Connect with us

Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Pokiston qishloq xo‘jaligi texnikalarini birgalikda ishlab chiqaradi

Published

on


Mamlakat elchixonasi ko‘magida AgroTech Klaster mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillarining Pokistonning Lahor shahriga ishchi safari tashkil etildi.

O‘zbekiston vakillari safar davomida Pokiston qishloq xo‘jaligi texnikasi, traktor ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. Ularda O‘zbekiston va Pokiston yetakchilarining Toshkentdagi oliy darajali uchrashuvida erishilgan sohaga oid kelishuvlarni amalga oshirish, hamkorlikda qo‘shma loyihalarni ro‘yobga chiqarish istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari, shuningdek, Pokiston Sanoat va ishlab chiqarish vazirligi, Millat Tractors, Al-Ghazi Tractors, “Pokiston avtomobil va qishloq xo‘jaligi uchun ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchilar uyushmasi”, Hamza Wazir Tractors, Buraq tractors kabi yetakchi traktor kompaniyalarining ishlab chiqarish quvvatlari va qo‘llaniladigan texnologiyalar bilan joyida tanishdi.

AgroTech Klaster MChJ tomonidan ishlab chiqariladigan traktor va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalari taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda ularning afzalliklari, texnik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida hamkor tomonni qiziqtirgan savollar bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.

Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, traktor va turli qishloq xo‘jaligi texnikalarini O‘zbekiston va Pokistonda birgalikda ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Mamlakat delegatsiyasi vakillari, shuningdek, Pokiston mashinasozlik, jumladan traktor vositalari va qishloq xo‘jaligi texnikalari bozoriga oid marketing ma’lumotlari, mahalliylashtirish darajasi, sohaga oid qonunchilik talablari bilan ham batafsil tanishdi.

Muzokaralar natijasida 50-85 ot kuchiga ega bo‘lgan, ikki davlat iqlimiga moslashtirilgan traktorlarni va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalarini hamda ular uchun ehtiyot qismlarni birgalikda ishlab chiqarishni ilgari surish, mahsulotlar narxini optimallashtirish masalalarida kelishuvlarga erishildi.

O‘zaro muloqotni davom ettirish, AgroTech Klaster MChJ faoliyati bilan joyida tanishish, yangi istiqbolli loyihalarni muhokama qilish uchun Pokistonning qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqaruvchilari O‘zbekistonga taklif etildi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).

Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).

Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston shokolad importining qariyb 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 46 davlatdan qariyb 28,5 ming tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan.

Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 123,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 6 foizga ko‘p.

Import hajmi bo‘yicha Rossiya keskin ustunlik qilgan. Yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 19,5 ming tonna shokolad mahsulotlari yetkazib berilgan.

Rossiyadan kelgan shokolad mahsulotlari umumiy importning qariyb 70 foizini tashkil etgan. Keyingi o‘rinda Ukraina bo‘lib, undan 2,2 ming tonna mahsulot import qilingan.

Qozog‘istondan 914 tonna, Belarusdan 805,2 tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan. Litvadan import 746,2 tonnani tashkil etgan.

Turkmaniston 715,2 tonna, Turkiya esa 569,5 tonna ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Qolgan davlatlar hisobiga 3 ming tonna mahsulot to‘g‘ri kelgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Andijonda Shavkat Mirziyoyev raisligida yig‘ilish boshlandi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning birinchi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar 16,1 foiz, investitsiyalar 8,9 foizga o‘sgani qayd etildi.

– Bizga o‘sishdagi raqamlar emas, balki har bir ko‘rsatkich har bir oilaning kundalik hayotiga qanday o‘zgarish olib kirgani muhim,– dedi davlatimiz rahbari.

Andijonda yer va tabiiy boyliklar cheklangan bo‘lsa-da, harakatchan aholi, kuchli tadbirkorlik ruhi, ko‘p sonli yoshlar, sanoat maktabi va katta bozor kabi imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.

So‘nggi o‘n yilda viloyatga respublika budjetidan 20 trillion so‘m, banklar tomonidan tadbirkorlik uchun 90 trillion so‘m yo‘naltirildi. Birgina joriy yilda aholi farovonligini oshirishga 6 trillion so‘m ajratildi.

Hokimlarga berilgan vakolatlar va yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar shunga munosib natijaga aylanishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.