Iqtisodiyot
g‘oyalar, brendlar va media bozor kelajagi uchrashadigan joy
24 oktyabr kuni InterContinental Tashkent mehmonxonasida Ledokol Group reklama xoldingi tomonidan tashkil etilgan Big Media Day 2025 konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Bu marketing, dijital, reklama va PR sohasidagi mutaxassislar uchun yilning asosiy voqealaridan biridir.
Konferensiyaning asosiy mavzusi — «Media va marketing: bugun va ertaga». Ishtirokchilar O‘zbekiston media bozori qanday o‘zgarib borayotgani, qanday trendlar auditoriya xulq-atvorini shakllantirayotgani va brendlarning bugungi kunda samarali bo‘lishiga qanday vositalar yordam berayotganini muhokama qildilar.
Kuchli spikerlar tarkibi
Konferensiya mavzulari obro‘ni boshqarish, blogerlar bilan ishlash, milliy marketingni qurish, onlayn va oflayn vositalar muvozanatini o‘z ichiga oladi. Big Media Day turli sohalar — FMCG va farmatsevtika, fintex, telekom, chakana savdo, ko‘chmas mulk va superapplar mutaxassislari uchun foydali bo‘ladi. Real biznes-chaqiruvlar hamda yechimlar — diqqat markazidadir: brendlar yangi iste’molchilik patternlariga qanday moslashishi, auditoriya bilan muloqot o‘rnatishi, tanilish, konversiya va sodiqlikni oshirishi, shuningdek, strategiya orqali sotuvni kengaytirishi.
Har bir ishtirokchi mahsulot va distributsiya bilan ishlashdan tortib, kreativ, ma’lumotlar va dijital-ekotizimlargacha bo‘lgan o‘z sohasiga tegishli keyslar hamda insaytlarni topa oladi.
Spikerlar orasida xalqaro kompaniyalar, yetakchi agentliklar va yirik brendlar vakillari bor:
• Dmitriy Drokin, NielsenIQ (Markaziy Osiyo);
• Tatyana Sokolova, STADA;
• Vladimir Korovin, OMD OM Group;
• Rustam Shakirzyanov, Yandex Ads;
• Yan Svoyavola, Reason to Believe / Assalom Estate;
• Timur Abdulin va Jasur Po‘latov, Index nufuz agentligi rahbari va PR-direktori;
• shuningdek, keng tarkibda Ledokol Group jamoasi.
Konferensiyaning maxsus mehmoni YoCo.digital, ex-Mail.ru Group bosh direktori Semyon Boyarskiy bo‘lib, u «Blogerlar bilan natijaga olib keladigan reklama kampaniyasini qanday boshlash kerak» mavzusida ma’ruza qiladi.
Ishtirokchilarni nima kutmoqda
Konferensiya bir nechta sessiya zallarida bo‘lib o‘tadi, unda tematik panellar, keys-stadi, muhokamalar va netvorking rejalashtirilgan. Ishtirokchilar norasmiy muhitda tajriba almashishlari, ekspertlarga savollar beradilar va haqiqiy biznes ssenariylarini muhokama qilishlari mumkin bo‘ladi.
Tashkilotchi va maqsad
Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, Big Media Day ekspertlar mediabozor va marketing rivojlanishini muhokama qilishlari, umuman olganda, amaliy keyslar bilan o‘zaro almashishlari mumkin bo‘lgan platformaga aylanadi.
– Bizning maqsadimiz — ekspertlar va brendlarni birlashtirib, birgalikda O‘zbekistonning barqaror va istiqbolli media bozorini shakllantirish hamda rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishdan iboatdir. Bunda, biz dastur media kun tartibidan tashqariga chiqishini istaymiz: marketologlar nafaqat reklama, balki iste’molchi, mahsulot, distributsiya va marketing va PRning boshqa asosiy jihatlari haqidagi hisobotlarni eshitishlari kerak, — dedi Ledokol Group rahbari Dilshod Muzaffarov.
Qanday ishtirok etish mumkin
Big Media Day 2025 konferensiyasi marketologlar va brend-menejerlar, dijital va PR-mutaxassislar hamda kommunikatsiyalar bilan ishlovchilar uchun foydali bo‘ladi.
Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish — pullik. Qo‘shilish uchun bigmediaday.uz saytida ariza qoldirish kerak. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, ishtirokni tasdiqlash va chiptani rasmiylashtirish uchun tashkilotchilar jamoasi siz bilan bog‘lanadi.
Saytda shuningdek, konferensiya dasturi, spikerlar va hamkorlar ro‘yxati ham e’lon qilingan.
Iqtisodiyot
Markaziy bank dollar kursi bo‘yicha ma’lumot berdi
Markaziy bank 2026-yil 29-apreldan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 43,76 so‘mga tushib, 12 029,20 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 111,54 so‘mga oshdi va 14 065,74 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 228,59 so‘m bo‘ldi (-131,48).
Rossiya rubli 160,26 so‘m etib belgilandi (-0,91).
Iqtisodiyot
Bond omborlariga brend kiyimlar va poyabzallar joylashtirilmaydi, nega?
O‘zbekistonda 1 iyuldan tashkil qilinadigan bond omborlari kiyim-kechak va poyabzal importiga ham taalluqli bo‘ladi. Bu tovarlar bond omborlaridan 3 foizlik boj to‘lovi asosida, faqat marketpleyslar orqali sotiladi. Ammo bu tartib global brendlar uchun amal qilmaydi.
Foto: Brandon Bell / Getty Images
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi rasmiysi Komron Muhammadiyev Kun.uz bilan suhbatda buning bir nechta sabablarni keltirdi.
Yangi tartibda bond omborlari uchun ikkita ro‘yxat shakllantirilgan. Birinchi ro‘yxat elektronika mahsulotlarini o‘z ichiga oladi va ular 5 foizlik yagona bojxona boji bilan erkin sotilishi mumkin. Ikkinchi ro‘yxat esa kiyim-kechaklarga tegishli bo‘lib, 30 ta tovar pozitsiyasini qamrab oladi va aynan shu ro‘yxatdagi mahsulotlar uchun bond omborida global brendlar savdosiga cheklov qo‘yilgan.
Muhammadiyev bu qaror ichki chakana savdoni himoya qilish va bozordagi muvozanatni saqlash maqsadida qabul qilinganini ta’kidladi.
“Bugungi kunda global brendlar, ayniqsa, kiyim-kechak segmentida O‘zbekistonga rasmiy tarzda kirib kela boshlagan. Ularning o‘ziga xos talablari bor – savdo nuqtalaridan tortib, franshiza asosida ishlash tizimigacha. Bu brendlarning rasmiy kirib kelishi iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: yangi ish o‘rinlari yaratiladi, xizmatlar sifati oshadi”, – deydi u.
Rasmiyga ko‘ra, agar global brendlar bond omborlari orqali sotilishiga ruxsat berilsa, ularning mamlakatga rasmiy kirib kelishi qiyinlashadi.
“Agar biz ularga bond omborlari orqali savdo qilish imkonini bersak, ularning rasmiy kirib kelishi amrimahol bo‘lib qoladi. Shu sababli mazkur cheklov joriy etilgan”, – deya izoh berdi Muhammadiyev.
Shu bilan birga, u global brendlar taqiqlangani bilan sifatli kiyim-kechaklar savdosiga to‘siq yo‘qligini qayd etdi. Global brendlar ro‘yxatiga kirmaydigan, ammo sifatli kiyim-kechak va poyabzal ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning tovarlari bond omborlari orqali erkin kirib kelishi mumkin.
Muhammadiyev yana bir jihatga e’tibor qaratdi: global brendlar uchun allaqachon pasaytirilgan stavkalar amal qilmoqda.
“Prezident qarorlariga muvofiq, global brendlar uchun boj stavkalari pasaytirilgan. Hozirda ular uchun bojlar taxminan 5 foizdan 7,5 foizgacha belgilangan. Holbuki, boshqa kiyim-kechak mahsulotlari uchun o‘rtacha boj stavkasi 20 foiz atrofida”, – dedi u.
ILMA vakiliga ko‘ra, mazkur imtiyozlar global brendlarning O‘zbekistonga rasmiy kirib kelishini rag‘batlantirishga qaratilgan. Bu esa o‘z navbatida iste’molchilar uchun qulaylik yaratadi.
“Avvallari fuqarolar chet elga chiqqanda vaqtining katta qismini aynan brend mahsulotlarni xarid qilishga sarflardi. Bugungi kunda esa bunday mahsulotlar bosqichma-bosqich ichki bozorda ham paydo bo‘lmoqda”, – deya qo‘shimcha qildi u.
Prezident qaroriga ko‘ra, bond omborlarini tashkil etishga ikki yillik huquqiy eksperiment doirasida 2026 yil 1 iyuldan ruxsat beriladi. Bunda importyorlar muayyan tovarlarni bond omboriga joylashtirib, uni jismoniy shaxslarga shaxsiy ehtiyoji uchun faqat marketpleyslar orqali sotishi mumkin bo‘ladi.
Tovarlarning birinchi guruhiga smartfon va noutbuklar kiritilgan bo‘lib, ularning bond ombori orqali importi qo‘shilgan qiymat solig‘idan to‘liq ozod etilgan va 5 foizlik yagona bojxona to‘lovi joriy etilgan.
Ikkinchi guruhga esa asosan xalqaro brendlar toifasiga kirmaydigan kiyim-kechak va poyabzallar kiritilgan bo‘lib, ular uchun QQS (hozirda 12 foiz) va 3 foizlik bojxona boji amal qiladi.
Iqtisodiyot
2,4 mlndan 24,3 mln so‘mgacha. O‘zbekistonda o‘rtacha oyliklar qancha?
2026 yil birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi o‘rtacha ish haqi 6 mln 825 ming so‘mni tashkil etdi. Eng katta oyliklar Toshkent shahri (11,7 mln so‘m) va Navoiyda (8,4 mln so‘m), eng kami esa Qashqadaryo (4,6 mln so‘m) va Surxondaryoda (4,7 mln so‘m). Sohalar bo‘yicha eng baland o‘rtacha ish haqi sug‘urta sohasida (24,3 mln so‘m), eng kami esa maktabgacha ta’limda (2,4 mln so‘m).
2026 yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6 mln 825 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,4 foizga o‘sdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Hududlar kesimida o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori miqdori Toshkent shahri (11 mln 684 ming), Navoiy (8 mln 453 ming) va Toshkent viloyatida (6 mln 169 ming), eng kam miqdori esa Qashqadaryo (4 mln 665 ming), Surxondaryo (4 mln 724 ming) va Farg‘ona (5 mln 19 ming) viloyatlarida qayd etilgan.
Oylik maoshlarning eng yuqori o‘sishi Namangan (+19 foiz) viloyati, Toshkent shahri (+18,8 foiz) va Jizzax (+17,3 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.
Hisobot davrida faqatgina ikkita ma’muriy hududda (Toshkent shahri va Navoiy viloyati) nominal ish haqi respublikadagi o‘rtacha darajadan yuqori bo‘lib, qolgan barcha hududlarda bu ko‘rsatkich respublika darajasidan turli miqdorda past shakllangan.
Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi ish haqi farqi yana kattalasha boshlagan. Xususan, eng yuqori (Toshkent) va eng past (Qashqadaryo) ish haqi o‘rtasidagi tafovut 2,5 barobar bo‘lgan.
2020-2025 yillarda eng ko‘p va eng kam o‘rtacha oylik to‘lanuvchi hududlardagi tafovutlar:
2020 yilda: (Toshkent/Qashqadaryo). Farq – 96 foiz;
2021 yilda: (Toshkent/Surxondaryo). Farq – 2,03 barobar;
2022 yilda: (Toshkent/Samarqand). Farq – 2,17 barobar;
2023 yilda: (Toshkent/Namangan). Farq – 2,25 barobar;
2024 yilda: (Toshkent/Qashqadaryo). Farq – 2,5 barobar;
2025 yilda: (Toshkent/Qashqadaryo). Farq – 2,4 barobar.
Hisobot yakunlariga ko‘ra, sohalar kesimida o‘rtacha oylik ish haqi miqdori:
bank, sug‘urta, lizing va kredit vositachilik faoliyatida – 18 mln 595 ming so‘m;
axborot va aloqa sohasida – 16 mln 525 ming so‘m;
tashish va saqlash sohasida – 10 mln 709 ming so‘m;
sanoat sohasida – 8 mln 25 ming so‘m;
savdo sohasida – 7 mln 213 ming so‘m;
qurilish sohasida – 6 mln 496 ming so‘m;
san’at, ko‘ngil ochish va dam olish sohasida – 5 mln 357 ming so‘m;
yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida – 5 mln 331 ming so‘m;
ta’lim sohasida – 4 mln 615 ming so‘m;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 4 mln 111 ming so‘m.
O‘qituvchi va shifokorlar ish haqi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan (mos ravishda 32,4 foiz va 39,8 foizga) pastligicha qolyapti.
Qaysi soha vakillarining maoshi yuqori o‘sgan?
Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning hisob-kitoblariga ko‘ra, so‘nggi 8 yilda sohalar kesimida maoshi eng yuqori o‘sgan soha vakillari ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar qiluvchilar bo‘lgan. Ularning maoshi bu davrda qariyb 7 barobarga oshgan.
Shuningdek moliyaviy va sug‘urta (5 barobar) hamda axborot aloqa (4,8 barobar) yo‘nalishidagi xodimlarning maoshi ham yuqori o‘sganlar qatorida.
Manba: Mirkonomika kanali
«Taqqoslash uchun bu davrda sog‘liqni saqlash sohasi vakillarining maoshi 2,9 barobarga, ta’lim sohasi vakillarining maoshi esa 2,7 barobarga oshgan. Ta’kidlash kerakki, ta’lim sohasi vakillarining maoshi faqatgina ishlab chiqarish sanoati vakillari maoshidan yuqoriroq o‘sgan bo‘lib qolgan barcha soha vakillariga nisbatan nisbiy kambag‘allashgan», deya yozadi iqtisodchi.
Umuman olganda, tarmoqlar kesimida olinsa o‘rtacha oylik ish haqi maktabgacha ta’limda 2 mln 485 ming so‘mni, majburiy ijtimoiy sug‘urtalashdan tashqari qayta sug‘urtalash faoliyatida 24 mln 313 ming so‘mni tashkil etgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda valuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgarishlar kiritildi
Yuridik shaxslar valuta sotib olish uchun bergan buyurtmasida texnik xatolik bo‘lsa, uni tuzatishga imkon beriladi. Barcha valuta ayirboshlash operatsiyalari, shu jumladan onlayn operatsiyalar ham yagona tizimda hisobga olinadi. Chet el fuqarolariga bir-biriga pul o‘tkazish va bir qator valuta operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat berildi. Kapital bozori ishtirokchilariga ham ayrim yengilliklar bor.
O‘zbekiston Markaziy banki qarori bilan, valuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qarorga ko‘ra, yuridik shaxslar tomonidan chet el valutasini sotib olish uchun berilgan buyurtmada xatoliklar aniqlangan taqdirda, mijoz tomonidan buyurtmaga texnik tuzatish kiritilishi mumkin.
“Amaliyotda ko‘p uchraydigan muammolardan biri – yuridik shaxslar tomonidan valuta sotib olish uchun berilgan buyurtmalarda kichik texnik yoki imloviy xatolar sababli operatsiyalarning rad etilishi edi. Qaror bilan, endi kichik xatolar bo‘lsa, ularni tuzatish imkoniyati beriladi. Bu – tadbirkorlar uchun vaqt tejaydi”, – deyiladi regulyator izohida.
Bank kassalaridan naqd chet el valutasini berish tartibi ham aniq belgilab qo‘yilmoqda. Unga ko‘ra:
Jismoniy shaxslar o‘z hisobvarag‘idagi mablag‘lari doirasida valutani cheklovsiz olishi mumkin.
Yuridik shaxslar uchun esa naqd valuta aniq belgilangan maqsadlar asosida beriladi.
Belgilanishicha, barcha valuta ayirboshlash operatsiyalari, jumladan onlayn operatsiyalar yagona tizimda hisobga olinadi. Markaziy bankning qayd etishicha, bu – bozordagi jarayonlarni kuzatish va tushunishni osonlashtiradi.
Qarorda jismoniy shaxslar uchun quyidagi qulayliklar ko‘zda tutilgan:
endi qaysi davlat fuqarosi bo‘lishidan qat’i nazar barcha jismoniy shaxslar bank hisobvaraqlari orqali bir-biriga shaxsiy maqsadlarda (nosavdo) pul o‘tkazishi mumkin;
bundan buyon xorijlik jismoniy shaxslar ham mamlakat ichida ustav fondiga mablag‘ qo‘shish, xayriya qilish yoki meros bilan bog‘liq ichki valuta operatsiyalarini amalga oshira oladi.
Shuningdek, kapital bozori ishtirokchilari quyidagi yengilliklardan bahramand bo‘ladi:
yuridik shaxslar chet el valutasida chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun valuta sotib olishda ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi – bunda asos sifatida qimmatli qog‘oz chiqarilganini tasdiqlovchi hujjatning o‘zi yetarli bo‘ladi;
xorijiy investorlar fond bozorida qimmatli qog‘ozlarni sotishdan tushgan mablag‘larini o‘z murojaati asosida erkin ravishda chet elga olib chiqishi mumkin bo‘ladi.
Markaziy bank qarori 2026 yil 30 mart kuni qabul qilinib, 22 aprelda Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.
Iqtisodiyot
Dollar va yevro kursi birdan ko‘tarildi
Markaziy bank 2026-yil 28-apreldan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 52,48 so‘mga oshib, 12 072,96 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 128,95 so‘mga oshdi va 14 177,28 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 360,07 so‘m bo‘ldi (+152,86).
Rossiya rubli 161,17 so‘m etib belgilandi (+2,40).
-
Iqtisodiyot5 days ago“QQSni oson qaytarib olish ta’minlanmasa, stavkani 6 foizga tushirishni taklif qilamiz” – Davron Vahobov
-
Dunyodan5 days ago
Buyuk Britaniyada “chekmaydigan avlod” dunyoga keldi
-
Iqtisodiyot5 days agoQirg‘iziston ilk marta Yevropa Ittifoqining sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashish mexanizmiga tushdi
-
Dunyodan5 days ago
Eron oliy rahbari yuzi va oyog‘idan jiddiy jarohat oldi
-
Iqtisodiyot4 days agoYevroittifoq O‘zbekistonning ikkita korxonasiga sanksiya kiritdi
-
Siyosat5 days ago
Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligiga tashrif buyurdi
-
Siyosat4 days agoYevropa Ittifoqi Rossiya mudofaa sanoatiga xomashyo yetkazib bergan ikki O‘zbekiston shirkatiga sanksiyalar kiritdi
-
Iqtisodiyot4 days ago
Ikki oyda xorijga 466,6 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari sotildi
