Connect with us

Jamiyat

Londondagi xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston milliy stendi tashkil etildi

Published

on

Londonda turizm sohasida dunyodagi eng yirik xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalardan biri – «World Travel Market London – 2025» bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘rgazmada Turizm qo‘mitasi, mamlakatimizning Londondagi Elchixonasi va «Milliy PR-markazi» DM ko‘magida tashkil etilgan O‘zbekiston milliy stendida 10 dan ortiq milliy sayyohlik kompaniyalari va yurtimiz hunarmandlari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Milliy stendda O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot tashkil etildi. Unda tashrif buyuruvchilar respublikamiz, jumladan uning boy madaniy va tarixiy merosi, qadimiy shaharlari, mehmondo‘stlikning zamonaviy rivojlanishi va infratuzilmalar haqida batafsil ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. O‘zbekiston pavilyonida yangi sayyohlik yo‘nalishlarini qidirayotgan Britaniya va xorijiy kompaniyalar bilan B2B formatida muzokaralar o‘tkazish uchun sharoitlar tashkil etilgan.

Bundan tashqari, hamkor mamlakatlar va yirik tashkilotlarni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan TXTY-2025 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etishga jalb etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Milliy stendda O‘zbekistonning boy madaniyati va urf-odatlarini aks ettiruvchi milliy folklor dasturi namoyish etilmoqda. O‘zbek raqslari, an’anaviy kuy-qo‘shiqlar va turli hududlarga xos madaniy ko‘rinishlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirmoqda.

«WTM London» turizm sohasidagi eng yirik va ommabop xalqaro ko‘rgazmalardan biri bo‘lib, ushbu sohadagi xizmatlarning deyarli barcha turlarini taqdim etadi. «WTM» 1980 yildan buyon har yili Londonda o‘tkaziladi. 2009 yildan O‘zbekiston ushbu tadbirda muntazam ishtirok etib keladi.

«WTM-2025» ko‘rgazmasida 180 dan ortiq mamlakatlar, 4 mingga yaqin sayyohlik kompaniyalari va turoperatorlarning stendlari turizm sohasidagi 45 mingdan ortiq mutaxassislar tomonidan namoyish etilmoqda.

Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Qoraqalpog‘istonda ta’lim bo‘yicha muhim tayinlovlar amalga oshirildi

Published

on

Qoraqalpog‘istonda ta’lim sohasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi. 

Ayapov Amanjol Tlepovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Amanjol Ayapov tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Kasbiy ta’lim agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan.

Ayimbetov Bayrambay Sharapatdinovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Bayrambay Ayimbetov tayinlovga qadar O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida mas’ul lavozimda ishlab kelgan.

Source link

Continue Reading

Jamiyat

PPX xodimi voyaga yetmagan qizlarga shilqimlik qilgani aytildi: IIV bayonot bilan chiqdi

Published

on

Tarmoqda PPX xodimi 14 yoshli qizni dugonasi bilan birga tog‘li hududga olib borib, ularga shilqimlik qilgani bo‘yicha xabar tarqaldi. IIV Jamoat xavfsizligi departamenti esa mazkur holat yuzasidan tekshiruv boshlanganini bildirdi. 

Hodisa Ohangaron shahrida sodir bo‘lgan. Qizning aytishicha, Spark mashinasi ko‘chada to‘xtab, uning egasi qizlarni mashinga o‘tirishga majburlagan. So‘ngra jabrlanuvchining akasi geolokatsiya orqali borib vaziyatga aralashgan. 

Ichki ishlar vazirligining Ichki xavfsizlik bo‘limi prokuratura bilan hamkorlikda ushbu hodisa bo‘yicha darhol tergov boshladi. Hodisaning barcha ishtirokchilari va holatlari aniqlandi. 

Nashrlarda tilga olingan xodim lavozimidan chetlashtirildi. Agar da’vo qilingan harakatlar tasdiqlansa, ularning harakatlari qat’iy qonuniy choralar, jumladan, jinoiy javobgarlikka tortiladi. 

«Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining, ayniqsa voyaga yetmaganlarga nisbatan har qanday noqonuniy xatti-harakatlari qabul qilinishi mumkin emasligini va qattiq jazolarga olib kelishini ta’kidlaymiz», deyiladi IIV xabarida. 

Tergov natijalari keyinroq e’lon qilinadi. 

Source link

Continue Reading

Jamiyat

Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda

Published

on

Tagida patrul xizmat mashinasi, egnida forma va cho‘ntakda “ichki ishlar xodimi” degan guvohnoma. Bular odatda qonun himoyachisining atributlari. Ammo Samarqandda bu vositalar millionlab dollarlik firibgarlik quroliga aylandi.

Toyloq tumanida o‘nlab, balki yuzga yaqin inson bir odamga ishonib aldanib qolgan – u ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi xodimi, leytenant Bunyod Yazdonov. Xodim Buxoroda qurilish loyihasi borligini aytib, odamlardan pul olgan.

Va’da oddiy bo‘lgan: pulingiz yoki mulkingizni berasiz, foydasi bilan qaytarib olasiz. Ammo voqealar rivoji butunlay jiddiylashib ketdi, leytenant to‘xtashni unutib qo‘ydi.

Kun.uz holat bo‘yicha surishtiruv olib bordi.

Leytenant Bunyod Yazdonovdan eng ko‘p jabrlanganlardan biri – mashina savdosi bilan shug‘ullanuvchi Shahriyor Obloqulov. Uning aytishicha, Yazdonovga avvalo qishloqdoshi ekani va ichki ishlar tizimida ishlashi sababli ishongan.

Dastlab inspektor olgan qarzlarini o‘z vaqtida qaytarib kelgan. Bu esa ishonchni yanada mustahkamlagan. Obloqulov avval o‘zining bir nechta avtomobillarini, keyin esa tanishlaridan ham pul va mashinalar olib, Yazdonovga bergan.

Biroq 2025 yil kuziga kelib vaziyat o‘zgargan, qarzlarni qaytarish muddati cho‘zila boshlagan. Shu orada Yazdonov boshqa ko‘plab odamlardan ham xuddi shu tarzda qarz olgani ma’lum bo‘lgan.

“Yazdonov va uning “opaxoni” Shahnoza Xushmurodova menga garov sifatida uy va do‘kon hujjatlarini bergandi. Keyin ularning barchasi soxta ekani aniqlandi. Oldi-berdilarimizni Bunyodning o‘zi tasvirga olib bergan, gaplarimga asosim bor. Hozir mendan Bunyodning 258 ming, Shahnoza Xushmurodovaning esa 35 ming AQSh dollari qarzi bor”, – deydi Obloqulov.

Jabrlanuvchilarning aytishicha, ishonch aynan uning formasi va lavozimi orqali paydo bo‘lgan. Odamlar uni oddiy odam emas, davlat tizimi vakili sifatida qabul qilgan.

Jabrlanuvchilardan biri Afzal G‘aniyevning aytishicha, Yazdonov qarz oldi-berdilarida hatto o‘z xizmat guvohnomasini ham ishlatib, undan garov sifatida foydalangan.

“Yaqingacha Bunyodning xizmat guvohnomasi qo‘limda edi – qarzini bermagani uchun hujjatni olgandim. Keyin yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan qo‘ng‘iroq qilib, guvohnomani topshirishimni, aks holda javobgarlikka tortilishim mumkinligini aytishdi. Shundan so‘ng hujjatni qaytardim.

Hozir Bunyodning mendan qarzi 70 ming AQSh dollarini tashkil qiladi”, – deydi G‘aniyev.

Tilga olingan raqamlar bu ishning haqiqiy ko‘lamini ko‘rsatadi. 120 ming dollar… 70 ming dollar… Va yana o‘nlab shunday holatlar. Shu kabi qarzlar yig‘ilib, umumiy summa dollarda millionlarga yetgani aytilmoqda. Aniq raqamlar hozircha ma’lum emas.

Bunyod 2025 yilning sentabr oylarida ham pul yig‘ishda davom etgan. Ammo aynan shu paytdan boshlab vaziyat o‘zgargan. Pullar qaytarilmagan, natijada haqdorlarda savollar ko‘payib borgan. Qarz berganlar shubhalana boshlaydi va vaziyat oydinlashadi: ular katta ehtimol bilan pullarini qaytarib ololmasligini anglab yetishadi. Bu vaqtga kelib Bunyodning “piramidasi”ga allaqachon o‘nlab odamlar ilinib bo‘lgandi.

Ushbu voqeada yana bir qahramon bor. Jabrlanuvchilar uni Bunyodning “opaxoni” deb ataydi. Jabrlanuvchilar bilan bo‘lgan muloqotlardan anglashilishicha, ayrimlar uni bu ishda asosiy odam deb hisoblaydi.

Taqdim etilgan audiolarda “opaxon” qarzlar bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishini aytgan: “Men sizga pul beraman… Bunyod qochib ketsa, qarzini men to‘layman”.

Biroq keyingi suhbatlarda u yana mablag‘ izlash va “riskli” kelishuvlarga kirishganini ham tan oladi: “Hozir bitta riskovanniy ish qilyapman… 100 ming usti bor deyapti…”

Yana bir o‘rinda ayol: “Agar Bunyod kirsa, men birovga bir tiyin bermayman”, deganini eshitish mumkin.

Jabrlanuvchilarning aytishicha, o‘sha ayol leytenantning tergov ishini Toshkentga ko‘chirishi, uning ustidan ariza qilingani uchun pul bermasligini bildirgan. “Opaxon” ochiqda va u tergovga qay darajada jalb etilgani hozircha bizga noma’lum.

Voqea Samarqandda sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, ish Toshkent viloyatida ko‘rilmoqda. Rasmiylar bu harakat xolislikni ta’minlash uchun qilinganini aytmoqda. Ammo jabrlanuvchilar uchun bu qaror qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, 2025 yil 12 noyabr kuni Bunyod Yazdonov xizmatdan bo‘shatilgan. 2026 yil yanvar oyida esa unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov boshlanganiga 3 oydan oshib ketganiga qaramay, jabrlanuvchilarga haligacha aniq gap aytilmayapti. Qarz berganlar daromadidan ayrilgan, sog‘lig‘ini yo‘qotgan, oilasida notinchlik yuzaga kelmoqda.

Kun.uz voqealar rivojini kuzatishda davom etadi va mavzuga yana qaytadi.

Source link

Continue Reading

Jamiyat

Samarqandda leytenant va “opaxon” million dollarlik ishda gumonlanmoqda

Tergov tafsilotlari haqida ma’lumot olishga ko‘p urindik. Afsuski, Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosovdan bu haqida izoh olib bo‘lmadi.

Bu holat birinchisi emas. Kun.uz kuni kecha Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi xodimi, inspektor Bekzod G‘oyibnazarov bilan bog‘liq holat bo‘yicha surishtiruv e’lon qilgandi. Unda xodim bir necha shaxslarni avtomobil sotuvi bahonasida aldagani, xizmat mavqeyidan foydalanib ishonch qozongani hamda o‘z nomiga o‘tmagan mashinalarni sotib yuborib, mablag‘larni onlayn qimorga tikib yuborgani haqida so‘z boradi.

Kun.uz voqealar rivojini kuzatishda davom etadi va mavzuga yana qaytadi.

Source link

Continue Reading

Jamiyat

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi uchta teatrni ko‘zdan kechirdi

Published

on

“Poytaxtdagi aksariyat teatrlarning moddiy-texnik bazasi davlat ko‘magiga o‘ta muhtoj. Vaziyatni shaxsan o‘zim nazoratga oldim”, dedi Prezident administratsiyasi rahbari. Uning qo‘shimcha qilishicha, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi teatrlar faoliyati bilan tanishdi.

“Toshkent teatrlarida hayot har doim qizg‘in qaynagan. Ammo, shu bilan birga, aksariyat poytaxt teatrlarining moddiy-texnik bazasi davlat ko‘magiga o‘ta muhtoj.

Poytaxtdagi uchta teatrni ko‘zdan kechirdik. Muqimiy nomidagi akademik teatr, Yoshlar teatri hamda “Arena” yotoqxonasi binolari anchadan buyon jiddiy ta’mirtalab holatda.

Biz hamma sharoitni yaratsakkina, repertuarlar yangilanib turadi, tomoshabin ko‘nglidan joy oladigan, dolzarb mavzulardagi spektakllar sahnalashtiriladi”, – deya yozdi Mirziyoyeva Telegram-kanalida.

Uning qayd etishicha, nodir qo‘lyozmalarni raqamlashtirib, kitobxonlarga taqdim etayotgan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Moliyalashtirish masalalarini hal qilish uchun mas’ul shaxslar tayinlangan. Vaziyatni shaxsan o‘zim nazoratga oldim”, – dedi Administratsiya rahbari.

Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.