fratya (Bodishtyanu, 72), Persiun, Bitsa (Bors, 54), Forov (Pletike, 54), Postolaki (Raylyanu, 54), Nikolaesku (Ionitse, 66)
Ogohlantirishlar: Dasa, 34. D. Perets, 45 – Kaymakov, 73. Pletike, 88
Chetlatish: Persiun, 18
Bu o‘yin oldindan quruq rasmiyatchilikka aylangandi. Ikki jamoa ham hatto pley-offda qatnashish imkoniyatini allaqachon yo‘qotgan. O‘yinning 18-daqiqasidayoq Serju Perchun Moldovani ozchilikda qoldirib ketdi va bu bilan amalda o‘yin taqdiri hal bo‘ldi. Avvaliga Dor Turgeman penaltini aniq ijro etib, hisobni ochdi, ammo nominal mehmonlar birinchi bo‘lim davomida hisobni tenglashtirishdi. Ikkinchi bo‘limda esa o‘yin faqat bir darvoza tomonga bo‘ldi – Isroil yana uchta gol urib, hisobni yiriklashtirdi.
K guruhi
Angliyada ideal natija
Albaniya – Angliya 0:2
Gollar: Keyn, 74 (0:1). Keyn, 82 (0:2)
Albaniya: Strakosha, Jimsiti, Ismayli, Aliyi, Xyusay (Baliu, 26), Aslani, Ramadani, Lyachi (Payaziti, 84), Xo‘ja, Bayrami (Broyya, 75), Uzuni
Angliya: Henderson, Kuansa, Stouns, O`Rayli, Bern, Uorton (Anderson, 75), Rays (Saka, 62), Bellinghem (Rodjyers, 84), Bouen (Reshford, 75), Eze (Foden, 62), Keyn
Ogohlantirishlar: Ramadani, 15 – Uorton, 39. Bellinghem, 80
Inglizlar Tiranada Tomas Tuxel davridagi eng kamtarona bo‘limni o‘tkazishdi va tanaffusgacha atigi 0,29 xG ko‘rsatkichini qayd etishdi. Lekin ikkinchi bo‘limda baribir Keynning gol sezish qobiliyati «Uch sherlar»ga saralash turniridagi yuz foizlik natijani taqdim etdi. Harri avvaliga Saka burchakdan oshirgan to‘pni mezbonlar darvozasiga yo‘lladi, keyin esa Reshfordning uzatmasini golga aylantirdi.
Jamoa sakkiz o‘yinda sakkiz g‘alabaga erishdi va bu o‘yinlarda birorta gol o‘tkazmadi – 22:0. Bungacha Yugoslaviya Yevropada saralash bosqichidagi barcha o‘yinlarda quruq g‘alabaga erishgan yagona jamoa bo‘lib turgandi, ammo bolqonliklar JCh-1954 saralashida atigi to‘rt o‘yin o‘tkazgandi. Seshanba kuni Ispaniya inglizlarning natijasini yaxshilashi mumkin, qizil furiya hozirda besh o‘yinda besh g‘alaba va 19:0 ko‘rinishidagi to‘plar nisbatiga ega, lekin ushbu jamoa so‘nggi turni Turkiyaga qarshi safarda o‘tkazadi.
Serbiya – Latviya 2:1
Gollar: Gutkovskiy, 12 (0:1). Katai, 49 (1:1). Stankovich, 60 (2:1)
Serbiya: Raykovich, Pavlovich (Mimovich, 46), Milenkovich, Kostich, Erakovich, Gruich (Gudel, 85), Lukich (Stankovich, 46), Samarjich, Radonich (Katai, 46), Jivkovich, Yovich (Miloshevich, 80)
Latviya: Matrevitss, Veyps, Yurkovskis, Melnik, Tonishev (Yagodinskiy, 78), Savalniyeks, Zelenkov, Vapne (Pulis, 84), Dashkevich (Penkevich, 78), Ikauniyeks (Savelev, 65), Gutkovskiy (Regja, 65)
Ogohlantirishlar: Savalniyeks, 59. Dashkevich, 62
O‘tgan turdayoq serblar guruhda uchinchi o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmasligi ma’lum bo‘lib ulgurgandi va jamoaning yangi bosh murabbiyi Velko Paunovich tajriba qilishni boshlab yubordi. Latviyaga qarshi o‘yin esa juda yomon boshlandi va 12-daqiqadayoq gol o‘tkazib yuborildi. Tanaffusdan keyin esa ikki Aleksandar o‘yinni qutqardi – Katai va Stankovich (Deyanning o‘g‘li) Andriy Jivkovichning uzatmalarini golga aylantirishdi. Lekin bu g‘alaba Serbiyaga hech narsa bermaydi. Ushbu guruhdan pley-offda Albaniya qatnashadi.
Sport
EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi
UEFA Chempionlar ligasi 2026/2027-yilgi mavsumi umumiy bosqichi to‘liq taqvimni e’lon qildi.
Bu bosqichda har bir jamoa 8 ta o‘yin o‘tkazadi: 4 tasi o‘z maydonida, 4 tasi safarda.
Joriy mavsumdan e’tiboran bir jamoa bir raqib bilan ketma-ket uch mavsum davomida o‘z maydonida o‘ynashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Umumiy bosqichning 1-turi uch kun — seshanba, chorshanba va payshanba (8-9-10-sentyabr) kunlariga taqsimlanadi. Qolgan turlar ikki kun davomida o‘tkaziladi. So‘nggi turda esa barcha uchrashuvlar bir vaqtda boshlanadi.
1-turni Abduqodir Husanov va «Manchester Siti» safarda «Portu»ga qarshi o‘tkazadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 9 sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:01 da.
Umarali Rahmonaliyev va «Sabah» esa Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi debyutida «Manchester Yunayted» maydonida sinovdan o‘tadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 11-sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da.
Manba: UEFA
Sport
Rossiyalik shaxmatchilar O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Olimpiadada qatnashmaydi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Prezident kengashi rossiyalik shaxmatchilarni Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. Bu haqda Rossiya shaxmat federatsiyasi ijrochi direktori Aleksandr Tkachyov TASS agentligiga ma’lum qildi.
«Jahon shaxmat Olimpiadasida terma jamoalarimiz qatnashmaydi. Kengash ushbu qarorni FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi janob Vishvanatan Anandning tashabbusi bilan qabul qildi», — dedi Tkachyov.
Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 16–27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
2025 yilning dekabrida Xalqaro shaxmat federatsiyasi Bosh assambleyasi rossiyalik sportchilarga nisbatan cheklovlarni to‘liq va qisman bekor qilish uchun ovoz bergan edi. Rossiyalik shaxmatchilarning qaytishiga 61 delegat ovoz bergan, 51 delegat qarshi chiqqan.
Biroq 2026 yil yanvarda Buyuk Britaniya, Germaniya, Norvegiya, Estoniya va Ukraina shaxmat federatsiyalari FIDEning rossiyalik shaxmatchilarga nisbatan sanksiyalarni to‘liq bekor qilish haqidagi qaroriga e’tiroz bildirish niyatida ekani xabar qilindi. Shundan so‘ng, 2026 yil iyun oyida sanksiyalar qayta joriy etildi.
Avvalroq mazkur Olimpiadani Magnus Karlsen va yana bir qator shaxmat yulduzlari ham o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi.
Sport
Krishtianu Ronaldu mavsum nihoyasida futbol bilan xayrlashishi mumkin
Krishtianu Ronaldu joriy mavsum nihoyasida professional futboldagi faoliyatiga yakun yasashi mumkin. Bu haqda u Vogue jurnaliga intervyusida ma’lum qildi.
«Ehtimol, bu futboldagi so‘nggi yilim bo‘lishi mumkin, o‘zimdan ulkan meros qoldirishni istayman», — dedi Ronaldu.
Besh karra «Oltin to‘p» egasi ta’kidlashicha, bo‘sh vaqtini hordiq va sayohatlarga ajratmoqchi.
Krishtianu Ronaldu professional futbolga kirib kelganiga 25 yil bo‘ldi. Birinchi katta o‘yinini 2002-yil 14-avgustda Lissabonning «Sporting» klubi safida Milanning «Inter»iga qarshi o‘tkazgan.
Sport
«Arsenal» «Manchester Siti»ni yirik hisobda yengib, Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi
Londonning «Arsenal» klubi o‘z tarixida 18-marta Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa Kardiffda «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yinning 23-soniyasida Rikkardo Kalafiori hisobni ochdi. One Football nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, bu 1968 yildan beri superkubok o‘yinining birinchi daqiqasida urilgan birinchi va kubok tarixidagi eng tezkor gol bo‘ldi.
London jamoasi safida yana Kay Xaverts (28) va Martin Edegor (48) gol urishdi.
O‘tgan mavsumda «Arsenal» Premer ligada g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, manchesterliklar Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.
«Shaharliklar» safida Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi.
Sport
Ronaldu Messining oilasidagi yo‘qotishga munosabat bildirdi
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu otasi vafot etgan argentinalik futbolchi Lionel Messini qo‘llab-quvvatladi. U Messining Instagram sahifasidagi posti ostida izoh qoldirdi.
«Bu qiyin damlarda siz va yaqinlaringizni mahkam quchgan holda chuqur hamdardlik bildiraman, Leo. Bardoshli bo‘ling», deb yozgan Ronaldu.
Avval Messi «Inter Mayami»dagi o‘yinchilik faoliyatini to‘xtatgani e’lon qilingan edi. U oilasi va do‘stlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Argentinada qoldi.
Xorxe Messi 8-avgust kuni 68 yoshida vafot etdi. U uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng olamdan o‘tdi. Ko‘p yillar davomida argentinalik futbolchining otasi o‘z o‘g‘lining faoliyatida muhim o‘rin tutardi.
-
Siyosat4 days ago
«Milliy manfaatlarni himoya qilish dunyodan yopilish degani emas» — Sherzod Asadov
-
Iqtisodiyot4 days ago
Oziq-ovqat ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?
-
Iqtisodiyot4 days agoPrezident ishtirokida umumiy qiymati 50 trln so‘mlik loyihalar ishga tushirildi
-
Siyosat17 hours ago
Prezidentning Mustaqillik bayrami tabrigidan o‘rin olgan asosiy fikrlari
-
Sport2 hours ago
EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi
