Connect with us

Jamiyat

Bolalarni ekrandan uzoqlashtirish uchun ijtimoiy tarmoqlarga taqiq: bu qanchalik samara beryapti?

Published

on


Bugun bolalar onlayn olamdagi muloqot va ijodkorlikdan zavq olish bilan birga, ko‘plab xavf-xatarlarga ham duch kelmoqda. Natijada hukumatlar ijtimoiy tarmoqlar uchun taqiqlar joriy qilishni boshladi. New York Times’ning yozishicha, bu taqiqlarning samarasi bo‘yicha tadqiqotlar cheklangan. Shu bilan birga, ular ota-onalarni tashvishga solayotgan asosiy mexanizmlarni o‘zgartirmaydi.

Foto: AFP – Getty Images

Bugungi dunyoda ota-onalar va o‘qituvchilarning ijtimoiy tarmoqlar haqidagi xavotirlari tabiiy. Bolalar onlayn olamda muloqot, ijodkorlik va shunchaki zavq olish imkoniyatiga ega. Shunga qaramay, bolalar huquqi himoyachilariga ko‘ra, ular xavf-xatarlarga juda tez-tez uchraydi.

“ Tarmoqlarda bolalar duch keladigan xavflarning turi va soni juda ko‘p. Masalan, bolalarni qo‘rqitish, jinsiy ekspluatatsiya, tanasini va tashqi ko‘rinishini haqorat qilish, o‘ziga zarar yetkazish kabi holatlar. Bundan tashqari, tugamas yangiliklar lentasi, sun’iy intellekt chat-botlariga bog‘lanib qolgan nosog‘lom munosabatlar va telefonini qo‘ya olmaydigan o‘smirlar ham ota-ona uchun ancha jiddiy muammo.

So‘nggi yillarda yoshlar ruhiy salomatligiga oid bunday tashvishlar kuchaygani sari, hukumat va ta’lim tizimi onlayn xavflarni kamaytirish yo‘llarini izlamoqda. Ko‘plab maktablarda telefondan foydalanish taqiqlandi. Instagram, TikTok va Snap kabi tarmoqlar o‘smirlar uchun yangi himoya mexanizmlarini joriy qildi. Endi esa Avstraliya o‘smirlar uchun keng qamrovli ijtimoiy tarmoqlarga taqiq joriy etish arafasida turibdi.

Bu taqiqlar haqiqatan ham yordam beradimi? The New York Times texnologiya bo‘limi muxbiri Natasha Singer bu mavzuni tahlil qildi.

Nimalar bo‘lyapti?

Yoshlar muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlarda yomon tajribalarga duch kelayotganini xabar qilishadi.

2021 yilda sobiq Facebook kompaniyasida ishlagan xodimi Mark Tsukerberg hamda boshqa rahbarlarni kompaniya so‘rovnomasi natijalari bilan ogohlantirgan edi. So‘rovnomada qatnashgan 13–15 yoshli o‘smirlarning 20 foizdan ortig‘i o‘tgan hafta davomida Instagramʼda kamsitilganini bildirgan. So‘rovda qatnashgan ko‘plab o‘smirlar hatto «nojo‘ya yaqinlashuvlarga» ham duch kelganini aytgan.

Shundan so‘ng Instagram o‘smirlar uchun himoya choralarini kuchaytirdi. Masalan, o‘smirni kuzatmaydigan (follow qilmaydigan – tahr.) notanish kattalar unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabar yubora olmaydigan mexanizm joriy qilindi. O‘tgan yili esa platforma 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarga yuboriladigan shaxsiy xabarlardagi yalang‘och suratlarni avtomatik xira qilib ko‘rsatadigan yangi himoya tizimini ishga tushirdi.

Biroq tadqiqotchilar va hukumat vakillari bu himoya mexanizmlarida ham nuqsonlar borligini aniqlashdi. O‘tgan yili Nyu-Meksiko shtatida uch erkak hibsga olindi. Shtat bosh prokurorining aytishicha, ular ijtimoiy tarmoqlarda bolalarni jinsiy aloqaga jalb qilganlikda gumon qilinmoqda. Bunday pedofillarni qo‘lga tushirish uchun tergovchilar o‘zlarini ijtimoiy tarmoqlarda bola sifatida ko‘rsatib, maxsus soxta akkauntlar yaratgan. Ular esa soxta akkauntlarida bolalar rolini o‘ynagan tergovchilarga yozishgan.

Odamlar qanday munosabat bildirmoqda?

Yuqorida qayd etganimiz kabi, ba’zi qonunchilar va maktablar to‘liq texnologik taqiqlarga o‘tmoqda. Ularning eng keng qamrovlisi Avstraliyada bo‘lib, hukumat ko‘plab bolalarni ijtimoiy tarmoqlardan butunlay uzishga urinmoqda. Dekabrdan boshlab Instagram, TikTok va YouTube kabi platformalarga 16 yoshgacha bo‘lgan avstraliyaliklarga akkaunt ochishning oldini olish uchun «asosli choralar» ko‘rish talab qilinadi.

Sidneydagi jurnalist Viktoriya Kim xabar berishicha, hukumat, shuningdek, milliondan ortiq o‘smirga tegishli mavjud akkauntlarni ham o‘chirib tashlashni xohlamoqda. Avstraliya taqiqi muammoli masalani hal etishi mumkin. Chunki regulyatorlar ijtimoiy tarmoqlar 13 yoshdan kichik bolalarning millionlab akkaunt ochishiga yo‘l qo‘yganini, kompaniyalar esa o‘z yosh cheklovlarini yetarlicha nazorat qilmayotganini ta’kidlamoqda.

Biroq UNICEF’ning Avstraliyadagi vakolatxonasi boshqacha fikrda. «Bu taqiq ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy jihatlariga – do‘stlik va muloqot imkoniyatlariga zarar yetkazadi, yoshlarning onlayn muammolarini esa hal etmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab foydali narsalar bor – ta’lim, do‘stlar bilan aloqada bo‘lish,» deyiladi tashkilot bayonotida.

Buyuk Britaniya esa boshqa yo‘ldan bormoqda. Xususan, o‘smirlarni ilovalardan butunlay chiqarib tashlash o‘rniga maxfiylik va vaqtni boshqarish nazoratini kuchaytirmoqda. 2020 yildan buyon Britaniya ijtimoiy tarmoqlar va videoo‘yinlariga foydalanuvchilarni ko‘proq ma’lumot berishga «undovchi texnik usullar»dan foydalanishni taqiqlagan. Shuningdek, 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun eng yuqori maxfiylik sozlamalari avtomatik tarzda yoqilishi shart. 2022 yilda Kaliforniya ham shunga o‘xshash qonun qabul qildi, biroq hozircha savdo uyushmalaridan biri bergan da’vo tufayli qonun to‘xtatilgan.

Maktablar ham texnologik chalg‘ituvchi omillarni kamaytirishga harakat qilmoqda. Bugungi kunda dunyo mamlakatlarining 40 foizida o‘quvchilarning telefon ishlatishi taqiqlangan yoki cheklangan. Xuddi shuningdek, AQShning 30 dan ortiq shtatida ham shunday choralar joriy qilingan.

NYT muxbirining yozishicha, bu taqiqlarning samarasi bo‘yicha tadqiqotlar cheklangan. Angliyadagi 30 ta maktabda 1200 dan ortiq o‘quvchi o‘rtasida o‘tkazilgan kichik so‘rov natijasiga ko‘ra, Birmingem universiteti olimlari telefon taqiqlari o‘quvchilarning ruhiy holatini yaxshilamaganini aytgan.

Taqiqlar – xavf ildizlariga yetib bormaydi

Nashrning yozishicha, umumiy texnologik taqiqlar qo‘pol vosita bo‘lishi mumkin. Ular ko‘plab yoshlar uchun ijtimoiy tarmoqlarga kirishni qiyinlashtiradi. Ammo ota-onalarni tashvishga solayotgan asosiy ilova mexanizmlarini o‘zgartirmaydi.

«Ko‘plab mashhur ilovalar foydalanuvchi e’tiborini «ushlab turish»ga mo‘ljallangan kuchli algoritmlardan foydalanadi. Bu foydalanuvchilarni ko‘proq onlayn qolishga majbur qiladi, va bu kompaniyalarga reklama orqali ko‘proq daromad keltiradi. Asosiy sabab bu – platformalarni harakatga keltiradigan moliyaviy manfaat», deydi avstraliyalik tadqiqotchi va Kaliforniya universitetining Texnologiya, Huquq va Siyosat instituti ijrochi direktori Yuliya Pouls.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu manipulyativ amaliyotlarni yaratadi va «qimor yoki nosog‘lom oziq-ovqat kabi zararli sohalar bundan foydalanishi mumkin».

«Qonunchilar muammoning mohiyatini anglamayapti. Avstraliyaning yangi taqiqi kompaniyalarga – ular joylashtirgan reklamalar va reklama daromadlarini e’tiborsiz qoldirishni buyuradi», deydi Pouls.

Agar u haq bo‘lsa, bu texnologik taqiqlar faqat alomatlarni davolayotgandek bo‘ladi. Bu esa bolalar va o‘smirlar uchun onlayn xavflarning ildiz sabablariga esa deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi, deya maqola xulosa bergan The New York Times muxbiri Natasha Singer.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Qonunchilikdagi noaniqliklar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi

Published

on


Prezident farmonida tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan «tadbirkorlik subyektining haqlilik prezumpsiyasi» belgilandi.

Unga ko‘ra, davlat organi tomonidan aksi isbotlanmaguncha tadbirkorlik subyekti va uning mansabdor shaxsi qonunchilikka muvofiq harakat qilgan hamda o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan deb hisoblanadi.

Sudda tadbirkorga nisbatan huquqiy ta’sir chorasi qo‘llash uchun uning asosli, qonuniy va mutanosib ekanini, shuningdek, huquqbuzarlik faktini isbotlash majburiyati davlat organiga yuklanadi.

Qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar, noaniqlik va tushunmovchiliklar, shuningdek, dalillar yetarli emasligi tufayli yuzaga keladigan shubhalar tadbirkorlik subyekti foydasiga talqin qilinadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Hindiston yetakchilariningg tarixiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Published

on


Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida mehmon davlatimiz rahbarini Mustaqillik kuni bilan samimiy tabrikladi. Ushbu tarixiy tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiqib, o‘zaro hamkorlikda yangi bosqichni boshlab berishi ta’kidlandi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi ilk bor 1 milliard dollardan oshdi, qo‘shma korxonalar soni esa 7 barobarga ko‘paydi, haftasiga 14 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvoz amalga oshirilmoqda.  Ikki davlat rahbarlari 2030-yilga qadar o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga kelishib oldilar. Shuningdek, energetika, farmatsevtika, metallurgiya, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor sohalarda yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Hamkorlikni samarali muvofiqlashtirish maqsadida tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida yangi muvofiqlashtiruvchi mexanizm ta’sis etiladigan bo‘ldi. Tomonlar parlamentlararo, Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi doirasidagi muloqotlarni faollashtirishga kelishib oldilar. Andijon va Gujarat, Farg‘ona va Haryana, Samarqand va Agra o‘rtasidagi hududlararo yaqin sheriklik aloqalari ham yuqori baholandi.

Gumanitar sohada ta’lim va madaniyat yo‘nalishidagi aloqalar kengaymoqda. Hozirda O‘zbekistonda Hindistonning 4 ta universiteti faoliyat yuritmoqda. Madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda Lal Bahodur Shastri nomidagi Hind madaniyati markazi va Mahatma Gandi nomidagi Hindshunoslik markazi muhim o‘rin tutmoqda.

Shuningdek, O‘zbekistonda yoga tobora ommalashib borayotgani va ushbu sohadagi hamkorlik faol rivojlanayotgani qayd etildi.

Tashrif doirasida Madaniy almashinuv bo‘yicha besh yillik dastur imzolanishi, madaniyat kunlari va kinofestivallar muntazam o‘tkazilishi belgilandi. Rahbarlar BMT, ShHT va BRIKS kabi xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birini izchil qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishlarini bildirdilar. Muzokaralar yakunida belgilangan barcha vazifalar bo‘yicha aniq «yo‘l xaritalari» ishlab chiqilishiga kelishib olindi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Published

on


Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. 

Jamshid Sharopov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

​Jamshid Sharopov 1984-yil 27-yanvarda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Buxoro davlat universiteti, 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi-iqtisodchi.

​Mehnat faoliyatini 2002-yilda AT “Paxta Bank”ning Buxoro viloyati boshqarmasi bank jarayonlari bo‘limi iqtisodiy bo‘linmasi mutaxassisi sifatida boshlab, ATB “Agrobank” Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i (2014-2020), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i (2020-2021), Shofirkon tumani hokimi (2021-2023), ATB “Agrobank” agrosanoat majmuasi korxonalarini moliyalashtirish departamenti direktori o‘rinbosari (2023-2026) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

​Ayni paytga qadar u ATB “Agrobank” muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz mukofotlandi

Published

on


«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoni e’lon qilindi.

Mukofotlanganlar ro‘yxati:

“Do‘stlik” ordeni bilan

Ivan Sao – “BYD Auto” kompaniyasining Yevropa sotuv bo‘limi bosh direktori o‘rinbosari

Klod Imoven – Fransiyaning “MEDEF International” harakatining O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi

Masayoshi Fujimoto – “Sojitz” kompaniyasi direktori

Sabine Maxl – BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori

Turaman Sinan – Shayxontohur tumanidagi “Outdoor Factory Toshkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Toshkent shahri

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Qahorova Nilufar Hamroyevna – AQShning Garvard universiteti huzuridagi Boston bolalar shifoxonasi loyiha menejeri 

Yuldasheva Nodira Muxamedovna – Kanadaning Toronto shahridagi Kanadadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi asoschisi, “Sog‘lom yo‘l” tibbiy va diagnostik markazi rahbari 

“Shuhrat” medali bilan

Abdullayeva Shahlo Abdirashidovna – Koreya Respublikasining Kvangju shahridagi Migrant ayollar huquqlarini himoya qilish va ta’lim berish markazi rahbari.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Published

on


Podpolkovnik Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichida tahsil olgan.

Tayinlov Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining jamoat xavfsizligi va kriminogen vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.

Sessiyada viloyatdagi jinoyatchilik holati ham tahlil qilindi. Joriy yilning hisobot davrida hududdagi 723 ta mahallaning 528 tasida (73 foiz) bironta ham jinoyat sodir etilmagan. Ichki ishlar xodimlarining tashabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlar soni 40 foizga yaxshilangan.

Shu bilan birga, 28 ta mahalla «qizil» toifada qolayotgani qayd etildi.

Yangi IIB boshlig‘iga jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, har bir mahallada xavfsizlikni ta’minlash, aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash vazifalari yuklatildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.